Ondansetron ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ONDANSETRON
ONDANSETRON
Preparatning savdo nomi: Ondansetron
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): ondansetron
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: 4 mg yoki 8 mg ondansetron (ondansetron gidroxlorid digidrati ko‘rinishida);
Yordamchi moddalar: o‘ta jelatinlangan kraxmal, laktoza monogidrati, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati.
Plyonka qobiq: gidroksipropilsellyuloza, kopovidon, polietilenglikol, o‘rtacha zanjirli trigliseridlar, polidekstroza, titan dioksidi (Ye 171), temir II oksidi (Ye 172), temir III oksidi (Ye 172).
Ta‘rifi: ikki tomonlama qavariq yuzali, sariqdan jigarrang-sarg‘ish rangligacha bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan, dumaloq shaklli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi. Qusishga qarshi vositalari va ko‘ngil aynishini bartaraf qiluvchi preparatlar. 5NT3–serotonin reseptorlari antagonistlari.
ATX kodi: A04AA01.
Farmakologik xususiyatlari
Ondansetron – 5NT3 (serotonin) – reseptorlarining kuchli ta‘sir qiluvchi yuqori selektiv antagonisti. Preparat sitotoksik kimyoterapiya va/yoki nur bilan davolash oqibatidagi ko‘ngil aynishini va qusishni, shuningdek operasiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qusishni bartaraf qiladi. Ondansetronning ta‘sir mexanizmi oxirigacha aniqlanmagan. Preparat qusish refleksini paydo bo‘lishini bloklaydi, ham periferik, ham markaziy nerv tizimining neyronlarida joylashgan 5NT3 reseptorlariga nisbatan antagonistik ta‘sir ko‘rsatadi. Preparat pasientning psixomotor faolligini pasaytirmaydi va sedativ samara ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Peroral qo‘llangandan keyin ondansetron me‘da-ichak yo‘llaridan passiv so‘rilish yo‘li bilan to‘liq so‘riladi va birlamchi metabolizmga uchraydi. Preparat qo‘llanganidan so‘ng taxminan 1,5 soat o‘tgach preparatning qon plazmasidagi konsentrasiyasi maksimumga yetadi. 8 mg dan ortiq dozalar ondansetronni tizimli ekspozisiyasini, proporsional taqsimlangan dozalariga nisbatan yuqoriroq darajada oshiradi. Bu katta peroral dozalar yuborilganida birlamchi metabolizmini reduksiyasi belgilari bo‘lishi mumkin.
Ondansetron qon aylanish tizimidan, birinchi navbatda jigarda ko‘p sonli fermentativ metabolizm yo‘li bilan chiqariladi. Siydik bilan o‘zgarmagan holda preparatning 5% dan kamrog‘i chiqariladi. Peroral, mushak ichiga yoki vena ichiga yuborilganida ondansetronni taqsimlanishi bir xil: yarim chiqarilish davri taxminan 3 soat (keksa yoshli bemorlarda – 5 soat), muvozanatli konsentrasiyaga erishilganda taqsimlanish hajmi deyarli 140 l. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 70-76% ni tashkil qiladi. O‘rtacha darajada buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (kreatinin klirensi 15-60 ml/min) ondansetronning tizimli klirensi ham, taqsimlanish hajmi ham kamayadi, buning natijasida preparatning yarim chiqarilish davri biroz va klinik ahamiyatsiz oshadi. Surunkali gemodializdagi (tekshirishlar gemodializ seanslari orasidagi tanaffuslarda o‘tkazilgan) og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ondansetronning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi. Surunkali og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ondansetronning tizimli klirensi, uning yarim chiqarilish davrini (15-32 soat) oshishi bilan sezilarli kamayadi. CYP2D6 fermentining yo‘qligi ondansetronning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi. Ondansetronning farmakokinetik xususiyatlari takror qo‘llanganida o‘zgarmaydi. Peroral ondansetronning biokiraolishligi va yarim parchalanish davri keksa yoshli pasientlarda biroz oshgan bo‘ladi.
Ayollarda preparatning peroral dozasi tezroq va ko‘proq darajada so‘riladi, tizimli klirensi va taqsimlanish hajmi esa kamroq darajada bo‘lgan.
Ovqat iste‘mol qilinganda preparatning biokiraolishligi biroz yuqoriroq, lekin antasidlar biokiraolishlikka ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Qo‘llanilishi
Sitotoksik kimyo- yoki nur bilan davolash oqibatidagi ko‘ngil aynishi va qusishni; operasiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sitostatik davolashni o‘tkazishda dozalash tartibi qusish reaksiyasining yaqqollik darajasiga qarab shaxsiy belgilanadi.
O‘rtacha emetogen kimyoterapiya va nurbilan davolash
Kattalarga ichga quyidagicha buyuriladi: dastlab o‘smaga qarshi davolashni boshlashdan 1-2 soat oldin 8 mg, keyinchalik 8-12 soatdan keyin yana 8 mg dan buyuriladi.
Kechki yoki uzoq davom etuvchi ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish uchun preparatni birinchi 24 soat davomida qo‘llanganidan keyin, 5 kun davomida 8 mg dan har 12 soatda davom ettirish kerak.
Abdominal sohani qisman yuqori dozali nurlanish bilan davolashda 8 mg dan har 8 soatda buyuriladi. Preparat kimyoterapiya va nur bilan davolashning butun kursi davomida, shuningdek u tugagandan keyin 1-2 kun (zararati bo‘lganida 3-5 kun) qabul qilinadi.
Yuqori emetogen kimyoterapiya
Kattalarga kimyoterapiyani boshlashdan 1-2 soat oldin 24 mg ondansetron ichga (deksametazon fosfat bilan bir vaqtda) buyuriladi. Kechki qusishni oldini olish uchun keyingi kunlari 8 mg dan sutkada 1 marta kimyoterapiyaning butun kursi davomida, shuningdek u tugaganidan keyin 5 kun buyuriladi.
Bolalar. Ushbu dori shaklida preparat 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanmaydi. Bolalarga dozalar tana yuzasining maydoni yoki tana vaznidan kelib chiqib hisoblanadi. Ondansetronni 2 mg dozada qo‘llash zarurati tug‘ilganda, preparatni shunday dozalash imkoniyatiga qarab qo‘llash kerak.
Tana yuzasining maydoni bo‘yicha dozani hisoblash. Bevosita kimyoterapiyadan oldin ondansetron (in‘eksiya uchun eritma) 5 mg/m2 dozada bir martalik vena ichiga infuziya ko‘rinishida buyuriladi, vena ichiga yuboriladigan doza 8 mg dan oshmasligi kerak. Preparatni peroral qo‘llanishi 12 soatdan keyin boshlanadi va 5 kungacha davom ettiriladi. Ondansetronning umumiy sutkalik dozasi 32 mg dan oshmasligi kerak.
Tana vazni bo‘yicha dozani hisoblash. Bevosita kimyoterapiyadan oldin ondansetron (in‘eksiya uchun eritma) 0,15 mg/kg dozada bir martalik vena ichiga infuziya ko‘rinishida buyuriladi, vena ichiga yuboriladigan doza 8 mg dan oshmasligi kerak. Keyinchalik ikkita vena ichiga in‘eksiyani 4 soatlik interval bilan yuborish mumkin. Ondansetronning umumiy sutkalik dozasi 32 mg dan oshmasligi kerak. Preparatni peroral qo‘llanishi 12 soatdan keyin boshlanadi va 5 kungacha davom ettiriladi.
Tana vazni | 1-chi kun | 2-6-chi kunlar |
> 10 kg | 0,15 mg/kg dan 3 dozagacha har 4 soatda vena ichiga | Har 12 soatda 4 mg peroral |
Operasiyadan keyingi ko‘ngil aynashi va qusish
Kattalarga 16 mg dan anesteziyani o‘tkazishdan 1 soat oldin buyuriladi.
Bolalarga ushbu ko‘rsatma yuzasidan Ondansetronni in‘eksiya uchun eritma ko‘rinishida qo‘llash tavsiya qilinadi.
Ondansetronning maksimal sutkalik dozasi 32 mg ni tashkil qiladi, jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun – 8 mg.
Barcha davolash turlari uchun
Keksa yoshdagi pasientlar
Dozalashni o‘zgartirishga zarurat yo‘q.
Buyrak va jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlar
Buyrak faoliyatni buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatning dozasini va yuborishlar sonini o‘zgartirishga zarurat yo‘q.
Jigar shikastlangan hollarda ondansetronni klirensi sezilarli pasayadi, plazmadan yarim parchalanish davri esa oshadi, shuning uchun preparatning maksimal sutkalik dozasini 8 mg gacha pasaytirish lozim.
Spartein/deprisokvinning metabolizmini buzilishi bo‘lgan pasientlar. Spartein va deprisokvinning metabolizmini buzilishi bo‘lgan bemorlarda ondansetronning yarim chiqarilish davri o‘zgarmaydi. Bunday pasientlarda preparatni takror yuborish, preparatning metabolizmi shikastlanmagan bemorlardagidek konsentrasiyada bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun bu guruh pasientlarda dozalash tartibini o‘zgartirishga zarurat yo‘q.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya reaksiyalar, quyida berilgan ma‘lumotlar a‘zo va tizimlar bo‘yicha va ularni paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha tasniflangan. Paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha quyidagi toifalarga bo‘lingan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100), kam (≥1/10000 va <1/1000), juda kam (<1/10000).
Immun tizimi tomonidan
Kam: darhol avj oluvchi turidagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, ba‘zida og‘ir anafilaksiya reaksiyalari, eshakemi, bronxospazm bo‘lishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan
Juda tez: bosh og‘rig‘i.
Tez-tez: tirishishlar, harakat buzilishlari (okulogir kriz, distonik reaksiyalar va turg‘un klinik oqibatlarsiz kechuvchi diskineziya kabi ekstrapiramid reaksiyalar).
Kam: preparatni asosan vena ichiga tez yuborish vaqtida bosh aylanishi.
Markaziy nerv tizimini susayishi, paresteziyalar.
Ko‘rish a‘zolari
Kam: tez o‘tkinchi ko‘rishni buzilishlari (ko‘zlarda xiralashish), asosan vena ichiga yuborish vaqtida.
Juda kam: o‘tkinchi ko‘rlik, asosan vena ichiga yuborish vaqtida.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan:
Tez-tez: qizish va qon oqib kelishini his etish.
Tez-tez emas: aritmiya, yurak sohasida og‘riq (ST segmentini depressiyasi bilan yoki u siz), bradikardiya, arterial gipotenziya, arterial gipertenziya, taxikardiya.
Nafas tizimi va ko‘krak qafasi a‘zolari tomonidan:
Tez-tez emas: hiqichoq, yo‘tal.
Ovqat hazm qilish yo‘llari:
Tez-tez: qabziyat, diareya, og‘izni qurishi.
Gepatobiliar tizimi:
Tez-tez emas: jigar faoliyati ko‘rsatkichlarini simptomsiz oshishi, jigar faoliyatini yetishmovchiligi.
Umumiy buzilishlar: holsizlik, xushni yo‘qotish.
Bu holatlar, asosan sisplatin saqlagan kimyoterapiya preparatlari bilan davolanadigan pasientlarda kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Preparatning komponentlariga va 5NT3–serotonin reseptorlarining selektiv antagonistlariga yuqori sezuvchanlik;
- jigar faoliyatini yetishmovchiligi, qorin bo‘shlig‘idagi jarrohlik operasiyalari;
- homiladorlik;
- emizish davri;
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (ushbu dori shakli uchun) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda ondansteron ularning metabolizmini tezlashtirmaydi va tormozlamaydi. Maxsus tadqiqotlar Ondansetron etanol, temazepam, furosemid va propofol bilan o‘zaro ta‘sirga kirishmasligi ko‘rsatdi.
Ondansetron jigarning sitoxrom R450 tizimi fermentlari: CYP3A4, CYP2D6 va CYP1A2 ishtirokida metabolizmga uchraydi. Ondansetron metabolizmining fermentlarini turli-tumanligi tufayli, ularning birontasini faolligini tormozlanishi yoki pasayishi (masalan CYP2D6 genetik tanqisligi) odatdagi sharoitlarida boshqa fermentlar bilan kompensasiyalanadi va ondansetronning umumiy klirensiga ta‘sir bo‘lmaydi yoki juda oz ta‘sir bo‘ladi.
Fenitoin, karbamazepin va rifampisin
CYP3A4 ning potensial induktorlari bilan (masalan, fenitoin, karbamazepin va rifampisin bilan) davolanayotgan pasientlarda ondansetronning klirensi oshadi va uning qondagi konsentrasiyasi kamayadi.
Oz sonli klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlariga ko‘ra, ondansetron tramadolning analgetik samarasini pasaytirishi mumkin
Ondansetronni QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar bilan birga qo‘llanishi, QT intervalini qo‘shimcha uzayishiga olib kelishi mumkin. Ondansetronni kardiotoksik preparatlar (masalan, antrasiklinlar) bilan yo‘ldosh qo‘llanishi aritmiyalarni rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Juda kam hollarda va asosan ondansetronni vena ichiga yuborilganda EKG da vaqtinchalik o‘zgarishlar, shu jumladan QT intervalini uzayishi uchraydi. Shuning uchun preparatni yurak ritmini yoki o‘tkazuvchanligini buzilishlari bo‘lgan, aritmiyaga qarshi vositalarni, β-adrenergik blokatorlarini olayotgan pasientlarda va jiddiy elektrolit buzilishlari bo‘lgan pasientlarda qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Ondansetron ichak peristaltikasini bo‘shashtirishi tufayli, preparatni qo‘llanganda nimo‘tkir ichak tutilishi belgilari bo‘lgan pasientlarni sinchkov kuzatish kerak.
Ondansetronni gepatotoksik kimyoterapiya preparatlari bilan birga olayotgan bolalarda jigar faoliyatini sinchkov kuzatish lozim.
Uglevodlarga tolerantlikni buzilishi, galaktozani o‘zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoz malabsorbsiya kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan pasientlar bu preparatni, tabletkalarning tarkibiga uglevodlar, shu jumladan laktoza borligi uchun qabul qilmasliklari kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas. Preparat davolanish davrida emizishini to‘xtatish lozim.
Bolalar. Preparat ushbu dori shaklida 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati. Davolash vaqtida ondansetronga nisbatan shaxsiy reaksiya aniqlangunicha, avtotransportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlanishini va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘rishni buzilishi, qabziyat, arterial gipotenziya, tranzitor antioventrikulyar blokada bilan kechuvchi vazovagus buzilishlar.
Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik va tutib turuvchi davolash. Qusishga qarshi chora-tadbirlarni preparatning o‘zini qusishga qarshi ta‘siri tufayli qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Spesifik antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda, 1 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari