Protionamidning aptekalardagi narxlari
PROTIONAMID tabletkalari 250mg N50
|
|
3 ta dorixonada bor
|
71 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Protionamid ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PROTIONAMID
PROTIONAMID
Preparatning savdo nomi: Protionamid
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Protionamid
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
faol modda: protionamid – 250 mg;
yordamchi moddalar:
yadrosi: mikrokristallik sellyuloza – 10,5 mg, makkajo‘xori kraxmali – 49,0 mg, magniy stearati – 3,5 mg, laktoza monogidrati – 30,0 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 7,0 mg;
plyonka kobig‘i: gidroksipropilsellyuloza (gipromelloza) – 6,6 mg, titan dioksidi – 2,407 mg, gliseril kaprilokaprat – 0,9 mg, sariq temir oksidi bo‘yovchisi – 0,023 mg, sariq xinolin alyumin laki – 0,07 mg.
Ta‘rifi: sariq rangli, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida tabletka sariq rangli.
Farmakoterapevtik guruhi: Tuberkulyozga qarshi vosita.
ATX kodi: J04AD01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi. II qator sintetik tuberkulyozga qarshi preparat. I qator preparatlarga chidamli mikobakteriyalarga nisbatan bakteriostatik ta‘sir etadi. Mikol kislotalari sintezini bloklaydi, nikotin kislotasining antagonisti xususiyatlariga ega. Yuqori konsentrasiyada mikrob hujayrasining oqsil sintezini buzadi. Asosan ko‘payayotgan tuberkulyoz mikobakteriyalari (jumladan, atipik), hujayradan tashqari va hujayra ichida joylashgan mikroorganizmlarga bakteriostatik ta‘sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, qonda maksimal konsentrasiyaga qabul qilgandan so‘ng 2-3 soatdan keyin erishiladi. To‘qimalarga (tuberkulyoz o‘choqlari, o‘pkalardagi kavernalar, plevra bo‘shlig‘i, meningitda orqa miya suyuqligiga) oson o‘tadi. Qisman sulfoksidga metabolizmga uchraydi(tuberkulostatik ta‘sir ko‘rsatadi). Buyraklar orqali va o‘t bilan (15-20% o‘zgarmagan holda) chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Infiltrativ tuberkulyoz (1-qator tuberkulyozga qarshi preparatlar bilan davolashga rezistent bo‘lgan o‘pka va o‘pkadan tashqari shakllari yoki ular yomon o‘zlashtirilganida), yarali va ekssudativ jarayonlar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan so‘ng. Kattalarga 250 mg dan sutkada 3 marta, yaxshi o‘zlashtirilganida – 500 mg dan sutkada 2 marta. 60 yoshdan oshgan bemorlarga va tana vazni 50 kg dan kam bo‘lganda ko‘pi bilan 750 mg sutkalik dozada qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, gipersalivasiya, og‘izda “metall” ta‘mi, jigar faoliyatini buzilishi.
Nerv tizimi tomonidan: uyqusizlik, qo‘zg‘aluvchanlik, depressiya, havotirlik, kam hollarda – bosh aylanishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, asteniya, ayrim hollarda – paresteziya, periferik nevropatiya, ko‘ruv nervi nevriti.
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, holsizlik, ortostatik gipotenziya.
Endokrin tizimi tomonidan: qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda gipoglikemiya, ginekomastiya, dismenoreya, gipotireoz, potensiyani pasayishi.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Bolalar (18 yoshgacha), o‘ta yuqori sezuvchanlik, o‘tkir gastrit, me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, eroziv-yarali kolit, o‘tkir gepatit, jigar sirrozi, surunkali alkogolizm, homiladorlik, emizish.
Ehtiyotkorlik bilan: qandli diabet, og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa preparatlarning (shu jumladan, izoniazid va barbituratlar) metabolizmini sekinlashtiradi. Izoniazid va sikloserin bilan majmuada qo‘llanganida ruhiy buzilishlarni rivojlanish ehtimolini inobatga olish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tuberkulyoz mikobakteriyalari etionamidga chidamli bo‘lganida preparatni buyurish mumkin emas (kesishgan rezistentlik). Davolanish vaqtida zardobdagi transaminazalar, gammaglutamintransferaza va ishqoriy fosfatazaning darajasini doimiy nazorat qilish, qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda esa – qondagi glyukozaning darajasini monitoring qilish (oyda kamida bir marta) kerak. Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
250 mg dan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 donadan kontur uyali o‘ramda.
5, 10 yoki 50 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroklilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari