Papazolning aptekalardagi narxlari
PAPAZOL tabletkalari 30mg N10
|
|
208 ta dorixonada bor
|
1 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
2 400 so'mdan
Bron qilish
|
PAPAZOL tabletkalari 30mg N6
|
|
26 ta dorixonada bor
|
1 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
1 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Papazol ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PAPAZOL
PAPAZOLUM
Preparatning savdo nomi: Papazol
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): bendazol (dibazol), papaverin
Dori shakli: tabletki
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddadlar: 0,03 g bendazol (dibazol), 0.03 g papaverin gidroxloridi;
yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, talk, kalsiy stearati.
Ta‘rifi: oq rangli, riskali va faskali tabletkalar;
Farmakoterapevtik guruhi: Antigipertenziv vositalar
ATX kodi: AO3AD51
Farmakologik xususiyatlari
Silliq mushaklar tonusini kamaytiradi va qisqaruvchanlik faoliyatini susaytiradi, shuning natijasida tomirlarga kengaytiruvchi va spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Fosfodiesterazani susaytiradi va sAMF miqdorini oshiradi, bu hujayralarining ichida kalsiy ionlarining bog‘lanishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Gipertoniya kasalligining yengil shakllarini, periferik qon tomirlar va bosh miya qon tomirlarining o‘rtacha namoyon bo‘lgan spazmlarini davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, 1 tabletkadan og‘iz orqali, chaynamasdan sutkada 2-3 marta qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Eshakemi ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishida qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Keksa yoshdagi bemorlarga uzoq muddat buyurish mumkin emas, chunki preparatning gipotenziv samarasi yurakning qonni haydab chiqarishini kamayishi bilan bog‘liq va elektrokardiogramma ko‘rsatkichlarini yomonlashishi kuzatilishi mumkin. Ichak peristaltikasi susaygan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan kontur uyali va kontur uyasiz o‘ramlarda;
2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari