Progestning aptekalardagi narxlari
PROGESTERON eritma 1% 1ml N10
|
|
9 ta dorixonada bor
|
8 300 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
PROGESTERON eritma 2,5% 1ml N10
|
|
170 ta dorixonada bor
|
9 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
12 600 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
12 300 so'mdan
Bron qilish
|
PROGESTAN kapsulalar 100mg N30
|
|
12 ta dorixonada bor
|
65 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
22 800 so'mdan
Bron qilish
|
PROGESTAN kapsulalar 200mg N30
|
|
6 ta dorixonada bor
|
144 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
PROGEST LIK kapsulalar 200mg N10
|
|
34 ta dorixonada bor
|
92 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
21 700 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Progest ko'rsatmalar
Peroral yuborish yo'li:
-
ixtiyorsiz abort xavfi bo'lganida yoki lyutein etishmovchiligi aniqlanishi oqibatida odatdagi homila tushishini oldini olishda
-
muddatidan oldin tug'ruq xavfi bo'lganida
-
lyutein etishmovchiligi oqibatidagi bepushtlikda
-
hayz ko'rish oldi sindromida
-
ovulyasiyani buzilishi yoki anovulyasiya oqibatida hayz ko'rish tsiklini buzilishida
-
fibroz-kistoz mastopatiyada
-
premenopauzada
-
peri - va postmenopauza gormonlar bilan o'rinbosar davolashda (estrogen preparatlari bilan birga) qo'llanadi.
Vaginal yuborish yo'li:
-
tuxumdonlar faoliyat ko'rsatmayotgan hollarda (bo'lmaganida) progesteron tanqisligida gormonlar bilan o'rinbosar davolash (tuxum hujayralariga donorlik qilish) da;
-
ekstrakorporal urug'lantirishga tayyorgarlik vaqtida lyutein fazasini tutib turishda;
-
spontan yoki induktsiya qilingan hayz ko'rish tsiklida lyutein fazasini tutib turishda;
-
muddatidan oldin menopauzada;
-
gormonlar bilan o'rinbosar (estrogen preparatlar bilan birga) davolashda;
-
lyutein etishmovchilik oqibatidagi bepushtlikda;
-
progestin etishmovchiligi oqibatida odatdagi va xavfli abortni oldini olishda qo'llanadi.
Sut bezlari va jinsiy a'zolarning xavfli o'smalariga taxmin qilinganida yoki aniqlanganida.
Peroral yuborish yo'li – jigar funktsiyasini yaqqol buzilishlarida qo'llash mumkin emas.
So'rilishi
Mikronlashtirilgan progesteron me'da-ichak yo'llaridan so'riladi. Qon plazmasida progesteronning kontsentrasiyasi birinchi soat davomida asta-sekin oshib boradi, qonda maksimal kontsentrasiyasi (S) qabul qilinganidan so'ng 1-3 soatdan keyin aniqlanadi.
Qon plazmasida progesteronning kontsentrasiyasi qabul qilinganidan so'ng 1 soatdan keyin 0,13 ng/ml dan 4,25 ng/ml gacha, 2 soatdan keyin 11,75 ng/ml gacha oshadi va qabul qilingandan so'ng 3 soatdan keyin 8,37 ng/ml ni, 6 soatdan keyin 2 ng/ml ni, 8 soatdan keyin 1,64 ng/ml ni tashkil etadi.
Metabolizmi
Qon plazmasida aniqlanadigan asosiy metabolitlari 20-alfa-gidroksi-Delta-4-alfa-pregnanolon va 5-alfa-digidroprogesterondir.
Chiqarilishi
Siydik bilan metabolitlar ko'rinishida chiqariladi, shulardan 95% ni glyukuron kislotasi bilan kon'yugasiyalangan metabolitlar bo'lib, asosan 3-alfa, 5-beta-pregnandioldir (pregnandion). Qon plazmasida va siydikda aniqlanadigan yuqorida ko'rsatilgan metabolitlari sariq tananing fiziologik sekresiyasida hosil bo'ladigan moddalarga o'xshashdir.
Vaginal qo'llanganida
So'rilishi
Preparat tez so'riladi, progesteron bachadonda to'planadi, qon plazmasida progesteronning yuqori miqdori, preparat yuborilganidan so'ng 1 soatdan keyin kuzatiladi. Qon plazmasida progesteron Smax ga yuborilganidan so'ng 2-6 soatdan keyin erishiladi. Preparat 100 mg dan sutkada 2 marta yuborilganida o'rtacha kontsentrasiyasi 24 soat davomida 9,7 ng/ml darajada saqlanib turadi.
Sutkada 200 mg dan ortiq dozalarda yuborilganida progesteronning kontsentrasiyasi homiladorlikning 1 uch oyligidagi kontsentrasiyasiga muvofiq keladi.
Metabolizmi
Asosan 3-alfa, 5-beta-pregnandiol hosil qilib, metabolizmga uchraydi. Plazmadagi 5-beta-pregnandiolning miqdori oshmaydi.
Chiqarilishi
Siydik bilan metabolitlar holida chiqariladi, asosiy qismini 3-alfa, 5-beta-pregnandiol (pregnandion) tashkil etadi. Buni uning kontsentrasiyasini doimiy oshishi bilan tasdiqlanadi (6 soatdan keyin S
-
Preparatni kontratsepsiya maqsadida qo'llash mumkin emas;
-
Jigar faoliyatini buzilishi bo'lgan pasientlarda homiladorlikda peroral qo'llanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak;
-
Agar davolash kursi bir oylik tsiklning boshida haddan tashqari erta boshlansa, ayniqsa 15-chi kungacha, tsikl qisqarishi va/yoki qon ketishi kuzatilishi mumkin. Bachadondan qon ketishi holatlarida sababni aniqlamaguncha, shu jumladan endometriyni tekshirmaguncha preparat buyurilmasin.
-
To'liq inkor etib bo'lmaydigan tromboembolik va metabolik xavflar tufayli, quyidagilar paydo bo'lgan hollarda Progest preparatini qo'llashni to'xtatish kerak: ko'rishni yo'qolishi, ko'zlarda ikkilanish, to'r pardani tomirli shikastlanishi kabi ko'rishni buzilishi; lokalizasiyasidan qat'iy nazar venoz tromboemboliya yoki trombotik asoratlar; kuchli bosh og'rig'i. Anamnezida tromboflebit bo'lganida pasient sinchkovlik bilan kuzatuv ostida bo'lishi kerak.
-
Davolash jarayonida amenoreya paydo bo'lgan hollarda gap homiladorlik haqida ketmayotganligiga ishonch hosil qilish kerak.
-
Erta o'zi-o'zidan homila tashlashning 50% dan ko'prog'i genetik asoratlar tomonidan chaqirilgan. Bundan tashqari, infektsion jarayonlar va mexanik shikastlanishlar homiladorlikning erta muddatlarida homilani tushishiga sabab bo'lishi mumkin. Bunday hollarda progesteronni qo'llash faqat yashash qobiliyatiga ega bo'lmagan urug'langan tuxum xujayrani ko'chishi va evakuasiyasini kechiktirishi mumkin. Shunday qilib, shifokor ko'rsatmasi bo'yicha progesteronni buyurish sariq tana sekresiyasi etarli bo'lmagan holatlar uchun mo'ljallangan bo'lishi kerak.
-
Progest soya lesitini saqlaydi va o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (eshakemi va anafilaktik shok) ni chaqirishi mumkin.
Fertillik, homiladorlik va emizish
Homiladorlik
Homiladorlik vaqtida, shu jumladan birinchi haftada Progestni qo'llash mumkin.
Emizish
Progesteronni ko'krak suti bilan ajralishi toksiklik bilan o'rganilmagan. Shunday qilib, uni emizish vaqtida buyurishdan saqlanish kerak.
Bolalarda qo'llanishi
Qo'llash mumkin emas.
Keksalarda (65 yoshdan oshgan) qo'llanishi
Klinik ma'lumotlar yo'q.
Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda qo'llanishi
Klinik ma'lumotlar yo'q.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda qo'llanishi
Klinik ma'lumotlar yo'q.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Peroral qabul qilinganida avtotransportni boshqarishda va diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli turdagi faoliyatlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
faol modda: progesteron - 100 yoki 200 mg;
yordamchi moddalar: soya moyi, asalari mumi, metilparaben natriy, propilparaben natriy, butilgidroksianizol, gidrogenizasiya qilingan o'simlik moyi, butilgidroksianizol, butilgidroksitoluol.
Peroral yuborish yo'li
Preparat suv bilan ichga qabul qilinadi.
Ko'pchilik hollarda progesteron etishmovchiligida Progestning dozasi 2 marta qabul qilishga bo'lingan holda (ertalab va kechqurun) 200-300 mg ni tashkil etadi.
Ixtiyorsiz abort va muddatidan oldin tug'ruq xavfi bo'lganida yoki odatdagi homila tushishini oldini olish uchun: sutkada 200-600 mg har kuni homiladorlikning 16 haftasigacha. Keyinchalik dori vositasini klinik ma'lumotlar, yo'ldosh faoliyati va homilador ayolning qonida progesteronning darajasini baholash asosida davolovchi shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qo'llash mumkin. Lyutein fazasi etishmovchiligida (hayz ko'rish oldi sindromi, fibroz-kistoz mastopatiya, dismenoreya, Premenopauza) sutkalik doza 200 yoki 400 mg ni tashkil etadi, 10 kun davomida (odatda tsiklning 17-kunidan 26-kunigacha) qabul qilinadi. Peri - va postmenopauza davrida gormonlar bilan o'rinbosar davolashda Progest estrogenlarni qabul qilish fonida kuniga 200 mg dan 10-12 kun davomida qo'llanadi.
Vaginal yuborish yo'li
Kapsulalar qinga chuqur yuboriladi.
Tuxumdonlar faoliyat ko'rsatmayotgan (bo'lmagan) ayollarda progesteron umuman bo'lmaganida (tuxum hujayralariga donorlik qilish): estrogenlar bilan davolash fonida tsiklning 13 va 14-kunlarida sutkada 200 mg dan, so'ngra tsiklni 15-kunidan 25-kunigacha 100 mg dan sutkada 2 marta, 26-kunidan boshlab va homiladorlik aniqlanganida dozani har haftada sutkada 100 mg ga oshirib, sutkada maksimum 600 mg ga etkaziladi, 3 marta qabul qilishga bo'linadi. Bunday doza 60 kun davomida qo'llanishi mumkin. Ekstrakorporal urug'lantirish tsiklini o'tkazish vaqtida lyutein fazasini tutib turish: homiladorlikning I va II uch oyliklari davomida xorionik gonadotropin in'ektsiya qilingan kundan boshlab, sutkada 200 mg dan 600 mg gacha qabul qilish tavsiya etiladi. Spontan yoki induktsiya qilingan hayz ko'rish tsiklida, sariq tana faoliyatini buzilishi bilan bog'liq bo'lgan bepushtlikda lyutein fazasini tutib turishda tsiklni 17-kunidan boshlab, 10 kun davomida sutkada 200-300 mg qabul qilish tavsiya etiladi, hayz ko'rish tsikli va homiladorlikni diagnostika qilish kechikkanida davolanishni davom ettirish kerak. Abort xavfi bo'lgan hollarda yoki progesteron etishmovchiligi fonida rivojlanadigan odatdagi abortlarni oldini olish maqsadida: homiladorlikning 16 haftasigacha har kuni sutkada 200-400 mg dan buyuriladi. Keyinchalik dori vositasini klinik ma'lumotlar, yo'ldosh faoliyati va homilador ayolning qonida progesteronning darajasini baholash asosida davolovchi shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qo'llash mumkin.
A'zolar tizimi sinfi |
Tez-tez uchraydigan noxush ko'rinishlar >1/100; |
Tez-tez uchramaydigan noxush ko'rinishlar >1/1000; |
Kam hollarda uchraydigan noxush ko'rinishlar >1/10000; |
Juda kam hol-larda uchraydigan noxush ko'rinishlar
|
Jinsiy tizim va sut bezlari kasalliklari |
|
|
|
|
Markaziy nerv tizimi kasalliklari |
|
|
|
|
Me'da-ichak yo'llari kasalliklari |
|
|
|
|
Gepatobiliar tizim kasalliklari |
|
|
|
|
Immun tizimi kasalliklari
|
|
|
|
|
Teri va teri osti to'qimalari kasalliklari |
|
|
|
|
Uyquchanlik va/yoki tez o'tib ketuvchan bosh aylanishi hissi kuzatiladi, xususan yondosh gipoestrogeniya hollarida. Dozani kamaytirish yoki yuqoriroq estrogenizasiyani tiklash terapevtik samarani kamaytirmasdan bu ko'rinishlarni tez bartaraf etadi.
Agar davolash kursi bir oylik tsiklning boshida haddan tashqari erta boshlansa, ayniqsa 15-chi kungacha, tsikl qisqarishi yoki to'satdan qon ketishlar kuzatilishi mumkin.
Hayz tsiklini qayd etiluvchi o'zgarishlari, amenoreya yoki hayz tsikllari orasidagi qon ketishlar umuman progestagenlarni qo'llash uchun xarakterli.
Vaginal qo'llanilganda
Mahalliy shaxsiy o'zlashtiraolmaslik ko'rinishida (xususan soya lesitinini) achishish, qichishish yoki yog'li ajralmalar tipida mahalliy ta'sirlanish paydo bo'lishi mumkin.
Progestni barbituratlar, fenitoin, rifampisin, fenilbutazon, spironolakton, grizeofulvin, ampisillin, tetrasiklin bilan birga qabul qilish dori vositalarning ta'sirini o'zgarishiga olib kelishi mumkin.
Menopauza davrida estrogenlar bilan gormonal o'rinbosar davolaganda tsikl davomida kamida 12 kun progesteronni qo'llash tavsiya etiladi.
Quyidagi dori vositalari bilan birga qo'llash progesteron metabolizmini kuchayishi va terapevtik samarani o'zgarishi bilan kechishi mumkin:
-
barbituratlar, tutqanoqqa qarshi preparatlar (fenitoin), rifampisin, fenilbutazon, spironolakton, grizeofulvin kabi kuchli fermentativ induktorlar bilan bir vaqtda qo'llash jigarda progesteron metabolizmini kuchayishi bilan kechadi.
-
antibiotiklar (ampisillinlar, tetrasiklinlar) ichak mikroflorasini buzilishini chaqiradi, bu enterogepatik steroid tsiklni o'zgarishlari bilan kechadi.
Ko'rsatilgan o'zaro ta'sirlarning yaqqollik darajasi turli pasientlarda kuchli o'zgarishi mumkin, shuning uchun sanab o'tilgan o'zaro ta'sirlarning klinik samaralarini prognoz qilish qiyin.
Progestagenlar qandli diabeti bo'lgan bemorlarda glyukozani o'zlashtirilishini pasaytirishi va insulin va boshqa gipoglikemik preparatlarga bo'lgan talabni oshirishi mumkin.
Chekuvchi pasientlarda va alkogolni haddan tashqari ko'p iste'mol qilganda progesteronning Biokiraolishligi pasayishi mumkin.
200 mg li kapsulalar, 7 kapsuladan blisterda, 2 blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.
Proteinlipazani rag'batlantirib, yog'zahirasini oshiradi; glyukozaning utilizasiyasini oshiradi; bazal va rag'batlantirilgan insulinning kontsentrasiyasini oshirib, jigarda glikogenni to'planishiga yordam beradi; gipofizning gonadotrop gormonlarini ishlab chiqarilishini oshiradi; azotemiyani kamaytiradi, siydik bilan azotni chiqarilishini oshiradi. Sut bezlari asinuslarining sekretor qismini o'sishini faollashtiradi va laktasiyani indusiya qiladi. Normal endometriyni hosil bo'lishiga yordam beradi.
Davolash: dozani oshirib yuborilishni progesteron kapsulasini qo'llashni bekor qilish, muvofiq simptomatik va tutib turuvchi davolashni buyurishdan iborat.
Chiqarish shakllari