Nigepan ko'rsatmalar
NIGEPAN®
dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Preparatning savdo nomi Nigepan®
Dori shakli Rektal suppozitoriylar
Bir suppozitoriy tarkibi:
ta‘sir qiluvchi moddalar: geparin natriy – 1000 XB (geparin natriyning 120 XB/mg faolligida 8,3 mg), benzokain – 50,0 mg;
yordamchi moddalar: suv – 19,5 mg, qattiq yog‘ (N 15, W 35 markali Vitepsol 1:1 nisbatda, NA 15, NAS 50 markali Supposir 1:1 nisbatda) – 1,25 g vaznli suppozitoriy olish uchun, distillangan monogliseridlar (Palsgaard 0093) – qattiq yog‘ miqdori 5% gacha.
Ta‘rifi
Oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, torpedasimon shaklli suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi
Gemorroyni davolovchi vosita.
ATX kodi: S05AX03
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat, antitrombotik, yallig‘lanishga qarshi va og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Geparin – bevosita ta‘sir qiluvchi antikoagulyant bo‘lib, mahalliy qo‘llanganida tromblar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi va paydo bo‘lgan tromblarni kattalashishini to‘xtatadi, yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega. Benzokain mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Tashqi va ichki gemorroidal tugunlarning trombozi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi
Homiladorlik va laktasiya davrida Nigepan® preparatining xavfsizligi aniqlanmagan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal. Ichak o‘z-o‘zidan yoki tozalovchi xuqnadan so‘ng bo‘shalganidan keyin to‘g‘ri ichakka kiritiladi. 1 suppozitoriy sutkada 2 marta qo‘llanadi. Nigepan® preparati bilan davolash kursi 10-14 kunni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘siri
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin
Chiqarilish shakli
Nigepan® rektal suppozitoriylar. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramga joylanadi. Ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Preparatni yaroqlilik muddati tugagach ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha.
Chiqarish shakllari