Neyrotsil ko'rsatmalar
Dissirkulyator entsefalopatiya;
Vegeto-tomirli distoniya;
Aterosklerotik genezli kognitiv buzilishlar (shu jumladan Alsgeymer kasalligi);
Xavotirli, nevrotik va nevrozsimon holatlar;
O'tkir va surunkali YUIK (majmuaviy davolash tarkibida);
II tur qandli diabetdagi oyoqlarning angiopatiyasi (majmuaviy davolash tarkibida);
Ximioterapiyadan keyingi davr (majmuaviy davolash tarkibida);
Insult va infarktdan keyingi davr;
Alkogolizmdagi nevrozsimon va vegetativ-tomirli buzilishlarning ustunligi bilan abstinent sindromini bartaraf qilish;
Antipsixotik vositalar bilan o'tkir intoksikasiya;
Qorin bo'shliG'ining o'tkir yiringli-YalliG'lanish jarayonlari (o'tkir pankreatit, peritonit)ni majmuaviy davolash tarkibida qo'llaniladi.
- 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda;
- homiladorlik;
- laktasiya davri;
- preparatga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
NeyroTsil a'zolar va to'kimalarda tez taqsimlanadi.
Organizmdan siydik bilan asosan glyukuronkon'yugasiyalangan shaklda va axamiyatsiz miqdorlarda - o'zgarmagan holda chiqariladi.
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin emas (davolash vaqtida emizishni to'xtatish kerak).
Avtomobilni boshqarish va murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Davolanish davrida avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
faol modda: etilmetilgidroksipiridin suktsinati - 100 mg; yordamchi moddalar: in'ektsiya uchun suv - 2 ml gacha.
5 ml li 1 ampula kuyidagilarni saqlaydi:
faol modda: etilmetilgidroksipiridin suktsinati - 250 mg; yordamchi moddalar: in'ektsiya uchun suv - 5 ml gacha;
BoshlanG'ich doza terapevtik samara olingunicha asta-sekin dozani oshirish bilan sutkada Z marta 50 - 100 mg dan yuboriladi.
Maksimal sutkalik doza - 800 mg.
NeyroTsil oqim bilan sekin, 5-7 minut davomida, tomchilab - minutiga 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi.
Miya qon aylanishining o'tkir buzilishlarida NeyroTsil majmuaviy davolashda, birinchi 2-4 kunlari vena ichiga tomchilab sutkada 1 marta 200-300 mg gacha, so'ngra mushAK ichiga sutkada 3 marta 100 mg dan qo'llanadi. Davolash kursining davomiyligi 10-14 kunni tashkil qiladi.
Dekompensasiya fazasidagi dissirkulyator entsefalopatiyada NeyroTsil vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab sutkada 2-3 marta 100 mg dozada 14 kun davomida, so'ngra mushak ichiga sutkada 100 mg dan keyingi 14 kun davomida qo'llanadi.
Dissirkulyator entsefalopatiyani kursli oldini olishni o'tkazish uchun preparat mushak ichiga 100 mg dozada sutkada 2 marta 10-14 kun davomida buyuriladi.
Keksa yoshli pasientlardagi kognitiv buziliisharda NeyroTsil mushak ichiga sutkada 100-300 mg dozada 14-30 kun davomida buyuriladi.
Miokard infarktini davolashda an'anaviy davolash fonida NeyroTsil mushak ichiga yoki vena ichiga tana vazniga 2-3 mg/kg sutkada 3 marta yuboriladi. Sutkalik doza tana vazniga 6-9 mg/kg ni tashkil kiladi. Preparat 14 sutka davomida yuboriladi. Maksimal samaraga erishish uchun birinchi 5 sutkada pareparat vena ichiga, keyingi 9 sutka - mushak ichiga buyuriladi.
Onkologik bemorlarga (masalan, sut bezi rakida, limfogranulomatozda, bachadon bo'yni rakida) ximioterapiyaning birinchi kursi tugatilganida NeyroTsil mushak ichiga sutkada 400 mg dozada 10 kun davomida va 300mg dozada 3 xaftagacha buyuriladi.
Oyoqlarning angiopatiyasi bilan II tur qandli diabeti bo'lgan pasientlarga NeyroTsil mushak ichiga buyuriladi. Preparatning dozasi kasallikning oG'irligiga boG'liq. O'rtacha mushak ichiga 100 mg NeyroTsil sutkada 1 marta 10 kundan 1 oy gacha buyuriladi.
Alkogolli abstinent sinDromida NeyroTsil 100-200 mg dozada vena ichiga tomchilab sutkada 1-2 marta yoki mushak ichiga sutkada 2-3 marta 5-7 kun davomida yuboriladi. Antipsixotik vositalar bilan o'tkir intoksikasiyada NeyroTsil mushak ichiga sutkada 50-300 mg dozada 7-14 kun davomida yuboriladi.
Qorin bo'shliG'ining yiringli-YalliG'lanish jarayonlarida (o'tkir nekrotik pankreatit, peritonit) NeyroTsil xam operasiyadan oldingi, xam operasiyadan keyingi birinchi sutka davomida buyuriladi. Preparatning dozasi kasallikning shakli va oG'irligi, jarayonining tarqalganligi, klinik kechishining turlariga boG'liq.
O'tkir shishli (interstisial) pankreatitda NeyroTsil 100 mg dan sutkada 3 marta tomchilab vena ichiga yoki mushak ichiga buyuriladi.
OG'irligi engil darajali nekrotik pankreatitda NeyroTsil 100-200 mg dan sutkada 3 marta vena ichiga tomchilab yoki mushak ichiga buyuriladi.
Og'irligi o'rtacha darajali nekrotik Pankreatitda - 200 mg dan sutkada 3 marta vena ichiga tomchilab yuboriladi.
Og'ir darajali nekrotik pankreatitda - 800 mg dozada birinchi sutkada ikki martalik yuborish tartibida, keyinchalik - sutkalik dozani asta-sekin pasaytirish bilan 300 mg dan sutkada 2 marta yuboriladi.
Nekrotik pankreatitning o'ta og'ir shaklida pankreatik shok ko'rinishlarini turG'un yo'qotilgunicha boshlanG'ich doza sutkada 800 mg ni tashkil qiladi, xolat turg'unlashganida sutkalik dozani asta-sekin pasaytirish bilan - 300-400 mg dan sutkada 2 martadan tomchilab yuboriladi..
Preparatning kursli dozasi FAqat turG'un kliniko-laborator samaradan keyin asta-sekin tugatiladi.
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: kam bosh oG'riG'i, uyquchanlik; me'da-ichak yo'llari tomonidan: kam ko'ngil aynishi, oG'izni qurishi;
allergik reaktsiyalar: kam teri toshmasi, qichishish;
Maxalliy reaktsiyalar: kam hollarda yuborish joyida og'riq kuzatilishi mumkin;
Preparat turli shikastlovchi omillarning (shok, gipoksiya va ishemiya, bosh miya qon aylanishini buzilishi, alkogol va antipsixotik vositalar - neyroleptiklar bilan intoksikasiya) ta'siriga organizmning rezistentligini oshiradi.
Etilmetilgidroksipiridin suktsinatining ta'sir mexanizmi uning antioksidant, antigipoksik va membranoprotektor ta'siri bilan boG'liq.
Etilmetilgidroksipiridin suktsinati bosh miyaning metabolizmi va qon aylanishini yaxshilaydi, qonning mikrosirkulyasiyasi va reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, trombositlar agregasiyasini kamaytiradi. Gemolizda qon xujayralarining (eritrositlar va trombositlar) membrana strukturalarini barqarorlashtiradi. Gipolipid ta'sirga ega, umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteinlarning mikdorini kamaytiradi.
Antistressor ta'siri stressdan keyingi xatti-xarakatni, somato-vegetativ buzilishlarni normallashishida; uyqu-tetiklik tsikllarini va xotira jarayonlarini tiklanishida; bosh miyaning turli strukturalaridagi distrofik va morfologik o'zgarishlarni pasayishida namoyon bo'ladi.
NeyroTsil (etilmetilgidroksipiridin Suktsinat) abstinent sindromida yaqqol antioksidant ta'sirga ega. O'tkir alkogolli intoksikasiyaning nevrologik va neyrotoksik xususiyatlarini bartaraf kiladi, xatti-xarakat buzilishlarini, vegetativ faoliyatlarni tiklaydi, shuningdek etanolni davomli qAbul qilish va uni bekor qilish chaqirgan kognitiv buzilishlarni yo'kotadi. Etilmetilgidroksipiridin suktsinatining ta'siri ostida trankvilizasiya qiluvchi, neyroleptik, antidepressiv, uyku va tirishishga qarshi vositalar ta'siri kuchayadi, bu ularning dozasini va muvofik nojo'ya samaralarini kamaytirish imkoniyatini beradi.
O'tkir pankreatitda fermentativ toksemiya va endogen intoksikasiyani kamaytiradi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati 3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Chiqarish shakllari