Milgammaning aptekalardagi narxlari
MILGAMMA eritma 2ml N10
|
|
1 ta dorixonada bor
|
168 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
190 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
149 800 so'mdan
Bron qilish
|
MILGAMMA eritma 2ml N5
|
|
147 ta dorixonada bor
|
76 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
100 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
75 000 so'mdan
Bron qilish
|
MILGAMMA KOMPOZITUM draje 100mg+100mg N60
|
|
1 ta dorixonada bor
|
242 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
204 500 so'mdan
Bron qilish
|
Milgamma ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MILGAMMA®
MILGAMMA
Bu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.
· Yo‘riqnomani saqlab qo‘ying, u yana kerak bo‘lishi mumkin. · Agar Sizda savollar tug‘ilsa, shifokorga murojaat qiling. · Bu dori shaxsan sizga buyurilgan va uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas, chunki u hatto ularda Sizdagiga o‘xshash simptomlar bo‘lsa ham, ularga zarar yetkazishi mumkin. |
Preparatning savdo nomi: Milgamma®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): piridoksin +tiamin + sianokobalamin + lidokain
Dori shakli: mushak ichiga yuborish uchun eritma.
Tarkibi:
Mushak ichiga yuborish uchun 2 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 100,0 mg tiamin gidroxloridi, 100,0 mg piridoksin gidroxloridi,
1,0 mg sianokobalamin, 20,0 mg lidokain gidroxloridi;
yordamchi moddalar: 40,0 mg benzil spirti, 20,0 mg natriy polifosfati, 0,20 mg kaliy geksasianoferrati, 12,0 mg natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv 2 ml gacha.
Ta‘rifi: qizil rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: V guruhi vitaminlari majmuada.
ATX kodi: A11DB/N07X
Farmakologik xususiyatlari
V guruhi neyrotrop vitaminlari nervlar va harakat apparatining yallig‘lanish va degenerativ kasalliklariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Qon oqimini kuchayishiga yordam beradi va nerv tizimining ishini yaxshilaydi.
Tiamin keyinchalik uglevolarning metabolizmida, shuningdek TPF (tiamin pirofosfat) va ATF (adenozin trifosfat) sintezida ishtiroki bilan Krebs siklida asosiy rol o‘ynaydi.
Piridoksin protein metabolizmida, va qisman, uglevodlar va yog‘lar metabolizmida ishtirok etadi. Ikkala vitaminlarning fiziologik funksiyasi, bir-birining ta‘sirini potensiyalashi hisobiga nerv, nerv-mushak va yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta‘siri bilan ifodalanadi. Keng tarqalgan V6 vitaminining tanqisligi holatlari bu vitaminlar yuborilganidan keyin tez bartaraf qilinadi.
Sianokobalamin mielin qobig‘ining sintezida ishtirok etadi, gemopoezni rag‘batlantiradi, periferik nerv tizimini shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riq tuyg‘ularini kamaytiradi, folat kislotasini faollashishi orqali nuklein almashinuvini rag‘batlantiradi.
Lidokain – mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita, mahalliy anasteziyaning barcha turlarini: terminal, infiltrasion, o‘tkazuvchi anasteziyani chaqiradi.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganidan keyin tiamin in‘eksiya joyidan tez so‘riladi va qonga tushadi (birinchi kuni 50 mg doza yuborilganidan keyin 15 minut o‘tgach 484 ng/ml) va uning leykositlarda 15%, eritrositlarda 75% va plazmada 10% miqdori bilan organizmda notekis taqsimlanadi. Organizmda vitaminning ahamiyatli zahiralarining yo‘qligi tufayli, u organizmga xar kuni tushishi kerak. Tiamin gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tadi va ona sutida aniqlanadi. Tiamin siydik bilan alfa-fazada 0,15 soat o‘tgach, beta-fazada – 1 soat o‘tgach va terminal fazada – 2 kun davomida chiqariladi. Asosiy metabolitlari: tiaminkarbon kislotasi, piramin va ayrim noma‘lum metabolitlaridir. Hamma vitaminlar orasida tiamin organizmda eng kam miqdorlarda saqlanadi. Katta odamning organizmi taxminan 30 mg tiaminni 80% tiamin pirofosfati, 10% tiamin trifosfati ko‘rinishida va qolgan miqdorini tiamin monofosfati ko‘rinishida saqlaydi.
Mushak ichiga yuborilgan in‘eksiyadan keyin piridoksin qon havzasiga tez so‘riladi va CH2OH guruhining 5-nchi holatda fosfat kislotasini qoldig‘ini organik moddalar molekulasiga qo‘shilishidan keyin koenzim rolini o‘ynab, organizmda taqsimlanadi. Vitaminning taxminan 80% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Piridoksin butun organizm bo‘ylab taqsimlanadi va yo‘ldosh orqali o‘tadi va ona sutida aniqlanadi, jigarda to‘planadi va 4-piridoksin kislotasigacha oksidlanadi, u so‘rilganidan keyin maksimum 2-5 soat o‘tgach siydik bilan chiqariladi. Odam organizmida 40-150 mg V6 vitamini saqlanadi va uning har kungi chiqarilishi 2,2-2,4% o‘rnini qoplash tezligida taxminan 1,7-3,6 mg ni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Kelib chiqishi turlicha bo‘lgan nerv tizimining kasalliklari va sindromlarini: nevralgiya, nevrit, yuz nervining parezi, retrobulbar nevrit, ganglionitlar (shu jumladan o‘rab oluvchi temiratki), pleksopatiya, neyropatiya, polineyropatiya (diabetik, alkogolli va boshq.), tungi mushak tirishishlari, ayniqsa keksa yosh guruhlaridagi, umurtqa pog‘onasi osteoxondrozini nevrologik ko‘rinishlari: radikulopatiya, lyumboishalgiya, mushak-tonik sindromlarini majmuaviy davolash tarkibida patogenetik va simptomatik vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
In‘eksiya mushak ichiga chuqur qilinadi.
Yaqqol og‘riq sindromi hollarida qonda preparatning yuqori darajasiga tez erishish uchun davolashni 5-10 kun davomida har kuni 2,0 ml dan boshlash maqsadga muvofiq. Keyinchalik og‘riq sindromi kamayganidan keyin va kasallikning yengil shakllarida yoki ichga qabul qilish uchun dori shakli (masalan, Milgamma® kompozitum preparati) bilan davolashga yoki mumkin davolashni ichga qabul qilish uchun dori shakli (masalan, Milgamma® kompozitum preparati) bilan davom ettirish bilan in‘eksiyalar kamaytiriladi (haftada 2-3 marta 2-3 hafta davomida). Shifokor tomonidan davolashni har haftada nazorat qilish tavsiya etiladi. Ichga qabul qilish uchun dori shakli (masalan, Milgamma® kompozitum preparati) bilan davolashga o‘tishni mumkin bo‘lgan eng qisqa muddatda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Noxush nojo‘ya reaksiyalarning paydo bo‘lishini tez-tezligi JSST tasnifiga muvofiq keltirilgan:
Juda tez-tez | 10 nafar davolanayotganlardan 1 tadan ko‘proq |
Tez-tez | 10 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamroq, lekin 100 nafaridan 1 tadan ko‘proq |
Tez-tez emas | 100 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamroq, lekin 1000 nafaridan 1 tadan ko‘proq |
Kam hollarda | 1000 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamroq, lekin 10000 nafaridan 1 tadan ko‘proq |
Juda kam hollarda | 10000 nafardan 1 tadan kamroq, shu jumladan alohida hollar ham |
* alohida hollarda – simptomlari noma‘lum tez-tezlik bilan namoyon bo‘ladi.
Immun tizimi tomonidan:
Kam hollarda: allergik reaksiyalar (teri toshmasi, nafasni qiyinlashishi, anafilaktik
shok, Kvinke shishi).
Nerv tizimi tomonidan:
Alohida hollarda: bosh aylanishi, ongni chalkashishi;
Yurak-tomir tizimi tomonidan:
Juda kam: taxikardiya;
Alohida hollarda: bradikardiya, aritmiya;
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan:
Alohida hollarda: qusish;
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan:
Juda kam hollarda: ko‘p terlash, akne, qichishish, eshakemi;
Suyak-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan:
Alohida hollarda: tirishishlar;
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:
Alohida hollarda: preparat yuborilgan joyda ta‘sirlanish paydo bo‘lishi mumkin;
Tez yuborilganida va doza oshirib yuborilganida tizimli reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralaridan birontasi yomonlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Homiladorlik va emizish davri («Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi» bo‘limiga qarang). Bolalar. Dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi. Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Sulfitlarni saqlovchi eritmalarda tiamin butunlay parchalanadi. Va oqibatda, tiaminni parchalanishini mahsulotlari boshqa vitaminlarning ta‘sirini faolsizlantiradi. Tiamin oksidlovchi-qaytaruvchi birikmalar bilan nomutanosib, shu jumladan: yoditlar, karbonatlar, asetatlar, tanin kaslotasi, ammoniy temir sitrati, fenobarbital, riboflavin, benzilpenisillin, dekstroza, desulfitlar va boshq., mis tiaminni parchalanishini tezlashtiradi; bundan tashqari tiamin rN qiymati oshganida (3 dan ko‘proq) o‘zining samaradorligini yo‘qotadi. Piridoksinning terapevtik dozalari bir vaqtda qabul qilinganida levodopaning samarasini susaytiradi (levodopaning antiparkinsonik ta‘siri yo‘qoladi). Shuningdek sikloserin, penisillam, izoniazin bilan o‘zaro ta‘siri kuzatiladi. Lidokain parenteral qo‘llanganida norepinefrin qo‘shimcha ishlatilganida, yurakka nojo‘ya ta‘siri kuchayishi mumkin. Shuningdek sulfonamidlar bilan o‘zaro ta‘siri kuzatiladi. Sianokobalamin og‘ir metall tuzlari bilan nomutanosib. Riboflavin shuningdek destruktiv ta‘sir ko‘rsatadi, ayniqsa yorug‘lik bir vaqtda ta‘sir qilganida; nikotinamid fotolizni tezlashtiradi, antioksidantlar esa ingibirlovchi ta‘sir ko‘rsatadilar.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tasodifan vena ichiga yuborilganida bemor shifokor nazorati ostida bo‘lishi yoki simptomlarining og‘irligiga qarab, gospitalizasiya qilinishi kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qarang).
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati
Transport vositalarini haydovchilari va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslar tomonidan preparatni qo‘llashga nisbatan ogohlantirishlar bo‘yicha ma‘lumot yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib borilishini davolash preparatni bekor qilish va simptomatik davolashdan iborat.
Chiqarilish shakli
Mushak ichiga yuborish uchun eritma.
2 ml dan 1 tur jigarrang yorug‘likdan himoyalovchi gidrolitik shisha ampulalarda, ampulalarga etiketka yopishtiriladi, bo‘yoq bilan oq nuqta qo‘yiladi.
5 ampuladan PVX kontur uyali o‘ramda.
5 ampuladan bo‘luvchilari bo‘lgan karton taglikda.
10 ampuladan bo‘luvchilari bo‘lgan karton taglikda. 1, 2, 5 dan PVX kontur uyali o‘ramlar yoki 1, 5 dan karton tagliklar (taglikda 5 ampuladan) yoki 1 karton taglik (taglikda 10 ampuladan) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 2-8° S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari