Magnerotning aptekalardagi narxlari
MAGNEROT tabletkalari 500mg
|
|
1 ta dorixonada bor
|
98 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
MAGNEROT tabletkalari 500mg N20
|
|
121 ta dorixonada bor
|
40 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
51 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
42 000 so'mdan
Bron qilish
|
MAGNEROT tabletkalari 500mg N50
|
|
199 ta dorixonada bor
|
52 269 so'mdan
Dorixonadan topish
|
109 300 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
88 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Magnerot ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MAGNEROT®
MAGNEROT
Ushbu dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.
Bu dori reseptsiz beriladi. Optimal natijalarga erishish uchun uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomadagi bayon qilingan hamma tavsiyalarni bajargan holda ishlatish lozim.
- Ilova-varaqani saqlab qo‘ying, ehtimol u yana kerak bo‘lib qolishi mumkin.
- Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.
- Agar Sizning ahvolingiz yomonlashsa yoki davolash kursidan keyin yahshilanish kuzatilmasa, shifokorga murojaat qiling.
Preparatning savdo nomi: Magnerot®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): magniy orotati
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 500 mg magniy orotati digidrati;
yordamchi moddalar: kolloidli kremniy dioksidi – 2,50 mg, natriy karmeloza – 10,00 mg, mikrokristall sellyuloza – 67,50 mg, makkajo‘hori kraxmali – 22,50 mg, povidon K-30 – 30,00 mg, laktoza monogidrati – 50,00 mg, natriy siklamati – 1,50 mg, talk – 18,75 mg, magniy stearati – 1,63 mg.
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq, ikki tomonida faskasi va bir tomonida riskasi bo‘lgan yassi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: magniy preparati.
ATX kodi: A12SS09
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Magniy preparati. Magniy ko‘plab energetik jarayonlarni ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan mikroelement hisoblanadi, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va nuklein kislotalarni almashinuvida ishtiroq etadi. Magniy nerv-mushak o‘tkazuvchanligini susaytirib, nerv-mushak qo‘zg‘alishi jarayonida ishtiroq etadi. Magniy kalsiyning yagona tabiiy fiziologik antagonisti sifatida alohida ahamiyatga ega. Magniy miokard xujayralarini normal faoliyat ko‘rsatishini nazorat qiladi; miokardning qisqaruvchanlik funksiyasini boshqarishida qatnashadi. Stressli vaziyatlarda magniy erkin ionlashgan shaklda ko‘p miqdorda ajralib chiqariladi, shu sababli magniyning qo‘shimcha miqdori stressga nisbatan rezistenlikni oshishiga yordam beradi.
Magniyni tanqisligi nerv-mushak buzilishlariga (motor va sensor yuqori qo‘zg‘aluvchanlikka, tirishishlarga, paresteziyalarga), ruhiy o‘zgarishlarga (depressiya holatiga, ongni chalkashishiga va gallyusinasiyalarga), yurak-qon tomir kasalliklarga (yurak qorinchalari ekstrasistoliyalarga, taxikardiyaga, yurak glikozidlarga yuqori sezuvchanlikka) olib keladi. Homiladorlik davrida magniy tanqisligi toksikoz va muddatdan oldin tug‘ruqlar ehtimolini oshiradi. Orotat kislotasining tuzlari moddalar almashinuvi jarayonida qatnashadi. Bundan tashqari, orot kislotasani tuzlari xujayrada ATF ga magniyni birikishi va uning ta‘sirini namoyon bo‘lishi uchun zarurdir.
Farmakokinetikasi
Qabul qilingan dozaning taxminan 35-40% so‘riladi. Gipomagniemiyada magniy ionlarini so‘rilishi kuchayadi. Orotat kislotasaning tuzlarini mavjudligi magniyni so‘rilishini yaxshilanishiga yordam beradi. Magniy buyrak orqali chiqariladi, magniy tanqisligida uni chiqarilishi susayadi va keragidan ortiq bo‘lganida chiqarilishi oshadi.
Qo‘llanilishi
Miokard infarktini, stenokardiyani, surunkali yurak yetishmovchiligini, magniy tanqisligi oqibatidagi yurak aritmiyalarini, spastik holatlarni – mushaklar og‘rig‘i va spazmlarini (shu jumladan angiospazmni), aterosklerozni, arteriitni, lipid almashinuvini buzilishini majmuaviy davolash va profilaktika sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalar
Tabletkalarni ovqatdan oldin oz miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak.
2 tabletkadan kuniga 3 marta, 7 kun davomida, so‘ngra har kuni 1 tabletkadan 2-3 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligi 4-6 xaftadan kam bo‘lmasligi kerak. Zarurat bo‘lganida Magnerot®ni uzoq muddat qo‘llash mumkin.
Boldir mushaklarini tungi tirishishlarida kechqurun 2-3 tabletkadan qabul qilish tavsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: odatda preparatning dozasi kamaytirilganda mustaqil o‘tib ketuvchi barqaror bo‘lmagan ich ketishi va diareya; allergik reaksiyalar.
- Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya ta‘sirlar chuqurlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya ta‘sirlarni sezsangiz bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Garchi homiladorlik va laktasiya (emizish davri) da magniyga ehtiyoj yuqori bo‘lsa-da, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda shifokor ko‘rsatmasiga binoan ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas. Agar magniy miqdori muvozanatlanmagan bo‘lsa, bu jiddiy asoratlarga, shu jumladan homilani tushib qolishiga olib kelishi mumkin.
Preparatni homiladorlikda va laktasiya davrida agar ona uchun davolashdan kutiladigan potensial foyda, homila va bola uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Magniy saqlovchi preparatlarni temir preparatlari, natriy ftoridi va tetrasiklinlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda, temir preparatlari, natriy ftoridi va tetrasiklinlarni so‘rilishi kamayadi. Shuning uchun preparatlarni 2-3 soatlik interval bilan qabul qilish lozim. Peroral kontraseptivlar, diuretiklar, miorelaksantlar, glyukokortikosteroidlar, insulin preparatning samaradorligini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Preparat avtotransportni haydash qobiliyatiga va diqqatni yuqori jamlashga va psiximotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyatlarga ta‘sir qilmaydi.
Magnerot®ni uzoq vaqt qo‘llash mumkin.
Me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari magniy kam bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlar iste‘mol qilish, sport bilan shug‘ullanish (ko‘p terlash tufayli), surunkali alkogolizm (buyrak kanalchalardan magniyni kam so‘rilishini kamayishi va organizmdan magniy ionlarini chiqarilishini kuchayishi tufayli); ba‘zi dori vositalarni qabul qilish (yurak glikozidlari, aminoglikozidlar, peroral kontraseptivlar, diuretiklar, surgi vositalari, glyukokortikosteroidlar); magniyni yuqori miqdorda talab qiluvchi iste‘mol qilishini holatlar (gipodinamiya, stress, homiladorlik va laktasiya); oftobda uzoq vaqt bo‘lish organizmda magniy tanqisligiga olib kelishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Buyrak funksiyasi normal bo‘lganida magniyni ichga qabul qilish toksik reaksiyalar chaqirmaydi. Magniy bilan zaharlanish bo‘yrak yetishmovchiligida rivojlanishi mumkin. Toksik samaralar asosan qon zardobida magniyning konsentrasiyasiga bog‘liq.
Simptomlari: arterial bosimini pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, depressiya, reflekslarini sekinlashini, nafasni susayishi, koma, yurakni to‘xtab qolishi, anurik sindromi.
Davolash: regidratasiya, kuchaytirilgan diurez. Buyrak yetishmovchiligida gemodializ, peritoneal dializni o‘tqazish kerak.
Chiqarilish shakli
500 mg li tabletkalar.
10 tabletkadan PVX/PVDX va alyumin folgali blisterda.
2 yoki 5 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
+25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil
Berish tartibi
Reseptsiz
Chiqarish shakllari