Pantodermning aptekalardagi narxlari
PANTODERM maz 30g
|
|
1 ta dorixonada bor
|
33 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
PANTODERM maz 5% 30g
|
|
44 ta dorixonada bor
|
35 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
37 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Pantoderm ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PANTODERM®
PANTHODERM
Preparatning savdo nomi: Pantoderm®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): dekspantenol
Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma
Tarkibi:
100 g surtma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: dekspantenol 100% moddaga qayta hisoblanganda – 5 g;
yordamchi moddalar: vazelin – 15 g, suyuq parafin – 10 g, bodom moyi – 10 g, oq asalari mumi – 3 g, lanolin – 25 g, setostearil spirti (setil spirti 60%, stearil spirti 40%) – 3 g, lanolin spirti – 4 g, tozalangan suv – 100 g gacha.
Ta‘rifi: sarg‘ish tusli oqdan och sariq rangligacha bo‘lgan, o‘ziga xos hidli surtma.
Farmakoterapetik guruhi: to‘qimalar trofikasi va regenerasiyasi stimulyatori
ATX kodi: D03AX03
Farmakologik xususiyatlari
V guruhi vitamini – pantoten kislotasining hosilasi. Dekspantenol organizmda koenzim A ning tarkibiy qismi bo‘lgan pantoten kislotasiga aylanadi va organizmda asetillanishi jarayonlarida, uglevod va yog‘ almashinuvida, asetilxolin, kortikosteroidlar, porfirinlar sintezida ishtirok etadi; teri, shilliq qavatlarning regenerasiyasini rag‘batlantiradi, xujayralar metabolizmini normallashtiradi, mitozni teshlashtiradi va kollagen tolalarning mustahkamligini oshiradi. Regenerasiyani rag‘batlantiruvchi, metabolik va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida teri orqali tez so‘riladi va pantoten kislotasiga aylanadi, plazma oqsillari bilan (asosan beta-globulin va albumin bilan) bog‘lanadi. Uning qondagi konsentrasiyasi – 0,5-1 mg/l, qon zardobidagi – 100 mkg/l ni tashkil qiladi. pantoten kislotasi organizmda (Ko-A ga kirishishidan tashqari) metabolizmga uchramaydi, o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Terining quruqligi; shikastlangan teri: kichik jarohatlar va kuyishlar (quyosh nuri ta‘siridagi), shilinishlar, bullyoz dermatit, abssess, furunkul, boldirning trofik yaralari, yotoq yaralar, yoriqlar, operasiyadan keyingi aseptik jarohatlar, yomon bituvchi teri transplantatlarini davolash; laktasiya vaqtida sut bezlarining so‘rg‘ichlarini yallig‘lanishi va yoriqlarini oldini olish va davolash; emizikli bolalarda teri bichilishlarini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga.
Pantoderm terining shikastlangan yoki yallig‘langan sohasiga sutkada bir yoki bir necha marta qo‘yiladi.
Emizikli ayollarning sut bezlarini parvarish qilish: surtma har emizishdan so‘ng so‘rg‘ichlarga surtiladi; kompress sifatida ishlatish mumkin.
Emizikli bolalarni parvarish qilish: surtma taglik (yo‘rgak) har almashtirilganida qo‘yiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparatni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Pantoderm® preparatini homiladorlik vaqtida va emizish davrida ishlatish mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish holatlari kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun 5% li surtma.
30 g dan alyumin tubada. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari