RAMEGRA-100 ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
RAMEGRA-100
RAMEGRA-100
Preparatning savdo nomi: Ramegra-100
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Sildenafil sitrati.
Chiqarilish shakli: Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: Sildenafil sitrati 100 mg sildenafilga ekvivalent.
Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, Povidon K-30 (polivinilpirrolidon), talk, natriy kraxmalglikolyati.
Qobig‘ining tarkibi: gidroksipropilmetilsellyuloza, eritrozin laki, titan dioksidi, makrogol 6000, moviy brilliant laki, izopropil spirti*, metilenxlorid* (*tayyor mahsulotda mavjud bo‘lmagan moddalar).
Ta‘rifi: Moviy rangli, dumaloq-olmos shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Potensiyani muvofiqlashtirish uchun vosita.
Farmakologik hususiyatlari
Sildenafil sitrati spesifik 5 tur fosfodiesterazaning (FDE 5) kuchli va selektiv ingibitoridir.
Jinsiy rag‘batlantirish vaqtida g‘ovak tanadan azot oksidining (NO) ajralib chiqishi jinsiy olatdagi ereksiyaning fizioligik mexanizmi bo‘lib hisoblanadi. NO guanilatsiklaza fermentini faollashtiradi, bu esa siklik guanozin monofosfat (sGMF) miqdorining oshishiga va muvofiq ravishda, g‘ovak tana mushaklarining bo‘shashishiga olib keladi, buning oqibatida jinsiy olatda qon oqimi kuchayadi.
Sildenafil izolyasiyalangan g‘ovak tanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘shashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatmaydi, balki g‘ovak tanadagi sGMFni parchalanishiga mas‘ul bo‘lgan FDE 5 ni susaytirish orqali, shu to‘qimaga NO ning bo‘shashtiruvchi ta‘sirini faol kuchaytiradi. Bu sGMF miqdorini oshishiga olib keladi, natijada silliq mushaklar bo‘shashadi va g‘ovak tanadagi qon oqimi kuchayadi.
Shuning uchun Sildenafilni tavsiya etilgan dozalarda seksual rag‘batlantirish bo‘lmaganida qo‘llash samarasiz.
Farmakokinetikasi
Sildenafilning farmakokinetikasi ichga qabul qilingan dozalar diapazoniga bog‘liq.
Preparatning metabolizmi asosan jigarda (asosan sitoxrom R450 3A4 izofermenti yordamida) xususiyatlari bo‘lgan sildenafilga o‘xshash bo‘lgan faol metabolitlarni hosil bo‘lishi bilan amalga oshiriladi.
Preparat me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Preparat ichga, och qoringa qabul qilinganidan keyin maksimal konsentrasiyaga 30-120 minutdan (o‘rtacha 60 min) keyin erishiladi. Mutloq biokiraolishligi 41% (23-63%) tashkil qiladi. Yog‘li ovqat bilan birga qabul qilinganida sildenafilning so‘rilish tezligi kamayadi; Tmax 60 minutga oshadi, Smax esa 29% ga kamayadi.
Muvozanat holatidagi sildenafilning taqsimlanish hajmi (Vd) o‘rtacha 105 l.ni tashkil qiladi, bu uning to‘qimalarga taqsimlanishini ko‘rsatadi. Sildenafil va uning asosiy aylanib yuruvchi N-desmetil metabolitining taxminan 96% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi sildenafilning umumiy konsentrasiyasiga bog‘liq emas. Sildenafilni qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilar spermasida qabul qilinganidan 90 minutdan keyin dozaning 0,002% dan kamrog‘i (o‘rtacha 188 ng) aniqlangan.
Sildenafil asosan jigarning mikrosomal izofermentlari sitoxrom R450 3A4 (asosiy yo‘l) va sitoxrom R450 2S9 (qo‘shimcha yo‘l) ta‘siri ostida metabolizmga uchraydi. Sildenafilning N-demetillanish yo‘li orqali hosil bo‘luvchi asosiy aylanib yuruvchi metaboliti keyin yana parchalanadi. FDE ga nisbatan bo‘lgan ta‘siri bo‘yicha metabolit sildenafil bilan bir xil, in vitro sharoitida FDE 5 ga nisbatan faolligi bo‘yicha esa sildenafil faolligini taxminan 50% ni tashkil qiladi. Metabolitning plazmadagi konsentrasiyasi sildenafilni taxminan 40% ni tashkil qiladi. Sildenafilni organizmdagi umumiy klirensi 41 l/soat, terminal fazadagi yarim chiqarilish davri (T½) 3-5 soat. Metabolitlari ko‘rinishida asosan ahlat bilan (taxminan ichga qabul qilingan dozaning 80%) va kamroq miqdorda siydik orqali (taxminan ichga qabul qilingan dozaning 13%) chiqariladi.
Maxsus klinik holatlardagi farmakokinetikasi.
Qon plazmasida sildenafilning (AUC) darajasini oshishiga quyidagi omillar ta‘sir ko‘rsatadi:
– 65 yoshdan kattalar (AUC darajasi 40% ga oshadi);
– jigar faoliyatining yetishmovchiligi (masalan, jigar sirrozida 84%ga);
– o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) <30 ml/min, 100%ga);
– sitoxrom R450 3A4 ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish (masalan, eritromisin 182%, sakvinavir 210%).
Qo‘llanilishi
Ateroskleroz, qon tomirlar kasalliklari, diabet, buyrak kasalliklari, gormonal buzilishlar, nevrologik kasalliklar, og‘ir depressiya yoki boshqa ruhiy muammolar bilan birga kuzatilishi mumkin bo‘lgan ereksiyaning buzilishini davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
50 mg jinsiy aloqadan taxminan 1 soat oldin ichga qabul qilinadi. Samaradorligi va o‘zlashtirilishini hisobga olib dozasi 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha kamaytirilishi mumkin. Maksimal sutkalik dozasi 100 mg, tavsiya qilingan maksimal qabul qilish soni – sutkada 1 marta.
Keksa yoshdagi odamlarda va buyrak yoki jigar faoliyati buzilgan bemorlarda qo‘llash.
Keksa yoshdagi odamlarda va buyrak yoki jigar faoliyati buzilgan bemorlarda tavsiya qilingan qo‘llash sxemasi o‘xshashdir.
Bolalarda qo‘llash.
Preparatni bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya ta‘sirlar odatda o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lib, yengil yoki o‘rtacha namoyon bo‘ladi.
Dozani tanlash bilan bog‘liq tadqiqotlardagi nojo‘ya ta‘sirlarining xarakteri bunga o‘xshash tadqiqotlardagi tavsiya qilinadigan qo‘llash sxemasida yaxshi namoyon bo‘lib, dozalari qat‘iy belgilangan tadqiqotlardagilar bilan to‘g‘ri keladi.
Umuman organizm tomonidan: asteniya, og‘riqlar, qorin og‘rig‘i, infeksiya, grippsimon sindrom.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: vazodilatasiya belgilari.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: diareya, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: bel og‘rig‘i, artralgiyalar, mialgiyalar.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, mushak tonusini oshishi, uyqusizlik.
Nafas tizimi tomonidan: burunning bitishi, faringit, rinit, sinusit, nafas yo‘llarining infeksiyalari, nafasning buzilishi.
Allergik reaksiyalar: toshma.
Sezgi a‘zolari tomonidan: ko‘rishni o‘zgarishi (engil va o‘tkinchi; asosan ob‘ektlar rangining o‘zgarishi, hamda yorug‘lik qabul qilinishni kuchayishi va ko‘rish aniqligining buzilishi), kon‘yunktivit.
Siydik-jinsiy a‘zolari tomonidan: siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari, prostata bezi faoliyatining buzilishi.
Postmarketing kuzatishlarda davomli ereksiya va/yoki priapizm hollarini uchrashi haqida xabar qilingan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Azot oksidi donatorlarini, organik nitratlarni yoki nitratlarning har qanday shakllarini, doimiy yoki tanaffuslar bilan qabul qilgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas, chunki sildenafil nitratlarni doimo yoki shoshilinch hollarda qo‘llanganidagi gipotenziv ta‘sirini kuchaytiradi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Sitoxrom R450 3A4 ning nospesifik ingibitori bo‘lgan simetidin (800 mg) in vivo sharoitidagi tadqiqotlarda sildenafil bilan bir vaqtda qabul qilinganida sog‘lom ko‘ngillilar plazmasida preparat miqdorini 56 % ga oshirgan.
Sitoxrom R450 3A4 ning spesifik ingibitori eritromisin (eritromisin 5 kun davomida 500 mg dan kuniga 2 marta qabul qilinganida) sildenafil bilan bir vaqtda qabul qilinganida, eritromisinning qondagi doimiy konsentrasiyaga erishishi fonida, sildenafilning (AUC) ni 182% oshishiga olib kelgan.
Shuningdek OITV-proteaza va sitoxrom R450 3A4 ingibitori bo‘lgan sakvinavir (sakvinavir 1200 mg dan kuniga 3 marta qabul kilinganida) sildenafil bilan bir vaqtda qabul qilinganida, sakvinavirning qondagi doimiy konsentrasiyaga erishishi fonida, sildenafilning maksimal konsentrasiyasini 140% ga, AUCni esa 120% ga oshishi kuzatildi. Sildenafil sakvinavirning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
OITV proteaza ingibitori va sitoxrom R450 ning kuchli ingibitori hisoblangan Ritonavirni (500 mg dozada kuniga 2 marta) sildenafil bilan bir vaqtda (bir marta 100 mg dozada) qabul qilishda, qondagi doimiy konsentrasiyasini Smax 300% ga (4 martaga), AUC esa 1000% (11 martaga) oshadi. 24 soatdan keyin sildenafilni qon plazmasidagi konsentrasiyasi 200 ng/ml ni (24 soatdan keyin bir marta bir o‘zi qo‘llangandagi sildenafilning qon plazmasidagi qiyosiy konsentrasiyasi 5 ng/ml ga teng) tashkil qiladi. Bu Ritonavirni sitoxrom R450 substratlari hisoblangan bir qator preparatlarga bo‘lgan ta‘siri bilan muvofiq keladi. Sildenafil Ritonavirning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Klinik tadqiqotlar natijalarining populyasion farmakokinetik tahlillari sitoxrom R450 3A4 ingibitorlarini (ketokonazol, itrakonazol, eritromisin kabi) bir vaqtda qabul qilish sildenafilning klirensini pasaytirishini ko‘rsatadi.
Antasidlarni bir marta (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) qabul qilish, sildenafilning biokiraolishligiga ta‘sir qilmaydi.
Sildenafilning klinik tajribalarida ishtirok etgan bemorlarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlarining natijasi shuni ko‘rsatdiki, sitoxrom R450 2S9 ingibitori (tolbutamid, varfarin), sitoxrom R450 2D6 (serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar), tiazidlar va tiazidsimon diuretiklar, halqali va kaliy tejovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari va kalsiy antagonistlari preparatning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir qilmaydi.
Sildenafil (100 mg) va amlodipinni arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.
Asetilsalisil kislotasi (150 mg) qabul qilinganida sildenafil (50 mg) qon ketish vaqtini qo‘shimcha uzayishini chaqirmagan.
Sildenafil (50 mg) sog‘lom odamlarda etanolning qondagi maksimal miqdori o‘rtacha 80 mg/ml bo‘lganida, gipotenziv ta‘sirini kuchaytirmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Seksual faollik yurak kasalliklarida ma‘lum darajada xavfli; shuning uchun har qanday ereksiyaning buzilishlarini davolashdan oldin yurak-qon tomir tizimining tekshirishini o‘tkazish lozim.
Sildenafil klinik tadqiqotlarda arterial bosimni o‘tkinchi pasayishiga olib keluvchi tizimli tomir kengaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatgan. Shifokor preparatni buyurishdan oldin uni tomirlarni kengaytiruvchi ta‘siridan kelib chiquvchi nojo‘ya ta‘sirlari xavfini turli yondosh kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa, seksual faollik fonida diqqat bilan o‘rganib chiqishi kerak.
Vazodilatatorlarga yuqori sezuvchanlik yurak chap qorinchasi obstruksiyasi (masalan, aortal stenoz, gipertrofik kardiomiopatiya), shuningdek arterial bosim (AB) ni avtonom nazoratini og‘ir buzilishlari bilan namoyon bo‘ladigan, kam uchraydigan turli tizimlarning ko‘p sonli atrofiyasi bo‘lgan bemorlarda kuzatiladi.
Sildenafilni qo‘llashning xavfsizligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni yo‘qligi tufayli, preparatni quyidagi guruh bemorlarida ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim:
– miokard infarktini o‘tkazgan, bosh miya qon aylanishining buzilishlari bo‘lganlar, shuningdek so‘nggi 6 oy davomida hayotiga xavf soluvchi aritmiya;
– ortostatik gipotenziya (AB 90/50) yoki gipertenziya (AB170/110) bilan kasallanganlar;
– nostabil stenokardiya bilan bog‘liq bo‘lgan yurak yetishmovchiligi va yurak ishemik kasalligi bilan kasallanganlar;
– nasliy pigmentli retinit, to‘r pardaning fosfodiesteraza sintezini tug‘ma buzilishiga ega bo‘lganlar;
– jinsiy olatning anatomik deformasiyasi bo‘lgan bemorlar (masalan, angulyasiya, g‘ovaksimon fibroz yoki Peyroni kasalligi) va priapizmni rivojlanishiga olib keluvchi (o‘roqsimon-hujayrali anemiya, ko‘p sonli mieloma yoki leykemiya) kasalliklari bo‘lgan pasientlar.
Ereksiyaning buzilishini davolash uchun mo‘ljallangan preparatlarni, seksual faollik muhim bo‘lmagan erkaklarga buyurish tavsiya qilinmaydi. Sildenafilni bundan tashqari ereksiyani buzilishida tavsiya etiladigan boshqa dorilar bilan birga qo‘llashning havfsizligi va samaradorligi o‘rganilmaganligi sababli, ularni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparat 65 yoshdan oshgan bemorlarda, jigar faoliyatining buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, shuningdek bir vaqtda sitoxrom R450 3A4 ingibitorlarini (masalan, eritromisin, sakvinavir) qabul qilayotgan bemorlarda, sildenafilning plazmadagi miqdorini oshishi yuz beradi. Bu preparatning samarasini oshiribgina qolmay, balki nojo‘ya samaralarni ham paydo bo‘lishini chiqarishi mumkin. Bunday guruh bemorlarga preparatni sutkada 25 mg dozada buyurish maqsadga muvofiqdir.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.
Preparat bosh aylanishini va ko‘rishning buzilishini chaqirishi mumkin, shuning uchun avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanishdan oldin, pasientlar preparatga nisbatan o‘z reaksiyalarini baholashlari lozim.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi.
Preparat ayollar va bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Ayollarda homiladorlik va laktasiya davrida adekvat va yaxshi nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sog‘lom ko‘ngillilardagi tadqiqotlarda preparatni bir martalik 800 mg gacha dozada qabul qilingandagi nojo‘ya ta‘sirlari uning kam dozada qabul qilinganidagilari bilan deyarli mos keladi, ammo nisbatan ko‘proq uchraydi.
Davolash: zarurati bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi. Gemodializ sildenafilning klirensini tezlashtirmaydi, chunki u plazma oqsillari bilan faol bog‘lanib, siydik bilan chiqarilmaydi.
Saqlash sharoiti
Quruq yorug‘likdan himoyalangan joyda 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 4 tabletkadan kontur uyasiz o‘ramda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari