NEYROTON ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NEYROTON®
NEUROTON
Preparatning savdo nomi: Neyroton®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): benfotiamin, piridoksin gidroxloridi
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 100% quruq moddaga hisoblaganda 100 mg benfotiamin, 100% quruq moddaga hisoblaganida 100 mg piridoksin gidroxloridi;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, povidon, kalsiy stearati, talk, suvsiz kolloid kremniy dioksidi;
plyonka qobig‘i Opadry II 85 F 18422: polivinil spirti, polietilenglikol, talk, titan dioksidi (Ye 171).
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq yuzali, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: V1 vitamini V6 va/yoki V12 vitaminlari bilan majmuada.
ATX kodi: A11DB
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
V guruhi neyrotrop vitaminlari nerv va tayanch-harakat apparatining yallig‘lanish va/yoki degenerativ kasalliklarida ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ularni tanqislik holatlarini bartaraf qilish uchun qo‘llash kerak, katta dozalarda esa og‘riq qoldiruvchi xususiyatlarga ega, qon aylanishni yaxshilanishiga yordam beradi, nerv tizimi faoliyatini va qon yaratish jarayonini normallashtiradi.
Farmakokinetikasi
V6 vitamini va uning hosilalari ko‘proq ovqat hazm qilish yo‘llarining yuqori qismida passiv diffuziya yo‘li bilan tez so‘riladi va taxminan 2-5 soat ichida chiqariladi (ekskresiya qilinadi).
Qo‘llanilishi
V1, V6 vitaminlarini isbotlangan tanqisligi bilan bog‘liq nevrologik kasalliklarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.
Tavsiya qilingan doza sutkada 1 tabletkani tashkil qiladi. Individual xolatlarda dozani oshirish va 1 tabletkadan sutkada 3 marta qo‘llanadi.
Tabletkalarni butunligicha ovqatdan keyin qabul qilinadi.
Davolash kursini davomiyligini xar bir xolatda shifokor shaxsiy ravishda belgilaydi. Davolashning maksimal davridan keyin (4 xafta) preparatning dozasini kamaytirish va dozasiga tuzatish kiritish xaqida xulosa qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, me‘da shirasining kislotaliligini oshishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya.
Immun tizimi tomonidan: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari shu jumladan anafilaktik shok; anafilaksiya, eshakemi.
Teri tomonidan: teri toshmasi, qichishish.
Juda kam xollarda – shok xolati kuzatilgan.
V6 vitaminini xar kuni 50 mg dan ortiq dozada (6-12 oydan ko‘proq) uzoq qo‘llanganda periferik sensor neyropatiyaga, nerv qo‘zg‘aluvchanligiga, bosh aylanishiga, bosh og‘rig‘iga olib kelishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
V1 vitaminini allergik reaksiyalarda qabul qilish mumkin emas.
V6 vitaminini me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayish bosqichida qabul qilish mumkin emas (chunki me‘da shirasini kislotaliligi oshishi mumkin).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Piridoksin levodopani saqlovchi preparatlar bilan nomutanosib, chunki bir vaqtda qo‘llanganida levodopani periferik dekarboksillanishi kuchayadi va oqibatda uning antiparkinsonik ta‘siri pasayadi.
Benfotiamin oksidlovchilar va ishqoriy birikmalar: simob xloridi, yodidi, karbonati, asetati, tanin kislotasi, temir ammoniy sitrati, shuningdek fenobarbital natriy, riboflavin, benzilpenisillin, glyukoza va metabisulfit 5-ftorurasil bilan nomutanosib, chunki ularning ishtirokida faolsizlanadi. Mis benfotiaminni parchalanishini tezlashtiradi; bundan tashqari tiamin rN ko‘rsatkichi (3 dan yuqori) oshganida o‘zining ta‘sirini yo‘qotadi.
Antasidlar tiaminni so‘rilishini kamaytiradi.
Kalavali so‘rilishini susaytiruvchi xalqali diuretiklar (masalan furosemid), uzoq davolash vaqtida tiaminni chiqarilishini oshirishi va shu bilan tiamin darajasini pasaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligining og‘ir va o‘tkir shakli bo‘lgan pasientlarni davolash uchun Neyroton®ni qo‘llash to‘g‘risidagi masalani, bemorning holatini hisobga olgan holda shifokor shaxsiy ravishda xal qiladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik yoki emizish davrida V6 vitaminiga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj 25 mg gachani tashkil qiladi. Preparat 100 mg V6 vitamini saqlaydi, shuning uchun uni bu davrda qo‘llash mumkin emas.
Bolalar
Preparat bolalarda qo‘llanganda xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan, shuning uchun pasientlarning bu yosh toifasiga buyurish mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati
Preparat ayrim pasientlarda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i va taxikardiya kabi nojo‘ya xolatlar chaqirishi mumkinligi tufayli, avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida preparatning nojo‘ya ta‘sirlari simptomlarini kuchayishi kuzatiladi.
Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash kerak. Simptomatik davolash.
V1 vitaminining yuqori dozalari kuraresimon samarani namoyon etadi.
V6 vitaminining har kuni 50 mg ko‘proq dozada (6-12 oydan ko‘proq) uzoq qo‘llanganda periferik sensor neyropatiyaga olib kelishi mumkin.
V1 vitamini sutkada 2 g dan ortiq dozada uzoq qo‘llanganida ataksiya bilan kechuvchi neyropatiya va sezuvchanlikni buzilishlari, EEG da o‘zgarishlar bilan kechuvchi serebral tirishishlar, shuningdek ayrim xollarda – gipoxrom anemiya va seboreyali dermatit kuzatilgan.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 3 yoki 5 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari