Natalsidning aptekalardagi narxlari
NATALSID suppozitorii 250mg N10
|
|
185 ta dorixonada bor
|
45 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
91 600 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
73 900 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Natalsid ko'rsatmalar
NATALSID®
preparatini tibbiyotdPreparatning savdo nomi: Natalsid®
Guruhlash nomi: Natriy alginati
Dori shakli: Rektal suppozitoriylar
Tarkibi
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:
natriy alginati (natriy alginat) – 250 mg; suppozitoriylar uchun asos: qattiq yog‘ (vitepsol, supposir) – 2,25 g vaznli suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda.
Ta‘rifi
Och-qo‘ng‘ir tusli och-sariq rangli, torpedasimon suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi
Mahalliy qo‘llash uchun gemostatik vosita.
ATX kodi: V02VS
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning faol moddasi – natriy alginati – qo‘ng‘ir dengiz o‘tlaridan olinadigan tabiiy polisaxarid. Yaqqol gemostatik, yallig‘lanishga qarshi va reparativ ta‘sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Epitelizasiya bosqichidagi surunkali anal yoriqlar, surunkali qonab turuvchi gemorroy, proktosigmoidit va operasiyadan keyingi davrdagi to‘g‘ri ichakdagi yallig‘lanish ko‘rinishlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Bolalarda (14 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi
Natalsid® preparatini homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal. Ichak o‘z-o‘zidan yoki tozalovchi xo‘qnadan bo‘shalganidan keyin, to‘g‘ri ichakka kiritiladi. Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta qo‘llanadi. Natalsid® preparati bilan davolash kursining davomiyligi 7-14 kunni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘siri
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Natalsid® rektal suppozitoriylari 250 mg. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda, 2 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Yaroqlilik muddati
3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
Bolalar ololmaydigan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari