Nistatinning aptekalardagi narxlari
NISTATIN tabletkalari 500000ed N10
|
|
2 ta dorixonada bor
|
10 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
NISTATIN tabletkalari 500000ed N20
|
|
263 ta dorixonada bor
|
9 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
14 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
10 000 so'mdan
Bron qilish
|
NISTATIN kukuni 100000ed/ml N1
|
|
19 ta dorixonada bor
|
29 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
36 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
35 000 so'mdan
Bron qilish
|
NISTATIN suppozitorii 250000ed N10
|
|
5 ta dorixonada bor
|
6 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
NISTATIN suppozitorii 500000ed N10
|
|
63 ta dorixonada bor
|
8 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
24 000 so'mdan
Bron qilish
|
NISTATIN maz 100000ed/g 25g N1
|
|
1 ta dorixonada bor
|
40 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
42 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
|
NISTATIN maz 100000ed/g 15g N1
|
|
17 ta dorixonada bor
|
6 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
NISTATIN maz 100000ed/g 30g N1
|
|
2 ta dorixonada bor
|
44 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Nistatin ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NISTATIN
NISTATINUM
Preparatning savdo nomi: Nistatin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Nistatin
Dori shakli: Tabletkalar.
Bir tabletkaning tarkibi:
Ta‘sir etuvchi modda: Nistatin – 500000 TB.
Yordamchi moddalar: suvsiz laktoza, makkajo‘xori kraxmali, talk, magniya stearat, mikrokristallik sellyuloza, kroskarmelloza natriy.
Ta‘rifi: Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, yashil tusli och-sariq rangli chetlari shikastlanmagan va bir xil bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Zamburug‘larga qarshi vosita.
ATX kodi: A07AA02
Farmakologik xususiyatlari
Nistatin – Streptomyces noursei aktinomiseti tomonidan ishlab chiqariladigan polien guruhi antibiotigidir. Zamburug‘larga qarshi samara ko‘rsatadi. Nistatin zamburug‘larning hujayra membranalaridagi sterinlar bilan bog‘lanadi, natijada membrana selektiv to‘siq kabi faoliyat ko‘rsataolmaydi, bu hujayraning asosiy komponentlarini yo‘qolishiga olib keladi.
Nistatin Candida va Aspergillus ururug‘ining patogen achitqi zamburug‘lariga tanlab ta‘sir qiladi.
Fungistatik, katta dozalarda esa – fungisid ta‘sir ko‘rsatadi.
Preparat bakteriyalar, aktinomisetlar va viruslarga nisbatan nofaol. Trichomonas vaginalis va Gardnerella vaginalis (Haemophilus vaginalis) ga nisbatan samarasiz.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida ovqat hazm qilish yo‘llarida yomon so‘riladi (uning biokiraolishligi 3-5% dan oshmaydi). Antibiotikning fungistatik konsentrasiyasiga qonda va terapevtikka yaqin ichki a‘zolarning to‘qimalarida, faqat u katta dozalarda yuborilganida erishiladi. Preparat gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi va orqa miya suyuqligiga kirmaydi.
Ichga qabul qilingan antibiotikning asosiy massasi o‘zgarmagan holda ahlat bilan chiqariladi.
So‘rilgan preparat organizmdan siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Achitqisimon zambrug‘larning Candida turi (Candida albicans va boshqalar) chaqirgan kasalliklarni, shilliq qavati (og‘iz, qin va boshqalar), teri va ichki a‘zolari (me‘da-ichak yo‘llari, o‘pka, buyrak va boshqalar) kandidozlarini davolashda qo‘llanadi.
Antibiotiklarni (ayniqsa tetrasiklin qatori antibiotiklari, levomisetin, neomisin va boshqalar) uzoq qo‘llanishi oqibatida kelib chiqadigan zamburug‘li asoratlarni oldini olishda xam qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, tabletkani chaynamasdan, butunligicha yutiladi. Kattalarga 500000 TB dozada kuniga 3-4 marta yoki 250000 TB dozada kuniga 6-8 marta buyuriladi. Sutkalik doza 1500000-3000000 TB ni tashkil qiladi. Og‘ir tarqalgan kandidozda sutkalik dozani 4000000-6000000 TB gacha oshirish mumkin. 13 yoshdan kattalarga -1000000 dan 1500000 TB gacha kuniga 4 marta qabul qilishga buyuriladi. O‘rtacha davolash davomiyligi 10-14 kunni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘izda achchiq ta‘m, dispeptik ko‘rinishlar, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq.
Allergik reaksiyalar: tana haroratining oshishi, etni uvishishi, qichishish, teri toshmasi, shu jumladan eshakemi, kam – Stivens-Djonson sindromi.
Boshqalar: fotosensibilizasiya, taxikardiya, bronxaspazm, yuzning shishi, nospesifik mialgiya; zamburug‘larning rezistent shakllarini tarqalish xavfi bo‘lishi mumkin, bu preparatni bekor qilishni talab qiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning har qanday komponetiga yuqori sezuvchanlik;
- jigar faoliyatining buzilishi;
- pankreatit;
- me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi;
- homiladorlik va emizish davri;
- 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Klotrimazol bilan bir vaqtda qabul qilinganida klotrimazolning zamburug‘larga qarshi faolligi pasayadi.
Polien qatori antibiotiklari bilan, masalan, amfoterisin V bilan qarama-qarshi chidamlilik kuzatiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat tizimli mikozlarni davolash uchun qo‘llanmaydi.
Doza o‘tkazib yuborilganida iloji boricha uni tezroq qabul qilish kerak.
Nistatin quyosh nurlariga nisbatan terining sezuvchanligini oshirishi mumkin. Shuning uchun davolash vaqtida to‘g‘ri quyosh nurlaridan va sun‘iy ultrabinafsha nurlanishidan saqlanish kerak.
Yuqori sezuvchanlik paydo bo‘lganda yoki zamburug‘larning rezistent shakllarini ko‘payishi hollarida preparatni qabul qilishni to‘xtatish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nojo‘ya samaralarning kuchayishi mumkin.
Davolash: preparatni bekor qilish, me‘dani yuvish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar, 10 tabletkadan kontur-uyali o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari