LIFEPIM ko'rsatmalar
Цефепим мушак ичига юборилгандан сўнг деярли тўлиқ сўрилади. Катта ёшдаги соғлом эркакларга препарат 500 мг, 1000 мг ва 2000 мг дозаларда мушак ичига бир марта юборилганда препарат плазмада максимал концентрациясига 1,4-1,6 соат давомида эришган ва мувофиқ равишда ўртача 13,9; 29,6 ёки 57,5 мкг/мл ни ташкил қилган; дозалари юборилгандан сўнг 8 соатдан кейин мувофиқ равишда ўртача 1,9; 4,5 ёки 8,7 мкг/мл ни ташкил этган.
Тана вазнига 50 мг/кг дозада мушак ичига юборилган 2 ойликдан 16 ёшгача бўлган болаларда, плазмадаги цефепимнинг концентрацияси дозалари юборилгандан сўнг 0,5; 0,75; 1 ва 8 соатдан кейин ўртача 76; 75,2; 64 ва 4,8 мкг/мл ни ташкил этган. Педиатрик пациентларда тана вазнига 50 мг/кг дозада мушак ичига бир марта юборилгандан сўнг цефепимнинг мутлоқ биокираолишлиги 82,3% ни ташкил этганлиги тўғрисида хабарлар берилган.
Цефепимнинг 500 мг, 1000 мг ёки 2000 мг бир марталик дозалари вена ичига 30 минут давомида инфузия қилингандан сўнг катта ёшдаги соғлом эркакларда плазмада препаратнинг максимал концентрацияси ўртача 31,6-39,1; 65,9-81,7 ёки 126-163,9 мкг/мл ни ташкил этган.
Цефепим тана вазнига 50 мг/кг дозада ҳар 8 соатда, вена ичига 15-20 минут давомида юборилган, бактериал менингити бўлган 2 ойликдан 15 ёшгача болаларда плазмадаги концентрацияси учинчи дозаси юборилгандан сўнг 0,5; 1; 2; 4 ва 8 соатдан кейин мувофиқ равишда 67,1; 44,1; 23,9; 11,7 ва 4,9 мкг/мл ни ташкил этган.
Тақсимланиши
Цефепимни ўртача тақсимланиш ҳажми мувозанатли ҳолатда 18,0 (± 2,0) л ташкил этади. Цефепимни зардоб оқсиллари билан боғланиши тахминан 20% ташкил этади ва қон зардобидаги концентрациясига боғлиқ эмас. Цефепим она сутига ажралади. Тахминан 1000 мл она сутини истеъмол қилган гўдак кунига тахминан 0,5 мг цефепим олади.
Цефепим яллиғланган гематоэнцефалик тўсиқ орқали ўтиши хақида далиллар мавжуд.
Метаболизми ва чиқарилиши
Цефепим N-оксид (NMP-N-оксид) га тез айланадиган N-метилпирролидон (N-methylpyrrolidine – NMP) га метаболизмга учрайди. Цефепимни ўзгармаган ҳолда сийдик билан чиқарилиши юборилган дозасини тахминан 85% ташкил этади. Юборилган дозасининг 1% дан камроғи сийдик билан NMP ҳолида, 6,8% NMP-N-оксид ҳолида ва 2,5% цефепимнинг эпимери ҳолида чиқарилади. Буйраклар орқали чиқарилиши асосий чиқарилиш йўли эканлиги сабабли буйраклар фаолияти бузилган пациентларга ва гемодиализдаги пациентларга дозасини тўғрилаш талаб қилинади.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LIFEPIM
LIFEPIM
Preparatning savdo nomi: Lifepim
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sefepim gidroxloridi
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi:
1 flakon 1000 mg sefepim (sefepim gidroxlorid va L-argininni steril aralashmasi ko‘rinishida) saqlaydi.
Ta‘rifi: oq rangdan och sariq ranggacha bo‘lgan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: antibiotiklar (sefalosporinlar guruhi)
ATX kodi: J01DE01 .
Farmakologik xususiyatlari
Sefepim bakteriyaning hujayra devorini ingibisiya qilish yo‘li bilan ta‘sir etadigan bakterisid vosita hisoblanadi. Sefepim to‘rtinchi avlod sefalosporini hisoblanadi va qator grammusbat va grammanfiy aerob mikroorganizmlarga nisbatan faol, keng ta‘sir doirasiga ega. Sefepim beta-laktamazalarga yaqinligi kam. Sefepim ko‘pchilik beta-laktamazalarning gidroliziga nisbatan yuqori chidamlilikka ega va grammanfiy bakteriyalarning hujayralariga tez kiradi. Bakteriyalarning hujayralarida sefepimni molekulyar nishoni bo‘lib penisillinni bog‘lovchi oqsil hisoblanadi. Sefepim quyidagi mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan faol:
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar:
Enterobacter, Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa.
Aerob grammusbat mikroorganizmlar:
Staphylococcus aureus (faqat metisillinga sezuvchan izolyatlari), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes (A guruhi streptokokklar), Streptococcus viridans.
Staphylococcus epidermidis (faqat metisillinga sezuvchan izolyatlari), Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus agalactiae (V guruh streptokokklar).
Izoh: Enterokokklarning ko‘pchilik izolyatlari, masalan, Enterococcus faecalis va metisillinga rezistent stafilokokklar sefepimga chidamli.
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar:
Acinetobacter calcoaceticus, Citrobacter diversus, Citrobacter freundii, Enterobacter agglomerans, Haemophilus influenzae (jumladan, beta-laktamazalar ishlab chiqaradigan izolyatlari), Hafnia alvei, Klebsiella oxytoca, Moraxella catarrhalis (jumladan, beta-laktamazalar ishlab chiqaradigan izolyatlari), Morganella morganii, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Providencia stuartii, Serratia marcescens.
Izoh: Sefepim Stenotrophomonas ko‘pchilik izolyatlariga (ilgari Xanthomonas maltophilia va Pseudomonas maltophilia deb nomlangan) nisbatan faol emas.
Anaerob mikroorganizmlar:
Izoh: Sefepim Clostridium difficile ning ko‘pchilik izolyatlariga nisbatan faol emas.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Sefepim mushak ichiga yuborilgandan so‘ng deyarli to‘liq so‘riladi. Katta yoshdagi sog‘lom erkaklarga preparat 500 mg, 1000 mg va 2000 mg dozalarda mushak ichiga bir marta yuborilganda preparat plazmada maksimal konsentrasiyasiga 1,4-1,6 soat davomida erishgan va muvofiq ravishda o‘rtacha 13,9; 29,6 yoki 57,5 mkg/ml ni tashkil qilgan; dozalari yuborilgandan so‘ng 8 soatdan keyin muvofiq ravishda o‘rtacha 1,9; 4,5 yoki
8,7 mkg/ml ni tashkil etgan.
Tana vazniga 50 mg/kg dozada mushak ichiga yuborilgan 2 oylikdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, plazmadagi sefepimning konsentrasiyasi dozalari yuborilgandan so‘ng 0,5; 0,75; 1 va 8 soatdan keyin o‘rtacha 76; 75,2; 64 va 4,8 mkg/ml ni tashkil etgan. Pediatrik pasientlarda tana vazniga 50 mg/kg dozada mushak ichiga bir marta yuborilgandan so‘ng sefepimning mutloq biokiraolishligi 82,3% ni tashkil etganligi to‘g‘risida xabarlar berilgan.
Sefepimning 500 mg, 1000 mg yoki 2000 mg bir martalik dozalari vena ichiga 30 minut davomida infuziya qilingandan so‘ng katta yoshdagi sog‘lom erkaklarda plazmada preparatning maksimal konsentrasiyasi o‘rtacha 31,6-39,1; 65,9-81,7 yoki 126-163,9 mkg/ml ni tashkil etgan.
Sefepim tana vazniga 50 mg/kg dozada har 8 soatda, vena ichiga 15-20 minut davomida yuborilgan, bakterial meningiti bo‘lgan 2 oylikdan 15 yoshgacha bolalarda plazmadagi konsentrasiyasi uchinchi dozasi yuborilgandan so‘ng 0,5; 1; 2; 4 va 8 soatdan keyin muvofiq ravishda 67,1; 44,1; 23,9; 11,7 va 4,9 mkg/ml ni tashkil etgan.
Taqsimlanishi
Sefepimni o‘rtacha taqsimlanish hajmi muvozanatli holatda 18,0 (±2,0) l tashkil etadi. Sefepimni zardob oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 20% tashkil etadi va qon zardobidagi konsentrasiyasiga bog‘liq emas. Sefepim ona sutiga ajraladi. Taxminan 1000 ml ona sutini iste‘mol qilgan go‘dak kuniga taxminan 0,5 mg sefepim oladi.
Sefepim yallig‘langan gematoensefalik to‘siq orqali o‘tishi xaqida dalillar mavjud.
Metabolizmi va chiqarilishi
Sefepim N-oksid (NMP-N-oksid) ga tez aylanadigan N-metilpirrolidon (N-methylpyrrolidine – NMP) ga metabolizmga uchraydi. Sefepimni o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqarilishi yuborilgan dozasini taxminan 85% tashkil etadi. Yuborilgan dozasining 1% dan kamrog‘i siydik bilan NMP holida, 6,8% NMP-N-oksid holida va 2,5% sefepimning epimeri holida chiqariladi. Buyraklar orqali chiqarilishi asosiy chiqarilish yo‘li ekanligi sababli buyraklar faoliyati buzilgan pasientlarga va gemodializdagi pasientlarga dozasini to‘g‘rilash talab qilinadi.
Maxsus papulyasiyalar:
Pediatriya: vena ichiga bir martalik dozasi yuborilgandan so‘ng organizmning umumiy klirensi va taqsimlanish hajmi muvozanatli holatda muvofiq ravishda tana vazniga o‘rtacha minutiga 3,3 (±1,0) ml/kg va 0,3 (±0,1) l/kg tashkil qilgan. Sefepimni o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqarilishi yuborilgan dozasining 60,4% (±30,4) ni tashkil etgan, o‘rtacha buyrak klirensi esa tana vazniga minutiga 2,0 (±1,1) ml/kg bo‘lgan. Tana vazniga
50 mg/kg dozada mushak ichiga yuborilgandan so‘ng sefepimni mutloq biokiraolishligi 82,3% (±15) bo‘lgan.
Geriatriya: keksa yoshdagilarda, agar kreatinin klirensi minutiga 60 ml yoki undan kam bo‘lsa, sefepimning dozaga muvofiq tarzda o‘zgartirish kiritish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi: gemodializga muhtoj bo‘lgan pasientlarda o‘rtacha yarim chiqarilish davri 13,5 (±2,7) soat bo‘lgan, uzluksiz peritoneal dializga muhtoj bo‘lgan pasientlarda esa 19,0 (±2,0) soat bo‘lgan. Sefepimni umumiy klirensi buyraklar faoliyati buzilgan pasientlarda proporsional ravishda pasaygan, bu guruhdagi pasientlarda dozaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha tavsiyalar uchun asos hisoblanadi.
Qo‘llanilishi
Sefepim sezuvchan bakteriyalar chaqirgan quyidagi infeksiyalarni davolash uchun ko‘rsatilgan:
- kasalxona ichi va kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
- surunkali va o‘tkir bronxitning o‘tkir bakterial huruji;
- siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari;
- siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan infeksiyalari;
- teri va teri tuzilmalarining asoratlangmagan infeksiyalari;
- asoratlangan intraabdominal infeksiyalar;
- sefepim metronidazol bilan birga asoratlangan intraabdominal infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadi;
- febril neytropeniyasi bo‘lgan pasientlarni empirik davolash;
- bundan tashqari, sefepim og‘ir darajadagi infeksiyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan pasientlarni, shu jumladan yaqinda suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilgan pasientlarni, gemoblastoz (gematologik havfli o‘smalar) yoki og‘ir darajadagi yoki uzoq vaqt davom etgan neytropeniya fonida operasiyadan oldin gipotoniyasi bo‘lgan pasientlarni davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar uchun tavsiya etilgan dozalari
Siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari
Siydik chiqarish yo‘llarining yengildan o‘rtacha darajagacha yoki asoratlangan (shu jumladan pielonefrit va/yoki yondosh bakteriemiya bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar) infeksiyalarini davolash uchun sefepimning kattalar uchun tavsiya etilgan dozasi 500-1000 mg ni tashkil etadi, har 12 soatda 7-10 kun davomida qo‘llanadi. Siydik chiqarish yo‘llarining og‘ir darajadagi, asoratlanmagan yoki asoratlangan (shu jumladan pielonefrit va/yoki yondosh bakteriemiya bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar) infeksiyalarini davolash uchun kattalar 2000 mg sefepimni vena ichiga har 12 soatda 10 kun davomida olishlari kerak.
Teri va teri tuzilmalarining infeksiyalari
Teri va teri tuzilmalarini o‘rtachadan og‘ir darajagacha bo‘lgan asoratlanmagan infeksiyalarini davolash uchun sefepimning kattalar uchun tavsiya etilgan odatdagi dozasi 2000 mg ni tashkil etadi, vena ichiga har 12 soatda 10 kun davomida yuboriladi.
O‘rtachadan og‘ir darajagacha bo‘lgan pnevmoniya
O‘rtachadan og‘ir darajagacha bo‘lgan pnevmoniyani davolash uchun sefepimning kattalar uchun tavsiya etilgan odatdagi dozasi 1000-2000 mg ni tashkil etadi, har 12 soatda 10 kun davomida yuboriladi.
Intraabdominal infeksiyalar
Asoratlangan intraabdominal infeksiyalarni davolash uchun (vena ichiga yuboriladigan metronidazol bilan birga) sefepimning kattalar uchun tavsiya etilgan odatdagi dozasi 2000 mg ni tashkil etadi har 12 soatda 7-10 kun davomida qo‘llanadi.
Febril neytropeniyasi bo‘lgan pasientlarni empirik davolash
Febril neytropeniyasi bo‘lgan pasientlarni empirik davolash uchun sefepim monoterapiya holida ishlatilganida, kattalar 2000 mg dozani, vena ichiga, har 8 soatda 7 kun davomida yoki neytropeniya bartaraf bo‘lgunicha olishlari kerak.
Bolalar uchun tavsiya etilgan dozasi
Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan va asoratlangan infeksiyalari (shu jumladan pielonefrit), teri va teri tuzilmalarining asoratlanmagan infeksiyalari yoki pnevmoniyani davolash uchun tana vazni 40 kg dan kam bo‘lgan pediatrik pasientlarga sefepim tana vazniga 50 mg/kg dozada, vena ichiga har 12 soatda yuborish tavsiya etiladi. Sefepim tana vazni 40 kg dan kam, febril neytropeniyasi bo‘lgan pediatrik pasientlarni empirik antiinfeksion davolash uchun monoterapiya sifatida ishlatilganida tavsiya etilgan dozasi 50 mg/kg ni tashkil etadi, vena ichiga har 8 soatda yuboriladi.
Buyrak va jigar yetishmovchiligida tavsiya etilgan dozalash
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (masalan, kreatinin klirensi minutiga
60 ml yoki undan kam) sefepimning dozasi va yuborilishi tez-tezligi buyrak yetishmovchiligini darajasi, infeksiyaning og‘irligi va patogen mikroorganizmning sezuvchanligiga muvofiq ravishda o‘zgartirish kerak. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar sefepimning boshlang‘ich dozasini buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlar oladigan dozalarda olishlari tavsiya etiladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, sefepimning samarani bir maromda saqlab turuvchi dozasi pasientning o‘lchangan yoki hisoblangan kreatinin klirensiga asoslangan bo‘lishi kerak.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bolalarda sefepimni ishlatish bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.
Gemodializdagi pasientlarda dializ boshlanishidan oldin organizmda mavjud bo‘lgan sefepimning umumiy miqdorini taxminan 68% 3 soat dializ davomida chiqariladi. Gemodializdagi pasientlar febril neytropeniyadan tashqari barcha infeksiyalarni davolash uchun kuniga 1000 mg, so‘ngra 500 mg dan har 24 soatda olishlari kerak. Surunkali ambulator peritoneal dializ olayotgan pasientlar har 48 soatda odatdagi dozasini olishlari kerak.
Sefepimning farmakokinetikasi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda o‘zgarishi mumkin emasligi sababli bunday pasientlarda dozasini to‘g‘rilash zarurati yo‘q.
Qo‘llash usuli
Mushak ichiga yuborish: sefepimni mushak ichiga yuborish uchun quyidagi erituvchilardan biri bilan eritish kerak:
- in‘eksiya uchun steril suv;
- 0,9% natriy xloridi eritmasi;
- 5% dekstroza eritmasi;
- 0,5% yoki 1,0% lidokain eritmasi.
Vena ichiga yuborish: vena ichiga yuborish uchun 1000 mg flakonni vena ichiga yuboriladigan mutanosib suyuqliklarni tegishli miqdori bilan suyultirish va olingan eritmani taxminan 30 minut davomida yuborish kerak.
Sefepim vena ichiga yuboriladigan quyidagi infuzion eritmalar bilan mutanosibdir:
- 0,9% natriy xlorid eritmasi;
- 5% va 10% dekstroza eritmasi;
- M/6 laktat natriy eritmasi;
- 5% dekstroza va 0,9% natriy xlorid eritmasi;
- Ringer-laktat eritmasi va 5% dekstroza eritmasi;
- 5% dekstroza eritmasidagi Normosol-R va Normosol-M
Nojo‘ya ta‘sirlari
Sefepim ishlatilganidagi nojo‘ya samaralar boshqa parenteral sefalosporinlar ishlatilganidagi samaralar bilan o‘xshashdir.
Sefepim odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ko‘pchilik nojo‘ya samaralari o‘tkinchi hisoblanadi va og‘irlik darajasiga qarab yengildan o‘rtacha darajagacha o‘zgaradi. 3% pasientlarda nojo‘ya samaralari dori preparatini yuborishni to‘xtatish uchun yetarli darajada og‘ir bo‘ladi. 0,5-2 g sefepimni har 12 soatda olayotgan pasientlarning deyarli 2% da bosh og‘rig‘i, toshma, ko‘ngil aynishi va qusish, deyarli 3% esa mahalliy reaksiyalar, jumladan, flebit, og‘riq va/yoki yallig‘lanish va toshma kuzatilishi mumkin. Sefepim olayotgan pasientlarda, kam hollarda, neytropeniya kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Sefepim yoki sefalosporin sinfi antibiotiklari, penisillinlar yoki boshqa beta-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Agar sefepim bilan aminoglikozidlarning yuqori dozalarini yuborish zarurati bo‘lsa, aminoglikozid antibiotiklarning nefrotoksik va ototoksik ta‘sir yuqoriligi sababli
buyraklar faoliyatini sinchkovlab nazorat qilish kerak.
Boshqa sefalosporinlar furosemid kabi kuchli ta‘sir qiluvchi diuretiklar bir vaqtda qo‘llangandan so‘ng nefrotoksik ta‘siri xaqida ma‘lumotlar berilgan.
Dori preparatlarini tekshirish / laborator tekshiruv natijalariga sefepimni ta‘siri siydikdagi glyukozani Benedik reaktivi yordamida aniqlashni soxta musbat reaksiyasiga olib kelishi mumkin. Glyukozaning darajasini aniqlash uchun glyukozooksidazani mavjud bo‘lishi reaksiyasiga asoslangan tahlillarni ishlatish tavsiya etiladi.
Nomutanosibligi
Sefepim vankomisin gidroxloridi, gentamisin, netimisin va aminofillin bilan aralashtirilganida fizikaviy va kimyoviy nomutanosiblik namoyon qiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sefepim bilan davolashni boshlashdan oldin ilgari pasientda sefepim, sefalosporinlar, penisillinlar va boshqa dori preparatlariga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lganligiga sinchkov tekshiruv o‘tkazish kerak. Agar sefepimga allergik reaksiya kuzatilgan bo‘lsa, dori preparatini qabul qilishni to‘xtatish kerak. Og‘ir darajadagi o‘tkir yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lgan holda adrenalin bilan davolash va boshqa shoshilinch choralar, shu jumladan kislorod, kortikosteroidlar, vena ichiga yuboriladigan suyuqliklar, antigistamin preparatlar, pressor aminlar va klinik ko‘rsatmalarga qarab nafas yo‘llarini davolash talab qilinishi mumkin.
Buyraklar faoliyati buzilgan pasientlarda (kreatinin klirensi minutiga 60 ml), siydik bilan sekinroq chiqarish tezligini kompensasiya qilish uchun dozaga tuzatish kiritish kerak. Dozasini qabul qilish davomiyligi buyrak yetishmovchiligini darajasi bo‘yicha aniqlanishi kerak, infeksiyani og‘irlik darajasi va patogen mikroorganizmlarning sezuvchanligi dozasini qabul qilish davomiyligini aniqlashi kerak. Ensefalopatiyani ba‘zi hollari dozasi buyraklar faoliyati hisobga olinib to‘g‘rilangan pasientlarda kuzatilgan. Ko‘pchilik hollarda neyrotoksikozning simptomlari qaytuvchan bo‘lgan va sefepimni yuborish to‘xtatilgandan so‘ng va/yoki gemodializdan so‘ng bartaraf bo‘lgan.
Soxta membranoz kolit deyarli barcha antibakterial vositalar qo‘llanganida kuzatilishi mumkin va og‘irlik darajasiga qarab yengil darajadan hayotga havf tug‘diruvchi darajagacha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu tashxisni antibakterial vositalar qo‘llangandan so‘ng diareya kuzatilgan pasientlarda hisobga olish muhimdir.
Boshqa mikroblarga qarshi preparatlari bilan bo‘lgani kabi sefepimni uzoq vaqt qo‘llash sezuvchan bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Agar davolash vaqtida superinfeksiya kuzatilsa, tegishli choralarni ko‘rish kerak. ko‘pchilik sefalosporinlar, jumladan sefepim protrombin faolligini pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Xavf guruhidagi pasientlarda protrombinni nazorat qilish va ko‘rsatilgandek K vitaminini yuborish kerak.
Sefepim bilan davolanish vaqtida musbat Kumbs sinamalari (bevosita antiglobulin sinamalari) xaqida ma‘lumotlar berilgan. Ilgari me‘da-ichak yo‘llari, ayniqsa kolitni o‘tkazgan shaxslarga sefepimni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Sefepimni odam uchun maksimal tavsiya etilgan dozasidan 33 marta ortiq miqdorda yuborilganda, L-arginin glyukozaning metabolizmini o‘zgartirishi va zardobdagi kaliyning darajasini vaqtinchalik oshirishi ko‘rsatilgan.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Sefepimni homilador ayollarda o‘tkazilgan hech qanday adekvat va yaxshi nazoratli tadqiqotlari mavjud emas. Hayvonlarning reproduktiv faoliyatini o‘rganish har doim ham odamlardagi reaksiyalarni to‘g‘ri ko‘rsatish imkonini bermasligi sababli, bu preparatni homiladorlik vaqtida juda zarur bo‘lgan holda qo‘llash kerak.
Sefepim ona sutiga juda kichik konsentrasiyalarda (0,5 mg/ml) ajraladi. Sefepim emizikli ayolga yuborilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Ma‘lumotlar berilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozasi oshirib yuborilgan pasientlarni sinchkovlab kuzatish va ularga tutib turuvchi davolash o‘tkazish kerak. Buyrak yetishmovchiligida organizmdan sefepimni chiqarib yuborish uchun peritoneal dializ emas, balki gemodializ tavsiya etiladi. Buyraklar faoliyati buzilgan pasientlarga preparatning katta dozalari berilganida dozani bexosdan oshirib yuborilishi kuzatilgan. Dozani oshirib yuborilish simptomlariga ensefalopatiya (ongni buzilishi, jumladan ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, xushni yo‘qolishi va komatoz holat), miokloniya (mushaklarni tortishishlari), tutqanoq xurujlari va nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanlik kiradi.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun 10 flakon kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Tayyorlangan eritma 15oS-25oS haroratda 24 soat davomida, 2oS-8oS haroratda 7 kun davomida barqaror bo‘ladi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Таркиби:
Ҳар бир флакон қуйидагиларни сақлайди:
фаол модда: Цефепим (цефепим гидрохлорид кўринишида) - 1000 мг;
ёрдамчи модда: L-аргинин;
эритувчи: инъекция учун сув – 10 мл;
Аэроб грамманфий микроорганизмлар:
Enterobacter, Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa.
Аэроб граммусбат микроорганизмлар:
Staphylococcus aureus (фақат метициллинга сезувчан изолятлари), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes (А гуруҳи стрептококклар), Streptococcus viridans.
Staphylococcus epidermidis (фақат метициллинга сезувчан изолятлари), Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus agalactiae (В гуруҳ стрептококклар).
Изоҳ: Энтерококкларнинг кўпчилик изолятлари, масалан, Enterococcus faecalis ва метициллинга резистент стафилококклар цефепимга чидамли.
Аэроб грамманфий микроорганизмлар:
Acinetobacter calcoaceticus, Citrobacter diversus, Citrobacter freundii, Enterobacter agglomerans, Haemophilus influenzae (жумладан, бета-лактамазалар ишлаб чиқарадиган изолятлари), Hafnia alvei, Klebsiella oxytoca, Moraxella catarrhalis (жумладан, бета-лактамазалар ишлаб чиқарадиган изолятлари), Morganella morganii, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Providencia stuartii, Serratia marcescens.
Изоҳ: цефепим Stenotrophomonas кўпчилик изолятларига (илгари Xanthomonas maltophilia ва Pseudomonas maltophilia деб номланган) нисбатан фаол эмас.
Анаэроб микроорганизмлар:
Изоҳ: цефепим Clostridium difficile нинг кўпчилик изолятларига нисбатан фаол эмас.
Chiqarish shakllari