Maraslavin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MARASLAVIN®
MARASLAVIN
Preparatning savdo nomi: Maraslavin® (Maraslavin®)
Dori shakli: mahalliy qo‘llash uchun eritma
Tarkibi:
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 4,196 g pontiy erman o‘ti (Artemisia pontica L.); 0,728 g jambil o‘ti (Satureja hortensis L.); 3,646 g chinnigul daraxti, g‘unchalari (Syzygium aromaticum (L.) Merr. et L.M.Perry ); 1,199 g qora muruch mevalari (Piper nigrum L.); 4,196 g zanchabil ildizpoyasi (Zingiber officinale Roscoe).
yordamchi moddalar: ammoniy xloridi, vino sirkasi, tozalangan suv.
Ta‘rifi: xira eritma. Saqlaganda cho‘kma tushadi. Rangi – jigarrang, ta‘mi – bujmaytiruvchi-nordon, hidi – o‘ziga xos.
Farmakoterapevtik guruhi: stomatologiyada qo‘llaniladigan vositalar
ATX kodi: A01AD11
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Maraslavin® stomatologiyada mahalliy qo‘llanadigan o‘simliklardan olingan majmuaviy mahsulotlardan iborat. Antiseptik, dezinfeksiyalovchi, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, burishtiruvchi, mahalliy og‘riqsizlantiruvchi va regenerasiyani rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Mahsulot mahalliy qo‘llanilganda birinchi navbatda yumshoq to‘qimalar giperemiyasi va ekssudasiyani oshishi kuzatiladi. Tarkibida gipertonik konsentrasiyalarda ammoniy xloridining mavjudligi ekssudasiyani kamayishi, parodontal cho‘ntaklardan toksik mahsulotlarni chiqarilishi, tiklanish jarayonlarini rag‘batlantirilishi va sog‘ayish jarayoniga olib keladi. O‘zining fibroz hosil qiluvchi ta‘siri natijasida davolash kursi so‘ngida kollagan fibrillalarni oshishi va ularni zichlashishi, shish va qonashni sezilarli kamayishiga olib keladi. Tish toshlarini olib tashlangandan keyin va ildiz yuzalariga ishlov berilgandan keyin uni muntazam qo‘llash og‘izdan yoqimsiz hidni bartaraf etadi. Preparat tish bo‘yinchalari ochilib qolgandagi o‘ta yuqori sezuvchanlikni kamaytiradi va rN ni kislotali muhitga siljitadi, shunday qilib, mavjud furospirillyoz mikrofloraga bakteristatik ta‘sir qiladi. Milk so‘rg‘ichlari tish bo‘yinchalariga zich tegib turadi. Maxsus parodontal zondlar yordamida o‘lchanganda parodontal cho‘ntaklarning chuqurligi sezilarli kamayadi.
Mahsulotning tarkibiga kiruvchi pontiy erman o‘ti (Artemisia pontica L.) faol ta‘sir komponenti sifatida efir moylari saqlaydi, ularning ichida ko‘k-yashil efir moyi eng yuqori faollikka ega. Shuningdek tuyol spirti, keton tuyoni terpenlar, sirka va izovaleryan kislotalarini saqlaydi.
Erman tizimli qo‘lanlganda asosiy farmakokinetik xususiyatlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: me‘da sekresiyasini rag‘batlantirish, pankreatin va o‘t kislotalari ajralib chiqishini kuchayishi; amilaza va lipaza darajasini oshishi, ta‘m reseptorlarini rag‘batlantirilishi. Mahalliy qo‘llanganida jarohatlarni, yaralarni bitishini, shuningdek, hashorotlar chaqqanda terini shikastlanishini regenerasiya va jarayonlarini tezlashtiradi.
Jambil o‘ti (Satureja hortensis L.) karvakrol va parasimol efir moylari, taninlar, shilliq moddalar saqlaydi. Burishtiruvchi, bakterisid, spazmolitik, kuchsiz yaqqollikdagi diuretik, terlatuvchi va parazitlarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Chinnigul daraxti g‘unchalari (Syzygium aromaticum (L.) Merr. et L.M.Perry ) quyidagi efir moylarini saqlaydi: evgenol, asetoevgenol, vanilin va kariofilen. Chinnigulning efir moylari stomatologik amaliyotda antiseptik vosita sifatida qo‘llanadi, og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ham ko‘rsatadi.
Qora muruch (Piper nigrum L.) taxminan 1,2-2,6% efir moylari saqlaydi, ular uning mikroblarga qarshi samarasi va parodontozda davolovchi samarasini belgilaydi.
Ta‘m nerv oxirlarini rag‘batlantiradi va me‘da shirasi va so‘lak sekresiyasini kuchayishini chaqiradi. Jigar va metabolik faoliyatga ta‘sir qiladi. Shuningdek insektisid ta‘sir ko‘rsatadi.
Maraslavin® majmuaviy dori mahsulotining tarkibiga zanchabil ildizpoyasi (Zingiber officinale Roscoe) ham kiradi. U 3% gacha efir moylari, aril alkanlari, gingerdiolalar va kraxmal saqlaydi. Bu asosiy komponentlar quyidagi farmakologik samaralarni belgilaydi: so‘lak, me‘da va o‘t sekresiyasi rag‘batlantirish, qusishga qarshi, antioksidant, antiagregant, antilipidemik va yallig‘lanishga qarshi ta‘sir.
Tarkibi bo‘yicha farq qiluvchi Maraslavin® dori preparatidagi dorivor o‘simliklarning ayrim turlarining efir moylari yaqqol yallig‘lanishga qarshi va antiseptik ta‘sir ko‘rsatadi. Eritma tarkibida tanin, kilotalar va bo‘yovchilar majmuada antiekssudativ, antigemorragik va mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Milklarga va milk cho‘ntaklariga mahalliy qo‘llanilganida alohida tarkib qismlarining va ularning majmuasinining farmakokinetikasi haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
Maraslavin® ni qachon qo‘llash mumkin?
- Surunkali parodontitning barcha tasdiqlangan shakllari.
- Parodontal kasalliklarini majmuaviy davolash.
- Parodontitni jarroxlik usulida davolagandan keyin operasiyadan keyingi davrda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Maraslavin® ni har doim bu ilova-varaqadagi ko‘rsatmalariga qat‘iy rioya qilgan xolda qo‘llang. Agar Siz biron-bir narsada ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringiz yoki farmasevtdan so‘rang.
Kattalar: mahalliy qo‘llash uchun, bunda davolashdan oldin davolovchi stomatolog barcha tish qatorlarini mexanik kauzal davolashni to‘liq o‘tkazadi, u milk usti va milk osti tish toshlarini va tish blyashkalarini olib tashlashni, parodontal cho‘ntaklar chuqurligi 5,5 mm gacha bo‘lganda lambosiz polirovka va kyurretajni o‘z ichiga oladi. Mavjud yatrogen omillar ham muvofiqlashtiriladi, ko‘rsatmalarga qarab mavjud jarohat okklyuziyalarini bartaraf etish uchun tanlab tekislash bajariladi.
Mahsulot 10 ml dan 15 ml gacha og‘izni intervallar bilan ikki oydan uch oy davomida chayish uchun dozalanadi. Oyiga kamida 17 dan 20 tagacha seans o‘tkazish kerak. Faol davolash tugatilganidan keyin har 5-6 oyda nazorat tekshiruvlari bilan tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi. So‘ngi ko‘rik davolash boshlanganidan 12 oydan keyin amalga oshiriladi.
Bolalar: bolalarda mahsulot bilan davolashning yetarli klinik tajribasi yo‘qligi tufayli, bu yosh guruhida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Qo‘llashdan oldin chayqatilsin!
Nojo‘ya ta‘sirlari
Maraslavin® ni qo‘llaganda qanday nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin?
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Barcha noxush reaksiyalar, shu jumladan ilova-varaqada ta‘riflanmagan noxush reaksiyalar haqida pasient darhol davolovchi shifokoriga xabar berishi kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Mahsulotning ayrim komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik haqida ma‘lumotlar bo‘lganida mahsulotni buyurish mumkin emas.
Faol abssess va yiringli ekssudati bo‘lgan pasientlarga uni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Chuqurlikda parodontal to‘qimalarning patologik o‘zgarishlariga ta‘sir qilolmasligi tufayli suyak strukturalarini yo‘qotilishi tasdiqlanganda uni mustaqil qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ko‘p miqdorda organik kislotalar saqlaganligi tufayli eritma tishning qattiq to‘qimalariga kuchsiz deminaralizasiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatishiga e‘tibor berish kerak va uni kariesda va tish qatorini norezistentligida tavsiya etish mumkin emas.
Agar davolovchi shifokor lozim topsa, ortopedik usullar yordamida tishlarni umumiy sanasiyasi o‘tkaziladi. Bemorga vitaminlarga boy ovqat va qo‘shimcha ravishda A va S vitaminlarini tavsiya etiladi. Davolash vaqtida o‘tkir va ta‘sirlovchi ovqatlar (sarimsoq piyoz, piyoz, yong‘oqlar va boshqalar) ni iste‘mol qilish taqiqlanadi, tishlarni pasta bilan tish shetkasi yordamida tozalash yoki og‘izni chayish uchun dezinfeksiyalovchi suyuqliklarni ishlatish mumkin emas. Og‘izni ertalab va kechqurun sovuq suv bilan chayiladi. Uzoq vaqt quyosh ostida bo‘lishdan saqlanish kerak.
Homiladorlik va emizish
Har qanday dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Homiladorlik vaqtida homilaga va emizish davrida preparatning ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tizimli tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning mahsulot faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanishi kerak.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi
Avtomobilni haydash va yuqori diqqatni talab etuvchi mashinalar bilan ishlash qobiliyatini buzilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq asoratlar xozircha aniqlanmagan. Dozani oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Mahalliy qo‘llash uchun eritma.
100 ml dan eritma 125 ml sig‘imli to‘q jigarrang shisha yoki to‘q jigarrang PET flakonlarga dozalanadi.
To‘q jigarrang shisha flakonlar alyumin yoki “Pilferpruf” tipidagi polietilen qalpoqchalar bilan berkitiladi.
To‘q jigarrang PET flakonlar “Pilferpruf” tipidagi polietilen qalpoqchalar bilan berkitiladi. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Qo‘llashdan oldin chayqatilsin!
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Flakon ochilgandan keyin yaroqlilik muddati: 1 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz
Chiqarish shakllari