RALMIZOL ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
RALMIZOL
RALMIZOL
Preparatning savdo nomi: Ralmizol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ketokonazol
Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun krem 2%
Tarkibi:
1 g krem quyidagilarni saqlaydi;
faol modda: 200 mg ketokonazol;
yordamchi moddalar: oq yumshoq parafin, setostearil spirti, setomakrogol 1000, yengil suyuq parafin, xlorokzesol, propilenglikol, tozalangan suv.
Ta‘rifi: oq rangli yumshoq krem.
Farmakoterapevtik guruhi: sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vosita.
ATX kodi: D01AC08
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ketokonazol – zamburug‘larga qarshi preparatdir. Zamburug‘larga qarshi samarasi ergosterol sintezi susaytirishi va zamburug‘lar membranasining qolgan lipid komponentlarining tarkibini o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ketokonazol dermatofitlar (Trichophyton spp., Epidermophyton floccosum, Microsporum spp.), achitqi zamburug‘lari (Candida spp., Pityrosporum, Torulopsis, Cryptococcus, Malassezia furfur), dimorf yuqori zamburug‘lar (eumisetlar) ga nisbatan fungisid va fungistatik ta‘sir namoyon qiladi. Aspergillus spp., Sporotrix schenskii, ayrim Dermatiaceae, Mucor spp. va Entomophthrales dan tashqari boshqa fukomisetlar ketokonazolga kamroq sezgir. Ketokonazol preparatlari bilan davolash davrida rezistentlikni rivojlanishi aniqlanmagan. Preparat qichishishni tez bartaraf etadi.
Farmakokinetikasi
Ketokonazol kremi mahalliy qo‘llanganda deyarli so‘rilmaydi; uzoq vaqt qo‘llanganda qonda aniqlanmaydi.
Qo‘llanilishi
Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Microsporum canis va Epidermophyton floccosum chaqirgan dermatofit teri infeksiyalari:
- silliq teri dermatomikozi,
- chov epidermofitiyasi,
- kaft va panja epidermofitiyasi,
- teri kandidozi,
- kepaklanuvchi temiratki,
- Pityrosporum ovale chaqirgan seboreyali dermatitda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Krem mahalliy qo‘llanadi. Preparatni surtishdan oldin shikastlangan sohalarni sinchkovlik bilan tozalash va quritish kerak. Silliq teri dermatomikozi, chov epidermofitiyasi, kaft va panja epidermofitiyasi, teri kandidozi, shuningdek kepaklanuvchi temiratkini davolaganda kremni shikastlangan sohaga va unga yaqin joydagi teriga sutkada 1 marta surtish tavsiya etiladi. Seboreyali dermatitni davolaganda krem shikastlanish darajasiga qarab sutkada 1 yoki 2 marta surtiladi.
Davolashni yetarli darajada davomiylikda, kasallikning barcha simptomlari yo‘qolgandan keyin va mikologik tekshiruvning manfiy natijalari olingandan keyin yana bir necha kun davom ettirish kerak.
Odatda davolash muddati quyidagilarni tashkil etadi: kepaklanuvchi temiratki – 2-3 hafta; achitqi infeksiyalari – 2-3 hafta; chov epidermofitiyasi – 2-4 hafta; silliq teri dermatomikozi – 3-4 hafta; panja epidermofitiyasi – 4-6 hafta; seboreyali dermatit – 2-4 hafta, lekin bunday kasallikda samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun krem haftada 1-2 marta surtish davom ettiriladi.
Preparatni qo‘llashni o‘tkazib yubormang! Agar Siz qo‘llashni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, kremni iloji boricha tezroq surting. Lekin keyingi qo‘llash vaqti yaqinlashgan bo‘lsa, muntazam qo‘llash usuliga qayting.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat surtilgan joylarda kam hollarda terini ta‘sirlanishi va achishish hissi yoki kontakt dermatit ko‘rinishidagi allergik reaksiyalarni mahalliy ko‘rinishlari paydo bo‘lishi mumkin.
Har qanday noxush ko‘rinishlar paydo bo‘lgan hollarda shifokor bilan maslahatlashish kerak!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ketokonazol yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Yuqori sezuvchanlik simptomlariga preparat qo‘llanilgandan keyin paydo bo‘ladigan terini qizarishi va qichishishi kiradi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
O‘rganilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Krem faqat teriga sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Kremni ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak. Kremni ko‘zlarga tushgan holatda ularni suv bilan yuvish kerak. Mahalliy yoki allergik reaksiyalar paydo bo‘lgan hollarda kremni oqava suv bilan yuving va darhol shifokorga murojaat eting! Agar davolash boshlangandan 4 haftadan keyin klinik yaxshilanish kuzatilmasa, diagnozni mikrobiologik usulda tasdiqlash va kasallikning boshqa sababini inkor etish kerak. Agar Siz kortikosteroidlar saqlovchi kremlar, surtmalar yoki losonlardan foydalansangiz, Ralmizol kremi bilan davolashni kortikosteroidlarni qo‘llash bilan birga boshlash mumkin. Kortikosteroidlar bilan davolashni to‘satdan to‘xtatganda terini qizarishi yoki qichishishi paydo bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rinishlarni oldini olish uchun kortikosteroidlar bilan davolashni davom ettirish tavsiya etiladi. Davolashni quyidagicha davom ettiring:
- bir hafta davomida kortiksteroid saqlovchi preparatni ertalab, Ralmizolni esa kechqurun qo‘llang;
- keyingi 1-2 hafta davomida kortiksteroid saqlovchi preparatni ertalab 2-3 sutkada 1 marta, Ralmizol kremini har kun kechqurun qo‘llang;
- va nihoyat, kortikosteroidni qo‘llashni to‘xtating va zarurati bo‘lganida Ralmizol kremi bilan davolashni davom ettiring.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Homilador va emizikli ayollarda tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparat homilador va emizikli ayollarda qo‘llanganida xavfli bo‘lishi mumkinligi haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaksiya tezligiga ta‘sir etish qobiliyati
Preparatning avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaksiya tezligiga ta‘sir qilishi tekshirilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Kremlar mahalliy qo‘llanganida ketokonazol tizimli qon oqimiga deyarli so‘rilmaganligi tufayli, dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam. Kremni ortiqcha miqdorda qo‘llash eritema, terini shishi va achishish hissiga olib kelishi mumkin. Bu simptomlar odatda davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi.
Chiqarilish shakli
30 g krem alyumin tubada. 1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari