Proviron ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PROVIRON®
PROVIRON
Preparatning savdo nomi: Proviron®
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): mesterolon
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun tabletkalar
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda: mesterolon 25 mg
Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, polividon 25000, magniy stearati, metilparagidroksibenzoat Ye218, propilparagidroksibenzoat Ye216.
Ta‘rifi: dumaloq, oq rangli, bir tomonida riskasi, ikkinchi tomonida olti burchak gravirovka qilinib, uning ichida «AX» harflari bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Jinsiy gormonlar va jinsiy tizim modulyatorlari. Androgenlar
ATX kodi: G03BB01.
Farmakologik xususiyatlari
Proviron® yosh o‘tgani sayin ishlab chiqarilishi asta-sekin pasayadigan androgenlar yetishmovchiligini normallashtiradi. Shunday qilib, Proviron® endogen androgenlarni ishlab chiqarilishini susayishi bilan bog‘liq barcha kasalliklarda qo‘llanilishi mumkin. Tavsiya qilingan terapevtik dozalarda Proviron® spermatogenezni buzmaydi. Preparat bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi; uni qo‘llanilishi jigarga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Peroral qilinganidan keyin mesterolon 25 dan 100 mg gacha bo‘lgan dozalarda tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Preparatning qon zardobidagi maksimal darajalari 1,6+0,6 soatdan keyin 3,1+1,1 ng/ml ni tashkil qiladi. So‘ngra preparatning darajasi pasayib, yarim chiqarilish davri 12-13 soatni tashkil qiladi. Mesterolonning 98% zardob oqsillari bilan bog‘lanadi. Albumin bilan bog‘lanishi 40% ni va JSBG (jinsiy steroidlarni bog‘lovchi globulin) bilan bog‘lanishi esa – 58% ni tashkil qiladi.
Mesterolon tez metabolizmga uchraydi. Zardobda metabolik klirensining tezligi 4,4 + 1,6 ml min-1 kg-1 ni tashkil qiladi. Preparat buyrak orqali o‘zgarmagan holda chiqarilmaydi. Asosiy metaboliti 1α-metil-androsteron bo‘lib, uning kon‘yugasiyalangan shakli, buyrak orqali chiqariladigan metabolitlarning 55-70% ni tashkil qiladi. Asosiy metabolitning glyukuronidini uning sulfatiga bo‘lgan nisbati taxminan 12:1 ni tashkil qiladi. Shuningdek boshqa metabolit – 1α-metil-5α-androstan-3α,17β-diol aniqlangan bo‘lib, u buyrak orqali chiqariladigan metabolitlarning taxminan 3% ni tashkil qiladi. Estrogenlar yoki kortikosteroidlarga metabolik konversiyalar yuz bermaydi. Mesterolonning dozasini taxminan 80% metabolitlar ko‘rinishida siydik bilan va taxminan 13% ahlat bilan chiqariladi. 7 kun davomida dozaning 93% chiqariladi, uning yarmi 24 soat ichida buyrak orqali chiqariladi.
Mutloq biokiraolishligi taxminan 3% ni tashkil qiladi.
Proviron® preparatini har kuni qabul qilish preparatning zardobdagi darajalarini 30% ga oshishiga olib keladi.
Qo‘llanilishi
- o‘rta va keksa yoshda funksional faollikni pasayishi.
Proviron® androgenlarni yetishmovchiligi bilan bog‘liq quyidagi shikoyatlarni, masalan, ish qobiliyatini susayishi, tez toliqish, xotirani va diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi, libido va potensiyani buzilishi, jizzakilik, uyquni buzilishi, depressiv holatlar va psixovegetativ buzilishlarni bartaraf etadi yoki yengillashtiradi.
- potensiyani buzilishi.
Proviron® androgenlarni yetishmovchiligi bilan bog‘liq potensiyani buzilishini bartaraf etadi. Agar bu jarayonda yagona yoki qo‘shimcha rolni boshqa sabablar o‘ynasa, unda Proviron® kompleks davolashga qo‘shimcha vosita sifatida buyurilishi mumkin.
- jinsiy bezlar faoliyatini pasayishi (gipogenitalizm).
Proviron® androgenlarga bog‘liq a‘zolarni o‘sishi, rivojlanishi va faoliyatiga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Jinsiy yetilish davri xali tugallanmasidan oldin androgenlarni yetishmovchiligi hollarida Proviron® erkakda ikkilamchi jinsiy belgilarni rivojlanishiga yordam beradi.
Proviron® yordamida shuningdek jinsiy yetilish yoshiga yetgandan so‘ng jinsiy bez faoliyatini susayishini xam bartaraf qiladi.
- erkaklar bepushtligi.
Oligozoospermiya va interstisial Leydig xujayralarining yetishmovchiligi bepushtlikning sababi bo‘lishi mumkin. Proviron® yordamida spermatozoidlarning soni va sifatini oshirishi yoki normallashtirishi, shuningdek sitoplazmada urug‘lanish imkoniyatini oshiruvchi fruktozaning konsentrasiyasini oshirishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalar
Tabletkalarni chaynamasdan, butunligicha suyuqlik bilan qabul qilinadi.
Odatda tabletkalar uchun quyidagi qabul qilish tartibiga amal qilinadi.
– Funksional faollikni pasayishi va potensiyani buzilish holatlarida.
Davolashning boshida:
Proviron® ning bir tabletkasidan kuniga 3 marta buyuriladi. Pasientning holatini qoniqarli yaxshilanishiga erishilganidan so‘ng, bu dozani qisqartirishga urunib ko‘rish mumkin.
Keyingi davolash:
Proviron® ning bir tabletkasidan kuniga 1-2 marta buyuriladi. Faoliyatni buzilish jadalligi va turiga yoki shikoyatlarga qarab, keyinchalik davolash uchun dozani shaxsiy ravishda tanlish kerak. Davolashni bir necha oy davomida uzluksiz davom ettirish tavsiya qilinadi.
– Jinsiy bezlarning faoliyati susaygan (gipogenitalizm) hollarida uzoq muddatli davolashni o‘tkazish lozim:
Ikkilamchi jinsiy belgilarni rivojlanishi uchun bir necha oy davomida Proviron® ning 1-2 tabletkasidan kuniga uch marta qabul qilinadi. Tutib turuvchi doza sifatida Proviron® ning bir tabletkasidan kuniga 2-3 marta qabul qilish ko‘p hollarda yetarlidir.
– Bepushtlikda spermatozoidlarning soni va sifatini oshirish uchun:
Spermatogenezning to‘liq sikli davomida, ya‘ni taxminan 90 kun davomida Proviron® ning bir tabletkasidan kuniga 2-3 marta qabul qilinadi. Zarurat tug‘ilganida bir necha haftalik tanaffusdan so‘ng, davolash siklini takrorlash kerak.
Jinsiy yetuklik yoshiga yetganidan keyingi davrda interstisial Leydig xujayralarining yetishmovchiligi hollarida eyakulyatda fruktozaning konsentrasiyasini oshirish uchun: bir necha oy davomida Proviron® ning bir tabletkasidan kuniga 2-3 marta qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Agar ayrim hollarda tez-tez yoki davomli ereksiyalar o‘rin tutsa, unda uzoq muddatli ereksiya natijasidagi asoratlarni yuz berishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida dozani pasaytirish yoki davolashni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash mumikn bo‘lmagan holatlar
– prostata bezi raki,
– hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi jigar o‘smalari,
– mesterolonga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik
Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri
Yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Androgenlarni sog‘lom shaxslar mushaklarni mustahkamlash yoki organizmning umumiy jismoniy funksional qobiliyatini oshirish uchun qabul qilishlari mumkin emas.
Proviron® faqat erkak pasientlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Profilaktika sifatida vaqti-vaqti bilan prostata bezini tekshiruvlarini o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Kam hollarda Proviron® saqlovchi gormonal faollikka ega moddalarni qo‘llash natijasida jigarning xavfsiz o‘smalari, yana xam kam hollarda – jigarning xavfli o‘smalari kuzatilgan, ular bir-bir hollarda pasientning hayoti uchun xavfli bo‘lgan qorin bo‘shlig‘ida qon ketishlariga olib kelgan. Shu sababdan, o‘z-o‘zidan tez o‘tib ketmaydigan epigastral sohadagi odatdagi bo‘lmagan shikoyatlar paydo bo‘lgan hollarda davolovchi shifokorni xabardor qilish kerak, chunki bunday hollarda preparatni qabul qilish zarur bo‘lishi mumkin.
Avtotransportni va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta‘sir etish xususiyati.
Preparatni qo‘llanishi avtotransportni va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Bir marta yuborish bilan o‘tkazilgan o‘tkir toksiklik yuzasidan tadqiqotlar, Proviron® ni notoksik preparat sifatida tasniflash mumkinligini ko‘rsatdi. Toksiklik xavfi, davolash uchun tavsiya qilingan dozadan ko‘p marta yuqori bo‘lgan dozada behosdan bir marta qabul qilinganda xam aniqlanmaydi.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan PVX va alyumin folga blisterda. 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
+30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha
Chiqarish shakllari