Midiananing aptekalardagi narxlari
MIDIANA tabletkalari 3mg+0,03mg N21
|
|
184 ta dorixonada bor
|
60 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
86 400 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
66 900 so'mdan
Bron qilish
|
Midiana ko'rsatmalar
Agar midiana® preparatni qabul qilish fonida homiladorlik kelib chiqqan bo'lsa, uni qabul qilinishini zudlik bilan bekor qilish lozim.
Mavjud ma'lumotlarga muvofiq homiladorlik davrida midiana®ni qabul qilgan ayollarda homiladorlik, homila yoki yangi tug'ilgan chaqaloqqa nojo'ya samaralar rivojlanish xaqida xulosa qilish uchun cheklangan.
Midiana® preparatining takroran tayinlanishida tug'ishdan keyingi davrda VTE rivojlanishi xavfining oshib ketishini inobatga olish lozim.
Emizish davri
MOK ni qabul qilish ko'krak sutini ishlab chiqarilish darajasini pasaytiradi yoki uning tarkibini o'zgartiradi. Shu munosabat bilan, emizikli ayollarda ushbu preparatning qo'llanilishi tavsiya etilmaydi. Steroid gormonlarning va/yoki ularning metabolitlari oz miqdorda ko'krak sutiga kirib borishi mumkin va bolaning sog'lig'iga ta'sir etishi mumkin.
faol moddalar: 3 mg drospirenon, 0,03 mg etinilestradiol;
yordamchi moddalar:
tabletka yadrosi: laktoza monogidrati, makkajo'xori kraxmali, qayta jelatinlangan (makkajo'xori) kraxmali, povidon K-25, magniy stearati.
plyonka qobig'i: polivinil spirti, titan dioksidi (E171), makrogol 3350, talk, lesitin (soyali).
1 yoki 3 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida.
Karton qutiga blisterni saqlash uchun kartonli yassi futlyar solingan.
Midiana® preparati – bu etinilestradiol va drospirenon saqlovchi majmuaviy peroral kontratseptivdir (MOK). Terapevtik dozada drospirenon shuningdek antiandrogen va kuchsiz antimineralkortikoid xususiyatlarga ham ega. U qanday bo'lmasin estrogen, glyukokortikoid va antiglyukokortikoid faollikka ega emas. Bu drospirenonga tabiiy progesteron bilan bir xil farmakologik profilni ta'minlaydi.
Kontratseptivlar samarasiz usuli uchun Perl indeksi: 0,11 (ishonchli intervalni 97,5% ikkitomonlama yuqori chegarasi: 0,6).
Umumiy Perl indeksi (kontratsepsiya usulini samarasizligi + qo'llashda xatolik): 0,31 (ishonchli intervalni 97,5% ikkitomonlama yuqori chegarasi: 0,91).
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O'ramda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng qo'llanilmasin.
Davolash: spesifik antidoti yo'q. Simptomatik davolashni o'tkazish kerak.
Chiqarish shakllari