Lendo ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘llash BO‘YICHA yO‘riQnoma
LENDO®
LENDO
Preparatning savdo nomi: Lendo®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Alendron kislotasi (alendronat natriy ko‘rinishida).
Dori shakli: Tabletkalar
Tarkibi:
Ta‘sir etuvchi modda: Mononatriya alendronat trigidrat (10 mg, 35 mg alendronatga ekvivalent bo‘lgan alendronat natriy saqlaydi).
Yordamchi moddalar: MKS PH 102, laktoza angidridi, natriy kroskarmelloza, magniy stearati.
Ta‘rifi: Oq rangli, oval shaklli, ikki tomoni qavariq, bir tomoni riskali bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Suyak rezorbsiyasini ingibitori.
ATX kodi: M05BA04
Farmakologik xususiyatlari
Osteoporozdagi suyak rezorbsiyasini ingibitoridir. Alendronat natriy pirofosfatning sintetik analogi bo‘lib, suyak to‘qimasini gidroksiapatitini bog‘laydigan bifosfonatdir.
Osteoklastlar faolligini spesifik nogormonal ingibitori bo‘lib, suyak to‘qimasini rezorbsiyasiga to‘sqinlik qiladi. Suyak to‘qimasini shakllanish jarayonlariga ta‘sir qilmaydi. Osteogenezni rag‘batlantiradi, suyakni shakllanishi va rezorbsiyasi orasidagi ijobiy muvozanatni tiklaydi. Progressiv ravishda suyaklarni mineral zichligini oshiradi (fosfor-kalsiy almashuvini tartibga soladi), normal gistologik strukturali suyak to‘qimasini shakllanishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Ertalab och qoringa (nonushtadan 2 soat oldin) 35 mg yoki 70 mg dozada preparatni bir marta ichga qabul qilgandan keyin so‘rilishi 0,64% ni tashkil qiladi; preparatni qabul qilish va ovqatlanish orasidagi vaqt qisqaroq bo‘lsa – 0,46-0,39% ni tashkil qiladi. So‘rilishni bunday kamayishi preparatni samaradorligiga sezilarli darajada ta‘sir qilmaydi. Bir vaqtni o‘zida kofe yoki apelsin sharbati bilan qabul qilish, alendronat natriyni biokiraolishligini 60% ga pasaytiradi.
Taqsimlanishi
Ichga qabul qilinganida alendronat natriy vaqtincha yumshoq to‘qimalarda taqsimlanadi, so‘ngra tez suyak to‘qimalariga qayta taqsimlanadi, u yerda uni bog‘lanishi sodir bo‘ladi yoki siydik bilan chiqariladi. Qon plazmasida alendron kislotasining konsentrasiyasi 5 ng/ml dan kamroq. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 78% ni tashkil qiladi.
Metabolizmi
Alendronatni odam organizmida metabolizmini tasdiqlaydigan ma‘lumotlar yo‘q.
Chiqarilishi
So‘rilgan, lekin suyak to‘qimalarini ichiga kirmagan alendronat natriy siydik bilan tez chiqariladi. Vena ichiga 35 mg/kg kumulyativ sutkalik dozani yuborilganda hayvonlarni suyak to‘qimasini maksimal to‘yintiruvchi qobiliyatini aniqlab bo‘lmagan. Tasdiqlar yo‘qliligiga qaramasdan, buyrak kasalliklarida alendronatni suyak to‘qimasida to‘planishini kuchayishi bilan uni chiqarilishini kamayishi ehtimoli bor.
Qo‘llanilishi
– postmenopauzada osteoporozni davolash va oldini olish (umurtqa suyaklarini, tos-son suyagi boshchasini sinishlarini rivojlanish xavfini kamaytirish);
– erkaklarda osteoporozni davolash va oldini olish (umurtqa suyaklarini, tos-son suyagi boshchasini sinishlarini rivojlanish xavfini kamaytirish), osteoporozi bo‘lgan erkaklarda suyak massasini oshirish uchun;
– Pedjet kasalligi (deformasiyalovchi osteit);
– xavfli o‘smalar tufayli rivojlangan giperkalsiemiya (xavfli giperkalsiemiya; qo‘shimcha davolash)
– glyukokortikosteroidlarni uzoq vaqt davomida qo‘llanilganligi sababli chaqirilgan osteoporozda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Osteoporozni oldini olish uchun: kuniga 5 mg dan yoki bir xaftada 35 mg dan 1 marta.
Osteoporozni davolash uchun: kuniga 19 mg dan yoki bir xaftada 70 mg dan 1 marta.
Erkaklar va ayollarda glyukokortikosteroidlar sababli chaqirilgan osteoporozda: kuniga 5 mg dan.
Menopauzadan keyin davrda estrogenlarni qabul qilmayotgan ayollar, preparatni kuniga 10 mg dan qabul qilishlari kerak.
Pedjet kasalligida: kuniga 40 mg dan 6 oy davomida.
Optimal so‘rilishni ta‘minlash uchun preparatni och qoringa ertalab birinchi ovqat yoki suyuqlikni qabulidan 2 soat (kamida 30 minut) oldin oddiy ichimlik suvi bilan qabul qilish kerak. Boshqa ichimliklar (shu jumladan, mineral suvlar), ovqat, bir qator dori vositalari alendronatni so‘rilishini yomonlashtirishi mumkin.
Og‘iz bo‘shlig‘ini va qizilo‘ngachni shilliq qavatini mahalliy ta‘sirlanishidan saqlanish uchun ertalab o‘rindan turgandan keyin kamida 200 ml oddiy suv ichish kerak, keyin tabletkani chaynamasdan va og‘izda erib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan qabul qilish kerak. Keyingi 30 minut davomida tanani gorizontal xolatga keltirib bo‘lmaydi. Bu muddatdan so‘ng nonushta qilish tavsiya qilinadi.
Tabletkani ertalab, o‘rindan turmasdan yoki kechkurun, uxlashga yotish vaqtida qabul qilib bo‘lmaydi. Preparatni qabul qilish shartlarini bajarmaslik qizilo‘ngachga salbiy samaralar xavfini oshirishi mumkin.
Alendronat bilan davolanishni kalsiy va D vitamini bilan to‘ldirish zarur.
Keksa yoshdagi pasientlarda preparat dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
KK > 35 ml/min bo‘lganida preparat dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi, og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligida klinik tajriba yo‘qligi sababli preparatni buyurish tavsiya qilinmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez (≥1/100, <1/10) – qorinda og‘riq, dispepsiya, qabziyat, diareya, meteorizm, qizilo‘ngach yarasi, disfagiya, qorinni dam bo‘lishi, jig‘ildon qaynashi; ba‘zida (≥1/1000, <1/100) – ko‘ngil aynishi, qusish, gastrit, ezofagit, qizilo‘ngach eroziyasi, melena; kam xollarda (≥1/10 000, <1/1000) – qizilo‘ngachni torayishi, orofaringeal yara, me‘da-ichak yo‘llarini yuqori qismi perforasiyasi, yara, qon ketishi (xar doim ham davolash bilan bog‘liq emas).
Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez (≥1/100, <1/10) – ostalgiya, artralgiya, mialgiya.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez (≥1/100, <1/10) – bosh og‘rig‘i, ta‘sirchanlik.
Sezgi a‘zolari tomonidan: kam hollarda (≥1/10 000, <1/1000) – uveit, sklerit.
Dermatologik reaksiyalar: ba‘zida (≥1/1000, <1/100) – qichishish, teri giperemiyasi, toshma; kam hollarda (1/10 000, <1/1000) – fotosensibilizasiya.
Moddalar almashinuvi tomonidan: kam hollarda (≥1/10 000, <1/1000) – gipokalsiemiya (ko‘pincha moyil omillar bilan birga kechganida), gipofosfatemiya.
Allergik reaksiyalar: kam hollarda (≥1/10 000, <1/1000) – eshakemi, angionevrotik shish, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.
Boshqalar: kam hollarda (≥1/10 000, <1/1000) – reaksiyaning o‘tkir fazasiga o‘xshash o‘tuvchan simptomlar (mialgiya, xolsizlik, o‘zini yomon his qilish, kam hollarda – yuqori tana xarorati), ko‘pincha davolanishni boshida rivojlanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– qizilo‘ngach anomaliyalari va qizilo‘ngachni o‘tkazuvchanligini qiyinlashtiradigan boshqa omillar (shu jumladan axalaziya, striktura);
– gipokalsiemiya;
– surunkali buyrak yetishmovchiligi (KK<35 ml/min);
– D vitamini tanqisligi;
– minerallar almashuvini og‘ir buzilishlari;
– pasientni hech bo‘lmasa 30 minut davomida vertikal yoki o‘tirgan xolatda bo‘la olmaslik xolati;
– homiladorlik;
– laktasiya davri (emizish);
– bolalar;
– preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni me‘da-ichak yo‘llarini kasalliklarini zo‘rayish bosqichida (disfagiya, qizilo‘ngach kasalliklari, gastrit, duodenit, yara; oldingi 12 oyda – peptik yara, me‘da-ichakdan qon ketishi, spastik me‘daning chiqish qismidagi operasiyalardan tashqari jarroxlik aralashuvlari) extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Kalsiy, antasidlar, ba‘zi ichga qabul qiladigan preparatlar, ovqat, ichimliklar (shu jumladan mineral suvlar) alendronatni so‘rilishiga ta‘sir qiladi – dori vositalarini preparatni qabul qilishdan kamida 1 soatdan keyin ichga qo‘llash mumkin.
So‘rilish o‘zgarishidan tashqari, boshqacha o‘zaro ta‘sirning extimoli kam.
Ranitidin biokirishaolishlikni kuchaytiradi (klinik ahamiyati noma‘lum).
NYAQV alendron kislotasining noxush samaralarini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Alendronat me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini mahalliy ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin. Davolanish vaqtida me‘da-ichak yo‘llarini yuqori qismi kasalliklarini kechishini yomonlashishi mumkin.
Ba‘zida og‘ir shaklda kechadigan, stasionar davolashni talab qiladigan va strikturani shakllanishi bilan asoratlangan qizilo‘ngach tomonidan nojo‘ya reaksiyalar holatlari ma‘lum (ezofagit, qizilo‘ngach yarasi yoki eroziyasi).
Qizilo‘ngachni ta‘sirlanish belgilari paydo bo‘lganda (disfagiya, yutganda ko‘krak orqasidagi og‘riq, jig‘ildon qaynash xurujlari paydo bo‘lganida yoki kechishi yomonlashganda) preparat qabulini to‘xtatish va shifokorga murojaat qilishga pasientlarni alohida e‘tiborini karatish kerak.
Qizilo‘ngachni shikastlanish xavfi preparatni qabul qilish tartibiga rioya qilmagan yoki qizilo‘ngachni ta‘sirlanish belgilari paydo bo‘lganiga qaramasdan davolanishni davom ettirgan pasientlarda yuqori.
Agar navbatdagi preparat dozasini qabuli o‘tkazib yuborilsa, o‘tkazib yuborilgan tabletkani ertasiga ertalab qabul qilish kerakligi haqida pasientni ogohlantirish kerak. Hech qachon 2 tabletkani bir kunda qabul qilmaslik kerak.
Davolanishni faqat gipokalsiemiyani, minerallar va vitaminlar almashuvini buzilishlari bartaraf qilinganda (masalan, D vitamini yetishmovchiligi) boshlash mumkin. Alendronatni qo‘llanilishi suyaq to‘qimalarida mineral tuzlarini miqdorini ko‘payishiga olib keladi, bu jarayon kalsiy va fosforni darajasini simptomsiz o‘zgarishi bilan kechishi mumkin. Muvofiq kalsiy va D vitamini qabulini ta‘minlanishi pasientni glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda davolashda ayniqsa muhimdir.
Davolashni kalsiy tuzlariga boy parhez bilan birga olib borish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat avtotransportni xaydash va jarohatlanishni yuqori xavfi bilan bog‘liq ishlarni bajarishga ta‘sir qilmaydi, ammo ko‘rish a‘zolari tomonidan nojo‘ya reaksiyalari bo‘lganida, nojo‘ya reaksiyalar yo‘qolguncha avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish taqiqlanadi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: gipokalsiemiya, gipofosfatemiya, me‘da-ichak yo‘llarini yuqori qismi tomonidan nojo‘ya reaksiyalar (jig‘ildon qaynashi, ezofagit, gastrit, yara).
Davolash: spesifik davo yo‘q, sut va antasidlarni qabul qilish tavsiya qilinadi. Qizilo‘ngachni ta‘sirlanishidan saqlanish uchun qusishni chaqirish mumkin emas, pasientni vertikal xolatga keltirish (turg‘izish yoki o‘tqizish) kerak.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 10 mg, 35 mg, №10
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari