Odestonning aptekalardagi narxlari
ODESTON tabletkalari 200mg N50
|
|
209 ta dorixonada bor
|
120 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
180 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
133 900 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Odeston ko'rsatmalar
ILOVA-VARAQA: ISTE‘MOLCHILAR UCHUN YO‘RIQNOMA
Odeston, 200 mg, tabletkalar
(Hymecromonum)
Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin, yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqish kerak, chunki u pasient uchun muhim ma‘lumotni saqlaydi.
- Ushbu yo‘riqnomani, uni zarurati bo‘lgan holda yana o‘qib chiqish imkoniyati bo‘lishi uchun saqlab qo‘yish kerak.
- Savollar yoki shubha tug‘ilganida shifokorga, farmasevtga yoki hamshiraga murojaat qilish kerak.
- Ushbu dori vositasi qat‘iy ma‘lum bir shaxsga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yuborish mumkin emas. Bu preparat ularda xuddi shunday simptomlar bor bo‘lsa ham ularga zarar keltirishi mumkin.
- Biron-bir nohush holat og‘irlashgan hollarda yoki ilova-varaqada ta‘riflanmagan noxush holatlar paydo bo‘lganida shifokorga yoki hamshiraga murojaat qilish kerak.
4-bo‘limga qarang.
Ilova-varaqaning mazmuni
- Odeston dori preparati o‘zi nima va u qanday maqsadlarda qo‘llanadi?
- Odeston dori preparatini qabul qilishdan oldin
- Odeston dori preparatini qanday qabul qilish kerak?
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nohush ta‘sir samaralari
- Odeston dori vositasini qanday saqlash kerak?
- O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar
- Odeston dori preparati o‘zi nima va u qanday maqsadlarda qo‘llanadi?
Gimekromon kumarin hosilasidir. O‘t yo‘llarining silliq mushaklariga va Oddi sfinkteriga spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, safroni hosil bo‘lishini oshiradi va uni o‘t yo‘llari orqali chiqarilishini tezlashtiradi. Bu ta‘sir safroni dimlanishini va ular bilan bog‘liq simptomlarni kamaytiradi, shuningdek xolesterinni to‘planishiga va o‘t toshlarining hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
Qo‘llanilishi
- O‘t chiqarish yo‘llarining spastik holatlari, diskineziyalar, dispeptik buzilishlarini yordamchi simptomatik davolash,
- asoratsiz o‘t-tosh kasalligi bo‘lgan pasientlarda o‘t chiqarish yo‘llarining funksional buzilishlari,
- o‘t pufagi va o‘t chiqarish yo‘llaridagi jarroxlik aralashuvlardan keyingi holat, shuningdek anoreksiyada, ko‘ngil aynishi va safro ajralib chiqarilishini kamayishi bilan bog‘liq qabziyatlarda qo‘llanadi.
- Odeston dori preparatini qabul qilishdan oldin
Odeston dori vositasini qachon qo‘llash mumkin emas:
- gimekromon yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlikda,
- agar pasientda o‘t chiqarish yo‘llarini tutilishi diagnostika qilinsa,
- agar pasientda og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi diagnostika qilinsa,
- nospesifik yarali kolit va Kron kasalligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari
Odeston dori prepartini qo‘llashdan oldin shifokor, farmasevt yoki hamshira bilan maslahatlashish lozim.
Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligining simptomlari paydo bo‘lgan hollarda hollarida dori preparatini qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Agar, hatto ko‘rsatilgan ogohlantirishlar ilgari bo‘lgan bo‘lsa ham, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Odeston va boshqa preparatlarni qabul qilish
Pasient qabul qilayotgan yoki oxirgi vaqtlarda qabul qilgan, shuningdek pasient qabul qilishni rejalashtirgan barcha dori preparatlari to‘g‘risida shifokorga xabar berishi kerak.
- Morfin gimekromonning ta‘sirini susaytiradi.
- Gimekromonni metoklopramid bilan bir vaqtda qo‘llanganida ikkala dori preparatning ta‘siri susayadi.
Ovqat va ichimliklar bilan qo‘llanishi
Dori preparatini ovqatlanishdan yarim soat oldin qabul qilish kerak.
Odestonni buyrak va (yoki) jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar tomonidan qo‘llanilishi
Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dori preparatini qo‘llash mumkin emas.
Odestonni keksa yoshdagi pasientlar tomonidan qo‘llanilishi
Keksa yoshdagi pasientlarda preparatning dozasini o‘zgartirishga zarurat yo‘q.
Homiladorlik va emizish
Dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat qilish kerak.
Dori preparatini homiladorlik davrida qo‘llash xavfsizligi xususida ma‘lumotlar yo‘q.
Gimekromonni homilador ayollarga buyurilishiga, faqat dori preparatini qo‘llanganida ona uchun bo‘ladigan foyda, homila uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lganida ruxsat berilishi mumkin.
Dori preparatini emizish davrida qo‘llash xavfsizligi xususida ma‘lumotlar yo‘q.
Dori preparatini emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish
Dori preparati psixofiziologik mehnat qobiliyatini, transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatini yomonlashishini chaqirmaydi.
- Odeston dori preparatini qanday qabul qilish kerak?
Dori preparatini doimo shifokorning tavsiyalariga muvofiq qo‘llash kerak. Savollar va shubha tug‘ilgan hollarda shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilish kerak
Shubha tug‘ilgan hollarda, yana shifokorga murojaat qilish kerak.
Kattalar: ovqat qabul qilishdan yarim soat oldin 200-400 mg (1-2 tabletka) sutkada uch marta ikki hafta davomida buyuriladi.
Tabletkalarni ikkiga bo‘lish mumkin emas.
Agar Odeston dori preparatining ta‘siri haddan ziyod kuchli yoki haddan ziyod kuchsizligiga shubha paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Odeston dori preparati tavsiya qilinganiga nisbatan katta dozada qo‘llanganda:
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Tavsiya qilinganiga nisbatan katta dozada qabul qilingan hollarda, darhol shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilish kerak.
Odeston preparatini qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
Preparatning o‘tkazib yuborilgan dozasini darhol qabul qilish kerak.
O‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirish maqsadida ikki barobar dozani qo‘llash mumkin emas.
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
Har qanday dori preparati kabi, Odeston ham, garchi ular har bir pasientda yuz bermasada, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin.
Odeston umuman yaxshi o‘zlashtiriladi. Diareya rivojlanishi, qorinda diskomfort hissi, yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo‘lishi mumkin.
Qandaydir nohush holatlar og‘irlashgan yoki ushbu ilova-varaqada eslatib o‘tilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan hollarda, shifokorga, farmasevtga yoki hamshiraga murojaat qilish lozim.
- Odeston dori mahsulotini qanday saqlash kerak?
Dori preparatini bolalar olaolmaydigan va ko‘rmaydigan joyda saqlash kerak.
Original o‘ramda saqlansin. 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin dori preparati qo‘llanmasin.
Yaroqlilik muddati ushbu oyning so‘nggi kunini bildiradi.
Dori preparatlarini kanalizasiyaga yoki chiqindilar uchun uydagi yeonteynerlarga tashlab yuborish mumkin emas. Ishlatilmagan preparatni qanday utilizasiya qilish to‘g‘risida farmasevtdan bilib olish kerak. Bu chora-tadbirlar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
- O‘ramning ichidagisi va boshqa ma‘lumot
Odeston dori preparatining tarkibi
Dori preparatining ta‘sir etuvchi moddasi gimekromondir.
Bir tabletka 200 mg gimekromon saqlaydi.
Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, jelatin (A turi), natriy laurilsulfati, magniy stearati.
Odeston dori preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Dumaloq, ikki tomoni yassi, bir tomonida “Ch” bo‘rtgan yozuvi bo‘lgan oq rangli yoki sarg‘ish tusli oq rangli tabletkalar.
O‘rami
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va alyumin folgali kontur uyali o‘ramga yoki 50 tabletkadan kafolatli halkali tiqin bilan yopilgan polietilen flakonlarga joylangan.
5 kontur-uyali o‘ram yoki 1 flakondan rus va davlat tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Chiqarish shakllari