NIKOMEKS ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NIKOMEKS
NIKOMEX
Preparatning savdo nomi: Nikomeks
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): etilmetilgidroksipiridin suksinati
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
1 ml eritma 50 mg etilmetilgidroksipiridin suksinati saqlaydi;
yordamchi moddalar: natriy metabisulfiti (Ye 223), in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: nerv tizimiga ta‘sir ko‘rsatuvchi vosita.
ATX kodi: N07XX.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Nikomeks erkin radikal jarayonlarning ingibitori, membaranani barqarorlashtiruvchi vosita bo‘lib, antigipoksik, stress-protektor, nootrop, tirishishga qarshi va anksiolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Preparat organizmning turli shikastlovchi omillar ta‘siriga, kislorodga bog‘liq patologik holatlarga (shok, gipoksiya va ishemiya, bosh miyada qon aylanishini buzilishi, alkogol va antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) bilan intoksikasiya) rezistentligini oshiradi.
Preparat bosh miyada metabolizmni va bosh miyani qon bilan ta‘minlanishini yaxshilaydi, mikrosirkulyasiya va qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, trombositlar agregasiyasini kamaytiradi. Qon xujayralari (eritrositlar va trombositlar)ning membranali strukturalarini barqarorlashtiradi. Gipolipidemik ta‘sir ko‘rsatadi, umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteidlarning umumiy darajasini kamaytiradi. O‘tkir pankreatitda fermentativ toksemiya va endogen intoksikasiyani kamaytiradi.
Ta‘sir mexanizmi uning antioksidant va membranani barqarorlashtiruvchi ta‘siri bilan bog‘liq. Preparat lipidlarni perekisli oksidlanishini ingibisiya qiladi, superoksidaza faolligini oshiradi, lipid-oqsil nisbatini oshiradi, membrananing qovushqoqligini kamaytiradi. Membrana bilan bog‘langan fermentlar (kalsiyga bog‘liq bo‘lmagan fosfodiesteraza, adenilatsiklaza, asetilxolinesteraza), reseptor komplekslar (benzodiazepin, GAMK, asetilxolin) faolligini modulyasiya qiladi, bu ularni ligandlar bilan bog‘lanish qobiliyatini kuchaytiradi, biomembranalarning struktur-funksional tashkil etilishini saqlashga, neyromediatorlar tashilishiga va sinaptik o‘tkazuvchanlikni yaxshilanishiga yordam beradi. Nikomeks bosh miyada dofaminning darajasini oshiradi. ATF va kreatinfosfat darajasini oshishi bilan kechuvchi gipoksiya sharoitlarida Krebs siklida aerob glikolizni kompensator faollashishini kuchayishi va oksidlanish jarayonlarini susayish darajasini pasayishini, mitoxondriylarning energiya sintez qiluvchi funksiyasini faollashishi, xujayra membranalarini barqarorlashishini chaqiradi.
Nikomeks ishemiyaga uchragan miokardda metabolik jarayonlarni normallashtiradi, nekroz sohasini kamaytiradi, miokardning elektrik faolligini va qisqaruvchanligini tiklaydi va yaxshilaydi, shuningdek ishemiya sohasida koronar qon aylanishini oshiradi, o‘tkir koronar yetishmovchilikda reperfuzion sindrom oqibatlarini kamaytiradi. Nitropreparatlarning antianginal faolligini oshiradi. Nikomeks sabablari surunkali ishemiya va gipoksiya bo‘lgan avj olib boruvchi neyropatiyada ko‘z to‘r pardasining ganglioz xujayralari va ko‘ruv nervi tutamlarini saqlab qolishga yordam beradi. Ko‘rish o‘tkirligini oshirib, ko‘z to‘r pardasi va ko‘ruv nervining funksional faolligini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Preparat mushak ichiga yuborilgandan keyin qon plazmasida yuborilgandan keyin 4 soat o‘tgach aniqlanadi. Maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti 0,45-0,5 soatni tashkil qiladi. 400-500 mg dozalarda maksimal konsentrasiyasi – 3,5-4,0 mkg/ml ni tashkil qiladi. Nikomeks qon oqimidan a‘zolar va to‘qimalarga tez o‘tadi va organizmdan tez chiqariladi.
Preparat asosan glyukuron kon‘yugasiyalangan ko‘rinishda va ahamiyatsiz miqdorda – o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi;
- bosh miya jarohati, bosh miya jarohati oqibatlari;
- dissirkulyator ensefalopatiya;
- neyrosirkulyator distoniya;
- aterosklerotik genezli yengil kognitiv buzilishlar;
- nevrotik va nevrozsimon holatlarda xavotirli buzilishlar;
- o‘tkir miokard infarkti (birinchi sutkalarda), majmuaviy davolash tarkibida;
- turli darajadagi birlamchi ochiq burchakli glaukoma, majmuaviy davolash tarkibida;
- nevrozsimon va neyrosirkulyator buzilishlar ustunligi bilan kechuvchi alkogolizmda abstinent sindromni bartaraf etish;
- antipsixotik vositalar bilan o‘tkir intoksikasiya;
- qorin bo‘shlig‘idagi o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlari (o‘tkir pankreatit, peritonit), majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Nikomeks mushak ichiga yoki vena ichiga (oqim bilan, tomchilab) buyuriladi. Doza individual ravishda tanlanadi. Infuzion yuborish usulida preparatni natriy xloridining fiziologik eritmasida (200 ml) suyultirish kerak. Kattalarni davolash terapevtik samara kuzatilguncha doza asta-sekin oshirib, sutkada 1-3 marta 50-100 mg dozadan boshlanadi. Nikomeks oqim bilan 5-7 minut davomida sekin, tomchilab – 1 minutda 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg dan oshmasligi kerak.
Bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishlarida Nikomeks majmuaviy davolash tarkibida birinchi 2-4 kun vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab kattalarga 200-300 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi, so‘ngra mushak ichiga 100 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. Davolash muddati 10-14 sutkani tashkil qiladi.
Bosh miya jarohatida va bosh miya jarohati oqibatilarida Nikomeks 200-500 mg dan sutkada 2-4 marta vena ichiga tomchilab yuborish orqali 10-15 kun davomida qo‘llanadi.
Dekompensasiya bosqichidagi dissirkulyator ensefalopatiyada Nikomeksni vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab 100 mg dan sutkada 2-3 marta 14 kun davomida buyuriladi. So‘ngra keyingi 2 xafta davomida preparat sutkada 100 mg dan mushak ichiga yuboriladi.
Dissirkulyator ensefalopatiyani kursli profilaktikasi uchun preparat kattalarga
100 mg dan sutkada 2 marta 10-14 kun davomida mushak ichiga yuboriladi.
Keksa yoshdagi bemorlarda yengil kognitiv buzilishlarda va xavotirli holatlarda preparat 14-30 kun davomida sutkada 100-300 mg dozada mushak ichiga buyuriladi.
O‘tkir miokard infarktida majmuaviy davolash tarkibida Nikomeks nitratlar, beta-adrenoblokatorlar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, trombolitiklar, antikoagulyantlar va antiagregant vositalar, shuningdek ko‘rsatmalar bo‘yicha simptomatik davolashni o‘z ichiga oluvchi miokard infarktini an‘anaviy davolash fonida 14 kun davomida vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi. Maksimal samaraga erishish uchun birinchi 5 sutkada Nikomeksni vena ichiga yuborgan afzal, keyingi 9 sutkada Nikomeksni mushak ichiga yuborish mumkin. Nikomeksni vena ichiga yuborish 30-90 minut davomida 100-150 ml xajmdagi 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki 5% li dekstroza (glyukoza) eritmasida sekin (nojo‘ya samaralardan saqlanish uchun) tomchili infuziya ko‘rinishida amalga oshiriladi. Zarurati bo‘lganida Nikomeksni kamida 5 minut davomida sekin oqim bilan yuborish mumkin.
Nikomeksni yuborish (vena ichiga yoki mushak ichiga) har 8 soatda sutkada 3 marta amalga oshiriladi. Sutkalik terapevtik dozasi kuniga tana vazniga 6-9 mg ni, bir martalik dozasi – tana vazniga 2-3 mg/kg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg, bir martalik doza – 250 mg dan oshmasligi kerak.
Turli bosqichdagi ochiq burchakli glaukomada majmuaviy davolash tarkibida Nikomeks 100-300 mg dan sutkada 1-3 marta 14 kun davomida mushak ichiga yuboriladi.
Abstinent alkogolli sindromda Nikomeks sutkada 2-3 marta 100-200 mg dozada mushak ichiga yoki 5-7 kun davomida sutkada 1-2 marta vena ichiga tomchilab yuboriladi.
Antipsixotik vositalar bilan o‘tkir intoksikasiyada kattalarga preparat 7-14 kun davomida sutkada 50-300 mg dozada vena ichiga yuboriladi.
Qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlarida (o‘tkir nekrotik pankreatit, peritonit) preparat birinchi sutkada operasiyadan oldingi davrda ham, operasiyadan keyingi davrda ham buyuriladi. Dozalash kasallikning shakli va og‘irlik darajasi, jarayonni tarqalganligi, klinik kechishning variantlariga bog‘liq. Preparatni faqat turg‘un ijobiy klinik-laborator samaradan keyingina asta-sekin bekor qilinishi kerak. O‘tkir shishli (interstisial) pankreatitda Nikomeks kattalarga 100 mg dan sutkada 3 marta vena ichiga (natriy xloridining izotonik eritmasida) va mushak ichiga buyuriladi. Yengil darajali nekrotik pankreatitda: 100-200 mg kuniga 3 marta vena ichiga tomchilab (natriy xloridining izotonik eritmasida) va mushak ichiga buyuriladi. O‘rta og‘irlik darajasi: kattalarga 200 mg dan sutka 3 marta vena ichiga tomchilab (natriy xloridining izotonik eritmasida) buyuriladi. Og‘ir darajada kechganida: birinchi sutkada ikki marta yuborishga 800 mg puls-dozada, keyinchalik – sutkalik dozani asta-sekin kamaytirish bilan 300 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Juda og‘ir darajada kechganida: pankreatogen shok ko‘rinishlari barqaror bartaraf etilguncha sutkada 800 mg boshlang‘ich dozada, holat barqarorlashgandan keyin – 300-400 mg dan sutkada 2 marta vena ichiga tomchilab (natriy xloridining izotonik eritmasida) yuboriladi, keyinchalik sutkalik doza pasaytiriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ko‘ngil aynishi, og‘iz shilliq qavatini qurishi, allergik reaksiyalar, uyquchanlik, uyquga ketish jarayonini buzilishi, xavotirlik hissi, emosional reaktivlik, distal gipergidroz, bosh og‘rig‘i, koordinasiyani buzilishi, arterial bosimni oshishi, arterial bosimni pasayishi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘tkir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, preparatga individual yuqori sezuvchanlik, bolalar, homiladorlik, emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Nikomeks benzodiazepin anksiolitiklar, tirishishga qarshi vositalar (karbamazepin), parkinsonga qarshi vositalar (levodopa) ning ta‘sirini kuchaytiradi. Etil spirtining toksik samaralarini kamaytiradi.
Nomutanosiblik. Preparatni boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas. Faqat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan erituvchilar ishlatilsin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ayrim hollarda, ayniqsa allergologik anamnezi cheklangan bemorlarda, bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda, sulfitlarga yuqori sezuvchanlikda o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaksiyalari rivojlanishi mumkin.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi haqida ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun Nikomeks bu davrda qo‘llanilmaydi.
Bolalar. Bolalarda qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi haqida ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun Nikomeks bu toifadagi pasientlarda qo‘llanilmaydi.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarganda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Reaksiya tezligi va diqqatni jamlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar kuzatilishi mumkinligi tufayli, davolash davrida avtotransportni boshqarish yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganda uyquchanlik kuzatilishi mumkin. Davolash – dezintoksikasion davolash.
Chiqarilish shakli
2 ml dan neytral yorug‘likdan himoyalangan shisha ampulalarda №10 (5x2) blisterlarda karton qutida.
5 ml dan neytral yorug‘likdan himoyalangan shisha ampulalarda №5 (5x1) blisterlarda karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yorug‘lik ta‘siridan himoyalash uchun ampulalarni tashqi o‘ramida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Original o‘ramdagi dori vositasining yaroqlilik muddati – 2 yil.
Ampula ochilgandan keyin yaroqlilik muddati
Ampulaning ishlatilmagan ichidagisini yo‘q qilish kerak, uni keyingi qo‘llashlar uchun ishlatish mumkin emas.
Suyultirgandan keyin yaroqlilik muddati
Mikrobiologik nuqtai nazardan preparatni darhol ishlatish kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari