Motoniumning aptekalardagi narxlari
MOTONIUM tabletkalari 10mg N30
|
|
9 ta dorixonada bor
|
36 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
45 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Motonium ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MOTONIUM®
MOTONIUM
Preparatning savdo nomi: Motonium®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): domperidon
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: domperidon – 10,00 mg;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati – 48,44 g,mikrokristall sellyuloza- 10,00 mg, povidon (quyimolekulyar polivinilpirrolidon) – 10,00 mg, gliserol (gliserin) – 0,56 mg, magniy stearati – 1,00 mg, makkajo‘xori kraxmali – vazni 100,00 mg qobiqsiz tabletka olingunicha;
yordamchi moddalar (qobiq): gipromelloza – 1,74 mg, makrogol 6000 – 0,26 mg, vazni
102,00 mg plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka olingunicha.
Ta‘rifi: dumaloq, ikki yoqlama qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, ko‘ndalang kesimda oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: qusishga qarshi vosita – dofamin reseptorlarining markaziy blokatori.
ATX kodi: A03FA03.
Farmakologik ta‘siri
Farmakodinamikasi
Periferik va markaziy (bosh miyaning trigger soxasida) dofamin reseptorlarini bloklaydi, dofaminning me‘da-ichak yo‘llarining motor faoliyatiga ingibisiya qiluvchi ta‘sirini yo‘qotadi va me‘daning evaukator va xarakat faolligini oshiradi. Qusishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, xiqichoq tutishini tinchlantiradi va ko‘ngil aynishini bartaraf qiladi. Qon zardobida prolaktinning konsentrasiyasini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin, och qoringa – tez (ovqat qabul qilgandan keyin, me‘da shirasining kislotaligini pastligi so‘rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi). Maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (TSmax) – 1 soat. Biokiraolishligi – 15% (jigar orqali “birinchi o‘tish” samarasi). Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90%. Turli to‘qimalar orqali o‘tadi, gematoensefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi. Jigar va ichak devorida metabolizmga uchraydi (gidroksillanish va N-alkil guruhini qo‘shilish yo‘llari bilan). Ichak orqali 66%, buyraklar orqali – 33% chiqariladi, shu jumladan o‘zgariagan xolda muvofiq – 10% va 1%. Yarim chiqarilish davri – 7-9 soat, yaqqol surunkali buyrak yetishmovchiligida – uzayadi.
Qo‘llanilishi
- Turli genezli qusish va ko‘ngil aynishi (shu jumladan funksional va organik kasalliklar, infeksiyalar fonida, toksemiyada, nur bilan davolashda, parhez buzilganida, dori qabul qilish bilan bog‘liq genezli – morfin, apomorfin, levodopa va bromokriptinni qabul qilishda; me‘da-ichak yo‘llarini endoskopik va rentgenokontrast tekshirishilar o‘tkazishda), xiqichoq tutishi, me‘da-ichak yo‘llarining atoniyasi (shu jumladan operasiyadan keyingi); me‘da-ichak yo‘llarini rentgenokontrastli tekshirishlarni o‘tkazishda peristaltikani tezlashtirishning zarurati bo‘lganida.
- Me‘daning bo‘shalishini sekinlashi, gastroezofagal reflyuks va ezofagit fonidagi dispeptik buzilishlar: epigastriyda to‘lib ketish xissi, qorinni dam bo‘lish xissi, meteorizm, gastralgiya, kekirish, me‘da ichidagisini og‘iz bo‘shlig‘iga chiqarib tashlanishi bilan yoki usiz jig‘ildon qaynashida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan 30 minut oldin buyuriladi.
Kattalar va 5 yoshdan oshgan bolalarga surunkali dispeptik ko‘rinishlarda – 50 mg dan sutkada 3-4 marta va zarurati bo‘lganida qo‘shimcha uyqudan oldin.
Yaqqol ko‘ngil aynishi va qusishda – 5 mg/10 kg dan sutkada 3-4 marta va uyqudan oldin. Zarurati bo‘lganida doza ikki marta oshirilishi mumkin.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun dozaga tuzatish kiritish kerak, qabul qilishlar soni kun davomida 1-2 martadan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: ichakning o‘tuvchan spazmlari.
Nerv tizimi tomonidan: ekstrapiramid buzilishlar (bolalarda va gematoensefalik to‘siqning o‘tkazuvchanligi oshgan shaxslarda).
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi.
Boshqalar: giperprolaktinemiya (galaktoreya, ginekomastiya).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, mexanik ichak tutilishi, me‘da yoki ichakning teshilishi, prolaktinoma, bolalarda (5 yoshgacha va tana vazni 20 kg gacha bo‘lgan bolalar)da qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, laktasiya davri, xomiladorlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Simetidan, natriy gidrokarbonati domperidonning biokiraolishligini pasaytiradi.
Antixolinergik dori vositalari domperidonning markaziy ta‘sirini neytralizasiya qiladi.
Domperidonning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradilar: azol qatori zamburug‘larga qarshi vositalar, makrolidlar guruhi antibiotiklari, OITV-proteaza ingibitorlari, nefazadon (antidepressant).
Antipsixotik dori vositalari (neyroleptiklar), dofaminergik reseptorlarning agonistlari (bromokriptin, levodopa) qabul qilish bilan mutanosib.
Parasetamol va digoksinni bir vaqtda qabul qilish bu dori vositalarining qondagi konsentrasiyasiga ta‘sir qilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Xomiladorlik va laktasiya darvi
Preparatni xomiladorlik yoki laktasiya davrida, agar ona uchun kutilayotgan foyda xomila yoki bola uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lganida yo‘l qo‘yiladi.
Preparatni transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarishiga mumkin bo‘lgan ta‘siri xaqida ma‘lumotlar
Aloxida ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: uyquchanlik, dezorientasiya, ekstrapiramid buzilishlar (ayniqsa bolalarda).
Davolash: faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, ekstrapiramid buzilishlarda – antixolinergik dori vositalari, antixolinergik xususiyatlarga ega bo‘lgan parkinsonizmga qarshi yoki antigistamin dori vositalari.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg.
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
3 kontur uchli o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari