MAVIKSning aptekalardagi narxlari
MAVIKS eritma 20mg/2ml 2ml N5
|
|
204 ta dorixonada bor
|
587 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
785 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
636 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
MAVIKS ko'rsatmalar
Preparat bilan bir vaqtda yoki yuborilgandan so'ng 60 minut oldin va keyin boshqa dori vositalarni qo'llash mumkin emas
Ushbu preparatning kontsentrasiyasi ko'pi bilan 0,4 mg/ml bo'lishi kerak, ya'ni natriy xloridining 0,9% li 100 ml eritmasida suyultirilsa, ko'pi bilan 2 ampula (40 mg) qo'shiladi; natriy xloridining 0,9% li 250 ml eritmasida suyultirilsa, ko'pi bilan 5 ampula (100 mg) qo'shiladi. Preparat sutkada 100 mg va undan ortiq dozada, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarga, yuborilganida, ikkiga bo'lib: ertalab va kechqurun yuborish tavsiya etiladi.
Klinika amaliyotida ishlatilganida, vena ichiga sekin, yuborish tezligi soatiga 50~100 ml (minutiga 15~30 tomchi) bo'lishi kerak. Haddan tashqari tez yuborish mumkin emas.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi
Homilador va emizikli ayollarga preparatni qo'llash mumkin emas, chunki ularda monosialotetrageksozilgangliozidning havfsizligi bo'yicha klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Pediatriyada qo'llanishi
Bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarga preparatni qo'llashga qarshiliklar yo'k.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MAVIKS
MAVIX
Preparatning savdo nomi: Maviks
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): monosialotetrageksozilgangliozid
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
Bir ampula (2 ml) da quyidagilar saqlanadi:
faol modda: monsialotetrageksozilgangliozid (natriyli tuzi ko‘rinishida) – 20 mg;
yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy gidrofosfati, natriy digidrofosfati, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki deyarli rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: gangliozidlar va ularning hosilalari
ATX kodi: N07XA
Farmakologik xususiyatlari
Gangliozidlar sut emizuvchilarning hujayra membranalarida mavjud bo‘lgan, tarkibida sialat kislotasi saqlagan qandli sfingolipidlar toifasiga kiradi. Ularning miqdori ayniqsa nerv tizimida yuqori bo‘ladi. Gangliozid nerv hujayralarining membranalari tarkibiga kiradi, ular nerv hujayralarini rivojlanishi, o‘sishi va differensiasiyasida muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, gangliozid hujayralar shikastlanganidan so‘ng ularni tiklanish jarayoni uchun juda muhim, chunki ularning regenerasiyasiga yordam beradi. U shuningdek sinapsni hosil bo‘lishi va o‘sishini rag‘batlantiradi, innervasiya faoliyatini tiklaydi, nerv o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi, bosh miyaning elektrik faolligini rag‘batlantiradi va boshqa neyrofiziologik ko‘rsatkichlarni tiklaydi, hujayra membranalarini himoya qiladi, hujayra membranalarida enzimatik faollikning ba‘zi turlarini tiklanishini rag‘batlantiradi. Maviks markaziy nerv tizimi funksiyasining buzilishini davolashda ahamiyatli rol o‘ynaydigan eng muhim gangliozidlardan biri hisoblanadi. U shuningdek markaziy nerv tizimining hujayra membranalarda, ionlarni hujayralarga kirishi va ulardan chiqishida muvozanatni saqlab turishga qaratilgan Na+-K+-ATF-fermenti va Ca+2-Mg+2-ATF-fermentining faolligini tutib turadi; hujayralar ichida kalsiy ionlarini to‘planishini bartaraf qilish uchun nerv hujayralarining shishini kamaytiradi. Maviks preparati neyrotoksiklikni oldini oladi, boshqa nerv hujayralariga erkin radikallarning shikastlovchi ta‘sirini kamaytiradi. Shunday qilib, monosialotetrageksozilgangliozid nerv tizimini tiklanishini (nervlarni rekontruksiyasi, neyroplastika) rag‘batlantirish hususiyatiga ega, va shakllari, biokimyosi, neyrofiziologiya va hulq-atvorning turli ko‘rsatkichlarini faollashtirib, nervlarning reparasiyasini tezlashtirish va nerv tizimining faoliyatini maksimal darajada tiklash hususiyatiga ega.
Eksperimentlar monosialotetrageksozilgangliozid bosh va orqa miyaning shikastlangan tomirlarini tiklanishini rag‘batlantirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Kalamushlarning o‘rta miyasi va yo‘l-yo‘l tanasi to‘qimalarining kulturasiga, sichqonlarning neyroblastoma N2A hujayralariga va jo‘jalardagi nerv tugunlarining orqa ildizchalariga monosialotetrageksozilgangliozidni yuborish nervlarning o‘sishi va shoxlanishini rag‘batlantirishi mumkin. Monosialotetrageksozilgangliozid yuborilganidan so‘ng neyromushak biriktiruvchi hosilalarning bioelektrik faolligi oshib, qutblanishi esa kamayib, monosialotetrageksozilgangliozid to‘qimalarda bioelektrik qo‘zg‘aluvchanlikni tushib ketishini kamaytirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Monosialotetrageksozilgangliozid bosh miyada gemodinamik ko‘rsatkichlarni yaxshilaydi va uning shishini pasaytiradi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar monosialotetrageksozilgangliozid Parkinson kasalligida buzilgan hulq-atvorning hususiyatlarini yaxshilashi mumkinligini ko‘rsatdi.
Farmakokinetikasi
Monosialotetrageksozilgangliozid nerv hujayralariga yaqinlikka ega. Ekzogen monosialotetrageksozilgangliozid gematoensefalik to‘siq orqali o‘tishi mumkin. Ushbu modda yuborilganidan so‘ng 2 soatdan keyin radioaktiv nishon yordamida (radioaktivlik cho‘qqi ko‘rsatkichi bo‘yicha) bosh va orqa miyada aniqlanishi mumkin. 4-8 soatdan keyin uning miqdori teng yarmiga kamayadi. Monosialotetrageksozilgangliozid nerv hujayralarining membranalariga saflanishi va ularni o‘zgarishini chaqirishi mumkin. Monosialotetrageksozilgangliozid asosan jigarda metabolizmga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Markaziy nerv tizimini shikastalanishlari, shu jumladan bosh va orqa miya jarohatlari, serebrovaskulyar buzilishlar, Parkinson kasalligida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi
O‘tkir fazasida Maviks preparatini 100 mg dozada 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultirib, vena ichiga infuziya ko‘rinishida har kuni yuborish tavsiya etiladi. 2-3 haftadan keyin samarasini tutib turuvchi dozada – 20-40 mg dan har kuni, odatda 6 hafta davomida, mushak ichiga in‘eksiya yoki vena ichiga infuziya holida yuborish maqsadga muvofiqdir.
Bosh va orqa miya jarohatlarida preparatni 20-40 mg dan har kuni mushak ichiga in‘eksiya ko‘rinishida va 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultirib, vena ichiga sekin infuziya holida yuborish tavsiya etiladi.
Parkinson kasalligida davolashni birinchi kunida Maviksning dozasi 500-1000 mg ni tashkil etadi, vena ichiga infuziya holida yuboriladi. 2-kundan boshlab preparat 200 mg dan har kuni teri ostiga, mushak ichiga yoki vena ichiga infuziya holida, odatda 18 hafta davomida yuboriladi.
Periferik nerv tizimining kasalliklari
Diabetik periferik neyropatiyada Maviks preparatini 20-40 mg dan har kuni, kuniga bir marta 14 kun davomida vena ichiga infuziya holida yuborish tavsiya etiladi. Keyingi 14 kun davomida preparatni 20 mg dozada mushak ichiga yuborish tavsiya etilgan.
Oksaliplatin va boshqalar bilan ad‘yuvant ximiyaterapiyaning neyrotoksik ta‘sirida rivojlangan periferik neyropatiyada Maviks preparati 20 mg dan har kuni kuniga bir marta, 14 kun davomida vena ichiga infuziya holida yuboriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Pasientlarning juda kam miqdorida toshma kuzatilgan. Bunday reaksiya kuzatilganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Kam hollarda preparat yuborilgandan so‘ng toshma toshishi mumkin, bunday holatlarda davolashni to‘xtatish kerak.
Juda kam hollarda pasientlarda et uvishishi, yurak urishini tezlashishi, arterial bosimni pasayishi va boshqalar kuzatish mumkin. Infuziya vaqtida tana haroratini oshishi ko‘rinishida allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Shunday simptomlar paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni va davolashni zudlik bilan to‘xtating.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga allergiyasi bo‘lgan yoki lipidlar metabolizmini genetik buzilishlari bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas (gangliozid organizmda to‘planadi va demensiya, oilaviy amavroz, to‘r pardani degenerasiyasi kabi kasalliklarni og‘irlashtiradi).
Preparat bilan bir vaqtda yoki yuborilgandan so‘ng 60 minut oldin va keyin boshqa dori vositalarni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Dorilarning o‘zaro ta‘siri yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Klinika amaliyotida bu preparat vena ichiga sekin tomchilab, natriy xloridining 0,9% li eritmasida suyultirgandan so‘ng yuborish kerak.
Ushbu preparatning konsentrasiyasi ko‘pi bilan 0,4 mg/ml bo‘lishi kerak, ya‘ni natriy xloridining 0,9% li 100 ml eritmasida suyultirilsa, ko‘pi bilan 2 ampula (40 mg) qo‘shiladi; natriy xloridining 0,9% li 250 ml eritmasida suyultirilsa, ko‘pi bilan 5 ampula (100 mg) qo‘shiladi.
Klinika amaliyotida ishlatilganida, vena ichiga sekin, yuborish tezligi soatiga 50~100 ml (minutiga 15~30 tomchi) bo‘lishi kerak. Haddan tashqari tez yuborish mumkin emas.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homilador va emizikli ayollarga preparatni qo‘llash mumkin emas, chunki ularda monosialotetrageksozilgangliozidning havfsizligi bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya ko‘rinishlarni kuchayishi kuzatiladi.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun eritma 2 ml dan shisha (1 tipi) ampulalarda. 5 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
faol modda: monsialotetrageksozilgangliozid (natriyli tuzi ko'rinishida) – 20 mg;
yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy gidrofosfati, natriy digidrofosfati, in'ektsiya uchun suv.
O'tkir fazasida Maviks preparatini 100 mg dozada 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultirib, vena ichiga infuziya ko'rinishida har kuni yuborish tavsiya etiladi. 2-3 haftadan keyin samarasini tutib turuvchi dozada – 20-40 mg dan har kuni, odatda 6 hafta davomida, mushak ichiga in'ektsiya yoki vena ichiga infuziya holida yuborish maqsadga muvofiqdir. Bosh miyada qon aylanishini surunkali buzilishlarida Maviks preparatini 60-100 mg dozada 0,9% li natriy xloridi eritmasi bilan vena ichiga infuziya ko'rinishida 10-14 kun davomida har kuni yuborish tavsiya etiladi. So'ngra har kuni 20-40 mg dan samarani bir maromda tutib turuvchi dozaga o'tiladi, 3 hafta davomida yuboriladi.
Bosh va orqa miya jarohatlarida preparatni 20-40 mg dan har kuni mushak ichiga in'ektsiya ko'rinishida va 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultirib, vena ichiga sekin infuziya holida yuborish tavsiya etiladi.
Parkinson kasalligida davolashni birinchi kunida Maviksning dozasi 500-1000 mg ni tashkil etadi, vena ichiga infuziya holida yuboriladi. 2-kundan boshlab preparat 200 mg dan har kuni teri ostiga, mushak ichiga yoki vena ichiga infuziya holida, odatda 18 hafta davomida yuboriladi.
Periferik nerv tizimining kasalliklari
Diabetik periferik neyropatiyada Maviks preparatini 20-40 mg dan har kuni, kuniga bir marta 14 kun davomida vena ichiga infuziya holida yuborish tavsiya etiladi. Keyingi 14 kun davomida preparatni 20 mg dozada mushak ichiga yuborish tavsiya etilgan.
Oksaliplatin va boshqalar bilan ad'yuvant ximiyaterapiyaning neyrotoksik ta'sirida rivojlangan periferik neyropatiyada Maviks preparati 20 mg dan har kuni kuniga bir marta, 14 kun davomida vena ichiga infuziya holida yuboriladi.
Kam hollarda preparat yuborilgandan so'ng toshma toshishi mumkin, bunday holatlarda davolashni to'xtatish kerak.
Juda kam hollarda pasientlarda et uvishishi, yurak urishini tezlashishi, arterial bosimni pasayishi va boshqalar kuzatish mumkin. Infuziya vaqtida tana haroratini oshishi ko'rinishida allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Shunday simptomlar paydo bo'lganida preparatni qo'llashni va davolashni zudlik bilan to'xtating.
Eksperimentlar monosialotetrageksozilgangliozid bosh va orqa miyaning shikastlangan tomirlarini tiklanishini rag'batlantirishi mumkinligini ko'rsatdi. Kalamushlarning o'rta miyasi va yo'l-yo'l tanasi to'qimalarining kulturasiga, sichqonlarning neyroblastoma N2A hujayralariga va jo'jalardagi nerv tugunlarining orqa ildizchalariga monosialotetrageksozilgangliozidni yuborish nervlarning o'sishi va shoxlanishini rag'batlantirishi mumkin. Monosialotetrageksozilgangliozid yuborilganidan so'ng neyromushak biriktiruvchi hosilalarning bioelektrik faolligi oshib, qutblanishi esa kamayib, monosialotetrageksozilgangliozid to'qimalarda bioelektrik qo'zg'aluvchanlikni tushib ketishini kamaytirishi mumkinligini ko'rsatadi. Monosialotetrageksozilgangliozid bosh miyada gemodinamik ko'rsatkichlarni yaxshilaydi va uning shishini pasaytiradi. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar monosialotetrageksozilgangliozid Parkinson kasalligida buzilgan hulq-atvorning hususiyatlarini yaxshilashi mumkinligini ko'rsatdi.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Chiqarish shakllari