Novaflyu ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NOVA FLYU
NOVA FLU
Preparatning savdo nomi: Nova Flyu
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol, xlorfeniramin maleati, suvsiz kofein, fenilefrin gidroxloridi.
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun
Tarkibi:
har 1 sashe (5 g) quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: parasetamol – 750 mg; feniramin maleati – 20 mg; kofein – 30 mg; fenilefrin maleati – 10 mg.
yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, natriy saxarini, natriy sitrati, saxaroza, sariq sanset FCF bo‘yovchisi, apelsin ta‘m moddasi.
Ta‘rifi: och yoki to‘q-sariq rangli dog‘lari bo‘lgan, och-to‘q sariqdan to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan apelsin ta‘mli kukun.
Farmakoterapevtik guruxi: ORZ simptomlarini bartaraf etuvchi vosita.
ATX kodi: N02BE71
Farmakologik xususiyatlari
Shamollash kasalliklarida qo‘llanadian majmuaviy preparatdir.
Parasetamol – analgetik-antipiretik bo‘lib, shamollash kasalliklarida kuzatiladigan og‘riq sindromi – tomoqda og‘riq, bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘imdagi og‘riqni kamaytiradi, yuqori tana haroratini pasaytiradi.
Fenilefrin – simpatomimetik bo‘lib, periferik qon tomirlarga vazokonstriktor ta‘sir ko‘rsatadi, yuqori nafas yo‘llari va sinuslarning shilliq qavatini shishi va giperemiyasini kamaytiradi.
Feniramin – N1-gistamin reseptorlari blokatori, allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi; qichishish (shu jumladan ko‘zlar, burundagi), burun, burun-halqum va sinuslarning shilliq qavatini shishi va giperemiyasini bartaraf etadi, ekssudasiya ko‘rinishlarini kamaytiradi.
Kofein markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta‘sirga ega, bu charchoqni va uyquchanlikni kamayishi va aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshishiga olib keladi.
Farmakodinamikasi
Majmuaviy vosita bo‘lib, isitmani tushiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, alfa-adrenostimulyasiya qiluvchi, vazokonstriktor va antigistamin ta‘sir ko‘rsatadi, shamollash simptomlarini bartaraf etadi.
Parasetamol – nonarkotik analgetik; asosan markaziy nerv tizimida og‘riq va termoregulyasiya markazlariga ta‘sir etib, siklooksigenaza (SOG) ni bloklaydi; og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Fenilefrin – o‘rtacha qon tomirlarni toraytiruvchi ta‘siga ega bo‘lgan alfa-adrenomimetikdir. Yuqori nafas yo‘llari va yondosh bo‘shliqlarning shilliq qavatini shishi va giperemiyasini kamaytiradi.
Feniramin – N1-gistamin reseptorlarining blokatoridir. Allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi; ko‘zlar, burun va tomoqdagi qichishish, burun, burun-halqum va burunning yondosh bo‘shliqlarining shilliq qavatini shishi va giperemiyasini bartaraf etadi, ekssudativ ko‘rinishlarini kamaytiradi.
Kofein markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta‘sirga ega, og‘riq qoldiruvchi vositalarning samarasini kuchaytiradi, uyquchanlik va charchoq hissini bartaraf etadi, jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshiradi, toliqish va uyquchanlikni kamaytiradi.
Qo‘llanilishi
- Quyidagilarni simptomatik davolash (og‘riq sindromi, isitma va rinoreyani kamaytirish uchun);
- Gripp;
- O‘RVI va boshqa shamollash kasalliklarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga 1 paketchadan sutkada qabul qilish orasidagi kamida 4-6 soatlik interval bilan 3-4 marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza – 4 paketcha. Davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.
Preparat ovqatdan 1-2 soatdan keyin ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.
1 sashe ichidagi kukun 1 stakan issiq suvda eritiladi (to‘liq eriguncha aralashtiriladi). Qand yoki asal qo‘shish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, uyquga ketishni buzilishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, midriaz, ko‘z ichki bosimini oshishi, akkomodasiya falaji.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni oshishi, taxikardiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, erigastral og‘riq, og‘izni qurishi, gepatotoksik ta‘sir.
Qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya, trombositopeniya, agranulositoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, pansitopeniya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siydikni tutilishi, nefrotoksik ta‘sir (papillyar nekroz).
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish.
Boshqalar: bronxoobstruktiv sindrom.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- trisiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qabul qilish;
- homiladorlik;
- laktasiya (emizish);
- bolalar va 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar;
- tarkibida Nova Flyu preparatining faol moddalari bo‘lgan boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish;
- parasetamol va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Preparat koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, arterial gipertenziya, tireotoksikoz, feoxromositomada, qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda, bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, qon kasalliklarida, nasliy giperbilirubinemiya (Jilber, Dubina-Djonson va Rotor sindromi) bo‘lgan pasientlarda, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, yopiq burchakli glaukoma, prostata bezi giperplaziyasida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Buyrak funksiyasini buzilishlarida.
Preparat buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Jigar funksiyasini buzilishlarida.
Preparat nasliy giperbilirubinemiya (Jilber, Dubina-Djonson va Rotor sindromi) bo‘lgan pasientlar, jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Nova Flyu bilan birga qo‘llanilganda MAO ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanolning samaralari kuchayadi.
Nova Flyu preparatini antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik preparatlar, fenotiazin hosilalari bilan birga qo‘llanilganda siydikni tutilishi, og‘izni qurishi, qabziyatni paydo bo‘lishi xavfi oshadi.
GKS bilan birga qo‘llanilganda glaukomani rivojlanish xavfi oshadi.
Parasetamol bir vaqtda qo‘llanayotgan diuretiklarning samaradorligini kamaytiradi.
Trisiklik antidepressantlar fenilefrinning adrenomimetik ta‘sirini kuchaytiradi, galotan bilan birga buyurish yurak qorinchalari aritmiyasini rivojlanish xavfini oshiradi.
Nova Flyuni guanetidin bilan birga qo‘llanilganda antigipertenziv samara kamayadi, u o‘z navbatida fenilefrinning alfa-adrenostimulyasiya qiluvchi ta‘sirni kuchaytiradi.
Nova Flyuni barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampisin va jigar mikrosomal fermentlarining boshqa induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda parasetamolning gepatotoksik ta‘sirini rivojlanish xavfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qo‘llash vaqtida alkogol, uxlatuvchi yoki anksiolitik dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak.
Parasetamol saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Pasient, agar preparatni 3-5 kun qabul qilgandan keyin holat yaxshilanmasa, shifokorga murojaat etishi kerakligi haqida ogohlantirilgan bo‘lishi kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparatni qo‘llash vaqtida diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Parasetamolning samaralari bilan bog‘liq dozani oshirib yuborilishi simptomlari preparatni 10-15 g parasetamolga mos keluvchi dozada qabul qilinganda namoyon bo‘ladi.
Simptomlari: teri qoplamalarini oqarishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, jigar transaminazalari faolligini oshishi, gepatonekroz, jigar yetishmovchiligi (protrombin vaqtini oshishi).
Davolash: me‘dani yuvish, ichga – faollashtirilgan ko‘mir buyurish; simptomatik davolashni o‘tkazish, dozani oshirib yuborilgandan 8-9 soatdan keyin metionin va 12 soatdan keyin N-asetilsistein yuborish.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun. Birlamchi o‘ram: 5 g sashe paketchalarda. Ikkilamchi o‘ram: 10 sashe paketchalar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari