NEUROVITAN ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NEUROVITAN
NEUROVITAN
Preparatning savdo nomi: Neurovitan
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: oktotiamin – 25 mg, piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) – 40 mg, riboflavin (V12 vitamini) – 2,5 mg, sianokobalamin (V12 vitamini) – 0,25 mg,
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, makkajo‘xori kraxmali, povidon K30, mikrokristall sellyuloza, aerosil, magniy stearati,
qobiq tarkibi: talk, titan dioksidi, saxaroza, shellak, kanakunjut moyi, jelatin rangi 150, 1351 FD&C Yellow №6 bo‘yovchisi, 36003 Edicol Erythrosine Red bo‘yovchisi, karnaub mumi, parafin.
Ta‘rifi: oval shaklli, pushti-to‘q sariq rangli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: vitaminlar
ATX kodi: A11A.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi vitaminlarning hususiyatlari bilan belgilanadi.
Tiamin (V1 vitamini) odam organizmida fosforlanish jarayonlari natijasida ko‘pchilik ferment reaksiyalarining kofermenti hisoblangan kokarboksilazaga aylanadi. Tiamin uglevod, oqsil va yog‘ almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Sinapslarda nerv qo‘zg‘alishlarini o‘tkazish jarayonlarida faol qatnashadi.
Oktotiamin (V1 vitamini tioktoat kislotasi bilan majmuasi) uzaytirilgan samaraga ega, tiamin gidroxloridiga nisbatan kislotaga chidamliroq, so‘rilishi va samaradorligi kuchliroq.
Riboflavin (V2 vitamini) ko‘rish va to‘qimalar nafasi jarayonlarining o‘ta muhim katalizatori hisoblanadi. Riboflavin oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini yo‘lga solib, oqsil, yog‘ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi, DNK ni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, gemoglobin sintezida qatnashadi, to‘qimalarning (shu jumladan teri xujayralarining) regenerasiyasi jarayonlariga, xujayralardagi trofik buzilishlarning to‘g‘rilanishiga yordam beradi.
Piridoksin (V6 vitamini) markaziy va periferik nerv tizimini normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarurdir. Fosforlangan holda aminokislotalar metabolizmining (dekarboksillanish, pereaminlanish va boshqalarda) kofermenti hisoblanadi Nerv to‘qimalarida faoliyat ko‘rsatuvchi muhim fermentlarning kofermenti sifatida o‘zini namoyon etadi. Dopamin, noradrenalin, adrenalin, gistamin va GAMK kabi ko‘pchilik neyromediatorlarning biosintezida ishtirok etadi, glutamin kislotasi almashinuvida ishtirok etadi.
Sianokobalamin (V12 vitamini) normal qon hosil bo‘lishi va eritrositlarni yetilishi uchun zarur bo‘lib, shuningdek organizmning hayot faoliyatini ta‘minlovchi qator biokimyoviy reaksiyalarda: metil guruhlarini tashib o‘tilishida, nuklein kislotalar, oqsillar sintezida, aminokislotalar, uglevodlar, lipidlar almashinuvida ishtirok etadi. Nerv tizimidagi jarayonlarga (nuklein kislotalarini sintezida va serebrozidlar va fosfolipidlarni lipid tarkibiga) ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Sianokobalaminning koferment shakllari – metilkobalamin va adenozilkobalamin xujayralarni replikasiyasi va o‘sishi uchun zarur.
Farmakokinetikasi
Preparat butun ingichka ichak bo‘ylab so‘rilib, barcha to‘qimalarga o‘tadi, organizmda biotransformasiyaga uchraydi, siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
O‘sishda ortda qolish, homiladorlik va emizish davrida, operasiyadan oldin va keyingi davrda, parhez (diabet, urisemiya), surunkali infeksiyalar, antibiotiklar bilan davolanish vaqtida va undan keyingi jigar va teri kasalliklari, anemiya, immun tanqisligi.
Neurovitan shuningdek muvozanatlashmagan oziqlanish, yuqori alkogol va tamaki iste‘mol qiluvchi, faol yashash tarzidagi insonlar uchun buyuriladi.
Neurovitan shuningdek uzoq muddatli nevritni davolashda, turli kelib chiqishga ega bo‘lgan nevralgiyalarda, paresteziyada, periferal falajlikda, lyumbagoda, artralgiyalarda va mialgiyalarda, diabetik nevropatiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalarni ovqatdan keyin, chaynamasdan va ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish lozim.
Odatda 1 tabletkadan sutkada 1-3 marta buyuriladi.
6 yoshdan katta bolalarga shifokor tavsiyasiga ko‘ra, 1 tabletkadan sutkada 1-3 martadan buyuriladi.
Kurs davomiyligi odatda 2-3 haftani (shifokor tavsiyasi bo‘yicha) tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Kam hollarda:
- bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi
- ko‘ngil aynishi
Juda kam hollarda:
- V6 vitaminini juda katta dozalarda noto‘g‘ri qo‘llanganda sezuvchanlikni buzilishi
- qichishish va urtikar toshma ko‘rinishidagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Levodopa bilan birga qo‘llanganda preparat levodopaning parkinsonizmga qarshi samarasini susaytiradi.
Etanol tiaminni so‘rilishini keskin pasaytiradi.
Preparatni qabul qilish vaqtida tarkibida V guruhi vitaminlari bo‘lgan polivitamin komplekslarini qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tarkibida riboflavin bo‘lganligi sababli preparatni qabul qilishda siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Dori vositasini transport vositalari va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyati ta‘sirining o‘ziga xosligi.
Belgilanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish holatlari haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli va o‘rami
10 tabletkadan PVX va alyumin folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi.
3 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15o-25oS haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari