Misolning aptekalardagi narxlari
MISOL SERTRALIN tabletkalari 50mg N28
|
|
1 ta dorixonada bor
|
104 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
MISOL tabletkalari 50mg N14
|
|
3 ta dorixonada bor
|
90 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
MISOL tabletkalari 50mg N28
|
|
121 ta dorixonada bor
|
78 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
87 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Misol ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MISOL
MISOLUM
Preparatning savdo nomi: Misol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Sertralin
Dori shakli: Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Faol modda: Sertralin gidroxlorid (50 mg ili 100 mg sertralinga ekvivalent).
Yordamchi moddalar: laktoza monogidrat, natriy kroskarmelloza, povidon, aerosil, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearat;
Qobiq: film qoplama uchun material №1 (gidroksipropilmetilsellyuloza, mikrokristallik sellyuloza, stearin kislotasi, titan dioksidi).
Ta‘rifi: Oq rangli, oval shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomoni chiziqli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Antidepressant.
ATX kodi: N06AB06
Farmakologik xususiyatlari
Antidepressant, neyronlarda serotoninni (5-NT) qayta qamrab olinishini spesifik ingibitori. Noradrenalin va dopaminni qamrab olinishiga juda kuchsiz ta‘sir ko‘rsatadi. Terapevtik dozalarda odam trombositlarida serotoninning qamrab olinishini bloklaydi. U stimullovchi, sedativ yoki antixolinergik ta‘sir ko‘rsatmaydi. 5-NT ni qamrab olinishini selektiv susayishi tufayli, sertralin adrenergik faollikni kuchaytirmaydi. Sertralin muskarin xolinoreseptorlarga, serotonin, dopamin, gistamin, GABA-benzodiazepin va adrenoreseptorlariga yaqinlikka ega emas. Sertralin dorilarga qaramlikni chaqirmaydi, uzoq muddat qabul qilinganida tana vaznini oshishini chaqirmaydi.
Farmakokinetikasi
To‘liq so‘riladi, lekin so‘rilish tezligi sekin. Preparat ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganida biokirishaolishligi 25% ga oshadi, maksimal konsentrasiyasi (Smax) 25% gacha oshadi va maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (Tmax) kamayadi.
Odamda sertralin 50 mg dan 200 mg gacha bo‘lgan dozada sutkada 1 marta 14 kun davomida qabul qilinganida Smax ga 4,5-8,4 soatdan keyin erishiladi. Smax va “konsentrasiya-vaqt”(AUC) egri chizig‘i osti maydoni sertralinning 14 kun davomida sutkada bir marta 50-200 mg dozalari chegarasida proporsional, bunda farmakokinetik bog‘liqlikni to‘g‘ri chiziqli xarakteri aniqlanadi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 98% tashkil qiladi. Davolanish bir haftasidan keyin (dozani sutkada 1 marta qabul qilish) muvozanat holati yuz bergunicha preparatning taxminan ikki barobar to‘planishi kuzatiladi. Sertralin jigardan “birinchi o‘tish” da faol biotransformasiyaga uchraydi. Plazmada aniqlanadigan asosiy metabolit- N-desmetilsertralin-(taxminan 20 marta) in vitro holatida faolligi bo‘yicha sezilarli darajada sertralindan past o‘rin tutadi va depressiyaning in vivo modellarida deyarli nofaol.
Sertralin va N-desmetilsertralin faol biotransformasiyaga uchraydi.
Sertralinning o‘rtacha yarim chiqarilish davri (T1/2) yoshlarda va keksa erkak va ayollarda 22-36 soatni tashkil qiladi. N-desmetilsertralinning T1/2 taxminan 62-104 soat chegaralarida o‘zgaradi. Metabolitlari ahlat va siydik bilan teng miqdorlarda chiqariladi. Faqat preparatning oz qismi (0,2% kami) siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Ayrim klinik holatlardagi farmakokinetikasi
O‘smirlarda va keksa yoshdagi odamlarda farmakokinetik profili 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan pasientlardagidan sezilarli farq qilmaydi. Obsessiv kompulsiv buzilishlari (OKB). bo‘lgan bolalardagi sertralinning farmakokinetikasi kattalarniki bilan o‘xshash (garchi bolalarda sertralinning metabolizmi bir muncha faolroq bo‘lsa ham). Ammo bolalarda tana vaznining kichikligini inobatga olib (ayniqsa 6-12 yoshda), preparatni plazmada haddan ziyod darajasidan saqlanish uchun, uni kichik dozalarda qo‘llash tavsiya etiladi. Jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda preparatning T1/2 va AUC sog‘lom odamlardagilar bilan solishtirganda oshadi.
Farmakokinetik tekshirish ma‘lumotlari bo‘yicha sertralin ko‘p marta qabul qilinganida yengil kechuvchi turg‘un jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda sog‘lom odamlardagi bilan solishtirganda preparatning T1/2 oshishi va AUC va Smax ni deyarli uch marta oshishi kuzatilgan. 2 gruhida plazma oqsillari bilan bog‘lanishida sezilarli farqlar bo‘lmagan.
Yengil va o‘rtacha (KK 30-60 ml/min) yoki og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan (KK 10-29 ml/min) bemorlarda sertralin ko‘p marta qabul qilinganida farmakokinetik parametrlari (AUC 0-24 va Smax) nazorat guruhidan sezilarli farq qilmagan.
Preparatning T1/2 hamma guruxlarda, plazma oqsillari bilan bog‘lanishida farq bo‘lmagani kabi, bir xil bo‘lgan.
Qo‘llanilishi
- turli etiologiyali depressiyalar (davolash va oldini olish);
- obsessiv-kompulsiv buzilishlar (OKB);
- sarosimali buzilishlar;
- posttravmatik stressorli buzilishlar (PTSB);
- sosial fobiya.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga sutkada bir marta ertalab yoki kechqurun buyuriladi.Tabletkalarni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin. Depressiya va OKB da davolanishni sutkada 50 mg dozadan boshlanadi. Sarosimali buzilishlar, PTSR va sosial fobiyada davolash sutkada 25 mg dozada boshlanadi, va bir haftadan keyin sutkada 50 mg gacha oshiriladi. Preparatni bunday sxemada ko‘llash davolashni sarosimali buzilishlar uchun xos bo‘lgan samaralari tez-tezligini kamaytirishi imkoniyatini beradi.
Sertralin pasientlarga sutkada 50 mg dozada qo‘llanganida samarasi yetarli bo‘lmasa dozani oshirish mumkin. Dozani haftada bir martadan ko‘p bo‘lmagan oraliqda sutkada 200 mg ni tashkil etuvchi maksimal tavsiya etish mumkin bo‘lgan dozagacha oshirish mumkin.
Boshlang‘ich samara davolash boshlanganidan so‘ng 7 kundan keyin kuzatilishi mumkin, lekin to‘liq samaraga odatda 2-4 xaftadan so‘ng erishiladi (yoki OKB da xatto uzoqroq vaqt davomida).
Uzoq muddatli bir maromda saqlab turuvchi davolashni o‘tkazishda preparat minimal samarali dozada buyuriladi, keyinchalik klinik samarasiga qarab o‘zgartiriladi OKB bo‘lgan bolalar va 13-17 yoshli o‘smirlarda Misol® bilan davolashni sutkada 50 mg dozada boshlash kerak. OKB terapiyasi 6-12 yoshli bolalarda sutkada 25 mg dozada boshlanadi, bir xaftadan keyin sutkada 50 mg gacha oshiriladi. Keyinchalik samarasi yetarli bo‘lmaganda zaruratiga qarab dozani asta-sekin bo‘yicha sutkada 50 mg dan 200 mg gacha oshirish mumkin. Ammo dozani oshirib yuborilishini oldini olish maqsadida, doza 50 mg dan ko‘proq oshirilganida, kattalar bilan solishtirganda bolalarda tana vaznining kamligini e‘tiborga olish kerak. Dozani bir haftadan kam bo‘lmagan intervalda o‘zgartirish mumkin. Keksa yoshda preparat dozasini yoshroq pasientlardagi kabi dozalarda qo‘llanadi. Jigar faoliyatining buzilishlari bo‘lgan pasientlarda kamroq dozalarni ishlatish yoki preparatni qabul qilish oralig‘ini oshirish kerak. Buyraklar faolyati buzilgan pasientlarda buyrak yetishmovchiligini yaqqolligini hisobga olib, dozani to‘g‘irlash talab qilinmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qaltirash, uyqusizlik (kam-uyquchanlik), havotirlik, ajitasiya, gipomaniya, maniya, yurishni buzilishlari, ko‘rishning buzilishlari, ekstrapiramid buzilishlar (diskineziyalar va akatiziya), paresteziyalar, tirishishlar. Xarakatning buzilishlari ko‘proq anamnezida yoki bemorlarda antipsixotik vositalarni yo‘ldosh qo‘llashda kuzatilgan. Sertralin bilan davolash to‘xtatilganida bekor qilish sindromining kamdan-kam hollari ta‘riflangan. Asosiy kasallik simptomlaridan farq qilib bo‘lmaydigan paresteziyalar, gipesteziyalar, depressiya belgilari, gallyusinasiyalar, agressiv reaksiyalar, psixomotor qo‘zg‘alish, bezovtalik yoki psixoz belgilari paydo bo‘lishi mumkin.
Umumiy organizm tomonidan: ko‘p terlash, tana vaznining kamayishi yoki ko‘payishi, bo‘shashish.
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: ishtaxaning pasayishi (kam-oshishi) xatto anoreksiyagacha, og‘izni qurishi, dispepsik buzilishlar (meteorizm, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya), qorinda og‘riq.
Jinsiy tizimi tomonidan: jinsiy a‘zolarning faoliyatini buzilishlari (eyakulyasiyaning kechikishi, libidoning pasayishi, potensiyaning pasayishi, anorgazmiya).
Yurak-tomir tizimi tomonidan: terining qizarishi yoki yuzga qonni oqib kelishlari, qon ketishlar(shu jumladan burundan), yurak urishi.
Allergik reaksiyalar: eshakemi, qichishish.
Dermatologik reaksiyalar: toshma, kam Stivens Djonson sindromi, epidermal nekroliz.
Endokrin tizimi tomonidan: xayz siklini buzilishi, galoktereya, giperprolaktinemiya.
Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan: tranzitor giponatriemiya (ko‘pincha keksa bemorlarda) shuningdek diuretiklarni yoki qator va boshqa preparatlarni qabul qilganda rivojlanadi. Bunday nojo‘ya samarani ADG ni noadekvat sekresiyasi sindromi bilan bog‘laydilar); kam (uzoq muddat qo‘llanganida) qon zardobida transaminazalar faolligining asimptomatik oshishi (preparatni bekor qilish to‘xtatish fermentlarning faolligini normallashishiga olib keladi).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
- MAO ingibitorlari va pimozidni bir vaqtda buyurish;
- homiladorlik;
- laktasiya davri (emizish);
- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar:
- Sertralinga yuqori sezuvchanlik;
Extiyotkorlik bilan: bosh miyaning organik kasalliklarida (shu jumladan aqliy rivojlanishining kechikishi), tutqanoqda, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, tana vazni yaqqol pasayishida.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Sertralin va pimozid birga qo‘llanganida, u bir marta past dozada (2 mg) buyurilganida pimozidning darajasini oshishi kuzatilgan. Pimazidning darajalarini oshishi EKG dagi qanday bo‘lmasin o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lmagan. Bunday o‘zaro ta‘sirning mexanizmi ma‘lum emasligi tufayli, pimozid esa tor terapevtik indeks bilan farq qiladi, sertralin va pimozidni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Sertralin va MAO ingibitorlari bir vaqtda qo‘llanganida og‘ir asoratlar kuzatiladi, tanlab ta‘sir qiluvchi (selegilin) va ta‘sir tipi qaytariluvchi (miklobemid) larda ham kuzatiladi.
Serotonin sindromi rivojlanishi mumin: gipertermiya, regidlik, mioklonus, vegetativ nerv tizimining labilligi (nafas va yurak-tomir tizimi parametrlarining tez o‘zgarishi), ruxiy xolatning o‘zgarishlari, yuqori ta‘sirchanlik, yaqqol qo‘zg‘alish, ongning chalkashishini ham qo‘shib, u ayrim hollarda delireoz holatga yoki koma o‘tishi mumkin.
Varfarin sertralin bilan bir vaqtda qo‘llanganida biroz lekin statistik ishonchli protrombin vaqtining oshishi kuzatiladi – bunday hollarda sertralin bilan davolash boshida va bekor qilinganidan keyin uni to‘xtatish protrombin vaqtini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Birga yuborilganida sertralin atenololning beta-adrenobloklovchi ta‘sirini o‘zgartirmaydi.
Sertralinni 200 mg sutkalik dozada yuborilganida glibenklamid va digoksin bilan dorilarning o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Sertralin va sumatriptanni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda holsizlikni, pay reflekslarini oshishi, ongning chalkashishi, havotirlik va qo‘zg‘alishni paydo bo‘lishini juda kam hollari aniqlanadi.
Farmakokinetik o‘zaro ta‘siri
Sertralin qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Shuning uchun uni oqsillar bilan bog‘lanadigan (masalan, diazepam va tolbutamid) boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘sirlashuvi mumkinligini hisobga olish kerak. Simetidin bilan bir vaqtda qo‘llash sertralinning klirensini ahamiyati darajada pasaytiradi. Sutkada 50 mg dozada sertralin bilan uzoq vaqt davolash bir vaqtda qabul qilinayotgan metabolizmida CYP2D6 izofermenti ishtirok etuvchi dori vositalarining plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi. Bir vaqtda qo‘llanganida sertralin tolbutamidning klirensini pasaytiradi- glyukozaning qondagi darajasini nazorat qilish kerak. Sertralin qon zardobidagi diazepamning konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi, bu CYP2C19 izofermentini ingibisiya bo‘lmasligini ko‘rsatadi. In vitro tekshirishlarning ma‘lumotlari bo‘yicha ko‘ra sertralin CYP1A2 izofermentiga amalda ta‘sir qilmaydi yoki uni minimal susaytiradi.
Sertralin yondosh yuborilganida litiyning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi. Ammo qaltirash ko‘proq ular birga qo‘llanganida kuzatiladi. Sertralinni serotoninergik o‘tkazishga (masalan, litiy bilan) ta‘sir etuvchi dori vositalari bilan birga qo‘llash yuqori extiyotkorlikni talab qiladi. Triptofan yoki fenfluramini sertrolin bilan birga buyurishdan saqlanish kerak Sertralin jigar fermentlarining minimal induksiyasini chaqiradi. Sertrolinni 200 mg dozada va antipirinni bir vaqtda buyurish katta bo‘lmagan (5%), lekin ishonchli antipirinning yarim chiqarilish davrini kamayishiga olib keladi.
Sertralinni sutkada 200 mg dozada uzoq muddat qo‘llash ahamiyatli klinik ta‘sir ko‘rsatmaydi va fenitoinning metabolizmini bostirmaydi. Shunga qaramasdan sertralinni buyurgan vaqtdan boshlab qon plazmasida fenitoinning darajasini sinchiklab kuzatish fenitoinning dozasini muvofiq to‘g‘irlash tavsiya etiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni MAO ingibitorlari bekor qilinganidan keyin kamida 14 kundan so‘ng buyurish mumkin. MAO ingibitorlarini ham preparat bekor qilinganidan keyin kamida 14 kun o‘tgach buyurish mumkin. Triptofan, fenfluramin yoki 5NT-agonistlari kabi serotoninergik neyrotranmissiyani kuchaytiruvchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Farmakodinamik o‘zaro ta‘sirning extimolini hisobga olib, bunday birga buyurishga iloji boricha yo‘l qo‘ymaslik kerak. MNS susaytiruvchi preparatlar bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Sertralin bilan davolanish vaqtida spirtli ichimliklar va etanol saqlovchi preparatlarni iste‘mol qilish man etiladi. Bemorlarni boshqa antidepressiv va antiobsessiv vositalarni qabul qilishdan sertralinga o‘tkazishni optimal vaqtini aniqlash maqsadidagi klinik tekshiruvlarning tajribasi cheklangan. Bunday o‘tishda, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, ayniqsa uzoq ta‘sir qiluvchi preparatlardan, masalan, fluoksetindan.
Serotoninni qayta qamrab olinishini bir ingibitorini va boshqasiga almashtirishda “yuvish davriga” zarurat yo‘q, lekin davolash kursining o‘zgartirishlarida ehtiyotkorlikka rioya qilish talab etiladi. Sertralinni tutqanoq sindromli bemorlarda qo‘llashning tajribasi yo‘q, shuning uchun noturg‘un tutqanog‘i bor bemorlarda uni qo‘llashdan saqlanish kerak, nazorat qilinayotgan tutqanoqli bemorlarni davolash vaqtida sinchiklab kuzatish qilish kerak. Tutqanoq paydo bo‘lganda preparatni bekor qilish kerak. Depressiyasi bo‘lgan bemorlar suisidal urinishlarga nisbatan xavf guruhi hisoblanadi. Bu xavf remissiya rivojlanishi saqlanadi. Shuning uchun davolash boshlangandan va optimal klinik samaraga erishilgungacha bemorlar chetidan doimiy tibbiy nazorat belgilash kerak. Klinik tekshiruvlar vaqtida gipomaniya va maniya sertrolin olgan taxminan 0,4% bemorlarda kuzatilgan. Maniyalar/gipomaniyalarning faollanishini hollari maniakal – depressiv psixozli, boshqa antidepressiv yoki antioobsessiv vositalarni olgan bemorlarning ko‘p bo‘lmagan qismida ham ta‘riflangan. Jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak; dozalash tartibini to‘g‘irlashni o‘tkazish kerak.
Homiladorlarda sertrolinni qo‘llashning nazoratli natijalari yo‘q, shuning uchun preparatni faqat homila uchun potensial xavf, ona uchun kutiladigan foydadan yuqori bo‘lgan holatlarda buyurish mumkin. Reproduktiv yoshdagi ayollar sertrolin bilan davolanish vaqtida samarali kontrasepsiya usullaridan foydalanishlari kerak. Sertrolin ko‘krak sutida aniqlanadi, shuning uchun laktasiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agarda preparatni buyurish kerak bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.
Sertrolin buyurish odatda psixomotor faoliyatlarning buzilishi bilan birga kechmaydi Ammo uni boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanishi diqqatni va kordinasiya xarakatlarining muvofiqligini buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun sertralin bilan davolanish vaqtida transport vositalarini maxsus texnikani boshqarish, yoki yuqori xavf bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ulanish tavsiya etilmaydi.
Preparatni bolalar ola olmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning xatto yuqori dozalari qo‘llanganda ham sertralinning dozasi oshirilib yuborilishini og‘ir belgilar aniqlanmagan. Ammo boshqa preparatlar bilan yoki alkogol bilan bir vaqtda yuborilganida og‘ir zaxarlanish paydo bo‘lishi mumkin.
Simptomlari: Serotonin sindromining ko‘rinishlari: ko‘ngil aynishi, qusish, uyquchanlik, taxikardiya, ajitasiya, bosh aylanishi, psixomotor qo‘zg‘alish, diareya, ko‘p terlash, mioklonus va giperrefleksiya.
Davolash: spesifik antidoti yo‘q. Jadal bir marotaba saqlab turuvchi davolash va organizmning hayotiy zarur faoliyatini doimiy kuzatish talab qilinadi. Qusishni chaqirish tavsiya etilmaydi. Faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash me‘dani yuvishga nisbatan samaraliroq bo‘lishi mumkin. Nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini saqlab turish kerak. Sertralinning taqsimlanish xajmi katta, shuning munosabati bilan diurezni kuchaytirish, dializni, gemoperfuziyani yoki qon quyishni o‘tkazish natijasiz bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
«Misol 50», qobiq bilan qoplangan tabletkalar, №14, №28.
«Misol 100», qobiq bilan qoplangan tabletkalar, №14, №28.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari