Neovirning aptekalardagi narxlari
NEOVIR eritma 250mg/2ml N5
|
|
5 ta dorixonada bor
|
248 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
248 600 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Neovir ko'rsatmalar
PREPARATNI TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA
YO‘RIQNOMA
NEOVIR®
NEOVIR®
Preparatning savdo nomi: Neovir®
XPN yoki guruhlash nomi: natriy oksodigidroakridinilasetati&
Dori shakli: mushak ichiga yuborish uchun eritma
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: natriy oksodigidroakridinilasetati (Neovir®) – 125 mg
Yordamchi moddalar: natriy sitrati – 2,5 mg; limon kislotasi monogidrati – 0,5-1,5 mg (rN 7,5-8,3 gacha); in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha.
Ta‘rifi: tiniq ko‘kimtir-sariq rangli suyuqlik
Farmakoterapevtik guruhi: immunitetni rag‘batlantiruvchi vosita.
ATX kodi: L03A
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Preparat DNK va RNK-genomli viruslarga qarshi ta‘sirga ega. Yaqqol xlamidiyalarga qarshi ta‘sirga ega.
Neovir® endogen a, b, g-interferonlari, ayniqsa, a-interferonning titrlarini tez oshib borishini chaqiradi. 250 mg Neovir®ni mushak ichiga yuborish interferonning zardobda aniqlanadigan konsentrasiyasi bo‘yicha 6-9 mln XB rekombinant a-interferonga ekvivalent. Interferonlarning qondagi faolligining cho‘qqisi 1,5-2 soatdan keyin kuzatiladi va u Neovir® yuborilganidan keyin 16-20 soat davomida saqlanadi. Buning natijasida organizmda qo‘zg‘atuvchilarni va ular shikastlangan hujayralarni yo‘qotish va chiqarilishiga yo‘naltirilgan immun reaksiyalarining kaskadi induksiyalanadi. Interferonni ishlab chiqaradigan hujayralar patologik agent chaqirgan takroriy induksiyaga javoban interferonni ishlab chiqarilishini kuchaytirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu xususiyati preparat bekor qilingandan keyin ham uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Immunmodulyatorlik ta‘siri Neovir®ni o‘zak qon yaratuvchi hujayralarni faollashtirish, T-limfositlar subpopulyasiyasi muvozanatini me‘yorlashtirishi, immun tizimining effektor bo‘g‘imini rag‘batlantirish qobiliyati bilan bog‘liq. Neovir® makrofaglar va polimorf yadroli leykositlarning migrasiyasi va fagositar faolligini kuchaytirib, ularning funksional faolligiga yaqqol rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Neovir® to‘qimalar o‘sishiga tuzatuvchi ta‘sir ko‘rsatadi: NK-hujayralarni faollashtiradi, sitotoksiklikning barcha shakllarini kuchaytiradi, hujayralarning adgezivligini tiklanishiga ta‘sir qiladi, ularning proliferativ va metastatik faolligini ingibisiya qiladi.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganida Neovir®ning biokiraolishligi 90% dan ko‘proqni tashkil qiladi. 100-500 mg Neovir® yuborilganidan so‘ng, uning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga 15-30 minutdan keyin erishiladi va u 8,3 mkl/ml ni tashkil qiladi. 5 soatdan keyin qon plazmasida Neovir®ning juda oz miqdori aniqlanadi, 6 soatdan keyin Neovir® aniqlanmaydi.
Neovir® organizmdan o‘zgarmagan holda buyraklar orqali, metabolizmga uchramasdan chiqariladi, yarimchiqarilish davri 1 soat.
Neovir® yuborilganidan keyin 15-30 minut o‘tgach, plazmada endogen interferonlarining ayniqsa ilk interferon α ning titrini o‘sishi boshlanadi. Plazmada interferonlarning miqdorini 2 cho‘qqisi aniqlangan: 1,5-2 soatdan keyin 70 XB/ml va 8-10 soatdan keyin
110 XB/ml, shundan so‘ng interferonlarning miqdori pasaya boshlaydi. 24 soatdan so‘ng endogen interferonlarining konsentrasiyasi ancha yuqori darajada bo‘lib, yuborilganidan keyin 46-48 soat o‘tgach dastlabki qiymatiga qaytadi.
Qo‘llanilishi
Monodavolashda yoki majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi:
- gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli kasalliklar, shu jumladan immuntanqislik holatlari fonida;
- Herpes simplex, Varicella zoster, Herpes simplex genitalis viruslari chaqirgan infeksiyalar, shu jumladan immun tizimini buzilishlari bo‘lgan shaxslarda;
- immun tanqisligi bo‘lgan shaxslardagi sitomegalovirus infeksiyasi;
- radiasion immun tanqisligi;
- OITV–infeksiyasi;
- virus etiologiyali ensefalitlar va ensefalomielitlar;
- o‘tkir va surunkali V va S gepatitlari;
- uretritlar, epididimitlar, prostatitlar, servisitlar va xlamidiya etiologiyali salpingitlar;
- venerik limfogranulemalar;
- onkologik kasalliklar;
- tarqoq skleroz;
- teri va shilliq qavatlarining kandidozli shikastlanishi;
- papillomavirusli infeksiyalar.
Gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli kasalliklarni oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
In‘eksiya uchun eritma mushak ichiga yuboriladi, bir martalik terapevtik doza 250 mg (1 ampula) ni yoki pasientning 1 kg tana vazniga 4-6 mg ni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida, Neovir® ning bir martalik dozasi 500 mg gacha oshirilishi mumkin.
Agar maxsus ko‘rsatmalar bo‘lmasa, davolash kursi Neovir® ning 250 mg dozadagi, 48 soatlik interval bilan 5-7 mushak ichiga yuboriladigan in‘eksiyalaridan iborat, kurslik doza esa, kasallikning klinik manzarasiga bog‘liq. Davolash kursining davomiyligi 8-12 kun. Oldini oluvchi doza 250 mg (1 ampula) ni yoki har 1 kg tana vazniga 4-6 mg ni tashkil qiladi. Uzoq vaqt qo‘llanganida Neovir®ni yuborishlar orasidagi tavsiya etilgan interval 3-7 sutka.
OITV-infeksiyasida in‘eksiya uchun Neovir® eritmasi maxsus viruslarga qarshi preparatlar bilan majmuada qo‘llanadi. Davolash kursi, in‘eksiyalar orasida 48 soatlik interval bilan, 250 mg dan 10 in‘eksiyadan iborat. Kursdan so‘ng 2 oylik tanaffus qilinadi. Ko‘rsatmalar bo‘yicha takroriy kurslarni qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Yakka hollarda teri toshmalari ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Subfebril harorati, allergik reaksiyalar, preparat yuborilgan joyda lokal tez o‘tuvchi og‘riq bo‘lishi mumkin. Yomon o‘zlashtirilganida yoki yuborilgan joyda og‘riq bo‘lganida Neovir®ni mahalliy anestetikning eritmasi bilan birga yuborish tavsiya qilinadi (2 ml 0,25-0,5% li prokain eritmasi).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik. Buyraklar faoliyatining yaqqol yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam). Autoimmun kasalliklar. Homiladorlik va laktasiya, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan
Keksa yoshli pasientlarda qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Fizik-kimyoviy nomutanosiblik va boshqa nojo‘ya o‘zaro ta‘siri turlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni yuqori diqqat va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini (avtomobilni va boshqa transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher, operatorning ishi va shu kabilar) bajarishga bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy ta‘sirlari to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi
Neovir® ni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan, shuning uchun homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Neovir® ning dozasini oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan.
Chiqarilish shakli
Mushak ichiga yuborish uchun eritma 250 mg/2 ml yorug‘likdan himoyalovchi shisha ampulalarda 2 ml dan; 3, 5 ampuladan polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda; 1 kontur uyali o‘ramdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15 dan 25oS gacha haroratda.
Neovir® eritmasini sutsimon-oq ranggacha loyqalanishi saqlash sharoitining buzilganligini va qo‘llashga yaroqsizligini bildiradi.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari