Momatning aptekalardagi narxlari
MOMAT RINO sprey 50mkg/doza 120 doz N1
|
|
205 ta dorixonada bor
|
39 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
56 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
43 700 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Momat ko'rsatmalar
Intranazal kortikosteroidlarni qo'llagandan keyin burun to'sig'i perforasiyasi va ko'z ichki bosimini oshishi holatlarini paydo bo'lishi haqida xabar berilgan. Ayrim pasientlarda ta'm va hid bilish hissiyotlarini buzilishlari kuzatilgan. Kortikosteroidlar yaralarni bitishini sekinlashtirganligi tufayli, bunday preparatlarni yaqinda burunda operasiya o'tkazgan yoki jarohatlangan bemorlarda yara to'liq bitmaguncha mahalliy intranazal qo'llash uchun buyurish mumkin emas.
Momat A nafas yo'llarining faol yoki latent tuberkulyoz infektsiyasi, shuningdek davolanmagan zamburug'li, bakterial infektsiyasi, tizimli virusli infektsiyasi yoki ko'zlarni shikastlanishi bilan herpes simplex infektsiyasi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi yoki qo'llash mumkin emas.
Momat A preparati bilan 12 oy davolagandan keyin burun shilliq qavatining atrofiyasi belgilari kuzatilmagan; bundan tashqari, mometazon furoati burun shilliq qavatining gistologik manzarasini normallashishiga olib kelgan. Burun yoki halqumning mahalliy zamburug'li infektsiyasi rivojlangan hollarda momat A preparati bilan davolashni to'xtatish yoki maxsus davolashni o'tkazish kerak. Uzoq vaqt davomida saqlanayotgan burun va halqumning shilliq qavatini ta'sirlanishi ham momat A preparati bilan davolashni to'xtatish uchun ko'rsatma bo'lishi mumkin.
Dori preparati tarkibila benzalkoniy xloridi bo'lganligi tufayli bronxospazm holatlari kuzatilishi mumkin.
Momat A preparati bilan uzoq vaqt davolaganda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi faoliyatini susayishi belgilari kuzatilmagan. Tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolagandan keyin momat A nazal spreyi bilan davolashga o'tayotgan pasientlarni sinchkov shifokor kuzatuvi talab etiladi. Bunday bemorlarda tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlarni qabul qilishni to'xtatish buyrak usti bezi po'stloq qismining faoliyatini etishmovchiligiga olib kelishi mumkin, bu tizimli kortikosteroidlar Bian davolashni tiklash va boshqa tegishli davolashni qo'llashni talab etishi mumkin.
Tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlar bilan davolashdan momat A preparati bilan davolashga o'tish vaqtida ayrim bemorlarda burundagi simptomlarni engillashishi bilan bir qatorda kortikosteroidlarni bekor qilish simptomlari (masalan bo'g'imlar va/yoki mushaklarda og'riq, toliqish hissi va depressiya) paydo bo'lishi mumkin. Davolashni o'zgartirish shuningdek avval rivojlangan va tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlar bilan niqoblangan allergik kasaliklari (allergik kon'yunktivit, ekzema va boshqalar kabi) aniqlash imkonini berishi mumkin.
Kortikosteroidlarni qabul qiluvchi pasientlar pasaygan immun reaktivlikka potentsial ega bo'lishlari mumkin va ayrim infektsion kasalliklari (masalan suvchechak, qizamiq) bo'lgan bemorlar bilan kontaktda bo'lgan hollarda zararlanishning yuqori xavfi haqida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak.
Pasientlarni tana haroratini oshishi, yuzning bir qismi kuchli og'riq yoki tish og'rig'i, orbital yoki periorbital shish yoki dastlabki yaxshilanishdan keyin holatni yomonlashishi kabi og'ir bakterial infektsiyalarning belgilari yoki simptomlari paydo bo'lgan hollarda darhol shifokorga murojaat etish kerakligi haqida ogohlantirish kerak.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlar
Engil darajadagi buyrak funktsiyasini buzilishi (kreatinin klirensi >79 ml/min) bo'lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
O'rtacha yoki og'ir darajadagi buyrak funktsiyasini buzilishi (kreatinin klirensi <79 ml/min - >10 ml/min) bo'lgan pasienlarda momat A ehtiyotkorlik bilan va qat'iy shifokor nazorati ostida qo'llanishi kerak.
Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlar
Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Homiladorlik va laktasiya davri
Homilador ayollarda preparatning ta'siri bo'yicha maxsus tadqiqotlar o'tkazilmagan. Ammo, intranazal qo'llash uchun boshqa kortikosteroidlar kabi momat A homiladorlarda va emizikli ayollarda faqat, agar qo'llashdan kutilayotgan foyda ona, homila yoki bola uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgandagina qo'llash mumkin. Homiladorlik vaqtida kortikosteroidlarni qo'llagan onalarning chaqaloqlarini buyrak usti bezi gipofunktsiyasi yuzasidan tekshirish kerak.
Dori vositasining transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o'ziga xosligi.
Bosh aylanishi, uyquchanlik, reaktsiyani sekinlashishi kuzatilishi mumkinligi tufayli ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Mometazon mahalliy va sirtga qo'llash uchun ftor saqlamaydigan sintentetik yuqori faol glyukokortikosteroid hisoblanadi. yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, qichishishga qarshi xususiyatlarga ega. Uning mahalliy ta'siri tizimli samaralar chaqirmaydigan dozalarda namoyon bo'ladi.
Mometazon yallig'lanish mediatorlarini ajralib chiqishini tormozlaydi, fosfolipaza A ingibitori hisoblangan lipomodulin ishlab chiqarilishini oshiradi, bu araxidon kislotasini ajralib chiqishini kamayishi va muvofiq ravishda araxidon kislotasi metabolizmi mahsulotlarini – tsiklik endoperoksidlar, prostaglandinlar sintezini susaytirishi bilan bog'liq. Yallig'lanish ekssudatini va limfokinlarni ishlab chiqarilishini kamaytiradi, makrofaglar migrasiyasini tormozlaydi, infiltrasiya va granulyasiya jarayonlarini kamayishiga olib keladi. Xemotaksik omillar (allergik reaktsiyaning kechki fazasi) hosil bo'lishini kamaytirish orqali yallig'lanishni kamaytiradi, "darhol" allergik reaktsiya rivojlanishini tormozlaydi.
Burun shilliq qavatiga allergenlarni yuborilganda provokasion testlar bilan o'tkazilgan tadqiqotlarda mometazonning allergik reaktsiyaning erta ham, kechki ham bosqichlarida yallig'lanishga qarshi yuqori faolligini namoyish qilgan.
Azelastin ftalazinon hosilasi, uzoq ta'sirga ega yallergiyaga qarshi vosita hisoblanadi. selektiv N1-gistaminblokatori bo'lib, antigistamin, allergiyaga qarshi va membranani barqarorlashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi, kapillyarlar o'tkazuvchanligi va ekssudasiyani kamaytiradi, semiz xujayralarning membranasini barqarorlashtiradi va ulardan bronxospazm chaqiruvchi va erta va kechki bosqichdagi allergik reaktsiya va yallig'lanishni chaqiruvchi biologik faol moddalar (gistamin, serotonin, leykotrienlar, trombositlarni faollashtiruvchi omil va boshqalar) ni ajralib chiqishiga to'sqinlik qiladi. Mahalliy qo'llanilganda tizimli ta'siri ahamiyatsiz darajada.
Intranazal yuborilganda qichishish va burun bitishi, aksirish va rinoreyani kamaytiradi. Allergik rinit simptomlarini susayishi qo'llanilgandan 15 minutdan keyin kuzatiladi va 12 soat va undan ortiq davom etadi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Davolash: simptomatik.