Predizinning aptekalardagi narxlari
PREDIZIN tabletkalari 35mg N60
|
|
213 ta dorixonada bor
|
46 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
96 100 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
19 600 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Predizin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PREDIZIN®
PREDIZIN®
Preparatning savdo nomi: Predizin®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): trimetazidin (trimetazidine)
Dori shakli: ta‘siri uzaytirilgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 35 mg trimetazidin digidroxloridi;
yordamchi moddalar:
yadrosi: mikrokristall sellyuloza, oldindan jelatinlangan kraxmal, gipromelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati;
qobig‘i: Opadray II Pushti 85G24057 (polivinil spirti – qisman gidrolizlangan, talk, titan dioksidi, makrogol/PEG 3350, lesitin (soya) 0,26250 mg, temir (II) oksidi, temir (III) oksidi, temir (II, III) oksidi).
Ta‘rifi: dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, yozuvsiz, pushti plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Diametri: taxminan 8 mm.
Farmakoterapevtik guruhi: yurak kasalliklarini davolash uchun boshqa dori vositalar.
ATX kodi: S01YeV15
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ta‘sir mexanizmi
Trimetazidin 3- ketoasil-SoA tiolaza uzun zanjirini bloklab, yog‘ kislotalar oksidlanishini ingibisiya qiladi va shu bilan glyukoza oksidlanish jarayoniga kuchaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Ishemiya sharoitlarida hujayralar glyukoza oksidlanishi jarayonida olingan energiya, yog‘ kislotalar oksidlanishi jarayoniga nisbatan kamroq kislorod iste‘molini talab qiladi. Glyukoza oksidlanishini kuchaytirish hujayralarning energetik jarayonlarini yaxshilaydi va shu bilan ishemiya sharoitlarida to‘g‘ri energetik almashishni saqlab qoladi.
Farmakodinamik samarasi
Trimetazidin gipoksiya holatida hujayralarning energetik metabolizmini saqlash orqali hujayralar ichida ATF kamayishining oldini oladi. Ishemiyaga qarshi samarasi yondosh gemodinamik samaralarsiz erishiladi.
Klinik samarasi va xavfsizligi
Klinik tadqiqotlar surunkali stenokardiyaga ega bemorlarni davolashda monoterapiya sifatida yoki uning samaradorligi yetarli bo‘lmagan holatlarda antianginal terapiyaga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladigan trimetazidinning samaradorligi va xavfsizligini namoyish qilgan.
426 nafar pasient ishtirokidagi ikki tomonlama yashirin randomizasiyalangan, plasebo-nazoratli tadqiqotlarda (TRIMPOL-II) trimetazidin (kuniga 60 mg) 12 hafta davomida kuniga 100 mg (ikki marta 50 mg dan) metoprolol bilan davolashga qo‘shimcha ravishda qo‘llanilgan, bunda yuklama testlar va klinik simptomlar ko‘rsatkichlarining plaseboga nisbatan sezilarli yaxshilanishi kuzatilgan. Yuklamalarning umumiy davom etish muddati +20,1 sek, r = 0,023, bajarilgan ishlar hajmi +0,54 MET, r = 0,001, izoliniyadan 1 mm pastroq ST segmenti depressiyasi paydo bo‘lgungacha vaqt +33,4 sek, r = 0,003, stenokardiya xuruji davomiyligi +33,9 sek, r <0,001, haftasiga stenokardiya xuruji uchrash tez-tezligi -0,73, r = 0,014, gemodinamika o‘zgarishlarisiz tez ta‘sir ko‘rsatuvchi nitratlardan foydalanish -0.63, r = 0,032.
