Otirelaksning aptekalardagi narxlari
OTIRELAKS tomchilar 15ml
|
|
9 ta dorixonada bor
|
58 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
65 000 so'mdan
Bron qilish
|
OTIRELAKS tomchilar 40mg
|
|
55 ta dorixonada bor
|
55 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
63 000 so'mdan
Bron qilish
|
OTIRELAKS tomchilar 15g
|
|
75 ta dorixonada bor
|
51 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
56 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Otirelaks ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
OTIRELAKS
OTIRELAX
Preparatning savdo nomi: Otirelaks
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): fenazol, lidokain gidroxloridi
Dori shakli: quloq tomchilari 40 mg/g + 10 mg/g.
Tarkibi:
1 g preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 40 mg fenazon, 10 mg lidokain gidroxloridi,
yordamchi moddalar: natriy tiosulfati, etil spirti, tozalangan suv, natriy gidroksidi (1M eritma), gliserin.
Ta‘rifi: ko‘rinadigan zarrachalarsiz tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Otologiya kasalliklarini davolash uchun boshqa vositalar. Analgetiklar va anestetiklar majmuada.
ATX kodi: S02DA30
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Fenazon (pirazol xosilasi) yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi ta‘sirga ega. Lidokain (amid guruhi anestetigi) mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta‘sirga ega.
Farmakokinetikasi
Dori vositasi organizmga nog‘ora pardasi shikastlanmaganda o‘tmaydi.
Qo‘llanilishi
O‘rta quloqning og‘riqli xolatlarini nog‘ora pardaning butunligi saqlangan xolatda quyidagilarni mahalliy simptomatik davolashda:
- dimlanish ko‘rinishi bilan o‘tkir o‘rta otitda;
- grippdan keyingi asorat sifatidagi otitda;
- barotravmatik otitda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Otirelaks mahalliy tashqi eshitish yo‘liga 4 tomchidan kuniga 2-3 marta tomizish yo‘li bilan qo‘llanadi. Sovuq eritmani quloq suprasiga tegishidan saqlanish maqsadida flakonni ishlatishdan oldin kaftlarda isitish kerak.
Otirelaksni qo‘llash davomiyligi 10 kundan ko‘p emas, shundan keyin buyurilgan davoni qayta ko‘rib chiqish kerak.
Bolalarda qo‘llanishi
Otirelaks bolalarda tug‘ilgandan boshlab kuniga 3-4 tomchidan 2-3 marta qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Mahalliy allergik reaksiyalar, ta‘sirlanish va eshitish yo‘lining giperemiyasi paydo bo‘lishini xavfi bor.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
- nog‘ora parda butunligini buzilishi;
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Hozirgi vaqtda boshqa dorilar bilan o‘zaro ta‘siri xaqida ma‘lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qo‘llashdan oldin nog‘ora pardani butunligiga ishonch hosil qilish kerak. Teshilgan nog‘ora pardada preparatni qo‘llash xolida, preparat tizimli qon oqimiga o‘tishi va asoratlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Tomizgandan keyin qalpoqchani zich burash va preparatni yorug‘likdan himoyalash uchun flakonni o‘ramga berkitib qo‘yish kerak.
Sportchilar uchun ma‘lumot: dori vositasi doping nazoratda ijobiy reaksiya berish qobiliyatiga ega faol modda saqlaydi.
Otirelaks bolalarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.
Homiladorlik va laktasiya
Homiladorlik va emizish davrida Otirelaks preparatini qo‘llash xavfsizligi xaqida ma‘lumotlar yo‘q. Preparat homiladorlarga buyurilmaydi, mutlaqo zarur vaziyatlardan tashqari va faqat ona uchun foyda va homila uchun mumkin bo‘lgan xavf baxolagandan keyin.
Shuningdek, ona sutiga preparatning komponentlarini o‘tishi xaqida hech qanday ma‘lumotlar mavjud emas. Emizikli ayollarda ushbu dori vositasini qo‘llashdan saqlanish tavsiya etiladi.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat mashina haydash yoki yuqori diqqatni talab qiluvchi murakkab texnika, uskuna yoki har qanday boshqa murakkab jihozlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sirtga qo‘llanganda dozani oshirib yuborilishiga oid ma‘lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Plastik flakon–tomizgich 15 ml.
Flakon–tomizgich qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
15-25°S haroratda, original o‘ramida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Yopiq original o‘ramida saqlanganda 3 yil.
Flakon ochilganidan keyin tomchilarni 4 hafta davomida ishlatish kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari