Protsipro ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PROSIPRO
PROCIPRO
Preparatning savdo nomi: Prosipro
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): siprofloksasin (siprofloksasin gidroxlorid monogidrati ko‘rinishida).
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: siprofloksasin gidroxloridi;
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, natriy lauril sulfati, magniy stearati, tozalangan talk, kolloidli kremniy dioksidi, mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati;
qobiq: tabletkalar uchun oq koplam, vinkoat Vt-1001, izopropil spirti, metilen xloridi; bo‘yovchisi: titan dioksidi.
Ta‘rifi: Oq yoki deyarli oq, dumaloq ikki tomonlama qavariq, qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskali tabletkalar. Sindirilgandagi ko‘rinishi – oq yoki deyarli oq rangli biroz g‘adir budir yuzali ko‘rinishga ega.
Farmakoterapevtik guruhi: antibakterial sintetik vositalar (ftorxinolonlar guruhi).
ATX kodi: J01MA02
Farmakologik xususiyatlari
Ftorxinolonlar guruhiga mansub keng bakterisid ta‘sir doirali mikroblarga qarshi preparat. Tinch holatdagi hamda ko‘payish bosqichidagi mikroorganizmlarga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi bakteriyalarni ko‘payish vaqtida xromosomalarni segmentli despiralizasiyasi va spiralizasiyasi jarayonida katta ahamiyatga ega bo‘lgan DNK – giraza fermentining – faolligini ingibirlashi bilan bog‘liq. Ko‘pchilik grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan yuqori faol: ko‘kyiring, gemofil va ichak tayoqchalari, shigellalar, salmonellalar, meningokokk, gonokokk, stafilokokklarning ko‘pchilik shtammlari (penisillinaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan, metisillinrezistent), enterokokklarning ayrim turlari, shuningdek kampilobakter, legionellalar, mikoplazmalar, xlamidiyalar va mikobakteriyalarga nisbatan =am. Beta-laktamazalarni ishlab chiqaruvchi organizmlarga nisbatan faol. Aminoglikozidlar, penisillinlar, uchinchi avlod sefalosporinlari, tetrasiklinlar va boshqa antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga qarshi juda samarali vosita. Preparatga rezistentlik juda sekin hosil bo‘ladi (ko‘p pog‘onali tur). Preparatga rezistent bo‘lgan mikroorganizmlar: Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides, Streptococcus faecum, Treponema pallidum, Chlamidia lardir.
Preparatga sezgir bakteriyalarga fagositlar ichida ham ta‘sir ko‘rsatib, immunologik tizimni tutib turadi. Kislotali muhitda faolligi kamayadi.
Farmakokinetikasi
Preparat me‘da-ichak yo‘llarida tez va yaxshi so‘riladi. Asosan o‘nikki barmoq va ingichka ichaklarda so‘riladi. Ichga qabul qilinganida siprofloksasinning biologik kiraolishligi 70 dan 80% gachani tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish so‘rilishini sekinlashtiradi, ammo Smax va biokiraolishligini o‘zgartirmaydi. Taxminan 20-30% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Preparat qabul qilingandan to uni qonda paydo bo‘lishi aniqlanishigacha bo‘lgan vaqt, odatda 30 minutnitashkil qiladi. Qonda maksimal konsentrasiyaga yetish vaqti 1-1,5 soatni tashkil qiladi. To‘qimalar, suyuqlik va hujayralarga kirib yuqori konsentrasiya hosil qiladi. Siprofloksasinning o‘pka to‘qimasidagi va prostata bezidagi konsentrasiyasi qon zardobidagi konsentrasiyasidan bir necha marta ortiq. Jigarda metabolizmga uchrab, kam faol metabolitlarni hosil qiladi. Buyrak klirensi 3-5 ml/min/kg. Asosan buyraklar orqali, (taxminan 30-60% o‘zgarmagan holda, 15% metabolitlari holida) va qolgan qismi ahlat bilan chiqariladi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng yarimchiqarilish davri 3-5 soat. Buyraklar faoliyatini sezilarli buzilishida bu ko‘rsatkich oshishi mumkin (hatto 12 soatgacha).
Qo‘llanilishi
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari (o‘tkir va surunkali pielonefrit, obstruktiv litiaz, sistit, siydik yo‘llarining asoratlangan yoki qaytalanuvchi infeksiyalari, prostatit, epididimit), nafas yo‘llarining infeksiyalari (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, infeksiyalangan plevrit, o‘pka abssessi, infeksiyalangan bronxoektazlar, surunkali bronxitni zo‘rayishi), teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (infeksiyalangan yaralar, jarohat infeksiyalari, abssesslar, sellyulitlar, tashqi otit, infeksiyalangan kuyishlar), me‘da-ichak yo‘llarining infeksiyalari (qorin tifi, bakterial diareya va boshqalar), qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalari (peritonit, qorin bo‘shlig‘i ichidagi abssess, xolangit, xolesistit, o‘t qopi empiemasi), ko‘z, o‘rta quloq va yondosh bo‘shliqlar, suyak va bo‘g‘imlar, kichik chanoq a‘zolarining infeksiyalari, gonoreya. Immuniteti pasaygan bemorlarda infeksiyalarni oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga. Tabletkalarni och qoringa yoki ovqatdan so‘ng, butunligicha ozgina suyuqlik bilan yutish lozim. Doza infeksiyaning joylashishi va kechishini og‘irligiga, shuningdek mikroorganizmning sezgirligiga qarab shaxsiy belgilanadi. Buyraklar faoliyatini o‘rtacha va yaqqol buzilishlari bo‘lgan bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinadi (ya‘ni kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam bo‘lganida, bir martalik doza o‘rtacha dozaning 50% sutkada 2 marta buyuriladi yoki odatdagi bir martalik doza sutkada bir marta yuboriladi). Juda og‘ir hollarda va siprofloksasinga sezgirligi kam bo‘lgan mikroorganizmlar chaqirgan qaytalanuvchi infeksiyalarda, preparatning kunduzgi dozasini bir qabulga 750 mg gacha oshirish mumkin, kuniga 2 marta har 12 soatda qabul qilinadi.
Keksa bemorlar uchun dozani kamaytirish lozim (odatda 1/3 ga).
Siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida sutkada 2 marta 0,25-0,5 g dan buyuriladi. Davolash kursi 7-10 kun. Asoratlanmagan gonoreyada bir marta 0,25-0,5 g; gonokokk infeksiyasi xlamidiya va mikoplazma infeksiyasi bilan birga qo‘shilganida 0,75 g dan har 12 soatda 7-9 kun davomida buyuriladi. Shankroidda 0,5 g dan sutkada ikki marta bir necha kun. Burun-xalqumdagi meningokokk tashuvchilikda bir marta 0,5 g yoki 0,75 g dozada. Salmonellalarni surunkali tashuvchilikda 0,25 g dan sutkada 4 marta buyuriladi. Pnevmoniyada, osteomielitda 0,75 g dan sutkada 2 marta, 7-14 kun davomida buyuriladi. Staphylococcus aureus chaqirgan me‘da-ichak yo‘llarining infeksiyalarida 0,75 g dan har 12 soatda, 7-28 kun davomida buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Me‘da-ichak yo‘llari va jigarga ta‘siri: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, diareya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qolishi, xolestatik sariqlik, gepatit.
Nerv tizimiga ta‘siri: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, migren, charchoqlik, holsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, qaltirash, periferik nevralgiya, paresteziyalar, ko‘p terlash, harakat koordinasiyasini buzilishi, tirishish, bezovtalik holati, depressiya, gallyusinasiyalar, tungi dahshatlar (bu reaksiyalar preparatni darhol to‘xtatishni talab qiladi).
Teri reaksiyalari: qichima, eshakemi, fotosensibilizasiya, qizarish.
Yurak-qon tomir tizimiga ta‘siri: taxikardiya, hushdan ketishlar, gipertenziya, stenokardiya, miokard infarkti, serebral trombozlar.
Qon va uning tarkibiga ta‘siri: eozinofiliya, leykositopeniya, leykositoz, anemiya, gemolitik anemiya, trombositopeniya, trombositoz.
Siydik-chiqarish tizimiga ta‘siri: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, hatto tranzitor buyrak yetishmovchiligini rivojlanishigacha bo‘lgan faoliyatini buzilishi mumkin.
Sezgi a‘zolariga ta‘siri: ta‘m va hid sezishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqlarda shovqin, vaqtinchalik quloq og‘irligi (ayniqsa baland tovushlarga).
Allergik va immunopatologik reaksiyalar: teri toshmalari, dorilar ta‘siridagi isitma, kam hollarda – Kvinke shishi, bronxospazm, artralgiya, kamdan-kam hollarda – anafiliktik shok, petexiyalar, gemorragik pufakchalar, mialgiya, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, Layel sindromi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Siprofloksasinga yoki boshqa xinolon preparatlarga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yoshlarda tog‘aylarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin), keksalar, homiladorlar va emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ftorxinolonlardan tashqari, boshqa antibiotiklar va antibakterial vositalar bilan bir vaqtda buyurilganida, ularning ta‘sirining susayishi aniqlanmagan. Temir preparatlari, sukralfat, alyuminiy, magniy yoki kalsiy gidroksidini saqlovchi antasidlar bir vaqtda qabul qilinganida preparatning so‘rilishini pasayishini chaqiradi, shuning uchun bu preparatlarni qo‘llash orasidagi vaqt 4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Teofillin bilan bir vaqtda qo‘llash uning nojo‘ya ta‘sirini kuchaytiradi, bu teofillinning miqdorini kamaytirishni talab qiladi. Siklosporin bilan bir vaqtda qabul qilish kreatininning qon plazmasidagi darajasini oshishiga olib keladi, shuning uchun ushbu ko‘rsatkichni nazorat qilish (haftada 2 marta) lozim. Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida varfarinning ta‘siri kuchayadi. Probenesid bilan birga buyurish preparatning ta‘siri kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bosh miya tomirlarining yaqqol aterosklerozi, miya qon aylanishini buzilishlari, tutqanog‘i, anamnezida tirishish hurujlari bo‘lgan, buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda (faqat hayotiy ko‘rsatilishlar bo‘yicha) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Davolanish vaqtida bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishlari lozim. Preparat reaksiyalar tezligini pasaytirishi mumkin (ayniqsa alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida), buni kasbi yuqori diqqat va tezkor reaksiyalarni talab etadigan shaxslar (masalan, transport haydovchilari) hisobga olishlari kerak. Og‘ir va uzoq davom etuvchi diareya hollarida soxtamembranoz kolit tashxisini istisno qilish lozim, u preparat qo‘llashni darhol bekor qilishni va kerakli davolashni buyurilishini talab qiladi. Preparat bilan davolash fonida ayrim laboratoriya ko‘rsatkichlari o‘zgarishi mumkin: siydikda cho‘kma paydo bo‘lishi, qon zardobida kreatinin, mochevina, bilirubin, jigar transaminazalarining konsentrasiyasini vaqtinchalik oshishi; ayrim hollarda – giperglikemiya, kristalluriya yoki gematuriya, protrombin ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi.
Davolanish vaqtida fotoallergik reaksiyalarining paydo bo‘lishini ehtimoli tufayli, bevosita quyosh nurlari bilan kontaktdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ba‘zida siprofloksasin dozasi sezilarli oshirib yuborilganida buyraklarni o‘tkinchi shikastlanishi aniqlangan.
Davolash: Maxsus antidoti yo‘q. Me‘dani yuvish va qusishni chaqirishni o‘tkazish lozim.
Qo‘shimcha gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazish mumkin.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan alyuminiy/alyuminiy blisterda;
1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida;
10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida (stasionar uchun).
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25°S dan past haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari