Miristosept ko'rsatmalar
Kombustiologiya: II va III A darajali kuyishlarni davolash; kuygan yaralarni dermatoplastikaga tayyorlash.
Akusherlik va ginekologiya: tug'ruqdan keyingi yaralarni, tug'ruqdan keyingi jarohatlarni yiringlanishini oldini olish va davolash; chot oralig'i va qin yaralari; tashqi jinsiy a'zolar va qinning yallig'lanish kasalliklari (vul'vovaginit).
Dermatologiya: teri va shilliq qavatlarning kandidozi, oyoq kafti kandidozi va katta burmalar mikozini majmuaviy davolash.
Venerologiya: jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarni (sifilis, gonoreya, genital gerpes) shaxsiy ravishda profilaktikasi.
Otorinolaringologiya: o'tkir va surunkali otitlarni, gaymoritlar, tonzillitlarni majmuaviy davolash.
Stomatologiya: parodontitlar, stomatitlarni davolash, olib qo'yiladigan protezlarni gigienik tozalash, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining operativ aralashuvlaridan keyingi mikrobli asoratlarni oldini olishda qo'llaniladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi.
Preparatni rezorbtsiyasi deyarli yo'qligi tufayli, Miramistin®ni homiladorlik va emizish davrida qo'llashga ruxsat beriladi.
Bolalar.
Bolalarni davolash uchun miramistin eritmasini qo'llash yuzasidan yetarli tajriba yo'qligi tufayli, u pediatriya amaliyotida qo'llanmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri.
Preparatni qo'llash avtotransportni boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlash va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmasligi bilan xarakterlanadi.
Xirurgiya, travmatologiya, kombustiologiya. Profilaktika va davolash maqsadida Miramistin® bilan jarohat va kuyish yuzalari yuviladi, jarohat va oqma yo'llari bo'sh tamponlanadi, antiseptik bilan xo'llangan doka tamponlar fiksatsiya qilinadi. Davolash muolajasi 3-5 kun davomida sutkada 2-3 marta takrorlanadi. Jarohat va bo'shliq sutkada taxminan 1 l preparatni sarf qilinishi bilan samarali hisoblanadi.
Akusherlik va ginekologiya. Tug'ruqdan keyingi infektsiyalarni oldini olish maqsadida tug'ruqdan oldin (5-7 kun), qinni yuvish ko'rinishida va 50 ml preparatga bo'ktirilgan qin ichki tamponlari ko'rinishida, tug'ruqdan keyingi 2 soatlik ekspozitsiya 5 kun davomida qo'llanadi.
Ayollar jinsiy a'zolarining yallig'lanish kasalliklarini davolash preparat bilan tamponlarni qin ichiga yuborish yo'li bilan 2 hafta davomida, tashqi jinsiy a'zolar terisiga ishlov berish, shuningdek preparatni elektroforez yo'li bilan o'tkaziladi.
Dermatologiya. Teri va shilliq qavatlarining kandidomikozi, oyoq-tovoni va katta burmalarning mikozini davolash sepuvchi uchlik yordamida, 3-4 marta sepish yoki sutkada 2-4 marta applikatsiya yo'li bilan amalga oshiriladi.
Venerologiya. Jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarni shaxsiy profilaktikasi uchun miramistin eritmasi, agar u jinsiy aloqadan keyin kechi bilan 2 soatdan keyin qo'llansa samaralidir. Flakon ichidagisi uretral uchlik yordamida siydik chiqarish kanaliga - 2-3 ml (erkaklarga), 1-2 ml (ayollarga), qinga - 5-10 ml 2-3 minutda) yuboriladi. Muolajadan keyin 2 soat davomida qovuqni bo'shatish tavsiya etilmaydi. Sonlarning ichki yuzasi, chov, tashqi jinsiy a'zolar terisiga ishlov beriladi.
Otorinolaringologiya. Yiringli gaymoritlarda yuqori jag' bo'shlig'ini punktsiya qilish vaqtida 10 ml preparat bilan yuviladi. Tonzillitlar va laringitlarni davolashda Miramistin eritmasi bilan tomoqni ko'p marta chayish o'tkaziladi. Otitlarda preparatga botirilgan tampon tashqi eshitish yo'liga 10-14 kun davomida sutkada 4-6 marta kiritiladi.
Stomatologiya. Parodontitlarni davolashda miramistin eritmasi parodontal cho'ntaklarga, keyingi milklarga 15 minut davomidagi applikatsiya qilish yo'li bilan turundalar kiritiladi. Zo'rayishlarda Miramistin® bilan parodontal cho'ntaklar shprits yordamida yuviladi va abtsess bo'shlig'iga preparatli turunda kiritiladi. Vestibuloplastika va frenulektomiya o'tkazilgandan keyin, preparat ambulator sharoitda vannochkalar ko'rinishida qo'llanadi. Olib qo'yiladigan protezlarga gigienik ishlov berish maqsadida, oxirgisi Miramistin® eritmasida kechasiga qoldiriladi, protezlarni ishlatish oldidan yaxshilab oqar suvda yuviladi.
Miramistinga yuqori sezuvchanlikda terining mahalliy ta'sirlanish ko'rinishlari: qichishish, giperemiya, achishish hissi, terining quruqligi paydo bo'lishi mumkin.
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 0,1 mg miramistin;
yordamchi modda: tozalangan suv.
Сhiqarilish shakli
Sirtga qo'llash va ingalyatsiya uchun eritma 0,1 mg/ml 5 ml, 10 ml №10, №20, №30, №40, №50 (polipropilen, polietilen ampulalar), 100 ml (flakonlar)
Boshqa antiseptiklardan farqli ravishda, miramistin mikroorganizmlarga nisbatan yuqori tanlab ta'sir qilish xususiyatiga ega, chunki odam xujayralari qobiqlariga deyarli ta'sir qilmaydi. Ushbu samara insonning xujayra membranasini o'zgacha tuzilishi bilan bog'liq (ahamiyatli darajada katta uzunlikdagi lipid radikallari, xujayralar bilan miramistinni gidrofobli o'zaro ta'siri cheklash xususiyatiga ega).
Miramistin grammusbat va grammanfiy, aerob va anaerob, spora hosil qiluvchi va monokul'turalar va mikrobli assotsiatsiyalar, shu jumladan gospital shtammlari, ko'rinishidagi asporogen bakteriyalarga nisbatan yaqqol mikroblarga qarshi ta'sirga ega.
Jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarning qo'zg'atuvchilariga: gonokokklar, oqish treponemalar, trixomonadalar, xlamidiyalar, shuningdek gerpes, odam immun tanqisligi viruslariga nobud qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Aspergillus oilasi va Penicillum oilasiga mansub askomitsetlarga, achitqi (Rhodotorula rubra, Torulopsis gabrata va boshq.) va achitqisimon (Candida albicans, Candida tropicalis, Candida krusei va boshq.) zamburug'lar, dermatofitlarga (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Trichophyton verrucosum, Trichophyton schoenteini, Trichophyton violaceum, Epidermophyton Kaufman-Wolf, Epidermophyton floccosum, Microsporum gypseum, Microsporum canis va boshq.), shuningdek monokul'turalar va mikrobli assotsiatsiyalar ko'rinishidagi boshqa patogen zamburug'larga nisbatan (masalan Pityrosporum orbiculare (Malassezia furfur)) zamburug'larga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Miramistinning ta'siri ostida mikroorganizmlarning antibiotiklarga nisbatan chidamliligi kamayadi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
Chiqarish shakllari