223 nafar pasientlar ishtirokidagi ikki tomonlama yashirin randomizasiyalangan, plasebo-nazoratli tadqiqotlarda (Sellier) 8 hafta davomida kuniga 50 mg atenolol bilan davolashga qo‘shimcha sifatida ta‘siri uzaytirilgan bitta 35 mg li trimetazidin tabletkasidan (kuniga ikki marta) foydalanilgan, bunda pasientlar kichik guruhidagi yuklama testlarda (n = 173) izoliniyadan 1 mm pastroq ST segmenti depressiyasi paydo bo‘lgungacha vaqt dori vositasi qabul qilingandan so‘ng 12 soatdan keyin plaseboga nisbatan sezilarli darajada oshishi kuzatilgan (+34,4 sek, p = 0,03). Shuningdek, stenokardiya xurujlari davom etish muddatidagi farq qayd etilgan (r = 0,049). Guruhlar o‘rtasida boshqa ikkilamchi yakuniy natijalar (yuklamalarning umumiy davom etish muddati, yuklamalar umumiy hajmi va yakuniy klinik natijalar) uchun ham statistik ahamiyatli farqlanishlar aniqlanmagan.
1962 nafar pasient ishtirokidagi ikki tomonlama yashirin randomizasiyalangan, plasebo-nazoratli tadqiqotlarda (Vasco) 3 oy davomida kuniga 50 mg atenolol va plaseboga nisbatan ikkita dozali trimetazidin (kuniga 70 mg va kuniga 140 mg)dan foydalanilgan. Umumiy populyasiyada, shu jumladan simptomlari bo‘lgan va simptomlarsiz pasientlarda ergometrik natijalarda ham (yuklamalarning umumiy davom etish muddati, izoliniyadan 1 mm pastroq ST segmenti depressiyasi paydo bo‘lgungacha vaqt va stenokardiya xuruji paydo bo‘lgungacha vaqt), klinik natijalarda ham dori vositasi qo‘llanilishi afzalligini namoyon qilolmagan. Shunga qaramasdan, simptomlarga ega pasientlarning kichik guruhida (1574 nafar) trimetazidinni bir marta 140 mg qabul qilingandan keyingi tahlil bilan barcha yuklamalarning davom etish muddati (+13,1 sek plaseboga nisbatan +23,8 sek, r = 0,001) va stenokardiya xuruji paydo bo‘lgungacha vaqt (+32,5 sek plaseboga nisbatan +46,3 sek, r = 0,005) sezilarli darajada yaxshilangan.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar
Trimetazidin:
– Gipoksiya va ishemiya sharoitlarida yurak va bosh miya to‘qimalari metabolizmini bir maromda saqlashga yordam beradi;
– Ishemiya sababli chaqirilgan hujayra ichki asidozni va membrana ion kanallari funksiyasini buzilishini kamaytiradi;
– Neytrofil granulositlar migrasiyasi va ularning miokard to‘qimasiga kirishini pasaytiradi, o‘tkir ishemiyada va reperfuziyadan keyin ham eksperimental infarktlar hajmini kamaytiradi;
– Gemodinamikaga bevosita ta‘sirsiz o‘z ta‘sirini namoyon qiladi.
Pasientlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar
Stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilgan nazoratli tadqiqotlarda trimetazidin quyidagicha ta‘sir ko‘rsatishi mumkin:
– Davolashning 15-kunidan boshlab zo‘riqish stenokardiya xurujlari muddatini uzaytirish;
– Stenokardiya xurujlari tez-tezligini kamaytirish;
– Nitratlar dozasini sezilarli darajada pasaytirish;
– Ishemiyada yurakning chap qorinchasi funksiyasini yaxshilash;
– Gemodinamikaga bevosita ta‘sirsiz o‘z ta‘sirini namoyon qiladi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Trimetazidin ichga qabul qilingandan so‘ng tez so‘riladi va taxminan 5 soatdan keyin qon plazmasida maksimal konsentrasiyasiga erishadi. 24 soatdan keyin qon plazmasidagi konsentrasiyasi 11 soatdan so‘ng aniqlanadigan 75% konsentrasiyadan yuqori darajada qoladi. Muvozanat holatiga 60 soatdan so‘ng erishiladi. Ovqat qabul qilish qilish preparatning farmakokinetik xususiyatlariga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Taqsimlanishi
Taqsimlanish hajmi 4.8 (l/kg-1) ni tashkil qiladi, bu to‘qimadagi yaxshi diffuziyasidan dalolat beradi (oqsillar bilan bog‘lanish darajasi anchagina past, in vitro sharoitda taxminan 16%).
Chiqarilishi
Trimetazidin organizmdan asosan buyraklar orqali deyarli o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 7 soatni, 65 yoshdan katta yoshdagi pasientlarda – taxminan 12 soatni tashkil qiladi.
Alohida pasientlar guruhidagi farmakokinetikasi
Trimetazidinning buyrak klirensi kreatinning klirensi bilan bevosita bog‘liq, jigar klirensi yoshga qarab pasayadi. Keksa yoshdagi pasientlarda kuniga ikki marta 2 tabletka sutkalik dozada kuniga, plazmadagi ekspozisiyasini oshishi hech qanday yaqqol samaraga olib kelmaydi.
Qo‘llanilishi
Kardiologiya:
Trimetazidin kattalarda xurujlari nomuvofiq nazorat qilinadigan stabil stenokardiyaga ega bemorlarni profilaktika qilish va simptomatik davolash maqsadida qo‘shimcha davolash sifatida yoki antianginal davolashni birinchi qator preparatlarini o‘zlashtiraolmaslik holatlarida qo‘llanilish uchun tavsiya qilingan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga 35 mg bir tabletkadan kuniga ikki marta ertalab va kechqurun ovqatlanish vaqtida buyuriladi.
Dozalash
Kattalar:
Kuniga ikki marta 35 mg trimetazidin bir tabletkasidan ovqatlanish vaqtida buyuriladi.
Pasientlarning alohida guruhlari
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilishi:
O‘rtacha buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30-60 ml) bo‘lgan pasientlarda tavsiya qilingan doza ertalab nonushta vaqtida 35 mg 1 tabletkani tashkil qiladi (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Farmakokinetikasi” bo‘limlariga qarang).
Keksa pasientlarda qo‘llanilishi:
Keksa pasientlarda buyrak funksiyasining yoshga doir pasayishi tufayli trimetazidin sekinroq chiqariladi (“Farmakokinetikasi” bo‘limiga qarang). O‘rtacha buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30-60 ml) bo‘lgan pasientlarda tavsiya qilingan doza ertalab nonushta vaqtida 35 mg 1 tabletkani tashkil qiladi.
Keksa pasientlarda dozani titrlash alohida ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.
Bolalarda qo‘llanilishi:
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda trimetazidinning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Ishonchli ma‘lumotlar mavjud emas.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: kam hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: preparatni qo‘llanilishi bilan bog‘liq qaytuvchan parkinsonizm to‘g‘risida, shuningdek Parkinson kasalligi yoki Levi tanachalari bilan demensiyasi bo‘lgan pasientlar ahvoli yomonlashishi to‘g‘risida ayrim xabarlar mavjud (tez-tezligi aniqlanmagan).
Trimetazidinning kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari quyidagi jadvalda a‘zolar tizimi va paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha tasniflangan (ayrim holatlar hisobga olinmagan). Tez-tezligi quyidagi gradasiyaga ega: juda tez-tez (> 1/10), tez-tez (> 1/100 va < 1/10), tez-tez emas (>1/1000 va < 1/100), kam hollarda (> 1/10000 va < 1/1000), juda kam hollarda (< 1/10000), shu jumladan alohida xabarlar.
A‘zolar tizimi sinfi | Tez-tezligi | Yetakchi simptomlari |
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar | Tez-tezligi noma‘lum | Agranulositoz
Trombositopeniya Trombositopenik purpura |
Ruhiy buzilishlar | Tez-tezligi noma‘lum | Uyquni buzilishi
Uyqusizlik Uyquchanlik |
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar | Tez-tez | Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i |
Tez-tezligi noma‘lum | Parkinsonizm simptomlari (tremor, akineziya, mushaklar rigidligi)
Yurishni buzilishlari Bezovta oyoqlar sindromi Boshqa shunga o‘xshash harakatlanish buzilishlar, odatda, ular preparatni qabul qilish bekor qilingandan so‘ng qaytuvchan xarakterga ega |
|
Yurak tomonidan buzilishlar | Kam hollarda | yurak urishini tezlashishi, ekstrasistolalar, taxikardiya |
Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar | Kam hollarda | Arterial gipotenziya,
ayniqsa antigipertenziv davolanayotgan pasientlarda holsizlik, bosh aylanishi va yiqilib tushishlar bilan bog‘liq bo‘lgan ortostatik gipotenziya. Qizib ketish hissi. |
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar | Tez-tez | Qorinda og‘riqlar, diareya, ovqatni hazm bo‘lishini buzilishlari, ko‘ngil aynishi, qusish. |
Tez-tezligi noma‘lum | qabziyat | |
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar | Tez-tezligi noma‘lum | Gepatit |
Teri va teri osti to‘qimalar tomonidan buzilishlar | Tez-tez | Teri toshmasi, teri qichishishi, eshakemi |
Tez-tezligi noma‘lum | O‘tkir tarqalgan ekzantematoz pufakchalar (AGEP), Kvinke shishi. | |
Umumiy buzilishlar | Tez-tez | Toliqish |
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik;
– homiladorlik;
– laktasiya davri;
– 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
– Parkinson kasalligi, parkinsonizm simptomlari, tremor, bezovta oyoqlar sindromi va boshqa shunga o‘xshash harakatlanish buzilishlari;
– og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/min) da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Trimetazidinning klinik tadqiqotlari, shu jumladan, keksa yoshdagi pasientlarda boshqa dori vositalari bilan biron-bir o‘zaro ta‘sirlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Trimetazidin parkinsonizm simptomlarini (tremor, akineziya, mushaklar rigidligi) qo‘zg‘atishi yoki og‘irlashtirishi mumkin, ular ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarda muntazam ravishda tekshirib turilishi kerak. Shubhali holatlarda pasientlarni tegishli tekshiruvlardan o‘tkazish uchun nevropatologga yuborish kerak.
Parkinsonizm simptomlari, bezovta oyoqlar sindromi, tremor, yurishni buzilishi kabi harakatlanish buzilishlarining paydo bo‘lishi trimetazidin qo‘llanilishining butunlay bekor qilinishiga olib kelishi kerak.
Bunday simptomlar kam holatlarda paydo bo‘ladi va odatda davolash to‘xtatilgandan so‘ng yo‘qoladi.
Ko‘pchilik pasientlarda harakatlanish trimetazidin qo‘llanilishi bekor qilingandan so‘ng 4 oy davomida tiklanadi. Agar parkinsonizm simptomlari preparatni qo‘llanilishi bekor qilingandan so‘ng 4 oydan ko‘proq muddat saqlanib qolsa, nevropatolog bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.
Ayniqsa, antigipertenziv davolanayotgan pasientlarda yurishni buzilishlari yoki arterial gipotenziya bilan bog‘liq yiqilib tushishlar yuz berishi mumkin (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang).
Plazmada ekspozisiya oshishi taxmin qilinayotgan pasientlarda trimetazidinni buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak:
– o‘rtacha buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar (“Qo‘llash usuli va dozalari” hamda “Farmakokinetikasi” bo‘limlariga qarang);
– 75 yoshdan oshgan pasientlar (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, klinik tajriba mavjud emasligi tufayli, preparatning qo‘llanilishi tavsiya qilinmaydi.
Ta‘siri uzaytirilgan 35 mg trimetazidin digidroxloridi tabletkasi nostabil stenokardiya xurujlarini davolash uchun tavsiya qilinmagan hamda nostabil stenokardiya va miokard infarktini davolash birinchi qator preparati hisoblanmaydi. Preparatni shifoxonagacha bo‘lgan bosqichda yoki gospitalizasiyaning birinchi kunlarda qo‘llanilmasligi kerak.
Nostabil stenokardiya xuruji holatida tashhis qayta ko‘rib chiqilishi va davolashga o‘zgartirish kiritilishi (davolash va zarurati bo‘lgan hollarda revaskulyarizasiya) kerak.
Ta‘siri uzaytirilgan tabletkalar tarkibida soya lesitini mavjudligi tufayli, soyaga allergiyasi bo‘lgan pasientlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak. Klinik ma‘lumotlar mavjud emasligi tufayli, Predizin preparatini buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 15 ml dan kamroq) bo‘lgan pasientlarga, shuningdek jigar funksiyasini yaqqol buzilishlari bo‘lgan pasientlarga buyurish tavsiya qilinmaydi. Predizinni yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq o‘tkir stenokardiyani davolash uchun buyurmaslik kerak.
Homiladorlik va laktasiya davri
Homiladorlik
Homiladorlik davrida preparatning qo‘llashning xavfsizligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar mavjud emas, shuning uchun homiladorlik davrida trimetazidinni qo‘llashdan voz kechish kerak.
Emizish davri
Trimetazidin ko‘krak sutiga o‘tishi ma‘lum. Laktasiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lgan hollarda emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Klinik tadqiqotlar preparatning gemodinamikaga ta‘sirini aniqlamagan, biroq postmarketing davrda bosh aylanish va uyquchanlik holatlari kuzatilgan, bu esa avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar cheklangan. Davolash simptomatik bo‘lishi kerak.
Chiqarish shakli
10 tabletka PVX plyonkali va alyumin folgali blisterda.
6 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda, namlik ta‘siridan himoyalash uchun original o‘ramida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
6 blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Trimetazidin 3-ketoasil-KoA-tiolaza (3-kat) uzun zanjirini bloklab, yog'kislotalar β-oksidlanishini ingibitsiya qiladi va shu bilan glyukoza oksidlanish jarayoniga kuchaytiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Ishemiya sharoitlarida hujayralar glyukoza oksidlanishi jarayonida olingan energiya, yog'kislotalar β-oksidlanishi jarayoniga nisbatan kamroq kislorod iste'molini talab qiladi. Glyukoza oksidlanishini kuchaytirish hujayralarning energetik jarayonlarini yaxshilaydi va shu bilan ishemiya sharoitlarida to'g'ri energetik almashishni saqlab qoladi.
Farmakodinamik samarasi
Ishemik kasalligi bo'lgan pasientlarda trimetazidin miokardda hujayra ichidagi yuqori energiyali fosfat darajasini saqlab, metabolik vosita sifatida ta'sir qiladi. Antiishemik ta'siriga bir vaqtning o'zida gemodinamik samaralarsiz erishiladi.
Klinik samarasi va xavfsizligi
Surunkali YUIK kasalligi bo'lgan pasientlarni monoterapiyada yoki stenokardiyani davolash uchun boshqa dorilarga qo'shimcha sifatida davolashda trimetazidinning samaradorligi va xavfsizligini namoyish qilgan.
Trimetazidin:
- Gipoksiya va ishemiya sharoitlarida yurak va neyrosensor to'qimalari metabolizmini bir maromda saqlashga yordam beradi;
- Ishemiya sababli chaqirilgan hujayra ichki asidozni va membrana ion kanallari funktsiyasini buzilishini kamaytiradi;
- Neytrofil granulositlar migrasiyasi va ularning miokard to'qimasiga kirishini pasaytiradi, o'tkir ishemiyada va reperfuziyadan keyin ham eksperimental infarktlar hajmini kamaytiradi;
Trimetazidin stenokardiyasi bo'lgan pasientlarda quyidagicha ta'sir ko'rsatishi mumkin:
- davolashning 15-kunidan boshlab zo'riqish stenokardiya xurujlari muddatini uzaytirish;
- stenokardiya xurujlari tez-tezligini kamaytirish;
- nitratlar dozasini sezilarli darajada pasaytirish;
- ishemiyada yurakning chap qorinchasi funktsiyasini yaxshilash;
- gemodinamikaga bevosita ta'sirsiz o'z ta'sirini namoyon qiladi.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O'ramda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Chiqarish shakllari