Piratsin-Rgning aptekalardagi narxlari
PIRASIN-RG tabletkalari 100mg N10
|
|
1 ta dorixonada bor
|
30 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
PIRASIN-RG eritma 2,5mg/ml 1ml N10
|
|
16 ta dorixonada bor
|
42 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Piratsin-Rg ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PIRASIN-RG
PURACINUM-RG
Preparatning savdo nomi: Pirasin-RG
Ta‘sir etuvchi moddalar: Rux, piridoksin gidroxloridi.
Dori shakli: In‘eksiya uchun eritma.
1 ml eritmaning tarkibi:
faol moddalar: Rux – 2,5 mg,, piridoksin gidroxloridi – 0,5 mg.
yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv 1,0 ml.
Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Mineral preparatlar.
Farmakologik xususiyatlari
Pirasin – rux mikroelementining piridoksin (vitamin V6) bilan kompleks birikmasi.
Preparatning ta‘siri uni tashkil qiluvchi komponentlarining farmakologik xususiyatlariga bog‘liq.
Rux – biologik membranalar, hujayra reseptorlari, proteinlarning struktur komponenti bo‘lib, 200 dan ortiq enzimatik tizimining tarkibiga kiradi. Terini trofikasini yaxshilaydi, pigment almashinuvini normallashtiradi, terini elastikligini va uning regenerator hususiyatlarini yaxshilaydi. Erkak organizmining reproduktiv a‘zolarini normal faoliyat ko‘rsatishi uchun muhim omil hisoblanadi. Spermatozoidlarni yetilishini rag‘batlantiradi va faolligini oshiradi, erkak jinsiy bezlarini normal faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishiga yordam beradi. Rux ta‘siri ostida follikulani rag‘batlantiruvchi gormon darajasi oshadi.
Piridkoksin (V6 vitamini) – moddalar almashinuvida ishtirok etadi, markaziy va periferik nerv tizimining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur. Organizmga tushgach, u fosforlanadi, piridoksal-5-fosfatga aylanadi va aminokislotalarni dekarboksillanishini va pereaminlanishini amalga oshiruvchi fermentlarning tarkibiga kiradi. Triptofan, metionin, sistein, glutamin kislotasi va boshqa aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi. Lipid almashinuvini normallashuviga yordam beradi.
Preparat yaqqol gipolipidemik va antiaterosklerotik faollikka ega. Giperlipidemiya va aterosklerozda periferik qonda xolesterin, umumiy lipidlar, trigliseridlar, past va juda past zichlikdagi lipoproteidlar, lipidlarning perekis oksidlanish mahsulotlari miqdorini kamaytiradi, zichligi yuqori lipoproteidlar va fosfolipidlarning miqdorini oshiradi. Giperlipidemiya bilan kechuvchi qandli diabetda preparat qonda glyukoza, piruvat va sut kislotasining miqdorini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Preparat parenteral yuborilgandan keyin organizmning to‘qima va biologik suyuqliklarida yaxshi taqsimlanadi.
Preparatning eng yuqori konsentrasiyasi jigarda, me‘da osti bezida, buyraklarda, taloqda va o‘pkada aniqlanadi.
Qondan yarim chiqarilish davri (T1/2) 3 soat 46 minutni tashkil qiladi. Yuborilganidan so‘ng 24 soatdan keyin preparat qonda aniqlanmaydi. Asosan ahlat bilan chiqariladi, buyrak orqali juda oz chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Rux tanqisligi holatlarini terida namoyon bo‘lishini (vitiligo, o‘choqli alopesiya, seboreyali alopesiya, pustulez va flegmonoz husnbuzarlar, enteropatik akrodermatit va boshqa terining qiyin bituvchi yaralari) kompleks davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni mushak ichiga (m/i) buyuriladi.
Rux tanqisligi holatlari terida namoyon bo‘lganida (enteropatik akrodermatit, o‘choqli alopesiya, seboreyali alopesiya, pustulez va flegmonoz husnbuzarlar, vitiligo, terining qiyin bituvchi yaralari) preparatning eritmasi 1 ml dan kuniga 1 marta 10 kun davomida mushak ichiga yuboriladi. Zarurati bo‘lganida davolash kurslarini 10 kunlik tanaffus bilan bir necha marta takrorlash mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Juda kam hollarda ko‘ngil aynishi va qusish kabi dispeptik holatlar, eshakemi ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin, ular odatda preparat bekor qilingandan keyin mustaqil ravishda o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ruh saqlovchi preparatlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ta‘riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat qo‘llanganida spirtli ichimliklarni iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish hollarida nojo‘ya ta‘sir belgilari kuchayishi mumkin.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun 0,25 % eritma, 1 ml dan №10, №20 (2x10) ampulalarda.
10 ampuladan polivinilxlorid plyonkali va alyumin muhrli laklangan folgali kontur uyali o‘ramda.
2 kontur uyali o‘ramlar davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari