LUKOMED ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LUKOMED®
LUCOMED
Preparatning savdo nomi: Lukomed®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): flukonazol
Dori shakli: kapsulalar
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: flukonazol – 150 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza (Avicel pH 102) – 80,0 mg; kalsiy gidrofosfati – 10,0 mg; natriy kroskarmelloza (Acdisal) – 4,0 mg; kremniy koloid dioksidi – 0,5 mg; magniy stearati – 3,0 mg.
Ta‘rifi: oq sochiluvchan kukun saqlovchi ko‘k/oq qattiq jelatin kapsulalar (№2),
Farmakoterapevtik guruhi: zamburug‘larga qarshi vosita.
ATX kodi: J02AC01
Farmakologik xususiyatlari
Flukonazol – triazol zamburug‘larga qarshi vositalarning yangi sinfini vakili bo‘lib, zamburug‘ hujayrasida sterollarning sintezini kuchli selektiv ingibitori hisoblanadi. Ta‘sir mexanizmi zamburug‘larning hujayralarida 14a-demetilaza fermentini yaqqol ingibisiya bo‘lishi va buning natijasida zamburug‘ va mog‘or hujayra devorining asosiy komponenti bo‘lgan ergosterolning sintezini bostirilishi bilan bog‘liq.
Blastomyces dermatitidis, Candida spp., Coccidioides immitis, Cryptococcus neoformans, Epidermophyton spp., Histoplasma capsulatum, Microsporum spp. va Trichophyton spp. chaqirgan mikozlarning qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan faol. Flukonazolni uzoq vaqt davomida qo‘llash Candida spp. ning ba‘zi shtammlariga ta‘sir qilmaydi.
Boshqa azol zamburug‘larga qarshi preparatlar bilan kesishgan rezistentlik kuzatilgan.
Mikrobiologik o‘zaro ta‘siri: in vitro tajribalarda Candida albicans ga nisbatan terbinafil va flukonazolning zamburug‘larga qarshi sinergik samarasi aniqlangan.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan so‘ng flukonazol yaxshi so‘riladi. Biokiraolishligi kamida 90% ni tashkil etadi. Maksimal konsentrasiyasiga (Smax) flukonazol qabul qilingandan so‘ng 1-2 soatdan keyin erishiladi. Plazmadagi konsentrasiyasi taxminan 50-400 mg chegaralarida dozaga proporsionaldir. Preparat takroran qabul qilinganida plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasi oshadi. Muvozanatli konsentrasiyaga 5-10 kun davomida erishiladi, ammo zarb doza buyurilganida 2 kundan so‘ng erishishi mumkin.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi past (taxminan 12%). Flukonazol organizmning barcha suyuqliklariga yaxshi o‘tadi. Ko‘krak suti, so‘lak, balg‘am, sinovial, vaginal va peritoneal suyuqliklarda flukonazolning darajasi plazmadagi konsentrasiyasi bilan bir xil. Zamburug‘li meningiti bo‘lgan bemorlarda orqa miya suyuqligidagi flukonazolning darajasi, uning plazmadagi darajasining taxminan 50-90% ni tashkil etadi.
Flukonazol asosan buyraklar orqali chiqariladi; qabul qilingan dozaning taxminan 80% o‘zgarmagan holda siydikda aniqlanadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 30 soatni tashkil etadi. Flukonazolning klirensi kreatinin klirensiga proporsional. Flukonazol dializ yordamida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- genital kandidoz – vaginal kandidoz (o‘tkir yoki qaytalanuvchi), vaginal kandidoz qaytalanishlarini oldini olish (yiliga 3 marta va ko‘proq paydo bo‘lishi tez-tezligida), shuningdek kandidoz balanit;
- shilliq qavatlar, shu jumladan orofaringeal kandidozda: og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning, qizilo‘ngachning shilliq qavati kandidozi;
- teri-shilliq kandidozi va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining surunkali atrofik kandidozi (tish protezlarini taqish bilan bog‘liq bo‘lgan).
Shuningdek flukonazol dermatomikozlarda, shu jumladan oyoqlar, tana, chov sohasi mikozlarida qo‘llaniladi;
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun kapsulalar. Davolashning davomiyligi klinik va mikologik samaralarga bog‘liq. Flukonazol har kuni sutkada 1 marta qabul qilinadi.
Vaginal kandidozda flukonazol ichga 150 mg bir marta qabul qilinadi. Kasallikning qaytalanishlari sonini kamaytirish uchun preparat 150 mg dozada, oyda 1 marta qabul qilinadi. Davolashning davomiyligi individual ravishda belgilanadi; u 4 oydan 12 oygacha davom etishi mumkin. Ayrim hollarda qabul qilishlar soni oshiriladi. Candida chaqirgan balanitda, flukonazol ichga 150 mg dozada bir marta buyuriladi.
OITS bemorlarda orofaringeal kandidozning qaytalanishlarini oldini olish uchun, birlamchi davolash kursi tugaganidan so‘ng, flukonazol 150 mg dozada haftada 1 marta buyuriladi.
Keksa yoshdagi odamlarni davolashda buyrak yetishmovchiligining belgilari bo‘lmaganida, preparat odatdagi dozada ishlatiladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda (kreatinin klirensi 11-50 ml/min) yuborishlar uchun flukonazolning sutkalik dozasi 2 marta pasaytiriladi. Dializ seansini doimo oladigan bemorlarga flukonazol har dializdan keyin yuboriladi.
7 yoshdan oshgan bolalarga flukonazol shifokor tavsiyasi bo‘yicha buyuriladi.
Bolalar uchun sutkalik dozasi kattalar uchun qo‘llanadigan dozasidan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Lukomed® odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Biroq nojo‘ya samaralardan bosh og‘rig‘i, qorinda og‘riq, diareya, meteorizm, ko‘ngil aynashi, qusish, jigarni toksik shikastlanishi (laboratoriya ko‘rsatgichlarini o‘zgarishi – ishqoriy fosfotaza, bilirubin, aminotransferazalarning darajasini oshishi) va gepatitni rivojlanishi ko‘proq paydo bo‘lishi mumkin.
Shuningdek bosh aylanishi, tirishishlar; alopesiya, eksfoliativ teri reaksiyalari; qondagi leykositlar (neytropeniya, agranulositoz), trombositlar miqdorini o‘zgarishi; allergik reaksiyalar (teri toshmalari, qichishish, yuzni shishi, anafilaksiya); qonda xolesterin, trigliseridlar, kaliyning darajasini oshishi; ta‘m bilish hissini o‘zgarishi kuzatilishi mumkin.
Odatda kuzatilmaydigan biron-bir reaksiyalar paydo bo‘lganida, preparatni keyinchalik qo‘llash bo‘yicha albatta shifokor bilan maslahatlashing!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- flukonazolga yoki kimyoviy tuzilishi bo‘yicha unga yaqin bo‘lgan azol birikmalarga yuqori sezuvchanlikda;
- flukonazol sutkada 400 mg va undan ortiq dozada qabul qilayotgan bemorlarga terfenadin bir vaqtda qo‘llanganida;
- jigar yetishmovchiligida;
- homiladorlik va laktasiyada;
- 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Varfarin va flukonazolni bir vaqtda qabul qilish protrombin vaqtini uzaytiradi; flkonazol va sulfonilmochevina hosilalari guruhiga mansub peroral gipoglikemik preparatlar (xlorpropamid, glibenklamid, glipizid va tolbutamid) ni bir vaqtda qabul qilganda – ularning yarim chiqarilish davrini uzaytiradi (gipoglikemiya rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak).
Lukomed preparati va fenitoin bir vaqtda qabul qilinganida, fenitoinning konsentrasiyasi klinik jihatdan ahamiyatli oshadi (konsentrasiyani monitoring o‘tkazish va dozani tanlash kerak). Gidroxlortiazidni ko‘p marta qo‘llash qon plazmasida flukonazolning konsentrasiyasini oshiradi, biroq flukonazolni dozalash tartibini, odatda, o‘zgartirish kerak emas.
Flukonazolni 50-200 mg dozalarda qabul qilish, peroral qo‘llanadigan homiladorlikka qarshi majmuaviy vositalarning samaradorligiga ta‘sir qilmaydi.
Flukonazol va rifampisinni bir vaqtda qabul qilish AUC («konsentrasiya/vaqt» bog‘liqligini aniqlovchi farmakologik egri chiziq ostidagi maydon) ni 25% ga va flukonazolning yarim chiqarilish davrini 20% ga pasayishiga olib kelgan. Ko‘rsatilgan preparatlar majmuasini qabul qilayotgan bemorlarda, flukonazolning dozasini oshirish maqsadga muvofiqligini hisobga olish kerak.
Flukonazolni qo‘llash vaqtida qonda siklosporinning konsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Flukonazol va zidovudinning majmuasi buyurilganida, zidovudinning nojo‘ya reaksiyalarini erta aniqlash maqsadida bemorlarning holatini kuzatish kerak, ularda bunday holda AUC («konsentrasiya/vaqt» bog‘liqligini aniqlovchi farmakologik egri chiziq ostidagi maydon) ahamiyatli darajada oshadi.
Sizaprid, astemizol, rifabutin, takrolimus va boshqa sitoxrom R450 tizimi tomonidan metabolizmga uchraydigan dori vositalarini qabul qilayotgan bemorlarda bir vaqtda flukonazolni qo‘llash, qonda ushbu preparatlarning konsentrasiyalarini oshishi bilan kechishi mumkin.
Simetidin yoki antasidlarni bir vaqtda qabul qilish flukonazolning so‘rilishiga klinik ahamiyatli ta‘sir qilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bu preparatni buyurgan shifokor, davolashni kechishini kuzatishi juda muhim. Uni qabuliga u belgilagan muddatda kelishni unutmang.
Davolashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing!
Flukonazol bilan davolanish vaqtida jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlar, shifokor nazorati ostida bo‘lishlari kerak. Jigarning shikastlanishini klinik belgilari paydo bo‘lishi bilan flukonazolni bekor qilish kerak.
OITS li bemorlar ko‘pchilik preparatlarni qabul qilganlarida og‘ir darajadagi teri reaksiyalarini rivojlanishiga moyilroq bo‘ladilar. Yuza zamburug‘li infeksiya bo‘yicha davolanayotgan bemorda toshma paydo bo‘lganida, bu flukonazolni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, preparatni bekor qilish kerak. Invaziv/tizimli zamburug‘ infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda toshmalar paydo bo‘lganida, bemorning holatini kuzatish va polimorf eritema paydo bo‘lganida flukonazolni bekor qilish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlarni davolash uchun flukonazolni buyurishdan saqlanish kerak, ayol uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan, og‘ir va hayot uchun potensial xavfli zamburug‘ infeksiyalaridan tashqari. Flukonazol ko‘krak sutida, qonda bo‘lgan konsentrasiyalarida aniqlanadi, shuning uchun uni laktasiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, og‘irroq hollarda – tirishishlar kuzatilishi mumkin.
Davolash: me‘dani yuvish va simptomatik davolash tavsiya etiladi. Flukonazol siydik bilan chiqarilishi tufayli, jadallashtirilgan diurez uning chiqarilishini oshiradi. 3 soat davomida gemodializ o‘tkazish, plazmadagi flukonazolning konsentrasiyasini teng yarimiga pasaytiradi.
Chiqarilish shakli
Bir kapsuladan Al/PVX blisterda.
1 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan quruq, salqin joyda, +25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari