Nolitsinning aptekalardagi narxlari
NOLISIN tabletkalari 400mg N20
|
|
14 ta dorixonada bor
|
50 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
64 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Nolitsin ko'rsatmalar
Ilova – varaqa: pasient uchun ma‘lumot
Nolisin®, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 400 mg
Norfloksasin
Ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin, ushbu ilova-varaqaning xammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u siz uchun muxim ma‘lumot saqlaydi.
- Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. U sizga takroran o‘qib chiqish uchun kerak bo‘lishi mumkin.
- Agar sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
- Ushbu preparat shaxsan sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Bu ularga zarar yetkazishi mumkin, xatto agarda sizda kasallikning o‘xshash belgilari kuzatilsa ham.
- Agar sizda nojo‘ya samaralar rivojlansa, shifokor yoki farmasevt bilan maslaxatlashing. Bu shuningdek ushbu annotasiyada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralariga ham taalluqli. 4-bo‘limga qarang.
Ushbu annotasiyada qanday ma‘lumot saqlanadi
- Nolisin® preparati o‘zi nima va u nima uchun mo‘ljallangan
- Nolisin® preparatini qo‘llashdan oldin siz nimalarni bilishingiz kerak
- Nolisin® preparati qanday qo‘llanadi
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
- Nolisin® preparatini qanday saqlash kerak
- O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar
- Nolisin® preparati o‘zi nima va u nima uchun mo‘ljallangan
Nolisin® xinolonlar guruxiga kiruvchi mikroblarga qarshi preparat. Uning ta‘siri, odam organizmida infeksion kasalliklarni chaqiruvchi va unga sezgir bakteriyalarning parchalanishi bilan bog‘liq.
U quyidagilarni davolash uchun ko‘rsatilgan:
- siydik chiqarish yo‘llarining va prostata bezining infeksiyalari,
- infeksion diareya,
- gonoreya.
U shuningdek quyidagilarni oldini olish uchun xam qo‘llanadi:
- siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari,
- sayohatchilar diareyasi,
- immuniteti susaygan pasientlardagi infeksiyalar.
- Nolisin® preparatini qo‘llashdan oldin Siz nimalarni bilishingiz kerak
Nolisin® preparatini qabul qilmang
- agar Sizda norfloksasinga, xinolonlar guruhiga mansub har qanday boshqa dori preparatiga yoki bu preparatning har qanday boshqa komponentlariga (6-bo‘limda keltirilgan) allergiya bo‘lsa,
- agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki bola emizayotgan bo‘lsangiz.
Nolisin® preparatini bolalar va o‘sayotgan o‘smirlarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Nolisin® preparatini qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Agar Sizda tutqanoq yoki markaziy nerv tizimi tomonidan boshqa buzilishlar (ayniqsa tirishishlarni chaqirishi mumkin bo‘lgan buzilishlar) bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering. Bunday hollarda nojo‘ya samaralari ko‘proq paydo bo‘lishi mumkin.
Nolisin® preparati bilan davolash vaqtida Sizda quyosh yorug‘ligiga va sun‘iy ultrabinafsha nurlanishga yuqori sezuvchanlik chaqirishi mumkin. Demak, Siz quyosh nurlari va sun‘iy yorug‘lik haddan ziyod ta‘siridan saqlanish tavsiya etiladi.
Agar Sizda buyrak yetishmovchiligi bo‘lsa, Sizning shifokoringiz Sizga preparatni pastroq dozada buyuradi.
Nolisin® preparati bilan davolash vaqtida Sizga ko‘p suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Siz uchun kuniga qancha miqdorda suyuqlik ichish eng ko‘p mos kelishi haqida shifokoringizdan so‘rang.
Agar Siz Nolisin® preparati bilan davolash vaqtida paylar bo‘ylab og‘riq sezsangiz, bu haqida shifokoringizga xabar bering. Jismoniy yuklamalardan saqlaning.
Agar Sizda tug‘ma QT intiervalini uzayishi yoki oilaviy anamnezda QT intervalini uzayishi (EKG da kuzatiluvchi, yurakning elektrik faolligini yozuvi), organizmda tuz almashinuvini buzilishi (ayniqsa, qonda kaliy yoki magniyning past darajasi), juda sekin yurak ritmi (“bradikardiya” deb nomlanuvchi), kuchsiz yurak (yurak yetishmovchiligi), anamnezdagi yurak xuruji (miokard infarkti) bo‘lsa, agar Siz ayol jinsli yoki keksa yoshli bo‘lsangiz, yoki agarda Siz EKG ni patologik o‘zgarishlariga olib keluvchi boshqa dori vositalarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu preparatni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (Boshqa dori preparatlari va Nolisin® bo‘limiga qarang).
Agar Nolisin® preparati bilan davolash vaqtida Sizda ko‘rish yomonlashsa, yoki ko‘rish a‘zolari tomonidan boshqa buzilishlar paydo bo‘lsa, darhol oftalmologga murojaat qiling.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi
Nolisin® preparatini bolalar va o‘sayotgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Boshqa dori preparatlari va Nolisin®
Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.
Agar Siz jig‘ildon qaynashini davolash uchun preparatlar (antasidlar), sukralfat, temir, alyuminiy, vismut, magniy, kalsiy yoki rux saqlovchi dori preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, norfloksasinni so‘rilishi pasayadi. Demak, Sizga Nolisin® preparatini bu dori preparatlarni qabul qilishdan ikki soat oldin qabul qilish tavsiya etiladi.
Agar Siz surunkali bronxitni va bronxial astmani davolash uchun dori preparatlarni (teofillin) yoki immun tizimini bostirish uchun dori preparatlarni (siklosporin) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Nolisin® preparati bilan davolash vaqtida, qonda teofillin yoki siklosporinning darajasini oshishi mumkinligi sababli nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi mumkin. Shifokor bu dori preparatlarni qondagi miqdorini o‘lchashi va pastroq dozani buyurishi mumkin.
Agar Siz Nolisin® preparati bilan bir vaqtda qon ivishiga to‘sqinlik qiluvchi dori preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, ularning ta‘siri kuchayishi mumkin, va qon ketishi paydo bo‘lishi mumkin.
Kortikosteroidlar va Nolisin® preparatini mumkin bo‘lgan bir vaqtda qo‘llash, paylarni yallig‘lanish yoki uzilish xavfini oshirishi mumkin.
Nolisin® preparati bilan davolash vaqtida qandli diabetni davolash uchun ma‘lum dori preparatlarning (sulfonilmochevina) samarasi kuchayishi mumkin.
Siydik chiqarish yo‘llarining bakterial infeksiyalarini davolash uchun dori preparatlari (nitrofurantioin) bilan bir vaqtda Nolisin® preparatini qabul qilmang, chunki birga qo‘llash ikkala preparatlarning samarasini pasaytiradi.
Agar Siz yurak ritmini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori preparatlarni: antiaritmik preparatlar guruhiga kiruvchi preparatlar (masalan, xinidin, gidroxinidin, amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid), trisiklik antidepressantlar, ayrim mikroblarga qarshi preparatlar (makrolidlar guruhiga mansub), ayrim neyroleptiklar qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Siz shifokoringizga xabar bering.
Nolisin® preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan qo‘llanishi
Siz Nolisin® preparatini och qoringa yoki ovqat qabul qilish vaqtida qabul qilishingiz mumkin. Siz uni sut yoki yogurt bilan bir vaqtda qabul qilmasligingiz kerak, chunki suyuq sut mahsulotlari qonga tushayotgan norfloksasinning miqdorini kamaytiradi. Nolisin® preparatini sut mahsulotlarini iste‘mol qilishdan bir soat oldin yoki ikki soat keyin qabul qiling.
Davolanish vaqtida alkogolni iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va emizish
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, homiladorligingizni gumon qilsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Homila tomonidan nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfi istisno qilinmaydi. Agar Siz homilador bo‘lsangiz, shifokor Sizga Nolisin® preparatini faqat, agar Siz uchun foyda bola uchun xavfdan yuqori bo‘lgan holda buyurishi mumkin.
Siz Nolisin® preparatini qabul qilayotganingizda bolani emizmang.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash
Nolisin® preparati xushyorlikni pasaytirishi mumkin, shuning uchun Siz transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash vaqtida, Siz organizmingiz dori preparatiga qanday reaksiya qilishini bilmaguningizcha, ehtiyotkorlikka rioya qilishingiz kerak.
Nolisin® sariq “quyosh botishi” FCF (E110) azo-bo‘yovchini saqlaydi.
Azo-bo‘yovchi allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.
- Nolisin® preparatini qanday qabul qilish kerak
Bu preparatni doimo aniq Sizga shifokor yoki farmasevt aytgandek qabul qilish kerak. Agar Sizda gumonlar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Shifokor Sizning kasalligingizga muvofiq doza va davolash davomiyligini to‘g‘rilaydi. Doimo har bir tabletkani bir stakan choy yoki suyuqlik bilan qabul qiling. Odatdagi doza sutkada ikki marta 1 tabletka (400 mg) ga teng. Siydik chiqarish yo‘llarining yoki me‘da-ichak yo‘llarining infeksiyalarini davolash 3 kundan 14 kungacha davom etadi, surunkali bakterial prostatitni davolash esa bir necha hafta davom etadi.
Siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarini oldini olish uchun Nolisin® preparatini sutkada yarim tabletka (200 mg) dan, sayohatchilar diareyasini oldini olish uchun esa – sutkada 1 tabletka (400 mg) dan qabul qiling. Agar Sizda immunitet susaygan bo‘lsa, infeksiyalarni oldini olish uchun 1 tabletka (400 mg) dan sutkada ikki marta qabul qiling. Agar Sizda buyraklar faoliyati buzilgan bo‘lsa, shifokor Sizning dozangizni to‘g‘rilaydi.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llash
Nolisin® preparatini bolalar va o‘sayotgan o‘smirlarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
Agar Siz Nolisin® preparatini keragidan katta miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
Juda katta dozalari ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, og‘irroq hollarda – shuningdek bosh aylanishi, charchoqlik, ongni chalkashishi va tirishishlar chaqirishi mumkin.
Nolisin® preparatining dozasini o‘tkazib yuborish
O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilish mumkin emas. Agar Siz tabletkani qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, agar faqat Sizga hali navbatdagi dozani qabul qilish kerak bo‘lmasa, uni eslagan zahoti qabul qiling.
Agar Siz Nolisin® preparatini qo‘llashni to‘xtatadigan bo‘lsangiz
Preparatni shifokor buyurgan davr davomida qabul qiling. Xatto agar Siz o‘zingizni yaxshi sezsangizda, infeksiya hali organizmda qolishi mumkin va agar Siz davolashni tez to‘xtatsangiz u qayta tiklanishi mumkin.
Agar Sizda bu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
Barcha dori vositaldari kabi, bu preparat, garchi u hammada ham paydo bo‘lmasada, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin.
Tez-tez: 10 odamdan 1 tasida paydo bo‘lishi mumkin
- ko‘ngil aynishi
tez-tez emas: 100 odamdan 1 tasida paydo bo‘lishi mumkin
- bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, depressiya, ishtaxani yo‘qolishi yoki diareya, eozinofillar sonini oshishi (eozinofiliya), leykositlar sonini pasayishi (leykopeniya) yoki ayrim fermentlar (transaminazalar, ishqoriy fosfataza va laktatdegidrogenaza) faolligini oshishi
Diareya faqat istisno hollarda turg‘un bo‘lishi mumkin. Diareya sifatida, u yo‘g‘on ichakni yallig‘lanishining alohida shaklini (soxtamembranoz kolit) shakli bo‘lishi mumkin; demak, Siz shifokoringiz bilan maslahatlashishingiz kerak.
Kam: 1000 odamdan 1 tasida paydo bo‘lishi mumkin
- charchoqlik, qonda mochevina yoki kreatinin darajasini oshishi, qonda eritrositlar (gematokrit) ulushini kamayishi.
Juda kam: 10000 odamdan 1 tasida paydo bo‘lishi mumkin
- uyquchanlik, ongni chalkashishi, bezovtalik, ta‘sirchanlik, qo‘rquv, mavjud bo‘lmagan narsalarni eshitish yoki ko‘rish orqali xis qilish (gallyusinasiyalar), quloqlarda jaranglash, qichishish, toshma, eshakemi kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yoki anafilaktik shok kabi o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘irroq shakillari, og‘ir teri reaksiyalari, paylarning yallig‘lanishi yoki uzilishi (odatda shuningdek boshqa omillarning ta‘sirini natijasi xisoblanadi).
Noma‘lum: mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas
- patologik tezlashgan yurak ritmi, hayot uchun xavf soluvchi nomuntazam yurak ritmi (EKG da ko‘rinuvchi, yurakning elektrik faolligini yozuvi, “QT intervalini uzayishi” nomi ostidagi)
Nojo‘ya samaralari haqida xabarlar
Agar Sizda nojo‘ya samaralari rivojlansa shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Bu shuningdek ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralariga ham taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya samaralari haqida bevosita xabar berishingiz mumkin:
Nojo‘ya samaralar haqida xabar berib, Siz bu dori preparatining xavfsizligi haqida ko‘proq ma‘lumot taqdim qilishga yordam berishingiz mumkin.
- Nolisin® preparatini qanday saqlash kerak
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bu preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llamang. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Dori preparatlarni kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yuborish kerak emas. Siz boshqa qabul qilmaydigan dori preparatlarni qanday utilizasiya qilish kerakligini farmasevtdan so‘rang. Bu choralar atrof-muhitni ximoya qilishga yordam beradi.
- O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar
Nolisin® preparati nima saqlaydi
- Ta‘sir qiluvchi modda – norfloksasin. Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 400 mg norfloksasin saqlaydi.
- Yordamchi moddalar: povidon, natriy kraxmal glikolyat (A tur), mikrokristall sellyuloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, tabletka yadrosida magniy steariti va tozalangan suv, va tabletka qobig‘ida gipromelloza, talk, titan dioksidi (Ye171), dispersion sariq bo‘yovchisi (E110) va propilenglikol.
Nolisin® preparati va o‘ram ichidagisi qanday ko‘rinishga ega
Nolisin® plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar: dumaloq, biroz ikki tomonlama qavariq, to‘q sariq rangli plenka qobiq bilan qoplangan, bir tomoni riskali tabletkalar.
10 tabletkadan PVX/PVDX va alyumin folga blisterda. 1 yoki 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Dorixonalardan berish bo‘yicha ma‘lumot
Dori preparati shifokor resepti bo‘yicha beriladi.
Chiqarish shakllari