Multi


Ozuqaga biologik faol qo'shimcha dori vositasi xisoblanmaydi. 

Dori vositalari qabul qilganda shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Homiladorlik vaqtida va tug'ruqdan keyin kuniga 1 kapsuladan ovqat vaqtida suv bilan yoki shifokor maslaxati bo'yicha qo'llaniladi. 

Preparatni tavsiya etiladigan davomiyligi homiladorlik yuz bergunicha (homiladorlik rejalashtirilgan xollarda), homiladorlik va emizish davrida 1 oyni tashkil qilgan. 
Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.

Tarkibi: 

faol modda: A vitamini -800mkg, C vitamin -80mg, D3 vitamin -400 XB, E vitamini -11 XB, tiamin (V1)-1,5 mg, Riboflavin (V2)-1,5mg, Niatsinamid (V3)-18mg, Piridoksin (V6)-2mg, Vitamin V12-2,6mkg, Folat kislotasi(V9)-500mkg, Kal'tsiy-250mg, Temir-25mg, Tsink-10mg.

Yordamchi moddalar: sariq asalari mumi, gidrogenlangan soya moyi I, gidrogenlangan soya moyi II, soya letsitini, rafinatlangan soya moyi, suvsiz limon kislotasi, jelatin, glitserin, sorbitol, temir vI oksidi, sariq N6, temir III oksidi, tozalangan suv.

Сhiqarilish shakli: yumshoq jelatin kapsulalar.

Ozuqaga biologik faol qo'shimcha. Majmua homiladorlik vaqtida va emizish davrida ayollar o'suvchi extiyojini qoniqtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan.

A vitamini turli moddalar sintezida ishtirok etadi (oqsil, yog', mukopolisaxaridlar) va teri, shilliq qavat, shuningdek ko'rish a'zolari normal funktsiyasini ta'minlaydi. 

D3 vitamini kal'tsiy muvozanatini va homilador ayollar organizmida fosforni tutib turishda asosiy rol' o'ynaydi. 

E Vitamini (tokoferol) tabiat antioksidanti xisoblanadi.

V guruxi vitaminlari organizmda turli moddalar almashinuvini boshqaruvchi barcha fermentlarni xosil bo'lishida ishtirok etadi. 

Folat kislotasi qon xujayralarini normal xosil bo'lishi uchun zarur, eritropoezni rag'batlantiradi, aminokislotalar sintezida ishtirok etadi. 

Kal'tsiy suyak to'qimalarini shakllanishida, qon quyilishida, nerv impul'slarini o'tishida, skelet va silliq mushaklarni qisqaruvchanligida ishtirok etadi. 

Tsink homila skeletini normal shakllanishi va to'qimalar regeneratsiyasi uchun zarur, ayrim gormonlar, shu jumladan insulin tarkibiga kiradi. 

S Vitamini — tan olingan immunostimulyatordir. Yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega, erkin radikallarni neytralizatsiya qilishga va o'pka xujayralarini agressiv ta'sirlardan ximoya qilishga yordam beradi.

Yorug'lik va namlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 

Yaroqlilik muddati 2 yil.

Multi dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Multi dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Multi dori vositasi Daana Pharmaceutical Company tomonidan Eron mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Barcha rasmlar
«Multi» dorisining ta'rifi Apteka.uz saytida qisqartilirlgan yoki rasmiy ko'rsatmalar bilan to'ldirilgan bo'lishi mumkin. Dorini sotib olishdan va ishlatishdan oldin siz shifokor bilan maslahatlashib, ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan izoh bilan tanishishingiz kerak.
×
×