Lineks bolalar uchunning aptekalardagi narxlari
LINEKS DLYA DETEY sashe 1,5g N10
|
|
228 ta dorixonada bor
|
7 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
89 600 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
67 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Lineks bolalar uchun ko'rsatmalar
ЛИНЕКС ДЛЯ ДЕТЕЙ quyidagilarda qo‘llanishi mumkin:
• ichak mikroflorasining muvozanatini va funksiyasini shakllantirish va tutib turish uchun;
• diareya, meteorizm va ovqat hazm qilishning boshqa buzilishlarini oldini olish va tutib turuvchi davolash uchun, agar ular quyidagilar tomonidan chaqirilgan bo‘lsa:
- virusli va bakterial me’da-ichak yo‘llari infeksiyalar (masalan rotavirus);
- antibakterial vositalar (antibiotiklar va mikroblarga qarshi boshqa sintetik preparatlar) bilan davolash;
- qo‘shimcha ovqat va bolani sun’iy oziqlantirish.
Bifidobacterium animalis subsp. lactis bifidobakteriyalarga umumqabul qilingan xavfsiz vositalari statusi berilgan (GRAS).
Xavfsizlik farmakologiyasi, takroriy dozalar toksikligi, genotoksiklik va kanserogen potensiali bo‘yicha standart tadqiqotlarda olingan klinik oldi ma’lumotlari odam uchun xavfni aniqlamagan. Reproduktiv toksiklik bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.
Homiladorlik vaqtida Bifidobacterium animalis subsp. lactis saqlovchi preparatlarni qabul qilganda noxush samaralar haqida xabar berilmagan. Homiladorlik va emizish davridagi diareyani davolashni shifokor kuzatuvi ostida olib borish kerak.
Faol modda: Bifidobacterium animalis subsp. lactis (BB-12) tirik liofilizatsiya qilingan sut kislotali bakteriyalarni 109 koloniya hosil qiluvchi birlik.
Yordamchi modda: maltodekstrin (bolada ovqat hazm qilish uchun neytral, inert yordamchi modda).
2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: bitta sashe kuniga bir yoki ikki marta (ertalab va kechqurun), ovqatlanish vaqtida buyuriladi.
Sashe ichidagisi suv, sharbat, sut yoki bolalar ozuqasi bilan aralashtiriladi.
Issiq ichimliklar bilan aralashtirilmasin!
LINЕKS DLYA DЕTЕY ni simptomlar saqlanguncha qabul qilish mumkin.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam xollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.
Bolalar ololmaydigan joyda, original o‘ramda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning so‘ngi kuni tugaydi.
• tana harorati 38°C dan yuqori bo‘lsa;
• axlatda qon yoki shilliq bo‘lsa;
• diareya ikki kundan ortiq davom etsa;
• suvsizlanish va tana vaznini kamayishi bilan kechuvchi kuchli diareya bo‘lsa;
• qorinda kuchli og‘riq bilan kechuvchi diareya bo‘lsa;
• boshqa surunkali kasalliklar (masalan qandli diabet, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari) yoki immuntanqislik (masalan OITV infeksiya) fonida diareya bo‘lsa.
6 yoshdan kichik bolalardagi diareyani shifokor kuzatuvi ostida davolash kerak.
Har qanday diareyani davolaganda suyuqlik va elektrolitlar o‘rnini to‘ldirish muhim.