Levomerem ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LEVOMEREM®
LAEVOMEREM
Preparatning savdo nomi: Levomerem®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Xloramfenikol, metilurasil
Dori shakli: Surtma
Tarkibi:
Faol moddalar: Xloramfenikol – 0,75 g, metilurasil – 4 g.
Yordamchi moddalar: polietilenoksid (polietilenglikol) – 100 g gacha.
Ta‘rifi: Oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli surtma.
Farmakoterapevtik guruhi: Antiseptik va dezinfeksiyalovchi vosita.
Farmakodinamika
Xloramfenikol (sinonimi Levomisetin) mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Mikroblarga qarshi ta‘sir mexanizmi mikroorganizmlar oqsillari sintezini buzilishi bilan bog‘liq. Bakteriostatik ta‘sir ko‘rsatadi. Grammusbat (stafilokokklar va streptokokklar) va grammanfiy (gonokokklar, meningokokklar) kokklarga, ko‘pchilik bakteriyalar (ichak, ko‘k yiring va gemofil tayoqchalari, salmonellalar, shigellalar, klebsiellalar, serrasiyalar, iersiniyalar, proteylar), rikketsiyalar, spiroxetalar, ayrim yirik viruslarga nisbatan faol. Penisillin, streptomisin, sulfanilamidlarga chidamli shtammlarga nisbatan faol. Biologik membranalarni shikastlamasdan to‘qimalarga oson o‘tadi. Yiring va nekrotik to‘qimalar mavjudligida preparatning bakteriyalarga qarshi ta‘siri saqlanadi.
Metilurasil hujayra regenerasiyasi jarayonlarini tezlashtiradi, yallig‘lanishga qarshi va fotohimoyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Polietilenglikol osh tuzining gipertonik eritmasining ta‘siriga qaraganda o‘n marta ko‘p degidratasion ta‘sirga ega.
Infeksiyalangan yaralar (shikastlanish jarayonini birinchi yiringli-nekrotik bosqichida), furunkullar va boshqa yiringli teri jarohatlari, uzoq muddat bitmaydigan trofik yaralar, II va III darajadagi kuyishlarni davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usullari va dozalari
Sirtga. Yaraga standart ishlov berilgandan keyin (nekrotik to‘qimalarni mexanik olib tashlash, vodorod peroksidi bilan yuvish) surtma bilan shimdirilgan steril doka salfetkalar bilan yara g‘ovakli to‘ldiriladi. Kateter (drenaj trubka) orqali yiring bo‘shlig‘iga shpris yordamida preparat yuborilishi mumkin. Bunday hollarda surtma oldindan 35-360S gacha isitiladi. Har kuni yara yiringli-nekrotik massalardan toza bo‘lguncha bog‘lov o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Teri toshmasi kabi allergik reaksiyalar. Bunday hollarda preparatni qo‘llash to‘xtatiladi va desensibilizasiyalovchi davolash o‘tkaziladi.
Preparat komponentlariga bo‘lgan shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri:
Dorlarning o‘zaro ta‘siri xolatlari xozirgi vaqtgacha kuzatilmadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Surtma tubalarda yoki bankalarda.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari