Lozamaks ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
“LOZAMAKS-50”, LOZAMAKS-100”
“LOSAMAX-50”, “LOSAMAX-100”
Preparatning savdo nomi: “Lozamaks-50”, Lozamaks-100”
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): lozartan
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
“Lozamaks-50”
Plyonka qobiq bilan qoplangan xar bir 50 mg li tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: lozartan kaliy – 50 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza – 10,0 mg, kolloid kremniy dioksidi –
1,0 mg, magniy stearati – 2,0 mg, laktoza – 25,0 mg, kraxmal – 70,0 mg, talk – 2,0 mg, plyonka qobig‘i (gipromelloza, polietilenglikol, talk, titan dioksidi) – 3,0 mg, gidroksipropilmetilsellyuloza – 2,25 mg, izopropil spirti – 0,025 mg, dixlormetan -0,035 mg, polietilenglikol 6000 – 0,33 mg.
“Lozamaks-100”
Plyonka qobiq bilan qoplangan xar bir 100 mg li tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: lozartan kaliy – 100 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza – 20,0, mg, natriy kroskarmelloza – 10,0 mg, natriy kraxmal glikolyat – 20,0 mg, PVP K–30 – 1,0 mg, povidon – 20 mg, oldindan jelatinlangan kraxmal – 20 mg, laktoza – 60,0 mg, magniy stearati – 3,0 mg, aerosil –
2,0 mg, plyonka qobig‘i (gipromelloza, polietilenglikol, talk, titan dioksidi) – 5,0 mg, izopropil spirti – 0,15 mg, kanakunjut moyi – 0,50 mg, dixlormetan – 0,10 mg, polietilenglikol 6000 – 1,0 mg.
Ta‘rifi: oq rangli, dumaloq shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruxi: antigipertenziv vosita (angiotenzin reseptorlarining antagonisti).
ATX kodi: S09SA01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ichga bir marta qabul qilinganidan keyin gipotenziv ta‘siri (sistolik va diastolik AB pasayadi) 6 soat o‘tgach maksimumga yetadi, so‘ngra 24 soat davomida asta-sekin pasayadi.
Maksimal gipotenziv samara preparatni ichga qabul qilish boshlanganidan keyin 3-6 xafta o‘tgach rivojlanadi.
Yondosh qandli diabetsiz proteinuriya bilan kechuvchi (sutkada 2 g dan ko‘p) arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda preparatni qo‘llash, proteinuriyani, albumin va immunoglobulin G ekskresiyasini ishonchli pasaytiradi.
Qon plazmasida mochevinaning darajasini barqarorlashtiradi. Vegetetiv reflekslarga ta‘sir qilmaydi, va qon plazmasida noradrenalinning konsentrasiyasiga davomli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Lozartan sutkada 150 mg gacha dozada qabul qilinganida arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarning qon zardobida trigliseridlar, umumiy xolesterin va yuqori zichlikdagi lipoproteidlar (YUZLP)ning darajasiga ta‘sir qilmaydi. Aynan shu dozada, lozartan och qoringa aniqlangan qondagi glyukozaning darajasiga ta‘sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Ichga qabul qilinganida lozartan yaxshi so‘riladi, va bunda jigar orqali «birinchi o‘tish”da sitoxrom CYP2C9 izofermenti ishtirokida karboksillanish yo‘li bilan metabolizmga uchrab faol metobolit hosil qiladi. Lozartanning tizimli biokiraolishi taxminan – 33% ni tashkil etadi. Lozartan va uning faol metaboliti qon zardobida maksimal konsentrasiyasiga ichga qabul qilinganidan keyin muvofiq taxminan 1 soat va 3-4 soat o‘tgach erishiladi. Ovqat qabul qilish lozartanning biokiraolishiga ta‘sir qilmaydi.
Taqsimlanishi
Lozartan va uning faol metabolitini 99% dan ko‘proq qismi qon plazma oqsillari, asosan albuminlar bilan bog‘lanadi. Lozartanning taqsimlanish xajmi – 34 l ni tashkil etadi. Lozartan gematoensefalik to‘siq orqali deyarli o‘tmaydi.
Metabolizmi
Pasientning venasi ichiga yuborilgan yoki ichga qabul qilingan lozartanning taxminan 14% faol metabolitga aylanadi.
Chiqarilishi
Lozartanning plazma klirensi minutiga 600 ml, faol metabolitining esa minutiga
50 ml ni tashkil qiladi. Lozartan va uning faol metabolitini buyrak klirensi muvofiq minutiga 74 ml va 26 ml ni tashkil qiladi. Ichga qabul qilinganida qabul qilingan dozaning taxminan 4% buyraklar orqali o‘zgarmagan xolda va taxminan 6% buyraklar orqali faol metabolit shaklida chiqariladi. Ichga 200 mg gacha bo‘lgan dozalarda qabul qilinganida lozartan va uning faol metabolitiga to‘g‘ri proporsional farmakokinetika xos.
Ichga qabul qilinganidan keyin lozartan va uning faol metabolitining plazmadagi konsentrasiyalari, lozartan taxminan 2 soat, faol metaboliti esa – taxminan 6-9 soatlik yakuniy yarim chiqarilish davri bilan polieksponensial pasayadi. Preparat sutkada 100 mg dozada qabul qilinganida na lozartan, na faol metaboliti qon plazmasida axamiyatli darajada kumulyasiya bo‘lmaydi. Lozartan va uning metabolitlari organizmdan ichak va buyraklar orqali chiqariladi. Sog‘lom ko‘ngillilarda, S14 izotop bilan nishonlangan lozartan ichga qabul qilinganidan keyin, radiofaol nishonning taxminan 35% siydikda va 58% axlatda aniqlanadi.
Ayrim pasientlar guruhidagi farmakokinetikasi
Jigarni yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi alkogolli sirrozi bo‘lgan pasientlarda, lozartanning konsentrasiyasi sog‘lom ko‘ngillilar – erkaklarga nisbatan 5 marta, faol metabolitining konsentrasiyasi esa – 1,7 marta yuqori bo‘lgan.
Kreaktinin klirensi (KK) minutiga 10 ml dan yuqori bo‘lganida lozartanning qon plazmasidagi konsentrasiyasi, buyraklar faoliyati normal bo‘lgandagi konsentrasiyasidan farq qilmaydi. Gemodializga muxtoj bo‘lgan bemorlarda “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni (AUC), buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlardagiga nisbatan 2 marta yuqori bo‘ladi. Na lozartan, na uning faol metaboliti gemodializ yordamida organizmdan chiqarilmaydi.
Arterial gipertenziyasi bo‘lgan keksa erkaklarning qon plazmasida lozartan va uning faol metabolitining konsentrasiyasi arterial gipertenziyasi bo‘lgan yosh erkaklardagi ko‘rsatkichlardan axamiyatli farq qilmaydi.
Arterial gipertenziyasi bo‘lgan ayollarda lozartanning plazmadagi konsentrasiyasi, arterial gipertenziyasi bo‘lgan erkaklardagi muvofiq qiymatlardan 2 marta yuqori bo‘ladi. Erkaklar va ayollarda faol metabolitining konsentrasiyasi farq qilmaydi. Bu farmakokinetik farqlar klinik axamiyatga ega emas.
Qo‘llanilishi
- Arterial gipertenziya;
- Surunkali yurak yetishmovchiligi (majmuaviy davolash tarkibida, AAF ingibitorlarini o‘zlashtiraolmaslikda yoki ular bilan davolash samarasizligida);
- Yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini (shu jumladan insultni) va arterial gipertenziyasi va chap qorincha gipertrofiyasi bo‘lgan pasientlarda o‘limni pasaytirish;
- Qandli diabetning 2-tipi va yondosh arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda giperkreatinemiya va proteinuriyadagi (siydikdagi albumin va kreatininni nisbati 300 mg/g dan ortiq) diabetik nefropatiya (diabetik nefropatiyani terminal surunkali buyrak yetishmovchiligigacha zo‘rayishi pasaytirish)da qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga ovqatlanishdan qat‘iy nazar qabul qilinadi, qabul qilishlar soni – sutkada 1 marta.
Arterial gipertenziyada o‘rtacha sutkalik doza 50 mg ni tashkil qiladi. Ayrim xollarda katta terapevtik samaraga erishish uchun doza 100 mg gacha oshiriladi, ikki marta qabulga bo‘linadi yoki kuniga 1 marta qabul qilinadi.
Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun boshlang‘ich doza 12,5 mg ni tashkil qiladi sutkada 1 marta qabul qilinadi. Odatda, doza pasient tomonidan preparatni o‘zlashtirilishiga qarab, bir haftalik interval (ya‘ni sutkada 12,5 mg, sutkada 25 mg va sutkada 50 mg) bilan 50 mg sutkada 1 marta o‘rtacha samarani bir maromda saqlab turuvchi dozaga oshiriladi.
Preparatni diuretiklarni yuqori dozalarda qabul qilayotgan pasientlarga buyurilganda, preparatning boshlang‘ich dozasini sutkada 1 marta 25 mg (50 mg li ½ tabletka) gacha pasaytirish kerak.
Keksa pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Arterial gipertenziyasi va chap qorincha gipertrofiyasi bo‘lgan pasientlarda yurak-qon tomir kasalliklari (shu jumladan insult) va o‘lim xavfini pasaytirish: preparatning boshlang‘ich dozasi 50 mg ni tashkil qiladi. Sutkada bir marta qabul qilinadi. Keyinchalik past dozalarda gidroxlortiazid qo‘shilishi va/yoki preparatning dozasi sutkada 100 mg gacha oshirilishi mumkin bir yoki ikki marta qabul qilinadi.
Yondosh proteinuriya bilan kechuvchi qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan pasientlarga: kuniga 1 marta 50 mg boshlang‘ich doza buyuriladi keyinchalik sutkada 100 mg gacha oshiriladi (AB pasayishi darajasiga qarab) bir yoki ikki marta qabul qilinadi.
Anamnezida jigar kasalliklari degidratasiyasi bo‘lgan bemorlarda, gemodializ muolajasini o‘tkazishda, shuningdek 75 yoshdan katta pasientlarga preparatni kichikroq – 25 mg boshlang‘ich dozasini sutkada 1 marta buyurish tavsiya etiladi.
Pediatriyada qo‘llanishi
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Lozartanning nojo‘ya samaralari odatda o‘tkinchi bo‘ladi va preparatni bekor qilishni talab etmaydi. Nazoratli tekshirishlarda lozartan essensial gipertenziyani davolash uchun qo‘llanganda, barcha nojo‘ya samaralari orasida faqat bosh aylanishini uchrash tezligi plasebodan 1% dan ko‘proq (2,4% ga qarshi 4,1%) qiymatga farq qilgan.
Antigipertenziv vositalar uchun xarakterli dozaga bog‘liq ortostatik ta‘siri, lozartan qo‘llanganda 1% dan kamroq bemorlarda aniqlangan.
Preparat qo‘llanganda kuzatiladigan nojo‘ya samaralari, ularni paydo bo‘lishi tezligiga qarab quyidagi mezonlarga tasniflangan: juda tez-tez ≥ 1/10; tez-tez > 1/100, ≤ 1/10; ba‘zida ≥ 1/1000, ≤ 1/100; kam xollarda ≥ 1/10000, ≤ 1/1000; juda kam xollarda ≤ 1/10000, shu jumladan ayrim xabarlar.
1% dan ko‘proq tezlikda uchraydigan nojo‘ya samaralari:
Umumiy simptomlar: asteniya, toliqish, ko‘krak qafasi soxasida og‘riq.
Yurak-qon tomir tizimi: yurak urishini his etish, taxikardiya.
Ovqat xazm qilish tizimi: qorinda og‘riq, diareya, dispeptik ko‘rinishlar, ko‘ngil aynishi.
Tayanch-xarakat apparati: boldir mushaklarini tirishishlari, belda, oyoqlarda og‘riq.
Nevrologiya/psixiatriya: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik.
Nafas tizimi: yo‘tal, bronxit, burun bitishi, faringit.
1% dan kamroq tezlikda uchraydigan nojo‘ya samaralari:
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: ortostatik gipotenziya (dozaga bog‘liq), burundan qon ketishi, bradikardiya, aritmiya, stenokardiya, vaskulit, miokard infarkti.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: anoreksiya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, tish og‘rig‘i, qusish, meteorizm, gastrit, qabziyat, gepatat, jigar faoliyatini buzilishi.
Teri qoplamlari tomonidan: terini qurishi, eritema, ekximozlar, fotosensibilizasiya, ko‘p terlash, alopesiya.
Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri toshmasi, qichishish, angionevrotik shish (nafas yo‘llari obstruksiyasini keltirib chiqaruvchi xiqildoq va tilni shishi va/yoki yuz, lablar, xalqumni shishi).
Qon yaratish tizimi tomonidan: ba‘zida – anemiya (gemoglobinning konsentrasiyasini va gematokritni ahamiyatsiz pasayishi, muvofiq o‘rtacha 0,11 g% va 0,09 xajm % ga, kam hollarda – klinik ahamiyatga ega bo‘lgan), trombositopeniya, eozinofiliya, Shenleyn-Genox purpurasi.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, artrit, yelkada, tizzada og‘riq, fibromialgiya.
Markaziy nerv tizimi va sezgi a‘zolari tomonidan: bezovtalik, uyquni buzilishi, uyquchanlik, xotirani buzilishi, periferik neyropatiya, paresteziya, giposteziya, tremor, ataksiya, depressiya, xushdan ketish, quloqlarni shang‘illashi, ta‘m bilishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi, kon‘yunktivit, migren.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: siyishga imperativ qistovlar, siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari, buyraklar faoliyatini buzilishi, libidoni pasayishi, impotensiya.
Boshqalar: podagra.
Laboratoriya ko‘rsatkichlar: tez-tez: giperkaliemiya (qon plazmasidagi kaliyning darajasi 5,5 mmol/l dan ko‘p); ba‘zida – qon zardobida mochevina va qoldiq azotni yoki kreatininning darajasini oshishi; juda kam xollarda –“jigar” transaminazalari: aspartataminotransferaza (AST) va alaninaminotransferaza (ALT)ning faolligini o‘rtacha oshishi, giperbilirubinemiya bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- Homiladorlik va laktasiya davri;
- 18 yoshgacha (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
Ehtiyotkorlik bilan: arterial gipotenziya, aylanayotgan qon hajmini pastligi, suv-elektrolitlar muvozanatini buzilishi, buyrak arteriyalarini ikki tomonlama stenozi yoki yakka buyrak arteriyasini stenozi, buyrak/jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa gipotenziv vositalar bilan buyurilishi mumkin. Beta-adrenoblokatorlar va simpatolitiklarning samarasini o‘zaro kuchaytiradi. Lozartanni diuretiklar bilan birga qo‘llash additiv ta‘sir ko‘rsatadi.
Lozartanni gidroxlortiazid, digoksin, varfarin, simetidin, fenobarbital, ketokonazol va eritromisin bilan farmakokinetik o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Xabarlarga ko‘ra rifampisin va flukonazol qon plazmasida faol metabolitining darajasini pasaytiradi. Bu o‘zaro ta‘sirlarning klinik axamiyati xozircha noma‘lum. Angiotenzin II yoki uning ta‘sirini ingibisiya qiluvchi boshqa vositalarni qo‘llanganida bo‘lgani kabi, lozartanni kaliy tejovchi diuretiklar (masalan, spirinolakton, triamteren, amilorid), kaliy preparatlari yoki kaliy saqlovchi tuzlar bilan birga qo‘llash, giperkaliemiyani rivojlanish xavfini oshiradi.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP), shu jumladan siklooksigenaza-2 (SOG-2) ning selektiv ingibitorlari, diuretiklar va boshqa gipotenziv preparatlarning samarasini pasaytirishi mumkin.
Angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari va litiy birga qo‘llanganida, qon plazmasida litiyning konsentrasiyasi oshishi mumkin. Shuni xisobga olib, lozartanni litiy tuzlari bilan birga qo‘llashdan kutiladigan foyda va xavfni baxolash kerak. Agar preparatlarni birga qo‘llash zarurati bo‘lsa, qon plazmasida litiyning konsentrasiyasini muntazam nazorat qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Lozamaks preparatini buyurishdan oldin degidratasiyani to‘g‘rilash yoki davolashni preparatning kichikroq dozalari bilan boshlash kerak.
Renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga ta‘sir ko‘rsatuvchi preparatlar, ikki tomonlama buyrak arteriyasi stenozi yoki yakka buyrak arteriyasi stenozi bo‘lgan pasientlarning qonida mochevina va zardob kreatinining konsentrasiyasini oshirishi mumkin.
Jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda qon plazmasida lozartanning konsentrasiyasi axamiyatli darajada oshadi, shuning uchun anamnezda jigar kasalliklari bo‘lganda uni kichikroq dozalarda buyurish kerak.
Davolanish davrida, ayniqsa keksa yoshli pasientlarda, buyrak faoliyatini buzilishlarida, qonda kaliyning konsentrasiyasini muntazam nazorat qilish kerak.
Diqqatni jamlash qobiliyatiga ta‘siri: lozartan avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Homiladorlik va laktasiya davri
Homiladorlikda lozartanni qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Lekin, bevosita renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga ta‘sir qiluvchi preparatlar homiladorlikning II va III uch oyliklarida qo‘llanganida, rivojlanish nuqsonlarni chaqirishi yoki rivojlanayotgan homilani xatto o‘limiga olib kelishi mumkinligi ma‘lum. Shuning uchun homiladorlik rivojlanganida preparatni qabul qilishni darxol to‘xtatish kerak. Laktasiya davrida buyurilganida emizishni to‘xtatish yoki preparat bilan davolashni to‘xtatish masalasini xal qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: AB yaqqol pasayishi, taxikardiya, parasimpatik (vagusli) stimulyasiya tufayli, bradikardiya rivojlanishi mumkin.
Davolash: jadallashtirilgan diurez, simptomatik davolash; gemodializ samarali emas.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 50 mg yoki 100 mg dan №30 (3x10) (blisterda).
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yilu 6 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari