NOVOSALIKning aptekalardagi narxlari
NOVOSALIK maz 0,5mg/30mg 30g
|
|
2 ta dorixonada bor
|
95 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
NOVOSALIK maz 0,5mg+30mg
|
|
31 ta dorixonada bor
|
77 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
90 000 so'mdan
Bron qilish
|
NOVOSALIK maz 30g
|
|
91 ta dorixonada bor
|
78 624 so'mdan
Dorixonadan topish
|
103 900 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
|
NOVOSALIK maz 0,5mg+30mg 30g
|
|
36 ta dorixonada bor
|
87 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
85 000 so'mdan
Bron qilish
|
NOVOSALIK ko'rsatmalar
oddiy va allergik dermatitlar;
eshakemi, ko'p shaklli ekssudativ eritema;
oddiy surunkali temiratki (chegaralangan neyrodermit);
boshqa GKS bilan davolashga berilmaydigan dermatozlar (ayniqsa qizil mo'ylovsimon temiratki), qizil yassi temiratki, teri disgidrozida qo'llanadi.
Teri tuberkulyozi, sifilisning teri ko'rinishlari, suvchechak, terining virusli infektsiyalari, teri postvaktsinal reaktsiyalar, o'tkir jarohatlar, trofik yaralar, rozatsea, vulgar husnbuzar, 6 oylikkacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Ko'zlar va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Rozatsea, perioral dermatit, teri atrofiyasi va akne tipida dermatit rivojlanishi mumkinligi tufayli, surtmani yuz terisiga uzoq vaqt surtish tavsiya etilmaydi. Preparatni anogenital sohada qo'llashdan saqlanish kerak.
Preparatni zarur bo'lgan hollardan tashqari okklyuzion bog'lov ostida qo'llash tavsiya etilmaydi. Terida zamburug'li yoki bakterial mikroflora rivojlangan hollarda antibakterial yoki zamburug'larga qarshi vositani qo'shimcha qo'llash zarur.
Emizish davrida Novosalik preparatini qat'iy ko'rsatmalar bo'yicha qo'llash mumkin, lekin bunda preparatni emizishdan oldin sut bezlari sohasiga surtish mumkin emas.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NOVOSALIK
NOVOSALIC
Preparatning savdo nomi: Novosalik
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): betametazon, salisil kislotasi
Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma
Tarkibi:
Surtmaning har bir grammi quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
betametazon dipropionati, betametazonga ekvivalent – 0,5 mg,
salisil kislotasi – 30 mg;
yordamchi moddalar: oq yumshoq parafin, suyuq parafin, izopropilmiristat, oq asalari mumi.
Ta‘rifi: oq rangli gomogen surtma.
Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid + keratolitik vosita.
ATX kodi: D07XC01.
Farmakologik xususiyatlari
Ta‘siri tarkibiga kiruvchi komponentlarga bog‘liq bo‘lgan majmuaviy preparatdir; yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi, allergiyaga qarshi, vazokonstriktor, antiproliferativ, immunodepressiv, keratolitik, mikroblarga qarshi, zamburug‘larga qarshi va mahalliy gipotermik ta‘sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanish mediatorlarini ajralib chiqishini tormozlaydi, neytrofillarni chetki to‘planishini oldini oladi, yallig‘lanish ekssudatini va sitokinlar ishlab chiqarilishini kamaytiradi, infiltrasiya va granulyasiya jarayonlarini kamayishiga olib kelib, makrofaglar migrasiyasini kamaytiradi. Salisil kislotasini mavjudligi tufayli terini yumshatadi, muguz qavatlanishni bartaraf etadi va GKS chuqurroq kirishiga yordam beradi. Surtma suv qaytaruvchi ta‘sirga ega va terini tashqi namlikdan himoya qiluvchi himoya plyonka hosil qiladi; chuqur yog‘ to‘yintiruvchi ta‘sirga ega bo‘lib quruq va mo‘rt teriga ega bemorlarni davolash uchun yaroqli.
Qo‘llanilishi
- psoriaz, ekzema (ayniqsa surunkali), ixtioz, kuchli lixenizasiya bilan kechuvchi chegaralangan qichima, atopik dermatit, diffuz neyrodermit;
- oddiy va allergik dermatitlar;
- eshakemi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema;
- oddiy surunkali temiratki (chegaralangan neyrodermit);
- boshqa GKS bilan davolashga berilmaydigan dermatozlar (ayniqsa qizil mo‘ylovsimon temiratki), qizil yassi temiratki, teri disgidrozida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat sirtga qo‘llash uchun buyuriladi.
Sirtga qo‘llash uchun surtma ko‘rinishidagi Novosalik preparati faqat silliq terida qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Novosalik surtmasi kuniga ikki marta qo‘llanadi. Surtmaning oz miqdori biroz ishqalab teri yuzasi bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi. Yengil holatlarda bir marta qo‘llash yetarli bo‘ladi.
Uzluksiz davolash kursi davomiyligi odatda 3-4 xafta bilan chegaralanadi. Davomliroq davolash kursi zarurati bo‘lganida preparatni kamroq, masalan kunora qo‘llash tavsiya etiladi. Surunkali kasalliklarni davolaganda kasallik qaytalanishidan saqlanish uchun davolashni barcha simptomlar bartaraf etilgandan keyin ayrim vaqt shifokor nazorati ostida davom ettirish kerak. Bir yil davomida davolashni bir necha marta takrorlash mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya ko‘rinishlar odatda kuchsiz xarakterga ega.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi (qichishish, achishish yoki qizarish) rivojlanishi mumkin. Kam hollarda boshqa glyukokortikosteroidlarni qo‘llagandagi kabi aknesimon o‘zgarishlar, gipopigmentasiya, striyalar, teri atrofiyasi, gipertrixoz, teleangiektaziyalar, terining ikkilamchi infeksiyalari rivojlanishi mumkin.
