Perekis vodorodaning aptekalardagi narxlari
vodorod perikisi eritma 3% 50ml N1
|
|
26 ta dorixonada bor
|
1 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
1 200 so'mdan
Bron qilish
|
vodorod perikisi eritma 3% 90ml N1
|
|
9 ta dorixonada bor
|
1 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
vodorod perikisi eritma 3% 100ml N1
|
|
206 ta dorixonada bor
|
1 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
2 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
1 400 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Perekis vodoroda ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VODOROD PEROKSIDI
HYDROGENII PEROXYDI
Preparatning savdo nomi: vodorod peroksidi.
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): vodorod peroksidi.
Dori shakli: mahalliy qo‘llash uchun eritma.
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: vodorod peroksidi – 3 ml;
yordamchi modda: tozalangan suv 100 ml gacha.
Ta‘rifi: rangsiz, hidsiz yoki o‘ziga xos biroz kuchsiz hidli tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar.
ATX kodi: D08AX01
Farmakologik xususiyatlari
Oksidantlar guruhiga mansub antiseptik vosita. Vodorod peroksidi bilan shikastlangan teri va shilliq qavatlar ishlov berilganda faol molekulyar kislorod ajralib chiqadi, bunda jarohatni mexanik tozalanishi va organik moddalarni (proteinlar, qon, yiringni) faolsizlanishi yuz beradi. Preparatning antiseptik ta‘siri sterillizasiya qiluvchi hisoblanmaydi, uni qo‘llanganda faqat mikroorganizmlar soni vaqtinchalik kamayadi. Vodorod peroksidi shuningdek gemostatik va hidni yo‘qotuvchi xususiyatlarga ham ega.
Qo‘llanilishi
Yangi va infeksiyalangan jarohatlarda, otitda, anginada, stomatologik va ginekologik kasalliklarda yuvish va chayish uchun, hamda yuzaki jarohatlardan, burundan qon ketishida va boshqa shunga o‘xshash hollarda mayda kapillyarlardan qon ketishini to‘xtatish uchun.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga, chayish va yuvish uchun qo‘llanadi. Og‘iz va tomoqni chayish uchun 3% eritmani distillangan yoki xona haroratidagi qaynatilgan suv bilan 1:11 nisbatda suyultirib tayyorlangan 0,25% eritma qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Jarohatga ishlov berish vaqtida achishish hissi bo‘lishi mumkin. Alohida holatlarda – alergik reaksiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Vodorod peroksidiga yuqori sezuvchanlik.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bo‘shliqlarni yuvish uchun qo‘llanmaydi. Preparat ishqoriy muhitda, metall tuzlari, ayrim oksidlarning murakkab radikallari borligida, hamda yorug‘ga va issiqqa turg‘un emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
3% eritma 25, 50 va 90 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Salqin va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari