Raneksaning aptekalardagi narxlari
RANEKSA 1000 tabletkalari 1000mg N60
|
|
8 ta dorixonada bor
|
515 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
RANEKSA 500 tabletkalari 500mg N60
|
|
2 ta dorixonada bor
|
444 990 so'mdan
Dorixonadan topish
|
420 000 so'mdan
Bron qilish
|
RANEKSA tabletkalari 500mg N60
|
|
4 ta dorixonada bor
|
460 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
450 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Raneksa ko'rsatmalar
Ilova-varaqa: pasient uchun ma‘lumot
Raneksa® 500, ta‘siri uzaytirilgan tabletkalar
Raneksa® 1000, ta‘siri uzaytirilgan tabletkalar
Ranolazin
Ushbu dori preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin bu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma‘lumotlar saqlanadi.
Ushbu ilovaga qo‘shimcha ravishda, Siz o‘ramda Raneksa® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin, shuningdek ushbu preparat bilan davolanish vaqtida Siz bilishingiz kerak bo‘lgan va xavfsizlikka taalluqli muhim ma‘lumotlar saqlanadigan pasient uchun eslatmani topasiz.
- Ushbu ilova-varaqani va pasient uchun eslatmani saqlab qo‘ying. Ehtimol Sizga ular yana o‘qib chiqish uchun kerak bo‘lib qolishi mumkin.
- Doimo pasient uchun eslatmani o‘zingizni har bir shifokoringizga, shu jumladan stenokardiyaga tegishli bo‘lmagan buzilishlarni davolash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga ham ko‘rsating.
- Shifokorga har tashrif buyurilganda Siz uchun yozib berilgan barcha preparatlarning to‘liq ro‘yxati doimo o‘zingizda bo‘lishi kerak.
- Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
- Ushbu tibbiy preparat Siz uchun yozib berilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Hattoki ularning kasallik belgilari Siznikiga o‘xshash bo‘lsa ham, bu ularga zarar yetkazishi mumkin.
- Nojo‘ya ta‘sirlar kuchaysa, shuningdek ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lsa, bu haqida o‘zingizni davolovchi shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar qiling.
Ilova-varaqaning mazmuni
- Raneksa® preparati o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi
- Raneksa® preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak
- Raneksa® preparati qanday qo‘llanadi
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
- Raneksa® preparatini qanday saqlash kerak
- O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar
- RANEKSA® preparati o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi
Raneksa® – bu tananing yuqori qismida bo‘yin va qorinning yuqori qismi oralig‘ida ko‘pincha jismoniy zo‘riqish yoki juda faol xarakatdan keyin Siz his qiladigan ko‘krakda og‘riq yoki diskomfort ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan stenokardiyani davolash uchun ishlatiladigan dori preparatidir.
Agar Siz o‘zingizni yaxshi his etmasangiz yoki ahvolni yomonlashishini his etsangiz davolovchi shifokorga xabar bering.
- RANEKSA® preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak
Raneksa® preparatini quyidagilarda qabul qilish ta‘qiqlanadi:
- ranolazinga yoki ushbu ilova-varaqaning 6-bo‘limida sanab o‘tilgan Raneksa® preparatining boshqa komponentlariga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lganida;
- buyrakning jiddiy kasalliklari bo‘lganida;
- jigarning o‘rtacha yoki og‘ir darajali kasalliklari bo‘lganida;
- bakterial infeksiyalarni davolash uchun dori vositalari (klaritromisin, telitromisin), zamburug‘li infeksiyalarni davolash uchun dori vositalari (itrakonazol, ketokonazol, vorikonazol, pozakonazol), OIV-infeksiyalarini davolash uchun dori vositalari (proteaza ingibitorlari), depressiyalarni davolash uchun dori vositalari (nefazodon) yoki yurak ritmini buzilishlarini davolash uchun mo‘ljallangan ayrim dori vositalari (masalan, kvinidin, dofetilid yoki sotalol) ishlatilganida.
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari:
Quyidagi holatlarda Raneksa® preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim:
- engil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak kasalliklarida;
- jigarning yengil darajali kasalliklari bo‘lganida;
- agar Sizda qachonlardir elektrokardiogramma (EKG) da o‘zgarishlar bo‘lgan bo‘lsa;
- keksa yoshlilarda;
- tana vazni kam (60 kg va undan kam) hollarda;
- agar Sizda yurak yetishmovchiligi o‘rin tutsa.
Agar yuqorida keltirilganlardan birontasi Sizga taalluqli bo‘lsa, shifokor dozani kamaytirishi yoki boshqa ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Boshqa dori preparatlarini va Raneksa® preparatini qabul qilish
Raneksa® preparati bilan davolash vaqtida quyidagi dori vositalarini qo‘llamang:
- bakterial infeksiyalarni davolash uchun dori vositalari (klaritromisin, telitromisin), zamburug‘li infeksiyalarni davolash uchun dori vositalari (itrakonazol, ketokonazol, vorikonazol, pozakonazol), OIV-infeksiyalarini davolash uchun dori vositalari (proteaza ingibitorlari), depressiyalarni davolash uchun dori vositalari (nefazodon) yoki yurak ritmini buzilishlarini davolash uchun mo‘ljallangan ayrim dori vositalari (masalan, kvinidin, dofetilid yoki sotalol).
Agar Siz quyidagilarni qo‘llayotgan bo‘lsangiz, Raneksa® preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga yoki farmasevtga xabar qiling:
- bakterial infeksiyalarni davolash uchun (eritromisin), zamburug‘li infeksiyalarni davolash uchun ma‘lum dori vositalari (flyukonazol), ko‘chirib o‘tkazilgan a‘zolarni ko‘chib ketishini oldini olish uchun mo‘ljallangan preparatlar (siklosporin) yoki agar Siz diltiazem yoki verapamil kabi yurak vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz. Ushbu dori vositalari Raneksa® preparatini nojo‘ya reaksiyalari bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi yoki qusish kabi nojo‘ya samaralar (4 bo‘limga qarang) sonini oshishiga olib kelishi mumkin. Shifokor dozani kamaytirish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
- tutqanoq yoki boshqa nevrologik buzilishlarni davolash uchun mo‘ljallangan preparatlar (masalan, fenitoin, karbamazepin yoki fenobarbital); infeksiyalarni (masalan, tuberkulyozni) davolash uchun rifampisin; teshik dalachoy o‘simlik preparati, chunki ushbu vositalar preparatning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
- digoksin yoki metoprolol saqlovchi yurak dori vositalari, chunki shifokor Raneksa® preparatini qabul qilish vaqtida bu preparatlarning dozasini o‘zgartirish kerakligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.
- allergiyani davolash uchun (masalan, terfenadin, astemizol, mizolastin), yurak ritmini buzilishlarini davolash uchun (masalan, dizopiramid, prokainamid) va depressiyalarni davolash uchun ma‘lum dori vositalari (masalan, imipramid, doksepin, amitriptilin), chunki bu preparatlar EKG da o‘zgarishlar chaqirishi mumkin.
- depressiyalarni davolash uchun (bupropion), psixozlar, OITV-infeksiyalarini davolash uchun (efavirens) yoki o‘smalarni davolash uchun mo‘ljallangan preparatlar (siklofosfamid).
- qonda xolesterinning yuqori darajasini pasaytirish uchun qo‘llaniladigan ma‘lum preparatlar (masalan, simvastatin, lovastatin, atorvastatin). Ushbu preparatlar mushaklarda og‘riqqa va mushaklarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Sizning shifokoringiz Raneksa® preparatini Sizga buyurganida ushbu preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
- transplantasiya qilingan a‘zolarni ko‘chishini oldini olish uchun qo‘llaniladigan ma‘lum preparatlar (masalan, takrolimus, siklosporin, sirolimus, everolimus), chunki Sizning shifokoringiz ushbu preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Agar Siz har qanday boshqa dori vositalarni hozirgi vaqtda qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqin orada qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lgan bo‘lsa, bu haqida davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Raneksa® preparatini oziq-ovqatlar va ichimliklar bilan birga qabul qilish
Raneksa® preparatini ovqat bilan yoki ovqat qabul qilmagan vaqtida ham qo‘llash mumkin. Raneksa® preparati bilan davolash vaqtida greypfrut sharbatini iste‘mol qilish mumkin emas.
Homiladorlik
Agar shifokor Raneksa® preparatini Sizga buyurmagan bo‘lsa, homiladorlik vaqtida qabul qilish mumkin emas.
Emizish
Emizish vaqtida Raneksa® preparatini qo‘llash mumkin emas. Agarda Siz emizayotgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Homiladorlik yoki emizish davrida, shuningdek homiladorlik yuz bergan yoki rejalashtirilayotgan paytda, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin maslahat olish uchun shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri
Raneksa® preparatini avtomobilni boshqarish va texnikani ishlatish qobiliyatiga ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Raneksa® preparatida bosh aylanishi (tez-tez), ko‘rishni noaniqligi (ba‘zan), ongni chalkashishi (ba‘zan) va gallyusinasiyalar (ba‘zan) kabi nojo‘ya ta‘sirlari bo‘lishi mumkin, bu transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin. Bunday simptomlar paydo bo‘lganida avtomobil yoki mexanizmlarni bu ko‘rinishlar to‘liq yo‘qolmagunicha boshqarmang.
Raneksa® 1000 mg ta‘siri uzaytirilgan tabletkalar preparatida laktoza monogidrati saqlanadi. Agar Sizda qandning biron bir turlarini o‘zlashtiraolmaslik aniqlangan bo‘lsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
- RANEKSA® preparati qanday qo‘llanadi
Ushbu preparatni doimo davolovchi shifokorning ko‘rsatmalariga aniq muvofiq ravishda qabul qiling. Agar sizda shubhalar tug‘ilsa, unda davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
Tabletkalarni suv bilan butunligicha yutish kerak. Tabletkalarni maydalamang, chaynamang va ikkiga bo‘lmang, chunki bu organizmda tabletkadan dori vositasini ajralib chiqishiga ta‘sir qilishi mumkin.
Kattalar uchun boshlang‘ich doza – 500 mg li bir tabletka sutkada 2 martani tashkil qiladi. 2-4 haftadan keyin shifokor dozani tegishli samaraga erishish uchun oshirishi mumkin. Raneksa® preparatining tavsiya etilgan maksimal sutkalik dozasi sutkada ikki marta 1000 mg ni tashkil qiladi.
Bosh aylanishi yoki lohaslik hissi kabi yuz beruvchi nojo‘ya ta‘sirlar haqida shifokorga xabar berish muhimdir. Shifokor dozani pasaytirishi, yoki agar bu yetarli bo‘lmasa, Raneksa® preparati bilan davolashni to‘xtatishi mumkin.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi
Raneksa® preparatini bolalarda va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Raneksa® preparatining dozasini oshirib yuborilgan hollarda
Raneksa® tabletkalarini ortiqcha miqdorda tasodifan qabul qilinganida yoki shifokor tomonidan tavsiya etilgan doza oshirilganda, darhol bu haqida shifokorga xabar berish kerak. Agar Siz o‘zingizni davolovchi shifokoringiz bilan bog‘lana olmasangiz, yaqindagi tez tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qiling. Tibbiy xodimga Siz aynan nimani qabul qilganingizni aniqlashi oson bo‘lishi uchun qolgan barcha tabletkalarni, shu jumladan blister va karton qutini o‘zingiz bilan olib boring.
Agar Siz Raneksa® preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz preparatni o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, u holda dorini keyingi qo‘llash vaqti yaqinlashayotgan hollaridan tashqari (qabul qilingunicha 6 soatdan kam vaqt qolgan) hollarda, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. O‘tkazib yuborilganini kompensasiya qilish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
Har qanday dori preparatlari kabi, Raneksa® ham, garchi ular barcha pasientlarda bo‘lmasada, nojo‘ya ta‘sirlarni chaqirishi mumkin.
Kamdan-kam uchraydigan lekin xavfli holat hisoblangan angionevrotik shishning quyidagi belgilari paydo bo‘lgan hollarda Raneksa® preparatini qabul qilishni to‘xtatish va darhol o‘z davolovchi shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak:
- yuzni, tilni yoki halqumni shishi;
- yutishda qiyinchilik bo‘lishi;
- toshma va hansirash.
Bosh aylanishi, lohaslik hissi yoki qusish kabi odatdagi nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida shifokorga xabar bering. Shifokor dozani kamaytirishi yoki Raneksa® preparati bilan davolashni to‘xtatishi mumkin.
Boshqa bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarga quyidagilar kiradi:
Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlari (100 tadan 1-10 pasientlarda uchraydi):
Qabziyat
Bosh aylanishi
Bosh og‘rig‘i
Loxaslikni his qilish, qusish
Holsizlik
Kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlari (1000 tadan 1-10 pasientlarda):
Ko‘rishni o‘zgarishi
Xavotirlik, uyquga ketishda muammolar
ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar.
Ko‘rishni xiralashishi, ko‘rishni buzilishlari,
Qabul qilishni o‘zgarishi (tegish yoki ta‘m), tremor, toliqish hissi yoki lanjlik, uyquchanlik, hushdan ketish holatlari, tanani vertikal holatga o‘tuanida bosh aylanishi.
Siydik rangini to‘qlashishi, siydikda qon paydo bo‘lishi, siyishni qiyinlashishi.
Suvsizlanish
Ikkita ko‘rish
Hansirash, yo‘tal, burundan qon ketishi.
Kuchli terlash, qichishish.
Shishni his qilish yoki shish.
Qizib ketish hissi, arterial bosimni pasayishi.
Qonda kreatinin darajasini yoki mochevina konsentrasiyasini oshishi, qonda trombositlar yoki oq qon xujayralari sonini oshishi, EKG manzarasini o‘zgarishi.
Bo‘g‘imlarni shishi, oyoq-qo‘llarda og‘riqlar.
Ishtahani yo‘qolishi va/yoki tana vaznini kamayishi.
Mushak tirishishlari.
Quloqlarni shang‘illashi va/yoki aylanish hissi.
Me‘dada og‘riq yoki diskomfort, ovqat hazm bo‘lishini buzilishlari, og‘izni qurishi, meteorizm.
Kamdan-kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (10 000 tadan 1-10 pasientlarda).
Siyishni buzilishlari
Jigar parametrlarining laborator ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar
O‘tkir buyrak yetishmovchiligi
Hid bilishni o‘zgarishlari, og‘izda yoki lablarda uvushib qolish hissi, eshitishni buzilishi
Koordinasiyani buzilishi
Sovuq ter, toshma.
Vertikal holatga o‘tishda arterial bosimni pasayishi.
Ongni xiralashishi yoki yo‘qolishi.
Dezorientasiya.
Qo‘l va oyoqlarda sovuqni his qilish.
Eshakemi, teri allergik reaksiyalari.
Impotensiya.
Me‘da osti bezini yoki ichakni yallig‘lanishi.
Xotirani yo‘qolishi.
Tomoqda siqilish hissi
Shuningdek quyidagilar xabar qilingan:
Mushakni kuchsizligi
Qandaydir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida bu haqida o‘z davolovchi shifokoringizga xabar bering. Bu ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlarga taalluqlidir.
- RANEKSA® preparatini qanday saqlash kerak
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Ushbu preparatni har bir blister plastinkasida va karton quti sirtida «goden do» so‘zlaridan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmang. Ushbu dori vositasining yaroqlilik muddati 4 yilni tashkil qiladi.
Bu dori preparati maxsus saqlash sharoitini talab etmaydi.
Hech qanday dori preparatlarini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yubormang.
Kerak bo‘lmagan dori preparatini qanday utilizasiya qilish yuzasidan dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
- O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar
Raneksa® preparatining tarkibi
Raneksa® preparatining ta‘sir etuvchi moddasi ranolazindir. Har bir tabletkada 500 mg yoki 1000 mg ranolazin saqlanadi.
Boshqa komponentlari: mikrokristall selyuloza, metakril kislotasining etilaktrilatning sopolimeri (1:1), gipromelloza (2910), magniy stearati (buqalarniki emas), natriy gidroksidi, polietilenglikol 3350, titan dioksidi, temir II oksidi (Ye172) va karnaub mumi.
Dozasiga qarab, tabletka qobig‘ida shuningdek quyidagilar saqlanadi:
500 mg li tabletka: talk, qisman gidrolizlangan polivinil spirti, temir III oksidi (Ye172).
1000 mg tabletka: gliserin triasitati, gipromelloza 6 sPz, laktoza monogidrati.
Raneksa® preparati va o‘rami ichidagisi qanday ko‘rinishga ega
Ta‘siri uzaytirilgan Raneksa® preparati oval shaklli qavariq tabletkalardir.
500 mg li tabletkalar: och-zarg‘aldoq rangli, bir tomoniga “500” tushirilgan, boshqa tomoni silliq bo‘lgan tabletkalar.
1000 mg li tabletkalar: och-sariq rangli, bir tomoniga “1000” tushirilgan, boshqa tomoni silliq bo‘lgan tabletkalar
Raneksa® preparati PVX/PVDX/alyumin blisterlarda chiqariladi. 30, 60 yoki 100 tabletkadan blisterlar karton qutiga joylangan. O‘ramlarning barcha o‘lchamlari sotuvda bo‘lmasligi ham mumkin.
Yaroqlilik muddati
4 yil
Chiqarish shakllari