Normodoksning aptekalardagi narxlari
NORMODOKS tabletkalari N30
|
|
258 ta dorixonada bor
|
33 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
103 700 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
94 900 so'mdan
Bron qilish
|
Normodoks ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BUYICHA YO‘RIKNOMA
NORMODOKS
NORMODOX
Preparatning savdo nomi: Normodoks
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Doksilamin suksinat, piridoksin gidroxlorid.
Dori shakli: Ichakda eruvchi qobik bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar: Doksilamin suksinati – 10 mg; piridoksin gidroxloridi – 10 mg
Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, laktoza, natriy metilparaben, natriy propilparaben, magniy stearati, talk, aerosil, AKRI KOAT L- 100, aseton, izopropil spirti, dibutilftalat, titan dioksidi, sanset sarigi, polietilenglikol-6000.
Ta‘rifi: Zarzarg‘aldoq rangli, dumaloq, ikki tomoni qabariq, ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Uxlatuvchi vosita.
ATX kodi: R06AA09
Farmakologik xususiyatlari
Doksilamin suksinati. Etanolaminlar guruxi N1-gistamin reseptorlarining blokatori. Preparat uxlatuvchi, sedativ va M-xolinobloklovchi ta‘sir kursatadi. Uyquga ketish vaktini qisqartiradi, uyquning davomiyligi va sifatini oshiradi, bunda uyquning bosqichlarini uzgartirmaydi. Ta‘sirining davomiyligi – 6-8 soat.
Piridoksin gidroxloridi. V6 vitamini (Piridoksin gidroxloridi) – moddalar almashinuvida qatnashadi; markaziy va periferik nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur. Organizmga tushgach u fosforlanib, piridoksal-5-fosfatga aylanadi va aminokislotalarning karboksil gurhini ajralishi amalga oshiruvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Triptofan, metionin. sistein, glutamin va boshqa aminokislotalarning almashinuvida qatnashadi, eritrositlarning xosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, ko‘pchilik neyromediatorlarning (dopamin, noradrenalin, adrenalin, gistamin, serotonin) biosintezida qatnashadi. Gistaminning almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Lipidlar almashinuvini normallashishiga yordam beradi. Piridoksinning alohida tanqisligi juda kam, asosan maxsus sun‘iy ozuklantirishda bo‘lgan bolalarda uchraydi (diareya, tirishishlar, anemiya bilan namoyon bo‘ladi, periferik nevropatiya rivojlanishi mumkin). Sianokobalamin bilan birga nerv tuqimasidagi yallig‘lanish jarayoninn yokotadi va uning regenerasiyasini tezlashtiradi.
Farmakokinetikasi
Doksilamin suksinati. So‘rilishi – yukori, jigarda metabolizmga uchraydi. Gistogemotik to‘siqlar orqali yaxshi o‘tadi (gematoensefalik to‘siqni xam qushib). Uzgarmagan xolda 60% buyraklar orqali, qisman – me‘da-ichak yullari orqali chiqariladi.
Piridoksin gidroxloridi. Ingichka ichakda tez so‘riladi. Jigarda farmakologik faol metabolitlarining xosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi (piridoksal fosfat va piridoksaminofosfat). Barcha to‘qimalarga yaxshi utadi; asosan jigarda to‘planadi.
Yuldosh orqali utadi, ko‘krak suti bilan ajraladi. Buyraklar orkali. shuningdek gemodializ vaqtida chiqariladi.
Qullanilishi
– homiladorlikning erta toksikozi;
– turli genezli ko‘ngil aynishi;
– uyquning buzilishi, uyqusizlik;
– V guruxi vitaminlarining gipo- va avitaminozi (davolash va oldini olish);
– turli genezli anemiyalar;
– nerv tizimining turli genezli kasalliklarini simptomatik davolash: nevrit, nevralgiya, mialgiya, periferik parezlar va falajlar, retrobulbar nevrit, yuz nervining parezi, lyumbago, pleksitlar. yon amiotrofik sklerozi, bolalar serebral falaji, periferik nervlarning jaroxatlari;
– cheklovchi parxezlarga rioya qilinganida, ovqatlanish disbalansida, isitmada, surunkali kasalliklarda, jadal jismoniy yuklamda va kuchli toliqishdagi vitaminlarning tanqisligi, operasiyadan keyingi davrida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalar
Tavsiya etilgan doza kuniga 1/2 tabletkadan 1 tabletkagacha. Tabletkalar ozgina kam mikdordagi suyuklik bilan birga qabul qilinadi. Tabletkalarni uxlashdan oldin qabul kilish kerak. Agarda davolash samarasiz bulsa. shifokor tavsiyasi bo‘yicha doza kuniga 2 tabletkagacha oshirilishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar, ko‘ngil aynishi, kunduzgi vaqtdagi uyquchanlik, og‘izning qurishi, akkomodasiyaning parezi, kabziyat, siydikning tutilishi, kam – tirishishlar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bulmagan xolatlar
– doksilaminga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
– yopiq burchakli glaukoma;
– prostata bezining adenomasi, siydikni tutilishi;
– me‘da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligi;
– yurak ishemik kasalligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Doksilamin suksinati
Barbituratlar, benzodiazepinlar, klonidin, opioid analgetiklar, neyroleptiklar, anksiolitiklar bilan bir vaqtda qullanganida markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sir kuchayadi. Apomorfinga bo‘lgan qusish refleksini pasaytirishi mumkin. M-xolinobloklovchi vositalar bilan birga qabul qilinganida nojuya ta‘sirlarini paydo bo‘lishini xavfi oshadi: ogizni qurishi, siydikni tutilishi. Alkogolni preparatning sedativ ta‘sirini kuchaytirishi tufayli, alkogolli ichimliklar va alkogol saqlovchi dori preparatlarini iste‘mol qilishdan saqlanish lozim.
Piridoksin gidroxloridi
Diuretiklarning ta‘sirini kuchaytiradi; levodopaning faolligini susaytiradi. Yurak glikozidlari (piridoksin miokardda qisqaruvchi oqsillar sintezini oshirishga yordam beradi), glutamin kislotasi, kaliy va magniy asparaginati bilan mutanosib. Tiamin va sianokobalamin bilan farmasevtik nomutanosib.
Mahsus ko‘rsatmalar
Jigarning og‘ir shikastlanishlarida preparat uning faoliyatini yomonlashishini
chaqirishi mumkin.
Xomiladorlik va laktasiya davrida preparat xavfsiz.
Avtomobilni xaydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri:
Extiyotkorlik bilan tavsiya qilinadi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nojuya reaksiyalarining kuchayishi.
Davolash: simptomatik davolash. Maxsus antidoti yuk.
Chiqarilish shakli
Ichakda eruvchi qobik bilan qoplangan tabletkalar. 100 tabletka qo‘llash buyicha yuriqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruk, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept buyicha.
Chiqarish shakllari