Uzoq vaqt uzluksiz va terining katta sohalarida betametazonni mahalliy qo‘llash buyrak usti bezi po‘stloq qavati funksiyasini susayishi bilan bog‘liq tizimli nojo‘ya ko‘rinishlarni chaqirishi mumkin.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yoki nojo‘ya ko‘rinishlar paydo bo‘lgan hollarda davolashni bekor qilish va shifokorga murojaat etish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Betametazon, salisil kislotasi yoki preparatning har qanday yordamchi komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Teri tuberkulyozi, sifilisning teri ko‘rinishlari, suvchechak, terining virusli infeksiyalari, teri postvaksinal reaksiyalar, o‘tkir jarohatlar, trofik yaralar, rozasea, vulgar husnbuzar, 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalari bilan klinik ishonchli o‘zaro ta‘sirlari aniqlanmagan. Akneni davolash uchun kosmetologik va dermatologik vositalarni, etanol saqlovchi vositalarni yoki yaqqol qurituvchi samaraga ega tibbiy sovunlarni bir vaqtda qo‘llash ayrim hollarda terini ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Novosalik surtma teri va/yoki boshning sochli qismida faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Ko‘zlar va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Rozasea, perioral dermatit, teri atrofiyasi va akne tipida dermatit rivojlanishi mumkinligi tufayli, surtmani yuz terisiga uzoq vaqt surtish tavsiya etilmaydi. Preparatni anogenital sohada qo‘llashdan saqlanish kerak.
Preparatni zarur bo‘lgan hollardan tashqari okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Terida zamburug‘li yoki bakterial mikroflora rivojlangan hollarda antibakterial yoki zamburug‘larga qarshi vositani qo‘shimcha qo‘llash zarur.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlarda Novosalik preparatini ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina mahalliy qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Bunday hollarda preparatni qo‘llash qisqa muddatli va teri qoplamalarining katta bo‘lmagan sohalari bilan cheklanishi kerak.
Emizish davrida Novosalik preparatini qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin, lekin bunda preparatni emizishdan oldin sut bezlari sohasiga surtish mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalarda Novosalik preparatini (sirtga qo‘llash uchun surtma) qo‘llash ehtiyotkorlikning qat‘iy choralariga rioya qilgan holda iloji boricha qisqa muddatli bo‘lishi kerak, chunki bolalarda teri qoplamasi yuzasini tana vazniga nisbatan kattaligi va epidermisni yetilishi to‘liq emasligi tufayli faol komponentlarning proporsional katta miqdorini tizimli so‘rilishi xavfi mavjud. Bolalarda bog‘lov ostida va ayniqsa plastik tagliklar ostida qo‘llash mumkin emas, bu noxush ko‘rinishlar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Novosalik preparatini transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Betametazon va salisil kislotasini uzoq vaqt uzluksiz, ayniqsa bolalarda, terining katta sohalarida, butunligini buzilishi bo‘lgan terida yoki okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llaganda faol komponentlarni so‘rilishini kuchayishi va tizimli samaralarni namoyon bo‘lishi inkor etilmaydi. Bunday hollarda preparatni bekor qilish va simptomatik davolash tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun surtma 30 g dan tubalarda. Bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
faol moddalar:
betametazon dipropionati, betametazonga ekvivalent - 0,5 mg,
salisil kislotasi - 30 mg;
yordamchi moddalar: oq yumshoq parafin, suyuq parafin, izopropilmiristat, oq asalari mumi.
Sirtga qo'llash uchun surtma ko'rinishidagi Novosalik preparati faqat silliq terida qo'llash uchun mo'ljallangan.
Novosalik surtmasi kuniga ikki marta qo'llanadi. Surtmaning oz miqdori biroz ishqalab teri yuzasi bo'ylab bir tekis taqsimlanadi. Engil holatlarda bir marta qo'llash etarli bo'ladi.
Uzluksiz davolash kursi davomiyligi odatda 3-4 xafta bilan chegaralanadi. Davomliroq davolash kursi zarurati bo'lganida preparatni kamroq, masalan kunora qo'llash tavsiya etiladi. Surunkali kasalliklarni davolaganda kasallik qaytalanishidan saqlanish uchun davolashni barcha simptomlar bartaraf etilgandan keyin ayrim vaqt shifokor nazorati ostida davom ettirish kerak. Bir yil davomida davolashni bir necha marta takrorlash mumkin.
O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi (qichishish, achishish yoki qizarish) rivojlanishi mumkin. Kam hollarda boshqa glyukokortikosteroidlarni qo'llagandagi kabi aknesimon o'zgarishlar, gipopigmentasiya, striyalar, teri atrofiyasi, gipertrixoz, teleangiektaziyalar, terining ikkilamchi infektsiyalari rivojlanishi mumkin.
Uzoq vaqt uzluksiz va terining katta sohalarida betametazonni mahalliy qo'llash buyrak usti bezi po'stloq qavati funktsiyasini susayishi bilan bog'liq tizimli nojo'ya ko'rinishlarni chaqirishi mumkin.
O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yoki nojo'ya ko'rinishlar paydo bo'lgan hollarda davolashni bekor qilish va shifokorga murojaat etish kerak.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Chiqarish shakllari