Nikaprofen ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NIKAPROFEN
NIKAPROFEN
Preparatning savdo nomi: Nikaprofen
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ketoprofen
Dori shakli: Ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar.
Tarkibi:
Faol modda: Ketoprofen – 200 mg.
Yordamchi moddalar: qand granulalari, poliplasdon, gipromelloza, saxaroza, kolloid kremniy dioksidi, etil sellyuloza, A-turi metakril kislota sopolimeri.
Ta‘rifi: Oq rangli qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula – ichidagisi sharsimon shaklli, oq rangli yoki och-sariq tusli oq rangli, qobiq bilan qoplangan mikrokapsulalar
Farmakoterapevtik guruhi: Nosteriod yallig‘lanishga qarshi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Nikaprofen yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi, antiagregasion ta‘sir ko‘rsatadi. Prostaglandinlarning sintezini boshqaruvchi siklooksigenaza 1 va 2 faolligini bostiradi. Og‘riqni qoldiruvchi ta‘siri ham markaziy, ham periferik mexanizmlar bilan bog‘liq. Antibradikinin faollikka ega, lizosomal membranalarni barqarorlashtiradi.
Farmakokinetikasi:
Ichga qabul qilinganidan keyin tez so‘riladi, biokiraolishligi – 90% ni tashkil etadi. Qon plazmasi oqsillari bilan 99% bog‘lanadi. Qon plazmasida maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti 0,5-2,0 soatni tashktil etadi. Muvozanat konsentrasiyasiga muntazam qabul qilish boshlanganidan keyin 24 soat o‘tgach erishiladi. Sinovial suyuqligida terapevtik konsentrasiyasi 6-8 soat saqlanadi. Jigarda glyukuronlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosan buyrak orqali va 1-8% ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,6-1,9 soatni tashkil qiladi. To‘planmaydi.
Qo‘llanilishi
Revmatik kasalliklarni davolash:
Ketoprofen bo‘g‘imlardagi og‘riqni qoliradi, ularning shishi va tangligini kamaytiradi.
Turli revmatik kasalliklarda:
– revmatoid artrit;
– seromanfiy spondiloartrit (ankilozlovchi spondilit, psoriatik artrit va post-infeksion reaktiv artrit);
– podagra, soxta podagra;
– osteoartrit;
– bo‘g‘imdan tashqi revmatizm (tendinit, yelka bo‘g‘imining bursiti va kapsuliti) da yallig‘lanishni kamaytiradi.
Kelib chiqishi turli bo‘lgan og‘riqlarni yengillashtiradi:
– posttravmatik og‘riq (masalan, sport jarohatlari, mushaklar yoki paylarni cho‘zilishi yoki zo‘riqishi, chiqishlar, cho‘zilishlar va lat yeyishlar);
– operasiyadan keyingi og‘riq (masalan, ortopedik operasiyadan keyingi og‘riq);
– onkologik kasalliklari bo‘lgan pasientlarda suyak metastazlardagi og‘riq;
– og‘riqli xayz ko‘rishlarda qo‘llanadi.
Agar Sizga bu holatlarning birontasiga nisbatan qo‘shimcha ma‘lumot kerak bo‘lsa, maslahat uchun shifokoringizga murojaat qiling.
Qo‘llash usuli va dozalari
Odatdagi doza 1 kapsula Nikaprofen kuniga 1 martani tashkil etadi.
Nikaprofenni ovqat vaqtida yoki undan so‘ng ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik (kamida 100 ml suv yoki sut) bilan ichib qabul qiling.
Ketoprofenning ovqat hazm qilish tizimiga noxush ta‘sirlarining bo‘lish xavfini kamaytirish uchun, bir vaqtda antasidlarni (me‘dada xlorid kislotasining sekresiyasini susaytiruvchi dori vositalari) qabul qilish mumkin.
Ketoprofenning maksimal sutkalik dozasi 200 mg ni tashkil qiladi.
Davolash davomiyligini Sizga shifokor belgilaydi.
Nikaprofen kapsulalarini har doim shifokorning tavsiyalariga aniq amal qilgan holda qabul qiling.
Agar Sizda shubhalar bo‘lsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.
Noxush samaralar minimal qisqa vaqt davomida eng kichik dozani ishlatish yo‘li bilan minimumga keltirilishi mumkin. Oldindan maslahatlashmasdan dozani o‘zgartirmang va davolashni bekor qilmang.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Boshqa dori vositalari kabi ketoprofen ham, garchi ular har bir odamda ro‘y bermasada ayrim noxush samaralarni chaqirishi mumkin.
Ketoprofenning ahamiyatsiz, ko‘pincha qisqa muddatli nojo‘ya ta‘sirlariga, ko‘p jihatdan, me‘da-ichak yo‘liga ta‘sir qiluvchi ovqat hazm bo‘lishining buzilishi (ovqat hazm bo‘lishini yetishmovchiligi yoki buzilishi); dispepsiya (ovqatdan keyin me‘dada diskomfort), qusish, ko‘ngil aynishi, qabziyat, meteorizm (me‘dada yoki ichakda gazlarning to‘planishi), diareya, jig‘ildon qaynashi va me‘dadagi diskomfortning boshqa turlari kabi nojo‘ya ta‘sirlari kiradi.
Kam hollarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, aylanishini his qilish, biroz dezorientasiya, uyquchanlik, kayfiyatni o‘zgarishi (emosional holatni o‘zgarishi) va uyqusizlik (uxlaganda qiyinchilik yoki uyquning davomiyligini anomal o‘zgarishi) kabi boshqa samaralar uchrashi mumkin.
Yuqorida keltirilgan nojo‘ya ta‘sirlar xususida, ular Sizga bezovtalik olib kelmagunicha xavotir olmasa ham bo‘ladi. Bunday hollarda shifokoringizga murojaat qiling.
Agar Sizda toshma yoki qulog‘ingizda shovqin paydo bo‘lsa, shifokoringiz bilan iloji boricha tezroq bog‘laning.
Ayrim nojo‘ya ta‘sirlari jiddiyroq bo‘lishi mumkin. Agar Siz o‘zingizda quyidagilarni sezsangiz, shifokoringiz bilan bog‘laning va dorini qabul qilishni darhol to‘xtating:
– hansirash;
– ko‘krak qafasida kuchli og‘riq, nafasni qisqa vaqtga to‘xtashi;
– xushdan ketish;
– teri va ko‘z sklerasini sarg‘ayishi (sariqlik);
– ajralayotgan siydik miqdorini kamayishi;
– teri toshmasi, qichishish, shish, yaqqol bosh aylanishi yoki nafasni qiyinlashishi;
– qichishadigan, qizaradigan, shishgan pufakchalar bilan qoplangan, og‘riqli yoki ko‘chayotgan teri;
– qo‘l, to‘piqlar, oyoq panjasi, yuz, ko‘z, hiqildoq yoki tilni shishi;
– yutish yoki nafasni qiyinlashishi;
– to‘satdan kuchli bosh og‘rig‘i;
– qo‘l-oyoqlarni bir tomonlama kuchsizligi;
– quyosh nuriga yuqori sezuvchanlik;
– to‘piqlarni shishi;
– qorinda kuchli og‘riq;
– qon aralash yoki kofe quyqasi rangli qusish;
– qatronsimon ahlat yoki qon aralash ich ketishi;
– tanada ko‘karishlar.
Agar Siz bu preparatni qabul qilish vaqtida sog‘lig‘ingiz holatida boshqa biron-bir o‘zgarishlarni sezsangiz, bu haqida darhol shifokorningizga xabar bering.
Quyidagi nojo‘ya samaralar ta‘riflangan:
Juda tez-tez (10 davolangan pasientdan 1 dan ko‘prog‘i)
- Dispepsiya (ovqatdan keyingi me‘dada diskomfort).
Tez-tez (100 dan 1 dan ko‘prog‘ida, lekin 10 davolangan pasientdan 1 dan kamida)
- Depressiya; ta‘sirchanlik; tungi dahshatlar (qo‘rquv chaqiradigan tushlar ko‘rish), uyquchanlik.
- Bosh og‘rig‘i; asteniya (holsizlik); loxaslik; toliqish (charchoqlik); bosh aylanishi; aylanishni his qilish; paresteziya (sanchiqni his qilish yoki sezuvchanlikni pasayishi).
- Ko‘rishni buzilishi.
- Quloqlarda shovqin (masalan, quloqlarda jaranglash).
- Shish (yoyilgan shish).
- Ko‘ngil aynishi; qorinda og‘riq; diareya; qabziyat; meteorizm (me‘dada yoki ichakda gazlarni to‘planishi); anoreksiya (ishtahani yo‘qolishi); qusish; stomatit (og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini yallig‘lanishi).
Uzoq vaqt davomida, ayniqsa yuqori dozalarda ishlatilganida ko‘proq me‘da va ichakda yaralarni paydo bo‘lishi, me‘da ichakdan qon ketishi va perforasiya ta‘riflangan.
- Teri toshmalari.
Tez-tez emas (1000 dan 1 dan ko‘prog‘ida, lekin 100 davolangan pasientdan 1 dan kamida):
- Anemiya (eritrositlarni kamayishi); gemoliz (eritrositlarni ko‘p parchalanishi); purpura (terining to‘q-qizil sohalari); trombositopeniya (trombositlar sonini kamayishi); agranulositoz (isitma, tomoqda og‘riq, infeksiyani tez-tez rivojlanishini chaqiruvchi leykositlar yetishmovchiligi).
Ketoprofenning yuqori dozalari qon ketishi vaqtini uzayishini, burundan qon ketishlari va qon talashlarni chaqirishi mumkin.
- Astma, astmani og‘irlashishi, bronxospazm (hansirash yoki yo‘tal bilan kechadigan nafasni qiyinlashishi), dispnoe (nafasni qiyinlashishi), ayniqsa aspiringa yoki boshqa NYAQP allergiyasi bo‘lgan pasientlarda kuzatiladi.
- Qon tufurish (qonli balg‘am); faringit (tomoqda og‘riq), rinit (tumov, aksirish), hiqildoqni shishi (tomoqda shish).
- Yurak yetishmovchiligi, yuqori arterial bosim (gipertenziya).
Yuqori dozalarni uzoq vaqt ishlatilishi arterial trombozlar xavfini oshirishi mumkin (yurak xuruji yoki insult).
- Alopesiya (sochni to‘kilishi); ekzema (qichimali, qizil rangli achishuvchi toshma); purpurasimon toshma; terlash; eshakemi (qichishuvchi toshma); eksfoliativ dermatit (terini ko‘chishi bilan kechuvchi teri kasalligi).
- Menometrorragiya (hayz ko‘rish siklidan tashqari kuzatiladigan bachadondan kuchli qon ketishi).
Kam hollarda (10000 dan 1 dan ko‘prog‘ida, lekin 1000 davolangan pasientdan 1 dan kamida):
- Ko‘rish va eshitish gallyusinasiyalari bilan (mavhum narsalarni ko‘rish, sezish yoki eshitish) deliriy (bog‘lanmagan nutq, og‘ir dezorientasiya) dezorientasiya va nutqni buzilishi.
- Fotosezuvchanlik (terining quyosh nuriga yuqori sezuvchanligi).
- Yarali stomatit (og‘izda yaralar); gastrit (me‘dada og‘riq, ko‘ngil aynishi); peptik yara; me‘da-ichakdan qon ketishi (qon bilan kofe quyqasi aralash qusish yoki qora ahlat).
Juda kam hollarda(100000 davolangan pasientning 1 dan kamida):
- Angioshish (asosan yuz va tomoqning shishi) va anafilaksiya (nafasni qiyinlashishi, bosh aylanishi).
- Kolit (yo‘g‘on ichakning yallig‘lanish kasalliklari), ingichka ichakning perforasiyasi (ovqat hazm qilish tizimining biron-bir qismining devorida teshik) va ichakning turli kasalliklarini zo‘rayishi (yarali kolit, Kron kasalligi, enteropatiya).
- Sariqlik bilan jigarning og‘ir shikastlanishi (teri yoki skleralarni sarg‘ayishi) va jigarni yallig‘lanishi (gepatit).
- Stivens-Djonson sindromi (terida pufakchali toshmalar); toksik epidermal nekroliz (toshma, terini qizarishi, lablarda, ko‘zlarda yoki og‘izda pufakchalarni paydo bo‘lishi, terining ko‘chishi, isitma); eksfoliativ dermatit (terining kasalligi ko‘chishi bilan) kabi terining bullez reaksiyalari.
- O‘tkir buyrak yetishmovchiligi, interstial nefrit (buyraklarni yallig‘lanishi); nefrotik sindrom (yaqqol shishlar bilan); o‘tkir pielonefrit (isitma, belda og‘riq, siydikda qon paydo bo‘lishi).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– Agar Sizda ketoprofenga yoki bu dori preparatining boshqa komponentlariga allergiya (yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa.
– Agar Sizda ilgari astma, eshakemi (qichuvchi toshma) yoki yoki salisilatlar (masalan, aspirin) kabi o‘xshash ta‘sir etuvchi moddalar chaqirgan ketoprofen yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) ga allergik turdagi reaksiyalar bo‘lsa.
– Agar Sizda og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lsa.
– Agar Sizda yaqinda aortokoronar shuntlash (AKSH) operasiyasi o‘tkazilgan bo‘lsa yoki Siz uni o‘tkazilishiga tayyorlanayotgan bo‘lsangiz.
– Agar Sizda ovqat hazm qilishning buzilishi rivojlansa yoki qachonlardir qorinning yuqori qismida diskomfort yoki og‘riqlar (surunkali dispepsiya) bo‘lgan bo‘lsa;
– Agar Sizda me‘da yoki o‘n ikki barmoq ichakning o‘tkir yarasi bo‘lsa yoki qachonlardir me‘da-ichakdan qon ketishi, yarasi yoki perforasiya bo‘lgan bo‘lsa.
– Agar Sizda qon ketishiga moyillik bo‘lsa.
– Agar Sizda og‘ir buyrak kasalligi bo‘lsa.
– Agar Sizda og‘ir jigar kasalligi bo‘lsa.
– Agar Sizda astma yoki rinit (tumov, aksirish) bo‘lsa.
– Agar Siz homiladorlikning so‘nggi uch oyligida bo‘lsangiz.
– Agar Siz 15 yoshdan kichik bo‘lsangiz preparatni qo‘llash mumkin emas.
Nikaprofen kapsulalari laktoza saqlaydi. Agar Sizda galaktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, laktozaning tanqisligi yoki glyukoza yoki galaktozani so‘rilishi buzilgan bo‘lsa, Siz ketoprofen kapsulalarini qabul qilmasligingiz kerak.
Nikaprofen kapsulalarini qabul qilishda ayniqsa ehtiyot bo‘ling:
Sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq hozirgi yoki ilgari bo‘lgan muammolar to‘g‘risida shifokoringizga xabar bering, ayniqsa quyidagi hollarda:
– ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan buzilishlar (yarali kolit yoki Kron kasalligi kabi kasalliklar zo‘rayishi mumkin);
– qon ivishini buzilishlari;
– jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishlari;
– yuqori arterial bosim (gipertenziya) va/yoki kuchsiz yoki o‘rtacha og‘irlikdagi dimlangan yurak yetishmovchiligi, periferik yoki serebral arteriyalarining kasalliklari;
– diabet yoki qonda xolesterinning yuqori miqdori;
– infeksion kasalliklar;
– biron-bir boshqa dori vositalarini qabul qilganda;
– har kuni spirtli ichimliklarni iste‘mol qilish yoki chekish;
– agar Sizda jarrohlik aralashuvi o‘tkazilmoqchi bo‘lsa;
– keksa pasientlarda har qanday g‘ayri oddiy simptomlar paydo bo‘lganida (ayniqsa me‘da-ichakdan qon ketishlar), ayniqsa davolashning dastlabki bosqichlarida, sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
Ayrim dori vositalari yoki terapevtik sxemalar ketoprofenning ta‘siriga ta‘sir etishi mumkin.
Ketoprofenni qo‘llanilishi fertillikni pasaytirishi mumkin, shuning uchun uni homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Siz tomondan qabul qilinayotgan barcha dori vositalari to‘g‘risida, hatto agar ular reseptsiz beriladigan bo‘lsa ham, shifokoringizga xabar bering.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ayrim dori vositalari ketoprofenning ta‘siriga ta‘sir etishi mumkin va aksincha.
- Ketoprofenni boshqa nosteroid revmatizmga qarshi dori vositalari bilan yoki salisilatlar, masalan asetilsalisil kislotasi bilan birga qabul qilmang.
- Ketoprofen bilan bir vaqtda ishlatilganida yuqori arterial bosimga (arterial gipertenziyaga) qarshi va siydik ajralishiga yordam beruvchi vositalarning (diuretiklar – «siydik haydovchi vositalar») ta‘siri susayishi mumkin.
Buyrak faoliyatining buzilish xavfi diuretiklar yoki AAF ingibitorlarini (asosan yuqori arterial bosimni davolash uchun qo‘llaniladigan dorilar) qabul qilayotgan pasientlarda yuqoridir.
- Ketoprofen va tutqanoq va diabetda buyuriladigan dori vositalari bir vaqtda qo‘llanganida, yuqoridagi preparatlarning ta‘siri kuchayishi mumkin.
- Ketoprofen va qon ivishini oldini olish va davolash uchun buyuriladigan varfarin kabi dori vositalari (antikoagulyantlar), kortikosteroidlar va antitrombositar vositalar bir vaqtda ishlatilganida qon ketishlar xavfi oshadi.
- Qon ketishlarining xavfi depressiyani davolash uchun (serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari guruhiga mansub) dori vositalarini qabul qilayotgan pasientlarda oshadi.
- Agar ketoprofen bilan bir vaqtda yurak glikozidlari, litiy preparatlari, siklosporin yoki metotreksat qabul qilayotgan bo‘lsa, bu vositalarning chiqarilishi susayishi, ularning zararli samaralari esa kuchayishi mumkin.
- Nosteroid revmatizmga qarshi dori vositalar bilan bir vaqtda ishlatilganida mifepristonning ta‘siri pasayishi mumkin. Nosteroid revmatizmga qarshi dori vositalarini mifepristonni qo‘llagandan so‘ng 8-12 kun davomida qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Agar Siz davolanish vaqtida homilador bo‘lib qolgan bo‘lsangiz, shifokoringizga iloji boricha tezroq tashrif buyuring.
Homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyliklar vaqtida ketoprofenni, faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash kerak.
Ketoprofenni homiladorlikning so‘nggi uch oyligi davomida qabul qilmang, chunki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bolada yoki tug‘ruq vaqtida jiddiy asoratlarni chaqirishi mumkin.
Agar Siz bola emizayotgan bo‘lsangiz, Nikaprofen ni qabul qilmang.
Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Juda kam hollarda sezuvchan shaxslarda nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilari ba‘zan bosh aylanishi, uyquchanlik, lanjlik va ko‘rishning noaniqligini chaqirishi mumkin. Agar Siz shu pasientlar guruhiga mansub bo‘lsangiz, davolanish vaqtida avtomobil haydamang va mexanizmlarni boshqarmang.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ortiqcha dozalar ko‘ngil aynishi, qusish, qorinning yuqori qismida og‘riq (epigastral og‘riq), qon aralash qusish, qora ahlat, ongni chalkashishi, nafasni susayishi, tirishishlar, buyrakr faoliyatini buzilishi va buyrak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin.
Davolash: agar Siz tasodifan Nikaprofen kapsulalarini keragidan ortiq yuqori dozasini qabul qilib qo‘ysangiz, darhol shifokoringiz bilan maslahatlashing yoki yaqindagi kasalxonaning qabul bo‘limiga murojaat qiling. Ularga doringizning o‘ramini ko‘rsating.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 200 mg dan. 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250C yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari