LIPOEVAYA KISLOTAning aptekalardagi narxlari
LIPOEVAYA KISLOTA tabletkalari 25mg N50
|
|
1 ta dorixonada bor
|
30 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
LIPOEVAYA KISLOTA ALFA kapsulalar 600mg N60
|
|
2 ta dorixonada bor
|
280 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
LIPOEVAYA KISLOTA ALFA kapsulalar 60mg N30
|
|
4 ta dorixonada bor
|
319 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
LIPOEVAYA KISLOTA ALFA kapsulalar 200mg N60
|
|
3 ta dorixonada bor
|
260 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
260 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
LIPOEVAYA KISLOTA ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LIPOEVAYA KISLOTA
ACIDUM LIPOICUM
Preparatning savdo nomi: Lipoevaya kislota
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tioktat kislotasi
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: lipoat kislotasi (tioktat kislotasi) – 12 mg yoki 25 mg,
Tabletka yadrosining yordamchi moddalari: qand (saxaroza) – 52,917 mg yoki 105,22 mg, glyukoza (dekstroza) – 21,3 mg yoki 41,7 mg, kartoshka kraxmali – 10,1 mg yoki 20,7 mg, kalsiy stearati 1-suvli (kalsiy stearati monogidrati) – 0,5 mg yoki 1,0 mg, stearin kislotasi – 0,5 mg yoki 1,0 mg, talk (magniy gidrosilikati) – 2,5 mg yoki 5,0 mg.
Qobiqning yordamchi moddalari: aerosil (kolloid kremniy dioksidi) – 0,77 mg yoki 1,08 mg, asalari mumi – 0,021 mg yoki 0,03 mg, titan dioksidi – 1,689 mg yoki 2,35 mg, magniy karbonati asosi (magniy gidroksikarbonati) – 13,976 mg yoki 18,0 mg, vazelin moyi –
0,014 mg yoki 0,02 mg, quyimolekulyar tibbiy polivinilpirrolidon (povidon) – 0,665 mg yoki 0,93 mg, qand (saxaroza) – 57,6 mg yoki 77,24 mg, talk (magniy gidrosilikati) –
0,085 mg yoki 0,12 mg, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi Ye-104 – 0,18 mg yoki 0,23 mg.
Ta‘rifi: sariq yoki ko‘kimtir-sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida ikki qavat ko‘rinadi.
Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.
ATX kodi: A05BA.
Farmakologik ta‘siri
Lipoat kislotasi piruvat kislotasi va alfa-ketokislotalarning oksidlanuvchi dekarboksillanishida ishtirok etuvchi koferment hisoblanadi, organizmning energetik balansida muhim rol o‘ynaydi. Bioximik ta‘sirining xarakteri bo‘yicha tioktat kislotasi V guruhi vitaminlari bilan o‘xshash. Lipidlar va uglevodlar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etadi, lipotrop ta‘sir ko‘rsatadi, xolesterinning almashinuviga ta‘sir qiladi, jigar faoliyatini yaxshilaydi, og‘ir metall tuzlari va boshqa intoksikasiyalarda dezintoksikasion ta‘sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Jigarning yog‘li distrofiyasi, jigar sirrozi, surunkali gepatit, A gepatiti, intoksikasiyalar (shu jumladan og‘ir metall tuzlari, zaharli qo‘ziqorin bilan), giperlipidemiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kattalar – 50 mg dan sutkada 3-4 marta buyuriladi.
6 yoshdan oshgan bolalar – 12-24 mg dan sutkada 2-3 marta buyuriladi.
Davolash davomiyligi – 20-30 kunni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida shifokorning buyurishi bo‘yicha 1 oydan keyin takroriy davolash kursi o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Dispepsiya (shu jumladan ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, qusish, diareya, abdominal og‘riqlar), allergik reaksiyalar (shu jumladan eshakemi, teri toshmasi, qichishish va hatto anafilaktik shokkacha bo‘lgan tizimli allergik reaksiyalar), gipoglikemiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, laktasiya davri, bolalarda (6 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan – homiladorlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Glyukokortikosteroidlarning yallig‘lanishga qarshi ta‘sirini kuchaytiradi, Sisplatinning samaradorligini pasaytiradi. Insulin va peroral gipoglikemik vositalarning ta‘sirini kuchaytiradi. Metallarni bog‘laydi, shuning uchun metall ionlarini saqlovchi preparatlar (temir, magniy, kalsiy) bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas; qabul qilish orasidagi interval 2 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Etanol va uning metabolitlari lipoy kislotasining ta‘sirini susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda davolash davrida (ayniqsa davolashni boshida) glyukozaning konsentrasiyasini muntazam nazorat qilish kerak; alkogol iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 12 mg va 25 mg.
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.
50, 100 tabletkadan shisha bankalarda yoki polimer material bankalarda.
Har bir banka yoki 5 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari