ODDIVERINning aptekalardagi narxlari
ODDIVERIN tabletkalari 30200mg
|
|
1 ta dorixonada bor
|
73 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
ODDIVERIN kapsulalar 200mg N30
|
|
101 ta dorixonada bor
|
50 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
61 700 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
56 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
ODDIVERIN ko'rsatmalar
-faol moddaga yoki preparatning har qanday nofaol komponentlaridan biriga o'ta yuqori sezuvchanlik.
-homiladorlik va laktasiya davri (etarlicha ma'lumot yo'qligi sababli).
-12 yoshgacha bo'lgan bolalar (ushbu dori shaklining havfsizligi va samaradorligi hakida etarlicha ma'lumot yo'qligi sababli).
- Farmakokinetikasi
- Maxsus shartlar
- Umumiy ma'lumot
- Dozirovkasi
- Nojo'ya samaralari
- Dori vositalarining o'zaro ta'siri
- Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
- Farmakologik ta'sir
- Dozani oshirib yuborilishi
Farmakokinetikasi
So'rilishi.
Ichga qabul qilinganidan so'ng mebeverin tez va to'liq so'riladi. Ajralib chiqishi modifikasiyalangan dori shakli kuniga 2 marta dozalash tartibini ishlatish imkonini beradi.
Taqsimlanishi.
Preparatning takroriy dozalari qabul qilinganida ahamiyatli darajada to'planish yuz bermaydi.
Metabolizm.
Mebeverin gidroxloridi asosan esterazalar tomonidan metabolizmga uchraydi, ular birinchi bosqichda efirni veratrov kislotasi va mebeverin spirtiga parchalaydilar. Plazmada aylanib yuruvchi asosiy metaboliti demetillangan karbon kislotasi hisoblanadi. Demetillangan karbon kislotasining muvozanat xolatidagi yarim chiqarilish davri taxminan 5,77 soatni tashkil qiladi. Takroriy dozalar (200 mg dan kuniga ikki marta) demetil guruhini ajralishi karbon kislotasining qondagi maksimal kontsentrasiyasi (Cmax) 804 ng/ml ni, metil guruxini yo'qotgan karbon kislotasining qondagi maksimal kontsentrasiyasiga erishish vaqti (Tmax) taxminan 3 soatni tashkil qiladi.
Ajralib chiqishi modifikasiyalangan kapsuladagi preparatning nisbiy Biokiraolishligi o'rtacha qiymati 97% ni tashkil etadi.
Chiqarilishi.
Mebeverin organizmdan chiqarilmaydi, lekin to'liq metabolizmga uchraydi. Uning metabolitlari organizmdan to'liq chiqariladi. Veratrov kislotasi buyraklar orqali chiqariladi. Mebeverin spirti ham, qisman karbon kislotasi ko'rinishida va qisman demetillangan karbon kislotasi ko'rinishida peshob bilan chiqariladi.
Maxsus shartlar
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi, fertillikka ta'siri
Agar siz preparatni qabul qilayotgan vaqtda homilador ekanligingizni bilib qolsangiz, bu haqda zudlik bilan o'z shifokoringizga xabar bering, faqat u davolashni davom ettirishni hal qiladi.
Homiladorlik.
Homilador ayollar tomonidan mebeverinni qo'llash bo'yicha ma'lumotlar etarli emas.
Preparatning reproduktiv toksikligi bo'yicha masalani xal qilish uchun tekshiruvlarning natijalari etarli emas. Homiladorlik vaqtida mebeverin qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Emizish davri.
Mebeverin yoki uning metabolitlarini ko'krak sutiga chiqarilishi noma'lum. Tekshiruvlar o'tkazilmagan. Emizish davrida mebeverinni qabul qilish mumkin emas.
Fertillik.
Erkaklar yoki ayollarda preparatni fertillikka ta'siri bo'yicha klinik ma'lumotlar yuk.
Bolalar.
Oddiverin®ni 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda klinik ma'lumotlar yo'qligi sababli qo'llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning ta'sirini aniqlovchi tekshiruvlar o'tkazilmagan. Preparatning farmakologik xususiyatlari, shuningdek uni qo'llashning tajribasi avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mebeverinning biron-bir noxush ta'siridan dalolat bermaydi.
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ODDIVERIN
ODDIVERIN
Preparatning savdo nomi: Oddiverin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): mebeverin
Dori shakli: ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar.
Tarkibi:
bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: mebeverin gidroxloridi – 200 mg;
yordamchi moddalar: saxaroza, polivinilpirrolidon K30, gipromelloza, etil sellyuloza, polietilenglikol, magniy stearati, izopropil spirti, tozalangan suv.
Ta‘rifi: oq rangli jelatin kapsulalar.
Kapsula ichidagi – oq yoki deyarli oq rangli, qobiq bilan qoplangan sharsimon shakldagi mikrogranulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Spazmolitik vosita.
ATX kodi: A03AA04
Farmakologik xususiyatlari
Miotrop ta‘sirga ega spazmolitik vosita bo‘lib, me‘da-ichak yo‘llarining silliq mushaklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi aniq emas, lekin ko‘p sonli mexanizmlar, shuningdek ion kanallarini o‘tkazuvchanligini susayishi, noradrenalinni qayta blokadasini egallab olish, mahalliy anestetik ta‘siri, va suv so‘rilishini o‘zgarishi, mebeverinni me‘da-ichak yo‘llariga mahalliy ta‘sirini chaqirishi mumkin. Shu jumladan mebeverin mexanizmi spazmolitik ta‘sir ko‘rsatib, ichak peristaltikasini normallashtirib va me‘da-ichak yo‘llaridagi silliq mushak to‘qimalarini (“gipotoniya”) relaksasiyasini chaqirmaydi. Tizimli nojo‘ya effekti, antixolinergik ta‘siri yo‘q.
Farmakokinetikasi
Mebeverinni qabul qilganda tez va to‘liq so‘riladi. Ushbu dori shakli preparatni kuniga 2 marta doza tartibini qo‘llash imkonini beradi.
Takroran qabul qilinganda preparatning dozasi deryali akkumulyasiya o‘tmaydi.
Preparatning kapsuladagi modifisirlangan biokiraolishi o‘rtacha nisbatda 97% tashkil etadi. Mebeverin odam organizmida to‘liq metabolizmga uchraydi. Metabolizmning birinchi bosqichi – verotruat kislotasi va mebeverin spirtini hosil bo‘lishi bilan kechuvchi gidrolizdir. Mebeverinning metabolitlari (verotruat kislotasi va mebeverin spirti) buyraklar orqali chiqariladi. Mebeverin spirti qisman karbon kislotasi ko‘rinishida va qisman metil guruxini yo‘qotgan karbon kislotasi ko‘rinishida chiqariladi. Plazmada aylanib yuruvchi asosiy metaboliti bo‘lib, metil guruxini yo‘qotgan karbon kislotasi hisoblanadi. Metil guruxini yo‘qotgan karbon kislotasining muvozanat holatidagi yarim chiqarilish davri taxminan 5,77 soatni tashkil qiladi. Ko‘p martalik dozada (200 mg dan kuniga ikki marta) metil guruxini yo‘qotgan karbon kislotasining qondagi maksimal konsentrasiyasi (Cmax) 804 ng/ml ni, metil guruxini yo‘qotgan karbon kislotasining qondagi maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (Tmax) taxminan 3 soatni tashkil qiladi.
Mebevarin organizmdan chiqishi qiyin, lekin to‘liq so‘riladi; uni metabolitlari organizmdan to‘liq chiqariladi. Verotruat kislotasi buyrak orqali chiqariladi. Mebeverin spirti buyrakdan chiqib, qisman karbon kislotasi va demetil karbon kislota ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Mebeverin abdominal sohadagi spazmatik og‘riqlarda va me‘da-ichak yo‘lining spastik holatlarida qo‘llanadi.
Og‘riqlarni, spazmlarni, ta‘sirlangan ichak sindromi bilan bog‘liq bo‘lgan ichak sohasidagi disfunksiya va diskomfortni simptomatik davolash.
Me‘da-ichak yo‘llari a‘zolarining spazmlarini (shu jumladan organik kasalliklar bilan bog‘liq) simptomatik davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mebeverin ichga, chaynamasdan yetarli miqdordagi suv bilan (kamida 100 ml) qabul qilish kerak. Bir kapsuladan (200 mg) sutkada 2 marta, bitta – ertalab va bitta – kechqurun ovqatdan 20 minut oldin buyuriladi. Agar pasient bir yoki bir nechta kapsula qabul qilishni unutgan bo‘lsa, qabulni keyingi kapsuladan davom etririshi mumkin. Preparatni odatdagi qabuliga qo‘shimcha ravishda bir yoki bir nechta o‘tkazib yuborilgan kapsulalarni qabul qilmaslik kerak.
Preparatning davomiy qabul qilish chegaralanmagan.
Kutilgan samaraga erishilganda mebeverinni dozasini asta-sekin kamaytiriladi.
Dozani tartibini keksa pasientlarda va buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda o‘zgartirish talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Asosan teri qoplami tomonidan allergik reaksiyalar kuzatilmagan, lekin boshqa allergiyalarni paydo bo‘lishi kuzatilgan.
Teri qoplami tomonidan: eshakemi, angionevrotik shishi, shu jumladan shaxslarda, ekzantema.
Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (anafilaktik reaksiyalar).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
18 yoshgacha (samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlarni yetishmovchiligi bilan bog‘liq) bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik (ma‘lumotlar yetiralicha emas).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Mebeverinni boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi.
Homilador ayollarni davolash bo‘yicha klinik ma‘lumotlar yo‘q. Preparatni homilador ayollarga agar ona uchun taxmin qilinadigan foyda, homila uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lsagina ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Mebeverinni ko‘krak sutiga chiqarilishi bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli emas. Mebeverinni emizish vaqtida qabul qilmaslik kerak.
Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.
Mebeverin avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preparat ne sleduet primenyat posle istecheniya sroka godnosti i sleduet xranit v nedostupnom dlya detey meste.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nazariy jihatdan dozani oshirib yuborilishining ayrim hollarida MNSning qo‘zg‘alishlarini oshishi kuzatilishi mumkin. Mebeverin dozasini oshgan xolatlarda simptomlar bo‘lmagan yoki deyarli ko‘p emas, qoida bo‘yicha tez qaytadigan. Dozani oshirib yuborilganda ko‘rsatib o‘tilgan simptomlar nevrologik va yurak-qon tomir xarakterli bo‘lgan.
Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, simptomatik davolash tavsiya etiladi. Agar preparat dozasi oshib ketsa va intoksikasiya xolatlari taxminan 1 soat ichida bilinsa me‘dani yuvish kerak. Maxsus antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan kontur-uyali o‘ramda. 1, 2 yoki 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Dozirovkasi
Har doim Oddiverin®ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadandir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.
Ichga qabul qilish uchun.
Kapsulalarni etarli miqdordagi (100 ml dan kam bo'lmagan) suv bilan birga qabul qilish kerak. Kapsulalarni chaynash mumkin emas, chunki ularning qobiqlari preparatni uzoq muddat ajralib chiqishini ta'minlaydi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar.
Bir kapsuladan sutkasiga 2 marta, ovqatlanishdan 20 minut oldin bitta - ertalab va bitta – kechqurun. Preparatni qabul qilishning davomiyligi cheklanmagan.
Agar pasient bir yoki bir necha dozalarni qabul qilishni unutgan bo'lsa, qabul qilishni navbatdagi dozadan davom ettirishi kerak. Odatdagi dozaga qo'shimcha o'tkazib yuborilgan bir yoki bir necha dozalarni qabul qilmaslik kerak.
Pasientlarning maxsus guruhlari.
Keksa yoshdagi pasientlar, buyraklar va/yoki jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlar uchun dozalash bo'yicha tekshiruvlar o'tkazilmagan. Mavjud bo'lgan postmarketing ma'lumotlarini xisobga olib, keksa yoshdagi pasientlar, buyraklar va/yoki jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlar uchun spesefik xavf aniqlanmagan. Yuqorida ko'rsatilgan guruh pasientlari uchun dozani to'g'irlashning xojati yo'q.
Nojo'ya samaralari
Har qanday dori preparati kabi, Oddiverin® ham, har bir iste'molchida kuzatilmasada, nojo'ya reaktsiyalar chaqirishi mumkin.
Mebeverinni postmarketing qo'llash davrida quyidagi nohush ko'rinishlar haqida xabarlar olingan va ular spontan xarakterga ega bo'lgan; tez-tezligini aniq baxolash uchun mavjud bo'lgan ma'lumotlar etarli emas.
Allergik reaktsiyalar asosan teri qoplamalari tomonidan kuzatilgan, lekin shuningdek allergiyaning boshqa ko'rinishlari ham aniqlangan.
Teri qoplamalari tomonidan buzilishlar: eshakemi, angionevrotik shish, yuzning shishi, ekzantema.
Immun tizimi tomonidan: o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (anafilaktik reaktsiyalar).
Agar sizda ushbu yo'riqnomada keltirilmagan boshqa nojo'ya reaktsiyalar aniqlansa, iltimos, shifokoringiz, farmasevt yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Agar siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin qabul qilgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizga bu haqida xabar bering.
Ushbu preparatni alkogol bilan o'zaro ta'sirini o'rganish bo'yicha tekshiruvlar mebeverin gidroxloridi va etil spirti orasida o'zaro ta'sir yo'q ekanligi aniqlangan.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
BIR KAPSULA QUYIDAGILARNI SAQLAYDI:
FAOL MODDA: MEBEVERIN SAQLOVCHI MEBEVERIN GIDROXLORIDI MIKROGRANULALARI (PELLETLARI) – 200 MG;
Farmakologik ta'sir
Ta'sir mexanizmi va farmakodinamik samarasi.
Miotrop ta'sirga ega spazmolitik, ichakning normal peristaltikasiga ta'sir qilmasdan spazmni yo'qotib, me'da-ichak yo'llarining silliq mushaklariga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Bu samara vegetativ nerv tizimi tomonidan nazorat qilinmasligi tufayli, tipik antixolinergik ta'siri yuq.
Bolalar.
Tabletkalar yoki kapsulalarning klinik tekshiruvlari faqat kattalarda o'tkazilgan. Tabletkalar va kapsulalarning dozalash tartibi mebeverinning xavfsizligi va yaxshi o'zlashtirilishi asosida hisoblangan.
Dozani oshirib yuborilishi
Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!
Simptomlari
Doza oshirib yuborilgan holda, nazariy jixatdan, Markaziy nerv tizimining qo'zg'aluvchanligi oshishi mumkin. Preparatning dozasi oshirib yuborilgan hollarda belgilar bo'lmagan yoki axamiyatsiz darajada bo'lgan va odatda, tez vaqt ichida qaytuvchi bo'lgan.
Dozani oshirib yuborilishini aniqlangan simptomlari nevrologik va yurak, qon-tomir xarakteriga ega bo'lgan.
Davolash
Maxsus antidoti noma'lum. Simptomatik davolash tavsiya etiladi. Agar preparatning bir necha dozalari qabul qilinganidan so'ng taxminan bir soat davomida intoksikasiya aniqlangan hollarda me'dani yuvish kerak. So'rilishini pasaytirish bo'yicha choralar talab etilmaydi.
Chiqarish shakllari