NOZEYLINning aptekalardagi narxlari
NOZEYLIN tomchilar 15ml
|
|
87 ta dorixonada bor
|
28 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
36 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
31 400 so'mdan
Bron qilish
|
NOZEYLIN ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NOZEYLIN
NOZEYLIN
Preparatning savdo nomi: Nozeylin
Ta‘sir etuvchi moddalar: nafazolin+xlorfeniramin,
Dori shakli: ko‘z/burun tomchilari
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
nafazolin gidroxloridi 0,5 mg;
xlorfeniramin maleati 0,5 mg;
yordamchi moddalar: natriy sitrati, borat kislotasi, benzalkoniy xloridi, dinatriy edetat, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz, hidsiz eritma.
Farmkoterapevtik guruhi: α2-adrenomimetik vosita. N1-gistamin reseptorlarining blokatori. Qon-tomirlarni toraytiruvchi va antigistamin vosita.
ATX kodi: S01GA51
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Oftalmologiya va LOR-amaliyotida mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan majmuaviy preparat.
Preparatning tarkibiga kiruvchi alfa-adrenomimetik nafazolin qon-tomirlarni yaqqol davomli toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, shish va giperemiyani kamaytiradi. Alfa1– va alfa2-adrenoreseptorlarni qo‘zg‘atadi, qorachiqni toraytiradi, yallig‘lanishga qarshi (shishga qarshi) hususiyatlarga ega. Burun va ko‘zning shilliq qavatiga mahalliy applikasiya qilinganida qon-tomirlarni toraytiruvchi samarasi bir necha minutdan keyin kuzatiladi va bir necha soat davomida davom etadi. Rinitlarda venoz sinuslarga qon oqimini kamaytirib, burun orqali nafas olishni yengillashtiradi. Tizimli ta‘siri AB ni oshishi bilan namoyon bo‘ladi.
Xlorfeniramin, N1-gistamin reseptorlarning blokatori bo‘lib, allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, mahalliy ekssudativ ko‘rinishlarning yaqqolligini, burun, burun-xalqum va burunning yondosh bo‘shliqlarining shilliq qavatidagi shishlarni va giperemiyani kamaytiradi, burun va ko‘zlardagi qichishishni, rinoreya, burunni bitishi, ko‘z yoshi oqishini bartaraf qiladi.
Farmakokinetikasi
Nozeylin rezorbtiv ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Preparatning farmakokietikasi bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilmagan.
Preparat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan, tizimli so‘rilishi yuzasidan ma‘lumotlar mavjud emas.
Qo‘llanilishi
Nozeylin quyidagilar:
- rinitlar (o‘tkir, allergik), sinusitlar;
- burundan qon ketishlarda (tomirlarni toraytiruvchi vosita sifatida) to‘xtatish va rinoskopiya o‘tkazishni yengillashtirish uchun;
- toshmali isitma;
- kon‘yunktivitlar (allergik, surunkali);
- astenopik buzilishlar (ko‘rish faoliyati oshganida akkomodasiyani buzilishi);
- bahorgi kon‘yunktivitlar (majmuaviy davolash tarkibida) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Ko‘z tomchilari:
Kattalar va 6 yosh hamda undan oshgan bolalarga preparatning tavsiya etiladigan dozasi shikastlangan (yoki har ikkala) ko‘zning kon‘yunktivasiga 1-2 tomchidan sutkada 4 martagacha tomiziladi.
Burun tomchilari:
Kattalar va 6 yosh hamda undan oshgan bolalarga preparatning tavsiya etiladigan dozasi har bir burun yo‘liga 1-2 tomchidan sutkada 3-4 martagacha tomiziladi.
Flakon-tomchilagichning ichidagisini mikroblar bilan ifloslanishini oldini olish uchun flakonning uchini biror-bir yuzalarga tegishidan saqlanish lozim. Preparatni tomizishlar orasidagi vaqtda flakonni zich yopilgan holda saqlash lozim.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparatning mahalliy ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari: midriaz, ko‘z yoshini oqishi, ko‘z ichki bosimini oshishi, giperemiyani kuchayishi, ta‘sirlanish, diskomfort, achishish, uzoq vaqt davomida qo‘llanganida – burun shilliq pardasini shishi, atrofik rinit.
Preparatning tizimli ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, holsizlik, uyquchanlik, ta‘sirchanlik, arterial bosimni oshishi, taxikardiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni quyidagi holatlarda:
- preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- arterial gipertenziya;
- taxikardiya;
- gipertireoidizm;
- yaqqol ateroskleroz;
- yopiq burchakli glaukoma;
- MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish, shuningdek hamda ular bekor qilinganidan keyin 14 kun davomida qo‘llash mumkin emas.
Nozeylinni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Nozeylin mahalliy og‘riq qoldiruvchi dori vositalarining so‘rilishini sekinlashtiradi va yuzaki anesteziyada ularning ta‘sirini uzaytiradi.
MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, nafazolinni ta‘sirida zahiradagi katexolaminlarni ajralib chiqishi oqibatida, yaqqol arterial gipertenziya kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, MAO ingibitorlarini qabul qilish fonida jigarda xlorfeniraminning metabolizmini sekinlashadi, bu uning ta‘sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Nozeylin uzoq vaqt davomida qo‘llanganida taxifilaksiyaning ko‘rinishlari (samarasini pasayishi) rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak. Preparat bilan 5-7 kun davolangandan keyin qisqa tanaffus qilish tavsiya etiladi.
Surunkali rinitlarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Og‘ir darajadagi yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan, yurak ritmini buzilishi, nazorat qilinishi qiyin bo‘lgan arterial gipertenziya bo‘lgan pasientlarga, qandli diabet bilan xastalangan, va ayniqsa ketoasidozga moyilligi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparatning tarkibiga kiruvchi benzalkoniy xloridi yumshoq kontakt linzalar tomonidan so‘rilishi mumkin, shuning uchun Nozeylin preparatini tomizishdan oldin linzalarni yechib qo‘yish kerak va preparat instillyasiya qilingandan so‘ng 15 minut o‘tgach yana taqish mumkin.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktasiya davrida Nozeylin preparatini, ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila yoki go‘dak uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holatdagina qo‘llash mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan.
Avtomobil va boshqa mexanimlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Psixomotor reaksiyalar tezligiga preparatni ta‘sir qilishi mumkinligini hisobga olib, preparat tomizilgan zahoti ko‘rish o‘tkirligini vaqtinchalik pasayishi mumkinligi tufayli, Nozeylin preparatini avtotransportni boshqaradigan hamda potensial havfli mexanizmlar bilan ishlaydigan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyurish tavsiya etiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish xavfi preparat tasodifan yutib yuborilganida (ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda) yuzaga keladi va quyidagi simptomlar: uyquchanlik, tormozlanish, tana haroratini pasayishi, yurak qisqarishlari sonini sekinlashishi bilan namoyon bo‘ladi.
Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, zarurat bo‘lganida simptomatik davolash buyuriladi.
Chiqarilish shakli
Ko‘z/burun tomchilari 15 ml dan himoya xalqasi bilan mahkamlangan, buraladigan himoya qopqoqli va tiqin-tomchilagichli plastik flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilganidan keyin preparat bir oy davomida ishlatilsin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha beriladi.
Chiqarish shakllari