NEOFLOKS ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NEOFLOKS®
NEOFLOX®
Preparatning savdo nomi: Neofloks®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): moksifloksasin
Dori shakli: infuziya uchun eritma 0.4%
Tarkibi:
Har 100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: moksifloksasin (moksifloksasin gidroxloridi ko‘rinishida) – 400 mg;
yordamchi moddalar: mannitol, dinatriy edetati, natriy gidroksidi, xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsizdan to yashil-sariq rangli, mexanik qo‘shimchalardan xoli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: antibakterial vosita (ftorxinolonlar guruhi).
ATX kodi: J01MA14
Farmakologik xususiyatlari
Moksifloksasin – keng bakterisid ta‘sir doirasiga ega mikroblarga qarshi vositadir.
In vitro sharoitda moksifloksasin ko‘pgina grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar, anaeroblar, kislotaga chidamli bakteriyalar, shuningdek notipik bakteriyalar (masalan Mycoplasma spp, Chlamidia spp, Legionella spp.) ga nisbatan samarali. Antibiotik β-laktam va makrolid preparatlarga chidamli bakteriyalarga nisbatan samarali.
Moksifloksasin quyidagi mikroorganizmlarning ko‘pgina shtammlariga nisbatan ta‘sir ko‘rsatadi:
Grammusbat mikroorganizmlar: Streptococcus pneumoniae (shu jumladan penisillin va makrolidlarga rezistent shtammlari va antibiotiklarga ko‘plab rezistentshtammlar), Streptococcus pyogenes (A guruhi), Streptococcus milleri, Streptococcus mitior, Streptococcus agalactiae, Streptococcus dysgalactiae, Streptococcus anginosus, Streptococcus constellatus, Staphylococcus aureus (shu jumladan metisillinga sezgir shtammlar), Staphylococcus cohnii, Staphylococcus epidermidis (shu jumladan metisillinga sezgir shtammlar), Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus, Staphylococcus simulans, Corynebacterium diphtheriae, Enterococcus faecalis (faqat vankomisin va gentamisinga sezgir shtammlar).
Grammanfiy mikroorganizmlar: Haemophilus influenzae (shu jumladan β-laktamazonegativ vamusbat shtammlar), Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis (shu jumladan β-laktamazo negativ va musbat shtammlar), Escherichia coli, Enterobacter cloacae, Bordetella pertussis, Klebsiella oxytoca, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter intermedius, Enterobacter sakazaki, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Morganella morganii, Providencia rettgeri, Providencia stuartii.
Anaeroblar – Bacteroides distasonis, Bacteroides eggerthii, Bacteroides fragilis, Bacteroides ovatum, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides uniformis, Fusobacterium spp, Peptostreptococcus spp, Porphyromonas spp, Porphyromonas anaerobius, Porphyromonas asaccharolyticus, Porphyromonas magnus, Prevotella spp, Propionibacterium spp, Clostridium perfringens, Clostridium ramosum.
Notipik: Chlamydia pneumoniae, Mycoplasma pneumoniae, Legionella pneumophila, Coxiellaburnettii.
Moksifloksasin Pseudomonas aeruginosa, Pseudomonas fluorescens, Burkholderia cepacia, Stenotrophomonas maltophilia ga nisbatan faolligi kamroq.
Moksifloksasinning bakterisid ta‘siri uni DNK replikasiyasi, tiklanishi va transkripsiyasi uchun zarur bo‘lgan bakterial topoizomeraza II va IV bilan o‘zaro ta‘siri orqali amalga oshadi.
Moksifloksasinning faolligi uning qon plazmasidagi konsentrasiyasiga bog‘liq: minimal bakterisid konsentrasiyalari odatda minimal bakteriostatik konsentrasiyalarga mos keladi.
Mikroorganizmning chidamlilik mexanizmi penisillinlar, sefalosporinlar, aminoglikozidlar va tetrasiklinlarni faolsizlantiradi, moksifloksasinning antibakterial samaradorligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Preparat va ko‘rsatilgan antibiotiklar o‘rtasida kesishgan chidamlilik kuzatilmagan. Plamidga bog‘liq rezistentlik hozircha kuzatilmagan. Bakriyalarning chidamliligini juda past tez-tezligi (10-7-10-10) namoyish etilgan. Mikroorganizmlarni seriyali suyultirganda moksofloksasinning MBK ko‘rsatkichini ahamiyatsiz oshishi namoyish etilgan.
Odatda ftorxinolonlar guruhiga mansub antibakterial vositalar orasida kesishgan rezistentlik kuzatiladi. Boshqa xinolonlarga chidamli ayrim grammusbat va anaerob mikroorganizmlar moksifloksasinga sezgir.
Farmakokinetikasi
Moksifloksasin 400 mg dozada vena ichiga (v/i) infuziyadan keyin 1 soat davomida infuziyani yakunida Cmax ga erishiladi. Mutloq biokiraolishligi 91% ni tashkil qiladi. Moksifloksasin to‘qima va a‘zolarda tez taqsimlanadi va qon oqsillari bilan (asosan albuminlar bilan) taxminan 45% bog‘lanadi. Taqsimlanish hajmi (Vd) taxminan 2 l/kg ni tashkil qiladi. Preparatni plazmadagiga qaraganda yuqori konsentrasiyalari o‘pka to‘qimalarida (shu jumladan alveolar makrofaglarda), bronxlarning shilliq qavatlarida, burun bo‘shliqlarida, yumshoq to‘qimalarda, terida va teri osti tuzilmalarida, yallig‘lanish o‘choqlarida hosil bo‘ladi. Interstisial suyuqlikda va so‘lakda preparat erkin, oqsillar bilan bog‘lanmagan holda, plazmadagiga qaraganda yuqoriroq konsentrasiyada aniqlanadi. Nofaol sulfobirikmalar va glyukouronidlarni hosil bo‘lishi bilan biotransformasiyaga uchraydi. Moksifloksasinni biotransformasiyasi jigarning, sitoxrom R450 tizimi mikrosomal fermentlari ishtirokisiz kechadi. Siydik bilan ham o‘zgarmagan holda, ham nofaol metabolitlari ko‘rinishida ham chiqariladi. Bir martalik dozaning(400 mg) taxminan 19% siydik bilan, taxminan 25% – axlat bilan o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Yarimchiqarilish davri (T1/2) taxminan 12 soatni tashkil qiladi.
Alohida klinik holatlardagi farmakokinetikasi
Moksifloksasinni pasientning yoshiga, jinsiga va irqiga farmakokinetik ko‘rsatkichlarida nisbatan farqlanishi aniqlanmagan. Bolalarda moksifloksasinning farmakokinetikasining tekshirishlari o‘tkazilmagan.
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan (shu jumladan KK<30 ml/min/1.73 m2) va uzluksiz gemodializda va uzoq ambulator peritoneal dializda bo‘lgan pasientlarda moksifloksasining farmakokinetikasini ahamiyatli o‘zgarishlari aniqlanmagan. Jigar funksiyasining biroz va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan (Chayld Pyu shkalasi bo‘yicha A yoki V sinfi) pasientlarda moksifloksasinning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari:
- kasalxonadan tashqari pnevmoniya, shu jumladan antibiotiklarga ko‘plab rezistentlikka ega mikroorganizmlarning shtammlari chaqirgan kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
- o‘tkir sinusit;
- kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
- surunkali bronxitni zo‘rayishi;
- teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari (shu jumladan infeksiyalangan diabetik panja);
- asoratlangan intraabdominal infeksiyalar, shu jumladan polimikrob infeksiyalar, shu jumladan qorin parda ichki abssesslari;
- siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari (pielonefrit, sistit, uretrit va boshqalar);
- kichik chanoq a‘zolarining asoratlanmagan yallig‘lanish kasalliklarida (shu jumladan salpingit va endometritlarda) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni infuziya uchun tavsiya qilingan dozasi hamma ko‘rsatkichlari bo‘yicha qo‘llanishi har kuni bir martalik dozasi 400 mg tashkil qiladi.
Qo‘llash usuli: Infuzion eritma vena ichiga 60 minut davomida yuborilishi kerak. U suyultirilmasdan yoki mutanosib infuziya uchun eritmalar bilan birga bevosita yuborilishi mumkin.
Preparat quyidagi eritmalar bilan mutanosib: in‘eksiya uchun suv, 0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5%, 10%, 20% va 40% li glyukoza eritmasi, Ringer eritmasi, Ringer-laktat eritmasi.
Preparat quyidagi eritmalar bilan nomutanosib: 10% va 20% li natriy xloridi eritmasi (cho‘kma hosil bo‘lishi, kristallizasiya), 4,2% va 8,4% li natriya bikarbonat eritmasi (rN siljishini chaqiradi va karbonat angidridi gazini paydo bo‘lishi).
Agar preparat infuziyasi boshqa dori preparati bilan buyurilgan bo‘lsa, unda har bir preparatni alohida yuborish kerak. Faqat tiniq eritma qo‘llash kerak. Xiralashgan eritmani qo‘llash mumkin emas.
Davolash davomiyligi ko‘rsatmalar va klinik ko‘rinishlarga bog‘liq. Umumiy hollarda infeksiya simptomlari aniqlangandan keyin antibiotiklar bilan davolash 3-4 kun davomida davom etadi.
Yuqori va quyi nafas yo‘llarining infeksiyalarini umumiy davolash davomiyligi: Surunkali bronxitni zo‘rayishi – 5 kun, kasalxonadan tashqari pnevmoniya – 10 kun, o‘tkir sinusit – 10 kun.
Teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyasini tavsiya etiluvchi davolash davomiyligi – 10 kun.
Vena ichiga davolashning tavsiya etiluvchi davomiyligi 14 kungacha.
Davolash vena ichiga yuborish bilan boshlanadi, keyinchalik klinik ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa ichga tabletkalarni qo‘llash bilan davom etadi. Bundan tashqari, moksifloksasin hamma davolash kursi davomida vena ichiga qo‘llanishi mumkin.
Keksa odamdar: Keksa yoshdagilar uchun dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Bolalar: Bolalar va o‘smirlarda moksifloksasinni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Jigar yetishmovchiligi: jigar funksiyasini yengil va o‘rtacha buzilishlari (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A va B sinfi) bo‘lgan bemorlarga dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha S sinfi) bo‘lgan pasientlarda farmakokinetik ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun preparat og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun tavsiya qilinmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi: Har qanday darajadagi buyrak yetishmovchiligi (shu jumladan klirens kreatinini < 30 ml/min/1.73 m2) bo‘lgan bemorlarga dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Dializdagi yoki buyrak yetishmovchiligi avj olib borayotgan dializ o‘tmaydigan pasientlardagi farmakokinetik ma‘lumotlar yo‘q. Shu tufayli, bunday pasienlarda preparat infuziyasi mumkin emas.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat ko‘pchilik bemorlarda yaxshi o‘zlashtiraolinadi. Klinik sinovlar o‘tkazilganda ko‘pchilik nojo‘ya samaralar yengil va o‘rtacha og‘irlikda kechadi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: abdominal og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, diareya, qusish, dispepsiya, meteorizm, qabziyat, jigar transaminazalari faolligi oshishi, ta‘m bilishni o‘zgarishi.
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, uyqusizlik, asabiylik, xavotirlik hissi, asteniya, bosh og‘rig‘i, tremor, paresteziyalar, oyoqda og‘riq, tirishishlar, ongni chalkashishi, depressiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, periferik shishlar, arterial bosim (AB) ni oshishi, yurak urib ketishi, ko‘krakda og‘riq.
Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan: protrombin vaqtini pasayishi, amilaza faolligini oshishi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, eozinofiliya, trombositoz, trombositopeniya, anemiya.
Tayanch-xarakat apparati tomonidan: belda og‘riq, artralgiya, mialgiya.
Siydik-tanosil tizimi tomonidan: vaginal kandidoz, vaginit.
Allergik reaksiyalar: toshma, qichish, eshakemi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- homiladorlik;
- laktasiya (emizish) davri;
- bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar;
- moksifloksasinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Markaziy nerv tizimi (MNT) ning kasalliklarida (shu jumladan, MNT ni o‘zgarishi qo‘shilishiga shubha qilingan kasalliklarda) tirishish hurujlarini paydo bo‘lishiga olib keluvchi va tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi kasalliklarda, QT intervalini uzayishida, gipokaliemiyada, bradikardiyada, miokardning o‘tkir ishemiyasida, QT intervalini uzaytiradigan preparatlar va I-A va III sinfi antiaritmik vositalarni bir vaqtda qo‘llanganda, og‘ir jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparatni va antasidlarni, minerallarni va vitamin-mineralli komplekslarini ichga birga qo‘llash moksifloksasinni so‘rilishini, bu preparatlarda saqlanadigan polivalent kationlar bilan xelat komplekslarni hosil bo‘lishi tufayli moksifloksasinni, moksifloksasinning so‘rilishini buzilishi mumkin va oqibatda qon plazmasidagi konsentrasiyasini kamaytirishi mumkin.
Shuning uchun, antasid, antiretrovirus va kalsiy, magniy, alyuminiy, temir saqlovchi boshqa preparatlarni, preparatni peroral qo‘llashdan oldin kamida 4 soat yoki qo‘llangandan keyin 2 soat o‘tgach qo‘llash lozim.
Faollashtirilgan ko‘mir. Moksifloksasinni vena ichiga yuborganda va faollashtirilgan ko‘mirni bir vaqtda peroral qabul qilganda enterogepatik resirkulyasiya jarayonida me‘da-ichak yo‘llarida moksifloksasinni so‘rilishi oqibatida preparatning biokiraolishligi (taxminan 20% ga) ahamiyatsiz pasayadi.
Sut mahsulotlari va ovqat qabul qilish. Bir vaqtda ovqat (shu jumladan sut mahsulotlari) qabul qilganda moksifloksasinning so‘rilishi o‘zgarmaydi. Moksifloksasinni ovqatlanishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.
Varfarin. Varfarin bilan birga qo‘llaganda protrombin vaqti va qon ivishining boshqa ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydi.
XNN (xalqaro normallashgan nisbat) ko‘rsatkichini o‘zgarishi. Antibiotiklar, shu jumladan moksifloksasin bilan birga antikoagulyantlarni qabul qilgan pasientlarda qon ivishiga qarshi preparatlarning antikoagulyasion faolligini oshishi holatlari kuzatilgan.
Xavf omillari bo‘lib infeksion kasallikni mavjudligi (va yondosh yallig‘lanish jarayoni), pasientning yoshi va umumiy holati hisoblanad. Moksifloksasin va varfarin bilan o‘zaro ta‘sir aniqlanmaganligiga qaramasdan, bu preparatlar bilan davolanayotgan pasientlarda XNN monitoringi olib borish va zarurati bo‘lganida bilvosita antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Atenolol, ranitidin, kalsiy saqlovchi qo‘shimchalar, teofillin, peroral kontraseptiv vositalar, glibenklamid, itrakonazol, digoksin, morfin, probenesid (moksifloksasin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sir yo‘qligi isbotlangan) bilan birga qo‘llaganda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Moksifloksasinni QT intervalini uzayishiga ta‘sir etuvchi quyidagi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas:
- I-A sinf antiaritmik preparatlar (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid va boshqalar);
- III sinf antiaritmik preparatlar (amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid va boshqalar);
- neyroleptiklar (fenotiazin, pimozid, sertindol, galoperidol, sultoprid va boshqalar);
- trisiklik antidepressantlar;
- mikroblarga qarshi preparatlar (sparfloksasin, eritromisin IV, pentamidin).
- bezgakka qarshi preparatlar, ayniqsa galofantrin;
- antigistamin preparatlar (terfenadin, astemizol, mizolastin);
- boshqalar (sizaprid, vinkamin IV, bepridil, difemanil).
Nomutanosiblik. Moksifloksasinning infuzion eritmasini quyidagi eritmalar bilan bir vaqtda yuborish mumkin emas:
- 10%, 20% li natriy xloridi eritmasi,
- 2%, 8.4% li natriy gidrokarbonati eritmasi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni buyurilganda tirishish xurujlarini paydo bo‘lish xavfi oshishini xisobga olish karak, shuning uchun preparat markaziy nerv tizimi kasalliklari bo‘lgan pasientlarga extiyotkorlik bilan buyuriladi. Jigar funksiyasining og‘ir buzilishlari bo‘lgan (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha S sinfi) pasientlarda moksifloksasinni qo‘llash bo‘yicha yetarli miqdordagi klinik ma‘lumotlarning yo‘qligi sababli tavsiya qilinmaydi.
Preparat qo‘llanganida ayrim pasientlarda QT intervalini uzayishi aniqlangan. QT intervalini uzayishi yurak qorinchalari aritmiyasini, shu jumladan polimorf qorinchalar taxikardiyasi xavfini oshishi bilan bog‘liq. Shu sababli preparatni QT oralig‘ini uzayishi, gipokaliemiyasi bo‘lgan pasientlarga, shuningdek I-A yoki III- sinfi antiaritmik preparatlari bilan davolash fonida preparatni buyurishdan saqlanish lozim. Preparatni QT intervalini o‘zaytiradigan preparatlar bilan birga, shuningdek bradikardiya, miokardni o‘tkir ishemiyasi kabi aritmiya xolatlariga moyilligi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. QT intervalini uzayish darajasi preparatning konsentrasiyasini oshishi bilan oshadi, shuning uchun tavsiya etilgan dozani oshirmaslik kerak.
Metisillinga rezistent Staphylococcus aureus ning shtammlari (MRSA) chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun moksifloksasinni qo‘llash tavsiya etilmaydi. MRSA chaqirgan infeksiyalarga gumon qilinganda yoki tasdiqlanganda tegishli antibakterial preparatlar bilan davolashni boshlash kerak.
Ftorxinolonlar, shu jumladan moksifloksasin bilan davolaganda, ayniqsa keksa va glyukokortikosteroidlarni qabul qilayotgan pasientlarda tendinit va paylarni uzilishi kuzatilishi mumkin.
Antibiotiklarni qo‘llash soxtamembranoz kolitni rivojlanishi bilan bog‘liq. Preparat bilan davolash fonida og‘ir diareya yuzaga kelganda buni e‘tiborga olish kerak. Bunday hollarda darhol tegishli davolash buyurilishi kerak. Og‘ir diareya rivojlanganda ichak peristaltikasini susaytiruvchi preparatlarni qo‘llash mumkin emas.
Preparatni birlamchi qo‘llaganda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari va anafilaktik reaksiyalar rivojlanishi xavfi mavjud, bunday holatlar haqida darhol shifokorga xabar berish kerak.
Xinolonlarni qo‘llaganda fotosensibilizasiya reaksiyalari kuzatilgan. Lekin klinik amaliyotda preparatni qo‘llaganda fotosensibilizasiya reaksiyalari kuzatilmagan. Shunga qaramasdan, pasientlar preparatni qo‘llash davrida bevosita quyosh nurlari va ultrabinafsha nurlanishdan saqlanishlari kerak.
Homiladorlik va emizish davri. Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llash mumkin emas. Preparat bilan davolash davrida emizishni to‘xtatiladi.
Bolalar: bolalar va 18 yoshdan kichik o‘smirlarda preparatni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Avtomobil va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Moksifloksasin markaziy nerv tizim tomonidan nojo‘ya reaksiyalarni kam hollarda chaqirishiga qaramasdan, avtomobilni yoki harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish haqidagi masala pasientning preparatni qabul qilishga reaksiyasiga qarab individual ravishda hal qilinadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Moksifloksasin dozasini oshirib yuborilishi haqida cheklangan ma‘lumotlar bor. Moksifloksasin 1200 mg bir marta yoki 600 mg dan 10 kun va undan ko‘proq qo‘llanilganda biron-bir nojo‘ya samaralar aniqlanmagan.
Simptomlari: nojo‘ya samaralarni kuchayishi.
Davolash: simptomatik davolash. Doza oshirib yuborilganda klinik manzaraga tayanish va EKG-monitoring bilan simptomatik tutib turuvchi davolashni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
100 ml sig‘imli plastik flakon.
Flakon va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
24 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari