«Mers» drajelari ko'rsatmalar
vitaminlarga yuqori ehtiyoj bilan kechuvchi holatlar, shu jumladan o'tkazilgan kasalliklar, antibiotiklar bilan terapiyadan keyin, sog'ayish davrida, to'liq bo'lmagan ovqatlanishdan (parhezda, holdan toyishda), uzoq muddatli yuklamalar va zo'riqishlarda.
A vitaminlarining dozalarini oshirib yuborish.
Tarkibi:
Faol moddalar:bir
drajeda
Askorbin kislotasi (S vitamin)
60 mg
Niatsin (V3 vitamin)
15 mg
Alьfa-tokoferol atsetati (E vitamin)
6,7 mg
Piridoksin gidroxlorid (V6 vitamin)
1,6 mg
Riboflavin (V2 vitamin)
1,3 mg
Retinol atsetat (A vitamin)
400 XB
Sianokobalamin (V12 vitamin)
1 mkg
Tiamin mononitrat (V1 vitamin)
1,2 mg
Folat kislotasi
200 XB
Biotin (N vitamin)
30 XB
Kalьtsiy pantotenati (V5 vitamin)
4 mg
Temir (II) fumarati
2,5 mg
Sink
2,5 mg
Yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi, laktoza, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati, saxaroza, talьk, titan dioksidi, akatsiya yelimi, dekstroza siropi, karnaub mumi, asalari mumi, temir qizil oksidi (E172 bo'yovchisi), indigokarmin.
Askorbin kislotasi (S vitamini) - qon tomir devorlari o'tkazuvchanligini kamaytiradi, organizmni tashqi muhitning noqulay ta'sirlariga, shu jumladan infektsiyalarga chidamliligini oshiradi, nerv va endokrin tizimini faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, temirni o'zlashtirilishiga va normal qon yaratilishiga yordam beradi.
Niatsin (V3 vitamini) – to'qimalarning nafasi, yog'li va uglevodlarning almashinuvi jarayonlarida qatnashadi.
Alьfa-tokoferol atsetat (E vitamini) - to'qimalarning nafasi jarayonlarida qatnashadi, antioksidant ta'sirga ega, oqsillar va yog'larning o'zlashtirilishiga yordam beradi, jinsiy va boshqa endokrin bezlarining faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi.
Piridoksin gidroxlorid (V6 vitamini) – ko-ferment sifatida oqsillar almashinuvida va neyromediatorlar sintezida ishtirok etadi.
Riboflavin (V2 vitamini) – hujayraning nafasi jarayonlarining muhim katalizatori, markaziy nerv tizimining faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi.
Retinol (A vitamini) - g'ira-shira paytda normal va rangli ko'rishni ta'minlaydi, epitelial hujayralar butunligini tutib turadi, odamni normal o'sishini ta'minlaydi.
Sianokobalamin (V12 vitamini) - gemoglobin sintezi va normal qon yaratilishi uchun zarur, nukleotidlar sintezida, folat kislotasining metabolizmida qatnashadi.
Tiamin mononitrat (V1 vitamini) - karbonsuvlar almashinuvida asosiy rolь o'ynaydi, nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur.
Folat kislotasi – suvda eruvchan vitamin, o'sish uchun va qon tomiralari va immun tizimini rivojlanishi uchun zarur.
Biotin (N vitamini) – oqsillarni almashinuvida qatnashadi, proteinlarni va nerv tizimini ishlashini yaxshilash uchun V guruhidagi boshqa vitaminlar bilan birga o'zlashtirilishiga yordam beradi.
Kalьtsiy pantotenati (V5 vitamini) - oqsillar va yog'larning atsetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rolь o'ynaydi, nerv tizimi, buyrak usti bezlari, qalqonsimon bezi faoliyatini normallashtiradi.
Temir – Preparat tarkibiga kiruvchi temir gemoglobinning tarkibiy qismi bo'lib, eritropoezda ishtirok etadi.
Sink – suyak ko'migini shakllanishida qatnashadi, A vitaminini so'rilishiga yordam beradi, sochlarni xolatini yaxshilaydi, insonni aqliy qobilyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Chiqarish shakllari