MUSKOMEDning aptekalardagi narxlari
MUSKOMED kapsulalar 4mg N20
|
|
187 ta dorixonada bor
|
50 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
96 700 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
78 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
MUSKOMED ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MUSKOMED
MUSCOMED
Preparatning savdo nomi: Muskomed
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tiokolxikozid
Dori shakli: krem
Tarkibi:
1 g krem quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 2,5 mg tiokolxikozid;
yordamchi moddalar: polisorbat 80, gidrogenlangan lanolin, setil spirti, setilefir mumi, stearin kislotasi, metilparagidrosibenzoati, etilparagidroksibenzoati, natriy alginati, natriy laurilsulfati, jo‘ka daraxti essensiyasi, tozalangan suv.
Ta‘rifi: och sariq rangli bir xil krem.
Farmakoterapevtik guruhi: markaziy ta‘sirga ega miorelaksant.
ATX kodi: M03VX05
Farmakologik hususiyatlari
Farmadinamikasi
Muskomed faol modda sifatida kolxikozidning tabiiy glikozididan olinadigan yarim sintetik miorelaksant tiokolxikozid saqlaydi. Gamma-aminomoy kislotasi (GAMK) va glisinergik reseptorlariga selektiv affinlik namoyon qiladi, bu preparatni nerv tizimining turli darajalarida, mahalliy xarakterga ega bo‘lgan spazmlarida ham, markaziy rivojlangan spazmlarda ham preparatning ta‘siri bilan ifodalanadi. Markaziy nerv tizimining ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan mushak spazmlarini o‘rtacha darajada pasaytiradi yoki bartaraf qiladi. Spastik mushak gipertoniyasida bo‘g‘imlarni yozilishiga mushaklarning passiv qarshiligini pasaytiradi yoki og‘riqli ixtiyorsiz mushak spazmlarini kamaytiradi. Muskomed kuraresimon ta‘sir ko‘rsatmaydi, mushaklar falajini chaqirmaydi va yurak qon-tomir va nafas tizimlariga ta‘sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida tizimli qon oqimiga deyarli o‘tmaydi. Faol moddaning taxminan 70% preparat surtilgan sohada qoladi. Oqsillar (asosan albuminlar) bilan bog‘lanishi 13% ni tashkil etadi. Tiokolxikozid va uning metabolitlari asosan axlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Og‘riqli mushak spazmlarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Muskomed krem sirtga qo‘llanadi.
Muskomed krem kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga davolovchi shifokorning nazorati ostida sutkada 2-3 marta qo‘llanadi. Kremning kerakli qismi teriga qo‘yiladi va yengil surtiladi. Qo‘llanayotgan preparatning miqdori og‘riqli sohaning o‘lchamiga bog‘liq.
Preparat surtilganidan keyin qo‘llarni yuvish kerak.
Davolash davomiyligi ko‘rsatmalarga va davolash samaradorligiga bog‘liq.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Uzoq muddat qo‘llanganida o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (kontakt dermatit, teri toshmalari, eshakemi, bronxial astma, angionevrotik shish) rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- teri qoplamlarining butunligini buzilishi;
- mushaklar gipotoniyasi;
- mushaklarni yengil falaji;
- homiladorlik;
- laktasiya davri;
- 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Dorilarning o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Biroq boshqa miorelaksantlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Markaziy nerv tizimining faoliyatini susaytiruvchi preparatlar, shu jumladan alkogol, antigipertenziv vositalar, kuraresimon preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida miorelaksasiyani kuchayishi va MNT faoliyatini susayishi, gipotoniya rivojlanishi mumkin.
Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ketishini rivojlanish havfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanganida preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Muskomed kremini faqat shikastlanmagan teriga surtish, ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak. Surtilganidan so‘ng okklyuzion bog‘lov qo‘yish mumkin emas. Preparatni ko‘zlarga va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘yish kerak emas.
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktasiya davrida Muskomed preparatini qo‘llash mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparatni 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Davolanish vaqtida avtotransportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial havfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi xaqida ma‘lumotlar yo‘q.
Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirlari kuchayishi mumkin.
Davolash: simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Krem 30 g dan alyumin tubada.
1 alyumin tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha
Chiqarish shakllari